Diqqat! Portal test rejimida ishlamoqda!

Darsliklar muhokamasi

Ortga qaytish
Darslik muhokamasidagi izohlar
15.04.2019 07:37
message user image
Qo`shimcha tavsiya: Ushbu darslik uchun o`quvchilarning yoshi, psixologik holati va qiziqishlarini hisobga olgan holda mavzularga mos holda ko`proq rasmlar berilib, ushbu rasmlar yordamida bolalarga hikoyalar tayyorlash vazifalari berilsa yaxshi bo`lardi.
15.04.2019 07:36
message user image
Ushbu darslikning X bobida, ya`ni “Jahonda tinchlik va hamkorlik uchun kurash” nomli bobda Jahon hamjamiyati haqida ma`lumotlar berilgan. Ushbu bobning 45-mavzusi “BMT va dunyo bolalari”da YUNISEF haqda berilgan ma`lumotlar biroz murakkablik qiladi. Tavsiya: Ushbu bob va mavzularda berilgan ma`lumotlarni biroz ixchamlashtirib, unga qo`shimcha ma`lumot sifatida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning BMT sesseyasida so`zlagan nutqlaridan misollar keltirilsa yaxshi bo`lardi.
15.04.2019 07:36
message user image
Ushbu darslikning X bobida, ya`ni “Jahonda tinchlik va hamkorlik uchun kurash” nomli bobda Jahon hamjamiyati haqida ma`lumotlar berilgan. Jumladan: a) Birlashgan Millatlar Tashkiloti ; b) BMT va dunyo bolalari kabi mavzularda berilgan ma`lumotlar o`quvchilar uchun biroz murakkablik qiladi. Tavsiya: Ushbu bob va mavzularda berilgan ma`lumotlarga qo`shimcha ravishda bugungi kunda BMT va O`zbekiston o`rtasida olib borilayotgan hamkorlik haqida ma`lumotlar berilib, mavzular soni 2 ta emas balki 3 taga ko`paytirilsa yaxshi bo`lardi.
15.04.2019 07:36
message user image
Ushbu darslikning VI bobida, ya`ni “Vatanimizda va Yevropada ilm-fan taraqqiyoti ” nomli bobda buyuk allomalar haqida ma`lumotlar berilgan. Tavsiya: Ushbu bobda berilgan allomalarning ta`lim-tarbiyaga oid hikmatli so`zlaridan misollar berilsa, maqsadga muvofiq bo`lardi.
15.04.2019 07:35
message user image
Ushbu darslikning 22-mavzusi, ya`ni “Aloqa vositalarining ixtiro qilinishi” nomli mavzudagi matnda Morze alifbosi haqida ma`lumotlar keltirilgan holda ushbu alifbodan foydalanish haqida misollar keltirilgan. Bu o`quvchilarni biroz chalg`itadi. Tavsiya: ushbu mavzuga qo`shimcha ravishda bugungi kunda aloqa vositalari dunyosida yuz berayotgan o`zgarishlar haqida qisqacha ma`lumotlar berilib, ayni damda o`quvchilarning mobil aloqalaridan foydalanishning zararli oqibatlari haqida misollar bilan tushuntirilsa yaxshi bo`lardi.