Diqqat! Portal test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar



Mamlakatimiz umumta’lim maktablarida Adabiyot oyligi boshlandi

Adabiyot oyligi doirasida buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosiga bag‘ishlangan adabiy kechalar, ma’naviyat soatlari, ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda

2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

Деятельность ШОС – в зеркале общественного мнения

Центр изучения общественного мнения «Ижтимоий фикр» провел экспресс-опрос

Ta’lim sohasida yangi qo‘shma loyiha

Toshkent shahrida YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Germaniya Xalq universitetlari uyushmasi – DVV International tashkiloti bilan hamkorlikda «Hayot davomidagi ta’lim» mavzuida anjuman bo‘lib o‘tdi.Unda vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijlik ekspertlar ishtirok etdi. Toshkent shahrida YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Germaniya Xalq universitetlari uyushmasi – DVV International tashkiloti bilan hamkorlikda «Hayot davomidagi ta’lim» mavzuida anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijlik ekspertlar ishtirok etdi. Mazkur tadbir 2015-2030-yillarga tasdiqlangan BMT Barqaror rivojlanish dasturining «Barchaga inklyuziv va sifatli ta’lim berish hamda hayot davomida ta’lim olish imkoniyatini yaratish» maqsadini mamlakatimizda amalga oshirish, 2016-2020-yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi hukumati va BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida imzolangan YuNDAF dasturining navbatdagi loyihalarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida tashkil qilindi. O‘zbekiston Katta yoshlilar ta’limi uyushmasi ijrochi direktori M.Xadayev, YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari K.Pikkat, DVV International tashkilotining O‘zbekistondagi vakili L.Kvachadze va boshqalar O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar o‘zining yuksak samaralarini berayotganini alohida ta’kidladi. Mamlakatimiz ta’lim tizimining afzalliklari, 12-yillik (9+3) majburiy bepul ta’limning joriy etilgani, har kimning ta’lim olish bo‘yicha huquq va manfaatlari ta’minlanayotgani, qiziqishi va layoqatiga mos kasb-hunar egallashiga doimiy e’tibor qaratilayotgani hamda hayot davomidagi ta’limning dolzarbligi qayd etildi. – Ta’lim barqaror rivojlanishning asosi hisoblanadi, – dedi YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat. – «Ta’lim-2030 – barchani qamrab oluvchi sifatli ta’lim tizimi va hayot davomidagi ta’lim sari» deb nomlangan Incheon Bayonoti YuNESKOning ta’limga oid 4-Barqaror rivojlanish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Barqaror rivojlanishga erishishning yagona yo‘li tarmoqlararo o‘zaro muvofiq kelishuv va sohaga oid islohotlarni hayotga izchil tatbiq etishdir. Bu islohotlar atrof-muhit, iqtisodiyot va jamiyatdagi muammolarni hal etishga qaratilgan bo‘lib, jamiyatning barcha qatlamlarini qamrab oluvchi sifatli va hayot davomidagi ta’lim tizimidan boshlanadi. Shu munosabat bilan biz Germaniyaning DVV International tashkiloti bilan hamkorlikda milliy va xorijiy mutaxassislarni O‘zbekistonda hayot davomidagi ta’lim bo‘yicha milliy strategiyani ishlab chiqish jarayoniga jalb etdik. Tadbirda taklif etilayotgan mazkur ta’lim siyosati bo‘yicha O‘zbekistondagi imkoniyatlar va ulardan foydalanish shart-sharoitlari xususida so‘z bordi. Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun xizmat qiluvchi hayot davomidagi ta’lim tushunchasi bo‘yicha xabardorlikni oshirish va kerakli muhitni yaratish borasida ilg‘or tajribalar yuzasidan fikr almashildi. Sevara Alijonova, O‘zA

Ta’lim sohasida yangi qo‘shma loyiha

Toshkent shahrida YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Germaniya Xalq universitetlari uyushmasi – DVV International tashkiloti bilan hamkorlikda «Hayot davomidagi ta’lim» mavzuida anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijlik ekspertlar ishtirok etdi.

"Bolalarning texnik ijodkorligi" festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Bolalarning texnik ijodkorligi" festival-tanlovi yurtimizning ko‘plab iqtidorli o‘quvchi-yoshlarining texnik kashfiyotlari maydoniga aylandi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida mazkur ijodiy loyihaning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Rahmatilla Mahmudov Norin tumanidagi 40-maktabning 9-sinfida o‘qiydi. "Yosh fiziklar" to‘garagiga qatnovchi bu yigitcha mo‘jaz changyutkich, raketa modelini yaratdi. Navoiylik Firdavs Shomurodov yasagan minirobot murakkab sanoat hududlari, konlarda bemalol harakatlanib, obyektlarni tasvirga tushirsa, andijonlik Latifjon Mannopov tayyorlagan sensor klaviaturali musiqa asbobidan ajib kuy taraladi. Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari D.Kenjayev va boshqalar yurtimizda yosh avlodning qobiliyati va ijodiy salohiyatini kashf etish, o‘g‘il-qizlarning iste’dodi to‘g‘ri shakllanishi uchun imkoniyat yaratish masalasiga doimiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi "Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida "Barkamol avlod" bolalar markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini to‘g‘ri yo‘naltirish, ularga o‘z qiziqishi va intilishi bo‘yicha kasb-hunarning boshlang‘ich sirlarini o‘rgatishda mazkur markazlarning ahamiyati katta bo‘lmoqda. "Sog‘lom ona va bola yili" Davlat dasturi doirasida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ushbu markazlar faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish yuzasidan turkum loyihalar, ijodiy tanlovlar, festivallar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Ilk marta o‘tkazilgan "Bolalarning texnik ijodkorligi" festivali shunday tadbirlar sirasidandir. Festival-tanlovdan ko‘zlangan maqsad bolalarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini yanada rivojlantirish, texnik ijodkorligini rag‘batlantirishdan iboratdir. "Barkamol avlod" markazlari qoshidagi ekologiya va o‘lkashunoslik, badiiy va texnik ijodiyot kabi to‘garaklarda o‘g‘il-qizlar turli yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va mahoratini boyitmoqda. – Men bir necha yildan buyon komputer saboqlari bo‘yicha to‘garakka qatnayman, – deydi Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi 2-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Shohrux Turdiqulov. – Festival-tanlov uchun chorrahaga o‘rnatiluvchi robot yasadim. U transport vositalarini tartibga solishi bilan birga turli yo‘l hodisalarining oldini oladi. – O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan turli avia-raketa modellar, texnik ishlanmalar ularning to‘garaklar orqali olgan bilim va ko‘nikmalari, boy xayolot olamini aks ettirishi bilan birga qiziqishi, aniq maqsad sari dadil intilishining o‘ziga xos ifodasidir, – deydi Navoiy viloyati "Barkamol avlod" bolalar markazi metodisti Nazira Rahimova. – Bunday texnik ijodiyot to‘garaklari natijasida o‘quvchilarning fizika, matematika, kimyo, komputer texnologiyalari kabi fanlarni o‘zlashtirishida ijobiy natijalar ko‘zga tashlanmoqda. Festival-tanlov yakuniga ko‘ra 20 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar avtomodel, avia-raketamodel, kemasozlik, robototexnika, elektron o‘yinchoqlar, radiotexnika, elektronika va aloqa, fotohavaskorlik yo‘nalishlarida diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining forumidan fotolavhalar

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan “Boshlang'ich ta'limni modernizatsiyalash orqali o'quv-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish” mavzusida tashkil qilingan boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining forumidan fotolavhalar

O'zbekistonda "Dizayn tarixi" nomli elektron darslik yaratildi

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipisicing elit. Magni deserunt iste placeat suscipit itaque molestiae natus accusantium.

Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipisicing elit. Magni deserunt iste placeat suscipit itaque molestiae natus accusantium.