Mavzu: JAHON ADABIYOTI XAZINASIDAN


 Mavzu: Fuzuliy. G’azallar. 1 SOAT

Sa’diy sheroziy «Guliston» dan parchalar. 1 SOAT


І. O’qituvchi: shaxobova L. M. 

ІІ. O’quv rejasi.

ІІІ. O’quv dasturi: Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2000 yil 31 iyulda tasdiqlangan.

1. Dars maqsadlari:

A) ta’limiy: talabalarda Fuzuliy hayoti va ijod yo’li, g’azallarida ifodalangan yuksak badiiy mahorat, ishq va oshiqlik zavqi tasviri; Sa’diy sheroziy «Guliston» asaridagi hikoyatlar, ularning ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyati haqida bilimlarni shakllantirish;

B) tarbiyaviy maqsad: talabalarni komil insonlik ruhida tarbiyalash, insonparvarlik g’oyalarini singdirish, suhbat odobi qoidalarini shakllantirish;

V) rivojlantiruvchi: mustaqil va erkin fikrlash, fikrlarni umumlashtirish qoidalarini o’stirish, talabalar ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.

2. Yangi mavzuni o’rganishda DTS tomonidan qo’yilgan talablar:

A) mumtoz adabiyot namunasi bo’lgan har qanday matnni ifodali o’qishni;

B) o’rganilgan asarlar matnini lug’at yordamida sharxlay olishni;

V) mumtoz adabiyot namunalari tarkibidagi nazariy tushunchalar hamda san’atlarni aniqlash.

3. Dars turi: nazariy

4. Dars uslubi: Aralash. (suhbat, ma’ruza, savol-javob, bahs-munozara, musobaqa)

5. Darsning jihozlanishi: tarqatma materiallar, testlar, kodoskop materiali, plakat, magnit yozuvi, klaster.

6. Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. A. Rafiev «Ona tili va adabiyoti» T – 2002 yil.
  2. B. Qosimov va b. «o’zbek adabiyoti» 10-sinf. Majmua. T – 1997 yil.
  3. B. Qosimov va b. «o’zbek adabiyoti» 10-sinf. Darslik. T – 2001 yil.
  4. «Til va adabiyoti ta’limi», «Jahon adabiyoti» jurnallari, «Ma’rifat», «o’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetalari
  5. A. Hojiaxmedov «she’riy san’atlar» T – 1998 yil.


1. Tashkiliy qism

A) salomlashish;

B) guruhni 2 kichik guruhlarga ajratish.

2. Asosiy qism.

A) she’riyat lahzalari (bahru bayt aytiladi);

B) uyga vazifani so’rash;

V) fikrlarni jamlash (aqliy hujum);

G) yangi mavzuga o’tish;

D) yangi mavzu bayoni;

E) yangi mavzuni mustahkamlash;

Yo) didaktik o’yinlar.

3. Yakuniy qism.

A) darsni xulosalash;

B) o’quvchilar bilimini baholash va izohlash;

V) uyga vazifa topshirish;

G) uyga vazifani tushuntirish.




4. Yangi mavzu mohiyatini o’quvchilarga 

Etkazishda qo’yilgan asosiy talablar.

A) mavzulararo bog’lanish: Munis lirikasi, Huvaydoning «Zoe etma yaxshi so’zni» g’azali, Ogahiy – mohir tarjimon.

B) fanlararo bog’lanish: Nutq madaniyati, estetika, ona tili, geografiya, tarix, ma’naviyat.

V) milliy qadriyatlar: andisha, odob-axloq, halollik, poklik, rostgo’ylik va to’g’riso’zlik.

G) ekologik tarbiya: borliqni, tabiatni asrash, suvni tejash, isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik.

D) sog’lom turmush tarzini shakllantirish, sportga qiziqishni uyg’otish: aqliy va jismoniy mehnatning uyg’unligi-sog’lom turmush tarzining asosiy mezonlaridan biri ekanligini uqtirish.

E) mehnat (kasb) ga mehr uyg’otish: Avval iqtisod, keyin siyosat ekanini talabalar ongiga singdirish.

Yo) o’rganilayotgan mavzuning kundalik hayotdagi o’rni: bank xodimi, buxgalter, huquqshunos, menejer, moliyachimi, kim bo’lishidan qat’iy nazar inson doimo nutq madaniyatiga, muomala odobiga ega bo’lishi kerak.

5.Mustahkamlash. Savol-javob, xulosalarni to’plash, asarni tahlil qilish.

6.Xulosa. 

7.Baholash. (Uyga vazifani tekshirish, savol-javobdagi ishtiroki, mustaqil ish natijalari, tahlillar, darsdagi faol ishtiroki baholanadi.)

8.Uyga vazifa. (Darslik nomi, beti ko’rsatiladi, topshiriqlarni bajarish shartlari tushuntiriladi, yo’l-yo’riq ko’rsatiladi)


Darsning borishi

І. Tashkiliy bosqichda o’quvchilar bilan salomlashib, sinf tozaligi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi ko’zdan kechiriladi. O’quvchilar davomati aniqlanadi. Guruh 2 ta kichik guruhga ajratiladi. 

1-guruh – Fuzuliy

2-guruh – Sa’diy 

ІІ. Asosiy qism.

A) Fuzuliy va Sa’diy guruhi talabalari orasida baxru bayt o’tkaziladi. 

B) uyga vazifani so’rash.

(Uyga vazifa: Muqimiy hayoti va ijodini o’rganish, «Oshiq bo’libman» g’azalini yodlash topshirilgan)

Savol – javob orqali so’rash.

  1. Muqimiyning shoir bo’lib etishishida oila muhitining qanday o’rni bor?
  2. Muqimiy ijodini necha yo’nalishga ajratish mumkin?
  3. «Tanobchilar» hajviyasining yozilish tarixi haqida nimalar bilasiz?
  4. Muqimiy «Sayohatnoma»lari haqida ma’lumot bering.
  5. Muqimiy taxallusining ma’nosini izohlang.
  6. Muqimiyning iqtisodiy-moddiy ahvoli haqida nimalar deya olasiz?
  7. Muqimiyning mutoyiba she’rlari qaysilar?
  8. Muqimiy qanday hajviyalar yozgan? 
  9. «Oshiq bo’libman» g’azalini yoddan ifodali o’qish. (2 ta guruhdan 2 ta o’quvchidan so’raladi)

V) Fikrlarni jamlash (miyaga hujum). 

 2 ta guruh ishtirokchilari orasida «Tig’iz payt» o’yini o’tkaziladi. 

1. «Fuzuliy» guruhi uchun savollar:

  1. Adabiyot so’zi qaysi tildan olingan? (arabcha)
  2. «Dil ba yoru…» davom ettiring. (dast ba kor)
  3. «turk» so’zining ma’nosi. (buri, dubulga)
  4. Bobur hayoti va ijodiga bag’ishlangan badiiy asar. («yulduzli tunlar»)
  5. «Urxun Enasoy obidalari» qachon topilgan? (XІX asr)
  6. Sharqda «Muallimi soniy» nomini olgan olim? (Farobiy)
  7. «Qutadg’u bilig» so’zlarining ma’nosi nima? (Saodatga boshlovchi bilim)
  8. Birinchi o’zbek professori kim? (Fitrat)
  9. «Xibat ul-xakoyik» asarining muallifi kim? (A. Yugnakiy)
  10. Hadis yig’uvchilar qanday nomlanadi? (Muhaddis)

2. «Sa’diy» guruhi uchun savollar:

  1. «Nazm» so’zining ma’nosi nima? (tizmoq)
  2. «Al jabr val muqobala» kimning asari? (Xorazmiy)
  3. Navoiy «Foniy» taxallusini qo’llagan turkiy dostoni qanday nomlanadi? («Lisonut-tayr»)
  4. «Farhod» ismi qaysi so’zlardan olingan? (firoq, rashk, hajr, oh, dard)
  5. «Xamsa»navis shoirlar kimlar? (N. Ganjaviy, X. Dehlaviy, A. Navoiy)
  6. Pahlavon Mahmud qaysi kasb bilan shug’ullangan? (Po’stindo’zlik, telpakdo’zlik)
  7. Birinchi o’zbek romani. (A. Qodiriy «o’tgan kunlar»)
  8. A. Novoiyning «Mehnatnoma» dostoni («Farhod va shirin»)
  9. Turkiy adabiyotda kim mohir ruboiynavis sanaladi? (Z. M. Bobur)
  10. Almaiy so’zining ma’nosi kanday? (ziyrak, sinchkov)

G) yangi mavzuga o’tish. 

Yangi mavzuga o’tish uchun zamin tayyorlash maqsadida o’quvchilardan og’zaki ravishda savollarga qisqa, aniq javoblar tinglanadi. 

Savollar: 

  1. Adabiy aloqalar deganda nimani tushunasiz?
  2. Tarjimachilik haqida nimalar deya olasiz?
  3. Jahon adabiyoti namoyandalaridan kimlarni bilasiz?
  4. Ularning qanday asarlarini bilasiz? Qaysilarini o’qigansiz?
  5. Munisning Fuzuliy g’azaliga bog’lagan muxammasi haqida so’zlang.
  6. «Guliston» asarini kimlar tarjima qilgan? (Ogahiy, Sayfi Saroyi)
  7. Sa’diyning «Guliston», «Bo’ston» asarlari ta’sirida turkiy tilda qanday asarlar yaratilgan? (Avloniy «Turkiy Guliston yoxud axloq»)


Yangi mavzu rejasi:

  1. Fuzuliyning hayot yo’li va ijodi.
  2. «shifoyi vasl qadrin…» g’azali tahlili.
  3. Sa’diy sheroziy hayot yo’li va ijodi.
  4. «Guliston» asaridagi «Suhbat qoidalari bayoni»dan boblar tahlili. 
  5. Hikoyatlarning ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyati.

D) yangi mavzu bayoni.

Yangi mavzu ikki ijodkor hayoti va ijodini o’rganishga bag’ishlangan bo’lib, mavzuni o’qib, o’rganib kelish oldindan o’quvchilarga topshirilgan bo’ladi. (ilgarilash metodi asosida)

1. «Fuzuliy» guruhiga Fuzuliy hayotini o’rganish topshirilgan bo’lib, shu guruhga mavzu yuzasidan quyidagi savollar beriladi:

  1. Fuzuliy kim? U haqda nimalarni bilasiz?
  2. Fuzuliy qaysi tilda ijod qilishni boshladi va qaysi tilda davom ettirdi? (fors-tojik, ozarbayjon)
  3. Fuzuliyning majoziy asarlari qanday nomlanadi? («Sixxat va maraz», «Bangu boda», «Suhbatul-asmor»)
  4. Fuzuliy qaysi janrni iste’dodga mezon deb bildi? (g’azal)
  5. Fuzuliyning ishqi haqida gapiring. (Fuzuliyning ishqi yoniq bir ishqdir)
  6. Fuzuliy qanday doston yozgan? («Laylo va Majnun» 1537 yilda yozilgan)
  7. Fuzuliyning nasriy asari? («shikoyatnoma» dostonini yozgan)
  8. Fuzuliyning falsafiy dostonlari haqida nimalar bilasiz? («Haft jom» - («7 jom»); «Matla’ ul e’tiqod» («e’tiqod boshlanmasi»), «Anisul – qalb» («Qalb do’sti»), «Rindu zohid»)

Yangi mavzu yuqoridagi rejalar asosida bosqichma-bosqich yoritilib boriladi. E. Vohidovning «Fuzuliy haykali qoshida» she’rini o’qituvchi ifodali o’qib beradi:

Ellar, bir daqiqa to’xtang esishdan, 

Sernavo bulbullar, sayramang bir oz.

Karbalo dashtida yayov kezishdan

Charchab tin olmoqda Fuzuliy ustoz.

Muhammad Sulaymon o’g’li Fuzuliy 1498 yilda Iroqning Karbalo shahrida ziyoli oilasida tug’ilgan. Karbalo bilan shoir o’sib ulgaygan Bag’dod orasi 85 chaqirim bo’lgan. Fuzuliyning otasi Sulaymon bir vaqtlar Ozarbayjonning Arash degan joyidan Karbaloga kelib qolgan. Fuzuliy shoirning taxallusi bo’lib, fazl (fazilat)ning ko’pligi, jamini bildiradi. Uning taxallusi yoniga Bag’dodiy nisbasi qo’shilib keladi. 

Fuzuliy Navoiyga juda katta ixlos va muhabbat bilan qaradi. Uning ijod yo’lida ham Navoiy bilan bir qadar o’xshashlik bor. Zullisonaynlik. Fuzuliy ham o’z ijodini forsiyda boshlab, ona tiliga so’ng o’tgan. Ozarbayjon hukmdori Ismoil І Safaviy va Turkiya Sultoni Sulaymon І qonuniylar Fuzuliyni moddiy ta’minlab turganlar. Fuzuliyning o’g’li Fazliy taxallusi bilan she’rlar yozgan, uning bobosi yurti Arashga ko’chib kelganini naql qiladilar. 

Fuzuliy 1556 yilda vabo kasalidan vafot etgan. 

Fuzuliy ijodi boy va rang-barang bo’lib, 16 asr turkiy she’riyatida unga teng keladigan biror shoirni topib bo’lmaydi. Yuzlab g’azallar yozgan, devonlar tuzgan. Fuzuliy ijodi turkiy xalqlar adabiyoti taraqqiyotiga g’oyat katta ta’sir ko’rsatgan. El orasida «Fuzuliyxonlik» davralari bo’lgan. Zamondoshlari Fuzuliyni «Mavlono» deb atashgan. 

Fuzuliyning asarlari.

  1. «Matla’ ul e’tiqod» («e’tiqod boshlanmasi»)
  2. «Layli va Majnun»
  3. «Haft jam» («Etti jam»)
  4. «Anis ul-qalb» («Qalb do’sti»)
  5. «Rindu zohid» 
  6. «shikoyatnoma»
  7. «Sixxat va maraz»
  8. «Bangu boda»
  9. «Suhbat ul asmor»

G’azal tahlili.

1. Magnit tasmasiga yozilgan «shifoyi vasl qadrin…» g’azali eshittiriladi. (Buni talabalar diqqat bilan tinglab, ifodasiga, ohangiga e’tibor beradilar)

2. Doskaga «shifoyi vasl qadrin…» g’azali yozilgan plakat ilinadi. (Unda g’azal matni 3 xil rangda yozilgan)



























Savollar:

1. Plakatdagi g’azalning 3 xil rangda yozilishining sababi nimada deb o’ylaysiz? (g’azal matla’si va maqtasi, undagi qofiyadagi so’zlar, radif ajratib boshqa ranglar bilan yozilgan)

2. Matla’ nima? Maqta’-chi? (matla’-boshlanma, g’azalning birinchi bayti, maqta’-tugallanma, g’azalning so’nggi bayti, odatda unda shoir taxallusi keltiriladi)

3. Bayt nima? G’azal necha baytdan iborat? (g’azalning har 2 misrasi bayt deyiladi. Bu g’azal 7 baytdan iborat)

4. Misra nima? (Har bir she’riy qator misra deyiladi)

5. Qofiya nima? G’azaldagi qofiyadosh so’zlarni toping. (Misralar oxirida radifdan oldin keladigan ohangdosh so’zlar qofiya deyiladi. G’azalda: bemor, diydor, asror, bedor, hushyor, yor, xummor, vor so’zlari o’zaro qofiyalanib kelgan)

6. Radif nima? G’azalning radifini toping. (Misralar oxirida qofiyadosh so’zlardan keyin takrorlanib keladigan so’z radif deyiladi. G’azalda «ulandan so’r» radif bo’lib kelgan)


3. Kodoskop orqali g’azaldagi tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar lug’ati ko’rsatilib, izoh beriladi. (Talabalar lug’atni daftarlariga ko’chirib yozadilar)




 














4. G’azal baytma-bayt o’qib tahlil qilinadi. O’qituvchi o’quvchilar fikrini umumlashtirib, to’ldirib boradi. 

«shifoyi vasl qadrin…» Fuzuliyning eng mashhur she’rlaridan biri-dir. Darhaqiqat, vasl-shifo, hajr bemorlikdir. Shifoning qadrini bemordan, zilol suvning zavq-shavqini tashna odamdan so’ramoq kerak. 

Ushbu g’azal ham an’anaviy yor ta’rifi va oshiq holi tasviriga bag’ishlangan. G’azal oxirida shoir mavzuni mayga buradi, o’zini xarobot ahli deb tanishtiradi va g’ofil zohidga qarshi qo’yadi. 

Krossvord echish.




6.






 1.

B

A

G’

D

O

D





 2.

A

R

U

Z



 3. 

F

U

Z

U

L

I

Y



 4. 

F

A

Z

L





 5.

O

L

L

O

H












Sharti:

  1. Fuzuliy o’sib ulg’aygan shahar. (Bag’dod)
  2. G’azal qaysi vaznda yoziladi? (Aruz)
  3. «shifoyi vasl qadrin …» g’azalining muallifi kim? (Fuzuliy)
  4. Fuzuliy taxallusi qaysi so’zdan olingan? (Fazl)
  5. Fuzuliy ijodida Layli kimning timsoli sanaladi? (Olloh)


Bugungi darsimizda jahon adabiyotining mashhur siymolaridan biri Sa’diy sheroziyning «Guliston» asaridagi 9 – bob «Suhbat odobi zikri» bilan ham tanishasiz. 

2 – guruh Sa’diy guruhi a’zolariga quyidagi savollar bilan murojaat etamiz.

  1. Sa’diy sheroziy kim, u haqida nimalar bilasiz? 
  2. Sa’diy qachon, qaerda, kimning oilasida tug’ilgan? (1189 yil, sherozlik davlat xizmatchisi oilasida tug’ilgan)
  3. Sa’diy qaerda tahsil olgan? (1226 yilda Bag’dodga borib, Nizomiya madrasasida tahsil oldi)
  4. Sa’diy nega jahongashta sanaladi? (Eron, Jan. Ovrupa, Kichik Osiyo, Arabiston, o’rta Osiyo, Hindiston, Xitoy bo’ylab safar qildi)
  5. Sa’diy hayotida 30 raqami qanday ma’no anglatadi? (30 yil ilm oldi, 30 yil sayohat qildi, 30 yil badiiy ijod qildi)
  6. Sa’diy qanday devonlar tuzgan? («Toyibot», «Badoe», «Xavotim»)
  7. Sa’diyning pandnoma asarlari qaysilar? («Guliston», «Bo’ston», «Sohibnoma»)
  8. «Guliston», «Bo’ston» asarlari kimlar tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan? (S. Saroyi, M. Ogahiy, Murodxo’ja domla, Avloniy)
  9. Navoiy Sa’diy ijodi ta’sirida qanday asarlar yozdi? («Mahbub ul-kulub», «Xayratul abror»)

Ma’ruza

Sa’diy sheroziyning «Guliston» asari quyidagi boblardan iborat. 

  1. «Podshohlar siyrati zikrida»
  2. «Darveshlar axloqi zikrida»
  3. «Qanoat fazilati zikrida»
  4. «Xomushlig’ favoyidi zikrida»
  5. «Ishq va yigitlik zikrida»
  6. «Tavongarlik va darveshlik bayonida Sa’diyning muddaiy bila jadal qilg’oni zikrida»
  7. «Suhbat va xizmat odobi zikrida»


Shundan so’ng «Suhbat odobi zikrida» bobi tahliliga o’tiladi. Unda nutq odobi, mol dunyoga munosabat, qaram va minnat, ilm va amal, qismat va nasiba, yomonlik va yaxshilik, do’st va dushman, tanqidning mohiyati, nodonlik va donolik, himmat va ibodat kabi masalalar yoritilgan. 

Dastlab klaster usulidan foydalanamiz. 

    1. Talabalar muomala odobi elementlarini yozib chiqadilar. 














2. Har bir o’quvchi hikoyat va hikmatlarni o’qib, sharxlaydi, mag’zini chaqadi. Bu bahs – munozaraga aylanadi. Hikmatlar ma’nosi, ulardagi aytilayotgan fikrlar bugungi zamon bilan bog’lanadi. Kodoskop orqali tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar lug’ati beriladi. 

























3. «Suhbat odobi» zikri oldingi mavzular, talabalarning kasb etikasi bilan bog’lanadi. Ona tili darsida o’tilgan «Ko’ngil durji ichra gavhar so’zdurur», adabiyot darsida o’tilgan Huvaydoning «Zoe’ etma yaxshi so’zni» g’azali bilan bog’lanadi. Shirinsuxanlik, axloq-odob, aql, fahm-farosat, boshqaruvchilik qobiliyati bugun biz tayyorlayotgan barcha kasb egalari: bank xodimi, muhosib, menejer, moliyachi, huquqshunos kim bo’lishidan qat’iy nazar mujassam bo’lishi kerak bo’lgan fazilatlardir. Ular mijozlar bilan, o’z xodimlari bilan bo’lgan muomalada bularga amal qilishlari shart. 


«chechanlik» o’yini.

Maqollarning boshlang’ich qismi o’qib eshittiriladi, o’quvchilar uni davom ettirishlari kerak. 

  1. Yaxshi so’z jon ozig’i … (yomon so’z bosh qozig’i)
  2. Ona yurting omon bo’lsa, … (rangi ro’ying somon bo’lmas)
  3. Uzma do’stlik torini … (uni bog’lash qiyin)
  4. Ishsizning kuni o’tar … (ishchining ishi bitar)
  5. To’g’ri odam … (egri so’zdan or qiladi)
  6. Yaxshi bilan yursang etarsan murodga … (yomon bilan yursang qolarsan uyatga)
  7. O’ziga boqma, … (so’ziga boq)
  8. Do’st so’zini tashlama, … (tashlab boshing qashlama)
  9. Shirin so’z bilan ilon inidan chiqar … (yomon so’z bilan pichoq qinidan chiqar)
  10. To’g’ri uzadi … (egri tuzadi)
  11. Avval o’yla … (keyin so’yla)
  12. Ko’p bilgan oz so’zlar, … (oz so’zlasa ham soz so’zlar)

Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida 10 ta test savoli talabalarga tarqatiladi. 

Testlar.

1. Fuzuliy qachon, qaerda tug’ilgan?

A) 1441 yil, Xirotda S) 1498 yil, Iroq, Karbalo

V) 1498 yil, Ozarbayjon D) 1483 yil, Andijon

2. Fuzuliy qaysi tillarda ijod qilgan?

A) fors-tojik S) Ozarbayjon

V) arab, turk D) Barcha javoblar to’g’ri

3. Fuzuliy devonidagi etakchi janr?

A) ruboiy S) qasida

V) g’azal D) qit’a

4. Fuzuliyning nasriy asari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) «shikoyatnoma» S) «Haft jom»

V) «Layli va Majnun» D) «Suhbat ul-asmor»

5. Sa’diy sheroziy qachon, qaerda tug’ilgan?

A) 1226 yil sherozda S) 1189 yil, sherozda

V) 1292 yil Iroqda D) 1498 yil, Ozarbayjonda 

6. Sa’diyning she’riy va nasriy hikoya va masallardan tashkil topgan asari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) «Guliston» S) «Badoe»

V) «Toyibat» D) «Xavotim»

7. Sa’diyning «Guliston» asarini birinchi bo’lib o’zbek tiliga kim tarjima qilgan? 

A) Ogahiy S) Murodxo’ja domla

V) Sayfi Saroyi D) Sidkiy Xondaylikiy

8. Sa’diyning «Guliston», «Bo’ston», «Sohibnoma» asarlari ta’sirida yozilgan asarlar qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) «Xayratul – abror» S) «Turkiy Guliston yoxud axloq»

V)»Mahbub ul kulub» D) Barcha javoblar to’g’ri

9. Andak-andak yig’ilgusi bisyor,

 Dona-dona ukulgusi ambor.

Misralarning muallifi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) Fuzuliy S) Sa’diy sheroziy

V) Navoiy D) Hofiz sheroziy

10. «Guliston» asarida keltirilgan daryo nomi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) Dajla S) Nil

V) Ganga D) Amudaryo


Test javoblari

1. S 6. A

2. D 7. V

3. V 8. D

4. A 9. S

5. S 10. A


Baholash. Har bir o’quvchi to’plagan bal va guruhlar to’plagan bal e’lon qilinadi. Guruhlar bahosi doskadagi konvertda yig’ilgan rag’bat kartochkalari orqali aniqlanadi.g’olib guruhga sovg’alar topshiriladi. 











Uyga vazifa.

«shifoyi vasl qadrin …» g’azalini yodlash (A. Rafiev «Ona tili va adabiyoti» 268 bet)

«Ilm aro gar voxidi davronsan, Amaling bo’lmas ersa, nodonsan» mavzusida ijodiy ish yozish.

































XX ASR ADABIYOT NAMUNALARI


Mavzu: Abdulla Oripovning hayoti va ijodi. 

Vatan va istiqlol mavzusidagi she’rlari.

Reja:


1. Abdulla Oripov-XX asr o’zbek She’riyatining yetuk namoyandasi.

2. Shoirning 60 — yillar ijodi.

3. Ijodkor She’riyatida lirik qahramon.

4. Abdulla Oripov lirikasida Vatan va millat taqdiri.

5. Shoir qalamida istiqlol madhi.


Abdulla Oripov atoqli o’zbek Shoiri va jamoat arbobidir. U XX asr o’zbek She’riyatidainson qalbidagi murakkablik, ziddiyatlarni, haq—nohaqliklarni, adolat, razolatni teran va haqqoniy, ayniqsa, o’ziga xos, betakror kuylayotgan ulkan ijodkordir.

Abdulla Oripov yangi bosqich o’zbek adabiyotiga yangicha badiiy tafakkur yo’sinlarini olib kirdi. Birga Shakllanib, voyaga etgan o’zbekistonning Shoir va yozuvchilari avlodi Abdulla Oripov asarlarining kuchli ta’siri ostida o’sdi. Bu ta’sir o’zbek adabiyotiga kirib kelayotgan har bir yangi bo’gin vaqillari ijodida ham yaqqol sezilmoqda.

Abdulla Oripov o’z asarlarining tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Cho’lpon, g’afur g’ulom ijodiy an’analarining davomchisidir. Kenja Shoir asarlari uztoz salaflarning zavol bilmas adabiy merosi bilan uzviy bir yaxlitlikda abadiyat sari davom etajak o’zbek adabiyotining o’tmishi va kelajagini bog’lovchi oltin halqadir.

Shoirning butkul ijodi tag — tomirigacha milliylik ruhi bilan sug’orilgan. Bu milliylik, mahdudlik, biqiqlik, faqat o’zinigina o’ylab, o’zgalarni mensimaslik yoxud haqorat qilish asosiga qurilgan emas. Bu milliylik zamirida o’zbekona bag’ri kenglik, tantiqlik, oliyjanoblik va mehrparvarlik bilan bani insoniyatning baxt—saodatiga, mehr — muruvvatiga bo’lgan kuyunchaqlik hissining uyg’unligi yotadi.

Vatan va uning fidoyi farzandlari sevinch —tashvishlarini kuylash Shoir ijodining asosiy yo’nalishidir. Vatanni kuylar ekan, Shoir bu Vatan ulkan koinotning bir qismi ekanini unutmaydi. Er kurrasi, ulkan koinot tashvishlarini qalamga olganda esa, Shoir o’ylari, Shubhasiz va beistisno undagi o’xshashi yo’q o’zbekistonga borib tutashadi.

Ko’pdan — ko’p She’riy to’plamlar, dostonlar, tarjima asarlar, qo’shiqlar publitsistik va adabiy maqolalar muallifi Abdulla Oripovning o’ttiz besh yillik ijod yo’li bir tekisda kechgani yo’q. Bu yo’lda Sho’ro hukumati davrida haqiqatni ayta olmaslik azoblari—yu, aytilgandagi dashnomlar ham; hukmron mafkura ta’sirida uning g’oyalarini kuylash va milliy mustaqillik yo’lidagi fidoyi kurashlar ham bo’ldi.

Biroq past—balandliklar, parvoz va qiyinchiliklar, eng asosiysi: Shoirning o’z xalqiga, xalqining Shoiriga adoqsiz mehr— muhabbatini bir bahya ham susaytirgani yo’q. Aksincha, izlanishlar va qiyinchiliklar, ulardan o’sib chiquvchi yangi izlanishlar xalq va Shoirning bir—biriga sadoqatini yanada mustahkamladi. Bu sadoqatning natijasi bo’lib, yangi —yangi asarlar maydonga keldi.

Shoir asarlarining ba’zi birlari o’zbekistonning so’zdagi timsoli bo’lib jaranglamoqda. Bunday iqbol kamdan—kam ijodkorga nasib etadi.

Har bir davlatning mustaqil davlat ekanini bildiruvchi halqaro miqiyosda e’tirof etilgan bir qator ramzlari bo’ladi. Bayroq, gerb, davlat madhiyasi ana Shular jumlasiga kiradi. Bastakor Mutal Burhonov musiqasi bilan ijro etiluvchi o’zbekiston Respublikasi madhiyasi (gimni) so’zining muallifi Abdulla Oripovdir.

Turli darajadagi anjumanlardan tortib, eng ulkan miqiyosdagi oliy tantana va tadbirlar, yig’in ishtirokchilari o’rinlaridan turib, o’zbekiston madhiyasini ijro etgganlarida, uning muallifi Shoir Abdulla Oripovga ham yana bir bor hurmat bajo keltiradilar.

Inson tabiati bilan uning takdiri o’rtasida bazan ajib bog’lanishlar bo’ladi. Abdulla Oripov Navro’zni, bahorni alohida bir intiklik bilan sevadi. Uning ijodida Navro’z va bahorga bag’ishlangan qanchadan — qancha ajoyib satrlar, She’rlar bor. Qarangki, bo’lajak Shoirning o’zi ham Navro’z kiradigan kun 21 martda (1941) tug’ilgan. Qashqadaryo viloyati Koson tumani, Nekuz kishlogidagilar faxr bilan uni bizning hamqishlog’imiz deb ataydilar. Oila boshlig’i oddiy dehqon Orif bobo farzandlarining ta’lim — tarbiyasiga, ayniqsa, halol va mehnatsevar bo’lib etishuviga katta e’tibor berdi.

Abdullaning bolaligi dov — daraxtlar kam, lekin zavq — Shavq ko’p, suv oz, biroq sarrin Shabada-yu ertaklari mo’l Qo’ng’irtov etaklaridagi qir va Shuvoqzorlarda o’tdi. Maktabga borar — bormas akalariga qo’shilib, molga o’t, uyga suv tashidi, ralla o’rdi.

Urushdan keyin kiyinchilik , etishmovchilik bo’lishiga qaramay, biror kishi, biror oila o’z qishlog’ini tashlab ketmadi. Buni Abdulla o’z ko’zi bilan ko’rdi. Vatan degan ilohiy qudrat va tushuncha uning murg’ak tassavvurida Shu yillarda mustahkamlangan bo’lsa ajab emas. Bo’lajak Shoirning onasi Turdi Karvon qizi tabiatan g’oyat ta’sirchan, Sharq ayollariga xos She’r va go’zallikka xumor ayol edi. Abdullaning bolaligidagi dastlabki o’yinqaroq satrlari ham mexribon onasining halq yo’lida xirgoyi qilib yurgan qo’shiqlari ta’sirida tug’ildi, akalari uyda yiqqan badiiy kitoblarni o’qib, asta — sekin kurtak otdi.

Serfarzand oila —to’rt qiz, to’rt o’ril, ular ichidagi kenjasi Abdulla nainki oila eoki maktab, balki, umuman qishloqda o’tkir zexni va kobiliyati bilan ajratib turar edi. U o’n etti yoshida o’rta maktabni oltin medal bilan tugatdi. 1958 yildan toshkent Davlat universitetining filologiya fakulteti jurnalistika bo’limida tahsml ola boshladi.

Universitetdagi qaynoq hayot, muhit Abdulla Oripovning Shaxs sifatida tarbiyalanishida, talabalik dunyo — qarashi shaqllanishida, Shoir bo’lib oeoqqa turishida, chiniqishida muxim rol o’inaydi. Ayniqsa Ozod Sharafiddinov, Matnokub Qo’Shjonov, Umarali Normatov singari mehribon ustozlar — She’riyatning nozik, talabchan bilimdonlari qo’lidagi tahsil, Erkin Vohidov, o’tkir hoshimov, Shukur Xolmirzaev, Rauf Parfi kabi Shu yillardanoq qalami charxlanib, ular mehriga tushgan talabalar muhiti; Oybek, g’afur g’ulom, Abdulla Qahhor singari adiblar bilan uchrashuvlar, adabiyot to’g’risidagi qizg’in bahslar: umuman, poytaxt Toshkentning adabiy — ma’naviy havosi istedodi g’unchalab turgan Abdulla Oripovga g’oyatda barakali ta’sir ko’rsatdi.

Mana shu muhitda shoirning izlanish jaraeoni kechdi. «Umr duch qilarkan», «Hali oldindadir go’zal kunlarv, «Sendan yiroqda», «shovulladi tun bo’yi shamol», she’rida fikriy salmoq va yangiliklarning ozligi, lirik hislarning kalb, tafakkurda iz qoldirish kuchining etishmasligi, saeozlik kabi kamchiliklar ko’zga tashlanadi. Ko’p o’tmay, 60 — yillarning o’rtalariga karab «o’zbekiston madaniyati» gazetasi, «Sharq yulduzi» jurnali sahifalarida chiqkan she’rlarida bu kamchiliklar asta — sekin barham topib, yangi Shoir tug’ilaeotganidan dalolat berdi.

Dastlabki «mitti yulduz» nomi mittigina She’riy to’plami bu ishonchni mustahkamladi. Chunki unda yulduzlardek mo’jaz, porlok, so’nmas she’rlar biseor edi. Hozirgacha kechgan salkam o’ttiz besh yillik ijodi davomida Shoir ko’pdan —ko’p asarlar e’lon qilib, o’zbekistonning peshqadam Shoirlaridan biriga aylandi.«Onajon», «Ruhim», «o’zbekiston», «Hayrat», «Yuzma—yuz», to’mlamlariga kirgan She’rlarida o’zbekiston va uning xalqi boshidan kechayotgan vokealar, tashvishlarga dahldor his—tuyg’ular, shoirona nuktai nazarlar; zamondoshimiz kalbi va tafakkurida ro’y beraeotgan o’zgarishlar, orzu—umidlar olamidagi talotumlar kiyinchiligi, ziddiyatlar, sevinchu iztiroblar aks ettirildi.

1984 yilda nashr etilgan «Yillar armoni» to’plami shoirning deyarli chorak asr davomida eozgan asarlari capa namunalaridan tuzildi va ma’lum darajada muallifning armonli yillaridan o’z — o’ziga kichik bir ijodiy hisoboti tarzida tashqil topdi. To’plam nomida chukur ma’no bor. Unga kirgan asarlarda shoirning muayyan orzu—niyatlar ijobat bo’lishi barobarida ayrim She’rlarida istibdod tuzumi davrida istiklol g’oyalari va shaxs erkinligi bilan alokador ko’pdan—ko’p umidlar amalga oshmay armon bo’lib koldi. To’plam nomi asarlar ana shu yillar armonidan kolgan eodgorliklar ekaniga bir ramziy ishoradir. Abdulla Oripov o’zbek adabiyotini «Jannatga yo’l» (1978), «Hakim va ajal» (1980), «Ranjkom»(1988) kabi bir kator dostonlar bilan ham boyitdi.

«Hakim va ajal» dostonini Shoir jahonning buyuk tabibi ABU ALI IBN sinoga bag’ishladi. Asarda buyuk dahoning insonparvar, zakiy kieofasida aks ettirildi. Muhabbat va umrguzaronlik ulug’landi. Adolat bilan kabohat, fasohat bilan razolat o’rtasidagi abadiy va azaliy kurash ko’rsatildi. Malika obrazida mehru shafkat va sevgi—sadokatga doimo tashna ayol siymosining go’zal va shaffof kirralari gavdalantirildi. Mirzo obrazida o’z manfaati yo’lida hech kanday jirkanchiliklardan kaytmaydigan odamlarning o’zidan chikuvchi iblis kieofasi o’z ifodasini topdi.

Shoirning katta janrdagi asarlarining ko’pi eorug va ko’ra kuchlarning ayovsiz kurashiga bag’ishlanadi. «Ranjkom» nomli dramatik doston ham oshkoralik va qayta kurish deb nomlangan 80 — yillarning ikkinchi yarmida avj olgan g’iybat, tuhmat, ig’vo, hasad singari yaramas illatlarni keskin fosh etdi. Asarda muallif tinch ishlab yurgan, halol, vijdonli kishilarni ranjitishdan, haqoratlashdan, ularga azob berishdan rohatlanuvchi va maksadlarni izchil ravishda amalga oshirish uchun, hatto muallifning shartli tasviricha, maxsus ko’mita tuzishga bel bog’lagan razil kishilarning umumlashtirgan jirkanch basharalari aks ettirildi.

Abdulla Oripov tarjima sohasida ham katta ishlarni amalga oshirdi. U buyuk italyan Shoiri Aligeri Dante kalamiga mansub jahon adabiyotining shoh asaridan biri «Ilohiy komediyaini o’zbek tiliga o’girdi. So’nggi yillarda jamiyatda ro’y bergan o’zgarishlari, ularning zamondoshlarimiz kalbi va tafakuriga ko’rsataeotgan ta’siri shoirning «Munojot», «Hikmat sadolariya, «Ishonch ko’priklari», «Haj daftarii singari to’plamlarga kirgan she’rlarida eorkin aks etgirildi. O’zbekiston mustaqillikni ko’lga kiritgach, uni ulug’lab eozgan Shoir sieosatbozlikdan, firkaviy tarafkashlikdan, istibdod mafkurasidan holi bo’lgan yangi bosqich o’zbek adabiyoti ravnakida katta rol o’ynamoqda.

Abdulla Oripovning ayrim she’riy to’plamlari va she’rlari ingliz, tojik, rus, uyg’ur, ukrain, nemis, qozok, vengr, qirg’iz, bolgar, turkman, ozarbayjon, turk tillariga tarjima qilingan. U ijodiy ishni uzoq yillardan bueon bir kator nashrieotlarida «Sharq yulduzia va «Gulxan» kabi jurnallarda, o’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida, turli darajada rahbarlik lavozimlarida mehnat qilish bilan olib bordi. Abdulla Oripov hozir o’zbekiston Respublikasi mualliflik hukukini himoya qilish. Ko’mitasining raisidir.

Shoir asarlari el va yurt tomonidan munosib taqdirlanmokda. U «o’zbekiston komsomoli» hamda Hamza nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo’lgan. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni ko’lga kiritgach, «Munojot» She’riy to’plami uchun u birinchilar katorida alisher Navoiy nomidagi davlat mukofotining sovrindori bo’ldi.

Abdulla Oripov xalq shoiridir. U o’zbek adabiyotini yangi —yangi asarlar bilan boyitishda davom etmoqda. Abdulla Oripov adabiyotga 60 — yillarning avvalida kirib keldi. Uning dastlabki she’rlaridagi qahramon shirin orzu—umidlar bilan hayotga endigina mustaqil qadamlarini ko’yaeotgan, kalbiga endigina muhabbat mo’ralay boshlagan, dunyoga, asosan, sevgi ko’zi bilan nazar tashlovchi yosh zamondosh edi.

Abdulla Oripov inson va tabiatni ajib bir uyg’unlikda kuylash mahoratini egallab boraeotganini ko’rsatdi.chunki «Ko’z xayollari» She’ridagi:

Uning qo’shirida, uning ohida 

Sezaman odamzot kalbin gohida. 

Yoki:

Bir hikmat o’kiyman hazonlardan men: 

«Yashogin —u biroq yaproq bo’lsa sen».

Singari misralar o’zbek adabiyotiga mushohadakor, yosh bo’lishiga qaramay faylasuf ruhli bir Shoir kirib kelayotganidan dalolat berdi.

She’rdan she’rga bu ruh kuchaydi. Inson kalbining inju nazokatlarini kuylash, kuylaganda ham xuddi hayotning oddiy va sodda, ayni vaqtda, ma’noviy chukurligi, ma’naviy go’zallikning yaxlit uzviyligiga erishish Abdulla Oripov asarlaridagi badiiylikning etakchi belgisiga aylana bordi.

Biz hammamiz bahorni soginamiz. Lekin sevgisiz nainki oshik, hatto, uni birgalashib intik kutaeotgan bahor ham rarib bo’lib kolishi mumkinligini biz Abdulla Oripovning «Sen bahorni sog’inmadingmi?» She’ridagi:

Sensiz men ham,bahor ham g’arib,

— Sen bahorni soginmadingmi? —

Misralarini o’qigach, idrok etamiz va his qilamiz. Bunday she’rlar o’quvchini ma’naviy jihatdan yanada boyitadi va go’zalroq qiladi.

Ijodining dastlabki bosqichidayok Abdulla Oripovning She’riyati kurashchanlik ruhi bilan sug’orilajagi, adolat uchun ayovsiz kurashuvchi she’riyati bo’lajagi, lirik qahramoni, aksar hollarda Shoirning o’zi hayotda o’z o’rnini o’zi kurashib topuvchi qahramon bo’lajagi malum bo’lib koldi.

Shu manoda kichikkina «Buloq» (1963) She’ri ana shunday ' fazilatni o’zida mujassam etdi., deyish mumkin: 

Qutlur bir saharda ko’z ochdi buloq, 

Yo’l soldi daryolar sari adashib. 

Unga rahm etmokchi odamlar shu tob, 

Tog’u toshlar apo yakin yo’l ochib. 

Odamlar, tegmangiz, mayli toshsin u, 

Mayliga TORNI ham ko’rsin yo’lida. 

Qo’ying, o’z yo’lini o’zi ochsin u, 

Zavklanolsin u ham kurash so’ngida.

Bu she’rdagi kurashchanlik, insonparvarlik g’oyalariga shoirning, «Dorboz», «Tilla baliqcha» She’rlaridagi badiiy g’oyalar tutashib ketadi. Kichik hajmli «Dorboz» She’riga bir karaganda, balanddagi arqonda dorboz ko’zini yumib, bemalol yuribdi, ayrim ko’zi ochiklar esa hatto katta yo’lda ham eplab yurolmaydi, deyilgan Shunchaqi oddiy bir ma’no jo qilingandek tasavvur koldiradi. Aslida esa, uning zamiriga salmokli falsafiy ma’no singdirildi. U hayotda aldam — qaldamliklar bilan yashovchilarga, adolatning to’gri yo’li turganda unga chap berib, turli— tuman egri—bugri yo’llarga urib ketuvchilarga ramziy bir ishoradir.

She’rdagi dorbozning kiprikdagi yoshga, arqonning qilich domiga o’xshatilishi kabi nozik topilmalar asarning badiiy kimmati va ta’sir kuchini yanada oshiradi.

60 — yillarning o’rtalarida eozilgan «Tilla balikcha» she’ri adolatga, insoniy barkamollikka chorlovchi asardir. Shoir bu she’rga allegorik ko’p ma’nolik va ko’chma ma’nolikni singdirishga muvoffak bo’ladi. She’rdagi «loyka hovuzv, She’r eozilgan davrdagi jamiyat, tuxumdan chiqqan «tilla balikcha» esa bu jamiyatda voyaga etayotgan yangi inson, yangi avlod, unga emish sifatida berilayotgan tashlandik ushok»lar esa shu fuqarolarning goyaviy ozig’i bo’lmish firqaviy va sho’raviy mafkura edi. She’r nihoyasida Shoir; 

Manga alam qilar, tilla balikcha 

Bir ko’lmak hovuz deb bilar dunyoni, 

Der ekan, bu aslida, ko’lmaklanib borayotgan jamiyat fuqarolarini ko’zni yaxshiroq ochishga da’vat, Shu jamiyatdagi hayot va turmushdan boshkasi, yaxshisi yo’q deb tushunilaeotgani nakadar achinarli ekaniga bir ishora edi.

She’r 60 —yillarda hukmron mafkura tomonidan qattiq tanqid qilingani, shoir esa qattiq dashnomga uchragani boisi Shunda edi.

Yuqoridagi kabi She’rlar A.Oripov asarlari misolida 60 — yillar o’zbek She’riyatida realistik mezonlar teranlashayotganini, tuygular samimiyati chukurlashayotganini, insonparvarlik va insoniy kadriyatlar uchun kayg’urish harorati kuchaya boshlaganini ko’rsatadi.

A. Oripovning 60 —yillar She’ritida davr, davr mafkurasining tazyiki va ta’siri bilan belgilanuvchi,kommunistik ideallarni, firka g’oyalarini, sotsialistik jamiyatni, uning yo’lboshchilarini uluglovchi She’rlar ham yo’k emas.

«Albomga» (1964) «chol va kommunizm kissasi» (1965), «Lenin» (1969) singari She’rlar tarafkash — inqilobiy va kommunistik firqaviylik ruhi bilan sug’orilgan She’rlaridir. Ammo bu asarlarda ham badiiy mahorat nuktai nazaridan zo’rma — zo’raqilik, sun’iylik, soxtalik ko’zga tashlanmaydi. Bu She’rlarda o’zi kuylaeotgan goyalarga astoydil ishongan, Shu goyalar ta’sirida dunyokarashi Shaqllangan, natijada jamiyatning barcha fuqarolari kabi birdek adashgan, lekin tasvirlaeotgan muammosini eoritish jihatidan halol va katta iste’dodga ega bo’lgan san’atkor yuragi tepib turishini e’tirof etish zarur. Ayni vaktda, ular davr hayti, qahramoni xarakteri tasvirlanishi jihatidan haqkoniylikka amal qilinganini ham inkor etmaslik kerak.

60 —yillar Abdulla Oripov ijodining asosini xolis umuminsoniylik ruhi bilan to’yingan milliy kadriyatlarni kuylash, yangicha fikrlaeotgan, kurashchan, harakatchan, o’ktam zamondoshimiz obrazini ko’rsatish tashqil etadi.

60 —yillarda aoripov «Men nechun sevaman o’zbekistonniv, «o’zbekiston» kabi She’rlarida ona — Vatan va fidoiy vatanparvar obrazining ajoyib namunalarini yaratdi. «yuzma—yuz» She’rida o’zi pishirib, taomidan benasib bo’lgan, birovlarni kiygazib, o’zi kiymagan, yulduzlarni kashf etganiga karamay, o’zgalar tomonidan avom degan nom olgan xalqning murakkab va ziddiyatli tarixini, taqdirini janr imkoniyati doirasida katta badiiy mahorat bilan aks ettirdi. Tilimizga davlat tili maqomi berilmasdan o’n besh yil avval «Ming yildirkim...» She’rida «Sen yo’kolgan kuning Shubhasiz, men ham to’ti bo’lib kolaman», deb ona tilimiz takdiri muammosini ko’tarib chikdi. Shoir «Onajon» She’ri bilan o’zbek adabiyotida muqaddas ona Sharafiga abadiy haykal ko’ydi.

«Ayol», «Bahor», «o’ylarim», «Avlodlarga maktub», «Ona sayeora» kabi chukur falsafiy mazmun, samimiy ohang, yangi insoniy ruh, Vatan va ona sayeoraga, o’tmish va kelajakka, avlod va ajdodlarga, ayol va muhabbat muammolariga yangicha qarash, yangicha talkin ruhi bilan yo’g’rilgan asarlar o’zbek She’riyatida yangicha sifat o’zgarishlar ro’y beraeotganini ko’rsatdi.

A Oripov she’riyatida muhabbat mavzui alohida o’rin tutadi. Mazkur mavzuda jahon She’riyatida ko’plab asarlar eozilgan.A.Oripov She’rlari ularning barkamollari safida o’zining mustaqil o’rni va qadr—qimmati bilan ajralib turadi. A.Oripovning muhabbat haqidagi aksar She’rlari yangi qalb, yangi yurakdan o’tgan samimiy va bokira yangi tuyg’ularning yangicha badiiy ifodasi bo’lgani uchun ham ta’sirchandir. Shoirning «Xayr endi», «Muhabbat», «Birinchi muhabbatimya singari she’rlari XX asr o’zbek She’riyatining muhabbat lirikasi tarixidagi capa asarlari qatorida turadi.

«Birinchi muhabbatimi She’ridagi ilk sevgi, Shoir talqiniga, vatan kabi, hayot qadar yakkayu — yagonadir. Asarning lirik qahramoni — birinchi muhabbatini yo’qotgan kishi.

Yo’qotib, so’ng mangu g’aflatda qolgani uchun afsus — nadomatlar chekaeotgan qahramonning dard—alamlariga Shu dard —alamlarning o’zidan bo’lak biror chora bo’lishi mumkinki? Ishq dard emas, davodir (Fitrat), deganlari Shudir, ehtimol.. Biz She’rdan ishqingizni avaylang, muhabbatingizni asrang, birinchi sevgingizni yo’qotmang, qabilidagi quruq pand — nasihatlarni uchratmaymiz.

Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim, 

Sirli tushlar ko’rib men bor dunyoni unutdim, 

Tongda turib sha’ningga ushbu She’rimni bitdim, 

Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim, 

Yolg’iz ollohim mening, birinchi muhabbatim.

Abdulla Oripovning lirik qahramoni haqiqat qidiruvchi va bu yo’lda tinim bilmay izlanuvchi kishidir. Haqiqat va adolat, bir qaraganda, barchaga aeon, hammaga kunday ravshan tushunchadek. Biroq, uning Inson kalbi orqali ro’eobga chiqishi Shu qadar sir — sinoatli, jumboq, murakkab va ziddiyatliki, Shoir lirik qahramoni ana Shularning tagiga, zamiriga etishga harakat qiluvchi faylasufona mushohadakor kishidir.

Mustaqqillik Sharofati tufayli so’nggi yillarda milliy qadriyatlarimizga munosabat o’zgardi. Islom dinining insbnparvarlik xususiyatlarini ulug’lash va o’rganishga e’tibor kuchaydi. Hayotdagi bu o’zgarish A.Oripov ijodida ham o’z aksini topdi. Abdurahmon Jomiy, A.Navoiy an’analarini davom ettirib hikmatomuz hadislar talqinida eozilgan qator She’rlarning lirik qahramonlari misolida XX asr oxiridagi o’zbek She’riyatida aks ettirilgan qahramonlar olami boyidi. A. Oripov haj safariga borib qaytgach, «Haj daftariya kitobini eozadi. «Ona» She’rida kuyidagi fikrni ilgari suradi;

Kimdir savol berdi; — Aytgil, Muhammad, 

Yolg’iz sen Rasulsan butkul olamga 

Kimga ko’p yaxshilik aylay, o’zing ayt, 

Ota — onamgami? Yoxud bolamga?

Rasul javob qildi: — Tingla, birodar,

Gapimni uch bora quloqqa ilgil.

Imkon topa olsang dunyoda agar,

Eng avval onagga yaxshilik qilgil.

Shu nuqtai nazardan aoripovning «Olomonga» She’ri ajralib turadi. Mashrabdek Shoirning ulug’ligini, buyukligini halq bilar edi, nima uchun u osmonda indamay turdi. Qaeokda edi u buyuk kuch deyiluvchi halq?

She’r nihoyasidagi xalqqa murojaat tarzida namoeon bo’luvchi ushbu nido achchiq haqiqatni kidirish yoxud anglashga intilishgina emas, jasur lirik qahramonning achchiq haqiqatni aytish darajasiga ham ko’tariladi:

Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan?

Nechun tomoshaga bunchalar o’chsan?

Qarshingda hasratli o’yga tolaman,

Qachon halq bo’lasan, ey, sen —olomon?

Abdulla Oripov lirik qahramonlari xuddi hayotning o’zidagi kishilar kabi turli —tuman, rang—barang. Ular shoir va yozuvchi, keksa va yosh, muhandis va oddiy farrosh, ona va ayol, sadoqatli eor va bebaho «sanam», paxtakor va mirishkor dehqon, nomard va hasadgo’y va haqazo.

Vatan va millat takdiri haqida qayg’urish, adolat yo’lidagi kuyunchaqlik va fidoiylik ham A.Oripovning lirik qahramonlariga xos xususiyatlardir.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Abdulla Oripovning hayot yo’li haqida ma’lumot bering.

2. Shoirning 60 —yillar ijodi haqida fikr muloxazangiz

3. Abdulla Oripovning lirik qahramonlari kimlar? Biror Sh’ri orqali tushuncha bering.

4. Shoirning Vatan madhi va istiqlol haqidagi asarlari haqida ma’lumot bering.

5. Biror She’rni eod oling va tahlil qilib bering.

6. Haj bitiglarida Abdulla Oripov qaysi buyuk Shoirlarning an’analarini davom ettirgan?


Tayanch tushunchalar:

Doston- liro-epik tur janri’, 

Drama-dramatik tur janri.


 Foydalanilgan adabiyotlar: Dars rejasi:

1. Milliy istiqlol mafkurasining maqsad va vazifalari.

2. Milliy istiqlol mafkurasining xususiyatlari.

Darsning turi: Innovatsion usul



1. Abdulla Oripov. «Munojot» to’plami.

2. Abdulla Oripov. «ishonch ko’priklari» to’plami.

3.Abdulla Oripov. TAT. 1—2 — 3 — 4 tomlari.

4. O’zbek adabiyoti. 11-sinf. 1993.







I. Tashkiliy qism (5-min)

1. Salomlashish, talabalar davomatini aniqlash.

2. Guruhni darsga tayyorlash.

II. O’tilgan mavzuni so’rash. (15 min)

 Dars boshlanishi bilanoq sinf ikki guruhga ajratiladi va guruhlar nomlanadi.

Masalan: 1-guruh “MEHR”, 2-guruh esa ”MURUVVAT” guruhi deb ataladi. Darsda talabalar baholanishi ham no’an’anaviy usulda bo’lib, har bir javobga qarab talabalarga “BARAKALLA”, ”YAXSHI”, ”YAXSHI EMAS”, ”YOMON” kartochkalari tarqatib boriladi.

  1. O’tilgan mavzu bo’yicha tarqatmalar tarqatiladi.

Tarqatma№1

  1. E. Vohidov qachon va qaerda tavallud topdi?
  2. Shoirning qanday qasidalarini bilasiz ?
  3. “Ruhlar isyoni”dostoni kimga bag’ishlangan ?

Tarqatma №2

 1. E. Vohidovning bolaligi va yoshligi haqida so’zlang. 

2. E. Vohidov dostonlari qaysilar?

3. “JAHOLAT to’g’risidagi rivoyat” ni so’zlab bering.

 

Tarqatma №3

1. E.Vohidovning ilk she'riy to'plami.

2. E.Vohidov davlat va jamoat arbobi.

3. “Abadiyat haqidagi rivoyat” ni so’zlab bering.


2. E. Vohidov ijododan yod so’rash. Bunda talabalar shoir qalamiga mansub she’rlardan yod aytishadi.

 

O’tilgan mavzu xulosalanadi, darsda faol ishtirok etgan talabalar rag’batlantirilib boriladi.


III. Yangi mavzu bayoni (20 min.)

Reja:

  1. Abdulla Oripov hayotiga bir nazar
  2. Abdulla Oripov el sevgan shoir.
  3. Shoir ijodida vatan va istiqlol madhi.

Abdulla Oripov atoqli o’zbek shoiri va jamoat arbobidir.

 U XX asr o’zbek she’riyatida inson qalbidagi murakkablik, ziddiyatlarini, haq- nohaqliklarni, adolat, razolatni teran va haqqoniy, ayniqsa, o’ziga xos, betakror kuylayotgan ulkan ijodkordir.

 Inson tabiati bilan uning taqdiri o’rtasida ba’zan ajib bog’lanishlar bo’ladi. Abdulla Oripov Navro’zini, bahorni alohida bir intiqlik bilan sevadi. Uning ijodida Navro’z va bahorga bagishlangan qanchadan-qancha ajoyib satrlar, she’rlar bor. Qarangki, bo’lajak shoirning o’zi ham Navro’z kiradigan kun 21- martda 1941- yilda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Nekuz kishlogida tavallud topgan.

 Oila boshligi oddiy dehkon Orif bobo farzandlarining ta’lim tarbiyasiga ayniqsa, halol va mehnatsevar bo’lib yetishuviga katta e’tibor berdi. 

 Abdullaning bolaligi dov- daraxtlar kam, lekin zavq-shavq ko’p, suv oz, biroq sarin shaboda-yu ertaklari mo’l Qo’ngitov etaklaridagi kir va shivoqzorlarda o’tdi. Maktabga borar- bormas akalariga qo’shilib, molga o’t uyga suv tashidi, g’alla o’rdi. 

 Urushdan keyin qiyinchilik, yetishmovchilik bo’lishiga qaramay, biror kishi, biror oila ,o’z qishlog’ini tashsab ketmadi. Buni Abdulla o’z ko’zi bilan ko’rdi. Vatan demish ilohiy qudrat va tushuncha uning murg’ak tasavvurida shu yillardan mustahkamlangan bo’lsa ajab emas. Bo’lajak shoirnit onasi Turdi Karvon qizi tabiatan g’oyat ta’sir»langan, Sharq ayollariga xos she’r va go’zallikka xumor ayol edi.

Abdullaning bolalikdagi dastlabki o’yinqaroq satrlari ham mehribon onasining xalq yo’lida xirg’oyi qilib yorgan qo’shiqlari ta’sirida tug’ildi, akalari uyda yiqqan; badiiy kitoblarni o’qib, asta-seqin kurtak otdi.

Serfarzand oila — to’rt qiz, to’rt o’ril, ular ichidagi kenjasi "Abdulla naiiki oila yoki maktab, balki, umuman qishloqda o’tkir zehni va qobiliyati bilan ajralib turar edi.

U o’n etti yoshida o’rta maktabni oltin medal bilan tutatdi. 1958 yildan Toshkent Davlat universitetining filologiya fakulteti jurnalistika bo’limida tahsil ola boshladi.

Universitetdagi qaynoq hayot, muhit Abdulla Oripovning shaxs sifatida. Tarbiyalanishida, talabalik dunyoqarashi shakllanishida, shoir bo’lib oeqqa turishida, chi-niqishida muhim rol o’ynadi. Ayniqsa Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qo’shjonov, Umarali Normatov svngari mehribon ustozlar she’riyatning nozik, talabchan bilim-donlari qo’lidagi tahsil Erkin Vohidov, o’tkir Hoshimov, shukur Xolmirzaev, Rauf Parfi kabi shu yillardayoq qalami charxlanib, ular mehriga tushgan talabalar muhiti; Oybek, g’afur g’ulom, Abdulla Qahhor singari adiblar bilan uchrashuvlar, adabiyot to’garagidagi qizg’in bahslar; umuman, poytaxt Toshkentning adabiy-madaniy havosi iste’dodi g’unchalab turgan Abdulla Oripovga g’oyatda barakali ta’sir ko’rsatdi.

Mana shu muhitda shoirning izlanish jarayony kechdi. Uning dastlabki «Umr duch qilarkan, «Hali oldiidadir go’zal kunlarim», «Sendan yirokda» «Shovulladi tun bo’yi shamol» singari she’rlarnda fikrky salmoq va yana tuggilikning ozligi, lirik hislarning qalb, tafakkurda iz qoldirish kuchining etishmasliti, sayozlik kabi kamchi-liklar ko’zga tashlandi.

Ko’p o’tmay, 60 - yillarning o’rtalariga yaqin «o’zbekiston madaniyati» gazetasi, «Sharq yolduzi» jurnali sahifalarida chiqqan she’rlarida bu kamchiliklar asta-sekin barham topib, yangi shoir tug’ilayotganidan dalolat berdi. Dastlabki «Mitti yolduz» nomli mittigina she’­riy to’plami bu ishonchni mustahkamladi. Chunki unda yolduz-lardek mo’jaz, porloq, so’nmas she’rlar bisyor edi.

Hozirgacha kechgan salkam o’ttiz besh yillik ijodi davomida shoir ko’pdan-ko’p asarlar e’lon qilib, o’zbekistonning peshqadam shoirlaridan biriga aylandi.

«Onajon», «Ruhim», «o’zbekiston», «Hayrat», «Yuzma-yuz» to’plamlariga kirgan she’rlarida o’zbekiston va uning xalqi boshidan kechayotgan voqealarga, tashvishlarga daxldor his-tuyg’ular, shoirona nuqtai nazarlar; zamondoshimiz qalbi va tafakkurida ro’y berayotgan o’zgarishlar, orzu-umidlar olamidagi talotumlar, qiyinchiligu ziddiyatlar, sevinchu iztiroblar aks ettirildi.

1984 – yilda nashr etilgan «Yillar armoni» to’plami shoirning deyarli chorak asr davomida yozgan asarlari capa namunalaridan tuzildi va ma’lum darajada muallifning armonli yillaridan o’z-o’ziga kichik bir ijoday hisoboti tarzida tashkil topdi. To’plam nomida chuqur ma’no bor. Unga kirgan asarlarda shoirning muayyan orzu-niyatlari ijobat bo’lishi barobarida ayrim she’rlarida istibdod tuzumi davrida istiqlol g’oyalari va shaxs erki bilan aloqador ko’pdan-ko’p umidlar amalga oshmay, armon bo’lib qol-di. To’plam nomi bu asarlar ana shu yillar armonidan qolgan yodgorliklar ekaniga bir ramziy ishoradir. Abdulla Oripov o’zbek adabiyotini «Jannatga yo’l» (1978), «Hakim va ajal» (1980), «Ranjkom» (1988) kabi bir qator dostonlar bilan ham boyitdi.

«Hakim va ajal» dostonini shoir jahonning buyok tabibi Abu Ali ibn Sinoga bag’ishladi. Asarda buyok dahoning insonparvar, zakiy qiyofasi aks ettirildi. Muhabbat va umrguzaronlik ulug’landi. Adolat bilan qabohat, fasohat bilan razolat o’rtasidagi abadiy va azaliy kurash ko’rsatildi. Malika obrazida mehru shafqat va sevgi-sadoqatga doimo tashna ayol siymosining go’zal va shaffof qirralari gavdalantirildi. Mirzo obrazida o’z manfaati yo’lida hech qanday jirkanchliklardan qaytmaydigan, «odam-larning o’zidan chiquvchi iblis» qiyofasi o’z ifodasini topdi.

Shoirning katta janrdagi asarlarining ko’pi yorug’ va qora kuchlarning ayovsiz kurashiga bagishlanadi. «Ranjkom» nomli dramatik doston ham oshkoralik va qayta qurish deb nomlangan 80- yillarning ikkinchi yarmida avj olgan g’iybat, tuhmat, ig’vo, hasad singari yaramas illat-larni keskin fosh etdi. Asarda muallif tinch ishlab, yashab yorgan halol, vijdonli kishilarni ranjitishdan, haqoratlashdan, ularga azob berishdan rohatlanuvchi va maqsadlarini izchil ravishda amalga oshirish uchun, hatto muallifning shartli tasviricha, maxsus qo’mita tuzishga bel bog’lagan razil kimsalarning umumlashtirilgan jirkanch basharalari aks ettirildi.

Abdulla Oripov tarjima sohasida ham katta ishlarni amalga oshirdi. U buyok italyan shoiri Aligeri Dante qalamiga mansub jahon adabiyotining shoh asarlaridan biri «Ilohiy-komediya» («Do’zah» qismi)ni o’zbek –tiliga o’girdi.

So’nggi yillarda jamiyatda ro’y bergan o’zgarishlar, ularning zamondoshlarimiz qalbi va tafakkuriga ko’rsatayotgan ta’siri shoirning «Ishonch ko’priklari», «Munojot», «Hikmat sadolari», «Haj daftari» singari to’p­lamlariga kirgan she’rlarida yorqin aks ettirildi.

O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritgach, uni ulug’lab yozgan shoir she’rlari siyosatbozlikdan, firqaviy tarafkashlikdan, istibdod mafkurasidan xoli bo’lgan yangi bosqich o’zbek adabiyoti ravnaqida katta rol o’ynamokda.

Abdulla Oripovning ayrim she’riy to’plamlari va she’rlari ingliz, pyo, tojik, uyg’ur, ukrain, nemis, qozoq, venger, qirgiz, bolgar, turkman, ozarbayjon, turk tillariga tarjima qilingan.

U ijodiy ishni uzoq yillardan buyon bir qator nashriyotlarda, «sharq yolduzi» va «Gulxan» kabi jurnallarda, o’zbekiston Yozuvchilar uyoshmasida turli darajadagi rahbarlik lavozimlarida mehnat qilish bilan qo’shib olib bordi. Abdulla Oripov hozir o’zbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish ko’mitasining raisidir,

Shoir asarlari el va yort tomonidan munosib takdirlanmoqda. U o’zbekiston komsomoli hamda Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgach, «Munojot» she’riy to’plami uchun u birinchilar qatorida Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotining sovrindori bo’ldi.

Abdulla Oripov o’zbekiston xalq shoiridir. U o’zbek adabyayotini yangi-yangi asarlar bilan boyitishda davom etmoqda.

IV. Mustahkamlash (30 min.)

Darsning bu qismida “MEHR” va “ Muruvvat” gurhlari bir necha shatlar asosida o’zaro bellashadi.

    1. Topshiriq.

 A.Oripov she’rlaridan ifodali yod aytish.

    1. Topshiriq.

O’tilgan mavzularni mustahkamlovchi testlar


Test. I-variant.


1.”Nihon” qaysi ijodkorning taxallusi?

G.Alisher Navoiy . I. A.Fitrat H. H.H.Niyoziy J.A.Cho’lpon K.A.Qodiriy.

2. E.Vohidovning halq ozodlik harakatini tasvirlovchi dostonini toping .

A. “Nido ” . D. “Palatkada yozilgan doston”. S. “Sado” U. “Ruhlar isyoni ”

3. Quyidagi misralar qaysi shoir qalamiga mansub ?

Dunyoda ko’rgani shu tor hovuzcha

Va mudroq tollarning achchiq xazoni 

Menga alam qilar tilla baliqcha

Bir ko’lmak hovuz deb bilar dunyoni .

S. E.Vohidov. O. Usmon Azim D. A. Suyun N.Abdulla Oripov R. Rauf Parfi .

 4. Bir qo’zg’alur, bir ko’pirar, bir qaynar,

 Bir intilar, bir hovliqar, bir o’ynar.

 Yo’qlikni-da, ochlikni-da, yoq etar

 O’z yurtini har narsaga to’q etar.

 Mazkur misralar qaysi shoir she’ridan olingan .

A. A. Cho’lpon “Halq” B. G’afur f’ulom “Vaqt” S.Hamid Olimjon “Sevgi” 

D.Oybek “o’zbekiston ” R.A.Oripov”Sevgi ”

5. Abdulla Oripovning ilk she’riy to’plami qaysi?

A.“Muhabbat ” R. “ Mitti yulduz” H.“Haj daftari” B.“Genetika” S. “o’zbekiston”


Test . II- variant .


1. “ Inson” , “o’zbegim”, “Qo’llar” qasidalarining muallifi kim? 

K. Abdulla Oripov. G. Cho’lpon . S. Erkin Vohidov D. Usmon Nosir E.Rauf Parfi 

2.Birinchi o’zbek dramasi qaysi javobda ko’rsatilgan ?

P. M. Behdudiy. “Padarkush” R. Fitrat “Abdulfayziyxon” K. A.Qodiriy “Baxtsiz kuyov”

S. Cho’lpon “ Yorqinoy” T. Hamza “Zaharli hayot ”

3. “Obid ketmon” asari kimning qlamiga mansub ?

Q. Cho’lpon R. Avloniy S. Fitrat O. Qodiriy C. Behbudiy 

4. “Al hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir ”.Ushbu satrlar kimning asarida olingan ?

A. Oybek “Navoiy” B. Behbudiy “Padarkush” D. Qodiriy “o’tkan kunlar” 

K. Hamza “o’qish kitobi” R. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yohud ahloq”

5. O’zbek romanchiligiga asos solgan adib kim?

O. Abdulla Avloniy T. Abdulla Qodiriy U. Abdurauf Fitrat 

D. Hamza Hakimzoda S. Mahmud Xo’ja Behbudiy

Agar talaba test topshiriqlarini to’g’ri bajarsa, I variantda “HUNAR” so’zi, II – variantda esa “SPORT” so’zi hosil bo’ladi. Talaba bu so’zlarga izoh beradi. 


3-topshiriq.

 Aqliy hujum savollari. № 1.

1. Yulduzli tunlar romani mualifi.

2. A.Oripovning ilk shirin to’plami .

3. “Oltin devor” komediyasi mualifi.

4. Abu Ali Ibn Sinoga bag’ishlangan A. Oripov dostoni. 

5. H. Olimjonning ilk to’plami.

6. O’zbekiston Respublikasi madhiyasi matni muallifi. 

7. ”Shum bola ” asari qaysi ijodkor qalamiga mansub?

8. Birinchi o’zbek romani.

9. O’z otasining qotiliga aylangan farzand nima deyiladi? 

10. Qaysi jadid adibi xulqlarni yaxshi va yomonga ajratib,asar yozgan? 


 Aqliy hujum savollari.№2

1. Dantening “Ilohiy komediya”asarini kim tarjima qilgan?

2. Birinchi o’zbek dramasi qaysi?

3. “Julqunboy”taxallusi bilan ijod qilgan adib.

4. “Ulug’bek xazinasi”,”Diyonat”romanlari muallifi kim?

5. “o’zbegim ”qasidasi qaysi shoir ijodiga taalluqli?

6. Yo’lchi, Yormat,Gulnoz qaysi asar qahramonlari?

7. X.To’xtaboevning qanday asarlarini bilasiz?

8. A. Oripov tavallud topgan maskan.

9. “Padarkush”dramasi muallifi?

10. E.Vohidovning”Tunlar isyoni”dostoni kimga bag’ishlangan? 


4-topshiriq.

Xotira sinovi.Bunda har bir ishtirokchiga adabiyotga oid 10 tadan atama aytiladi. Ko’p eslab qolgan talaba g’olib sanaladi.

 Xotira sinovi.


1.Masnaviy 1.Gazal.

 2.Roman. 2. Muxammas.

3. Zahiriddin Bobur. 3.A.Oripov.

4. Chiston. 4.”Ruhlar isyoni”.

5.”Haj daftari”. 5.Adabiyot.

6.Maqol. 6.Qofiya.

7.Ruboiy. 7.”Alpomish”.

8.Doston. 8. Topishmoq.

9. Radif. 9. Alisher Navoiy.

10.Yusuf Xos Hojib 10.Afsona. 

 

5-topshiriq

“Har sohadan bir shingil”.

Bunda talaba turli xil fanlar bo’yicha tuzilgan savollarga javob berishadi. II 

1.o’zbekiston madhiyasining muallifi kim?

2.Quyosh sistemasida nechta planeta bor?

3. “Tib qonunlari”asarining muallifi kim?

4. Tovuq bir oyoqda turganda 4 kg chiqdi,2 oyoqdatursa necha kg chiqadi?

5. Er bilan osmon o’rtasida nima bor? 

6. O’zbek tiliga qachon davlat tili maqomi berildi?

7. O’zbekiston qurolli kuchlariningbosh qo’mondoni kim?

8. Aholisining ko’pligi bo’yicha 1-o’rinda turuvchi davlat?

9. 1 - o’zbek generali kim?

10. Aholi yashamaydigan materik?

II guruh talabasiga beriladigan savollar. 

1.o’zbekisto madhiyasining bastakori kim?

2.Kamalakning necha xil rangi bor?

3. Agar bir yil 365 emas,366-kun bo’lsa,qanday yil deyiladi?

4. 5 harfdan iborat sichqon tutuvchi qopqon?

5. Men va sen orasida nima bor?

6. Qaysi fan ”er o’lchash” degan ma’noni bildiradi

7. Aqsh pul birligi nima?

8. Shashmaqom necha maqomdan iborat?

9. Kompyuter ekrani nima deb ataladi?

10. Ilon qaysi oilaga mansub?

V. Baholash.

Dars oxirida talabalarning to’plagan kartochkalari hisoblab chiqib, ballari e’lon qilinadi.

V. Uyga vazifa:

Shoir hayoti va ijodini o’qib sherlaridan yod olish


 


SHAVKAT RAHMON. SHE’RLAR. 2 SOAT

 

DARSNING BORISHI

1.Tashkiliy kism

  1. Salomlashish
  1. O’quv xonasining tozaligini tekshirishi
  2. Davomat olish

II. Uyga vazifani so’rash (Savol –javob orqali)

 1.shoirning tarjimai holini o’qib uning shaxsini o’rgana oldingizmi?

  1. Shoirning oilasi haqida nimalarni bilasiz?
  2. Shoirning birinchi marta respublika bolalar gazetalarida qanday she’ri bosilib chiqqan?
  3. A.Oripov qanday ustozlardan saboq olgan?
  4. Vatan mavzusidagi she’rlaridan qaysilarini bilasiz?
  5. A.Oripov qanday tarjimonlik ishlarini qilgan?
  6. Shoirning inson va ijodkor sifatidagi baxti nimada deb o’ylaysiz?
  7. U qanday mukofotlarga sazovor bo’lgan?


III. Fikrlashni jamlash. (Bunga o’qituvchi tomonidan savollar har qatorga 5 tadan tez o’qiladi va javob ham tez aytilishi kerak bo’ladi).

I-qatorga

  1. Xalq og’zaki ijodining ikkinchi nomi nima? (Folklor)
  1. «Muhabbatnoma» asarining muallifi ? (Xorazmiy)
  2. «Navoiy» romani muallifi (Oybek)
  3. «Zullisonayn» so’zining ma’nosi (Ikki til egasi)
  4. Beshlik doston? (Xamsa)

II-qatorga

  1. Imom al-Buxoriy tavallud topgan shahar? (Buxoro)
  2. Muxaddislar kimlar? (Hadis ilmi bilan shug’ullanadigan kishilar)
  3. «Devoni hikmat» kimning asari? (Ahmad yassaviy)
  4. O’tkir Hoshimovning birinchi kitobi? (Po’lat chavandoz)
  5. «Komila», «Maknuna», «Nodira»-kimning taxalluslari? (Moxlaroyim)

III-qator

  1. «Osh totig’i tuz», «Emgak ekinda qolmas», «Qut bilgusi –bilik» kabi maqollar qaysi yozma yodgorlikda qayd etilgan? («Devoni lug’otit turk»)
  2. Har bandi 6 misradan tashkil topgan she’r shakli? (Musaddas)
  3. Urxon-Enasoy yodgorliklari qaysi tilda yozilgan? (Turkiy tilda)
  4. Jahon otin taxallusi? (Uvaysiy)
  5. Boburga bag’ishlab yozilgan roman? (yulduzli tunlar)


IY. YANGI MAVZU

Shavkat Rahmon she’riyati

Yangi mavzu o’tgan darsda vazifa qilib berilganligi sababli talabalar quyidagi reja asosida gapirib beradilar:

REJA:

  1. SH.Rahmon hayoti va ijodi
  2. SH.Rahmon she’riyati
  3. SH.Rahmon she’riyatida tabiatning kuylanishi
  4. SH.Rahmon she’riyatining g’oya va mavzu ko’lami

1-o’quvchi:

 XX-asr o’zbek she’riyatining o’ziga xos vakili millatparvar shoir shavkat Rahmon 1950 yilning 12 sentyabrida o’sh shahrida tug’ilgan. Shoirning otasi Rahmonberdi asli shaxrixon tumanidagi Saroy qishlog’idan bo’lib, taqdirning taqozosi bilan o’sh shahriga kelib mukim turib qolgandi.Onasi Oftobxon ham shaxrixonlik edi. Shavkat Rahmonning otasi ham,onasi ham savdo ishlari bilan shug’ullanishardi.Ular erat ko’klamdan to kech kuzga qadar Pomir tog’i etaklaridagi Sarmo’g’ul yaylovlarida mol,qo’y boqadigan chorvadorlarni kerakli tovarlar bilan ta’minlaganlar.

 Bolalikdan tinib-tinchimas ,baquvvat va g’ayratli shavkat har jihatdan mustaqil bo’lishga intilardi.13 yoshida ta’til chog’i g’isht zavodiga ishga kiradi.g’isht qo’yishni o’rganib olgach,kelasi yili hovlidagi pastkam, eski devorlarni buzib, o’rniga oldida ochiq ayvoni bo’lgan ikki xonali uy quradi. Oradan o’n yillar o’tib ayni shu uyga ayoli Manzura kelin bo’lib tushadi. 1966 yilda shavkat o’rta maktabni bitiradi.Toshkent Davlat Universitetining filologiya fakultetiga ketma-ket ikki yil hujjat topshiradi.Lekin tanlovdan o’tolmaydi.

 O’zbekiston poytaxtida o’qish orzusiga erisha olmagan shavkat ,o’sh viloyati gazetasida harf teruvchi, so’ng musahhir bo’lib ishlaydi.Bu gazetada o’sha paytlari ancha tanilib qolgan shoir dilkash va samimiy inson Tursunboy Adashboy ishlardi. Shavkat Rahmon Tursunboy Adashboy bilan tanishib qoladi va bitganlarini unga ko’rsatadi. Iste’dodli shoir she’rlari shu tariqa viloyat gazetasi sahifalarida birin-ketin bosila boshlaydi. 

 Shunday kunlarning birida matbuotda Moskvadagi Adabiyot Institutiga ijodiy tanlov e’lon qilinadi.

 Shavkat she’rlarini rus tiliga o’zi qoralama tarjima qilib, tanlovga jo’natib yuboradi.Oradan ma’lum vaqt o’tgach : «Siz ijodiy tanlovdan o’tdingiz, tezda Moskvaga etib keling», degan mazmunda telegramma oladi.

1975 yilda Moskvadagi tahsilni tamomlagan shavkat Raxmon Toshkentga keladi.U bir qator nashriyotlarda muharrirlik qiladi.Deyarli hamisha qizgin ijod bilan mashg’ul bo’lgan talabchan shoir shu yillarda «Rangin lahzalar» (1978y), «yurak qirralari» (1981y), «Ochiq kunlar» (1984y), «Gullayotgan tosh» (1985y), «Uyg’oq tog’lar» (1986y), «Xulvo» (1987y) singari she’riy kitoblarni chop ettirdi.

Shavkat Raxmon 1979 yilda atoqli ispan shoiri Federiko Garsiya Lorka she’rlaridan iborat kitobni rus tilidan o’zbekchaga ugirib, «Saylanma» nomi bilan chop ettirdi.

2-o’quvchi

 Shavkat she’rlarini rus tiliga o’zi qoralama tarjima qilib, tanlovga jo’natib yuboradi.Oradan ma’lum vaqt o’tgach : «Siz ijodiy tanlovdan o’tdingiz, tezda Moskvaga etib keling», degan mazmunda telegramma oladi.

 1975 yilda Moskvadagi tahsilni tamomlagan shavkat Raxmon Toshkentga keladi.U bir qator nashriyotlarda muharrirlik qiladi.Deyarli hamisha qizg’in ijod bilan mashg’ul bo’lgan talabchan shoir shu yillarda «Rangin lahzalar» (1978y), «yurak qirralari» (1981y), «Ochiq kunlar» (1984y), «Gullayotgan tosh» (1985y), «Uyg’oq tog’lar» (1986y), «Xulvo» (1987y) singari she’riy kitoblarni chop ettirdi.

 Shavkat Raxmon 1979 yilda atoqli ispan shoiri Federiko Garsiya Lorka she’rlaridan iborat kitobni rus tilidan o’zbekchaga o’girib, «Saylanma» nomi bilan chop ettirdi. Shoir shavkat Raxmon nafaqat o’z she’rida, balki tarjimalarga ham g’oyat ulkan mas’uliyat bilan yondashar, har qanday badiiy asarning guruh gap yoki chiroyli zamzama emas, balki chinakam jasorat ekanligiga ishonardi.

Nahot, she’rlar aytdim

Boshliqqa qarab,

Nahotki sovrildi olov so’zlarim

Nahotki, xakqbulsa , elu –yurt asli

Quruq so’zlar degan gumrox do’stlarim.


 U hamisha millat qadrini, xalqining armonlarini ifodalashga intilardi.

Shavkat Raxmon qiska umr kechirdi.U 1996 yilning 2 oktyabrida uzoq davom etgan og’ir kasallikdan vafot etdi.

 U Toshkent shahridagi yalang’och qabristoniga dafn etilgan. Vafotidan so’ng shoirning «Saylanma»si (1997 y) nashr qilindi.

O’sh shahrida shoir tug’ilgan mahallaga hamda shahardagi o’rta maktablardan biriga shavkat Raxmon nomi berilgan.

 Shavkat Raxmon she’rlaridagi tabiat tasviri lirik qaxramon kayfiyatiga bog’liq ravishda turli maqsadlarga xizmat qiladi. «Tungi munozara» she’rida tabiatning kishi kayfiyatida maxzunlik uyg’otgan holati «Tong ochar ko’zlarin» she’rida engil hissiyotlar, nekbin ruhiyat manzaralari ifodasiga sabab bo’ladi.


Tong ochar ko’zlarin erinib,

Sevinchlardan yig’laydi kiyoklar

Chechaklar jilmayar sevinib

Shamolda cho’milar giyohlar


 Shoir «Tong ochar ko’zlarin» she’rida ham tabiat manzarasini ta’sirchan ifoda qilib bergan.

 Shoirning «Oy sinig’i» va «Hamal» she’rlari xam tabiat manzarasi tasviriga bag’ishlangan.

Oy sinig’i to’la suvloqda

Sharsharaday quyilar yo’llar

Bu yo’llarni silar mehribon

Shabadalar-ma’yus ayollar

3-o’quvchi

 Shoir bularning birortasida ham tabiat manzarasini, uning g’oyat o’ziga xos holatini aks ettirish bilan kifoyalanmagan.chunki asl shoir tabiat orqali inson shaxsini tadqiq etishni ko’zda tutadi.

 Shuni ham ta’kidlash kerakki, tabiatning go’zalligini, qudratini, buyukligini, pokizaligini tasvirlashga bag’ishlangan she’rlar miqdori juda ko’p va shunday bo’lishi tabiiy ham.

 Tabiat odamdan hech narsa qarzdor emas, aksincha odam unga har jihatdan burchli. Shuning uchun ham shoirlar asl tuyg’ularini tabiat lirikasida to’laroq namoyon etish imkoniyatiga egadirlar.

 Shu jumladan SH.Raxmon ham o’z she’rlarida tabiatning kuylanishiga katta e’tibor beradi.U har qanday badiiy asarning guruh gap yoki chinakam jasorat ekanligiga ishonardi. Shavkat Raxmon e’tiqodi bo’yicha asl qalamkash «jasorat» so’zining tarjimoni bo’lishi kerak.

 Shuni xulosa qilib aytish lozimki, shavkat Raxmon she’riyati o’zbek adabiyotiga kuchli oqimni tashkil etgan lirik-falsaviy, isyonkorlik ruhidagi asarlar sirasiga kiradi.

Mendan nima qolar,

Adabiy nurlar

Varq urib yashagan dunyo tomonda

Urinib-surinib sira to’ymagan,

Bir ko’ngil qoladi.

Ayt ey xasta bulbulim,

O’shga kachon etamiz?

Yashil bog’lar sarg’aydi,

Mayiz bo’ldi gujumlar

Oh, voy muncha yo’l og’ir

Bulbulim.


Y.MUSTAQIL ISHLASH

 «Tungi manzara» she’rini ifodali o’qish va savol va topshiriqlar orqali tahlil qilinadi.

YI. Yangi mavzuni mustahkamlashda

 Video tasmaga olingan lavhalar ko’rsatiladi.

 Video lavha ko’rib bo’lingach talabalarga test savollari.

1.SH.Raxmon nechanchi yilda tug’ilgan?

A) 1948 yil 3 may b) 1950 yil 12 sentyabr

S) 1950 yil 9 fevral d) 1955 yil 14 aprel

2. SH.Raxmon tug’ilgan joy nomini ko’rsating?

A) Jizzax viloyatining Baxmal tumani Ismat qishlog’i

B) Samarqandning Jom qishlog’i

S) Surxondaryo viloyati Denov tumani, Xo’jasoat qishlog’i

D) o’sh viloyati Qorasuv tumani Pomir mahallasida

3.shoirning otasi qaysi tumandan?

A) shaxrixon b) Jizzax

S) Denov d) Baxmal

4. SH.Raxmon qaysi oliygohni tugatdi?

A) Samarqand Davlat dorilfununini

B) Moskvada Adabiyot oliygohini

S) Farg’ona Davlat pedagogika oliy bilimgohida

D) o’rta Osiyo dorilfununining filologiya fakultetini

5. Uning birinchi she’riy to’plami qanday nomlanadi?

A) «Xulvo» b) «Uyg’ok tog’lar»

S) «Rangli lahzalar» d) «Ochiq kunlar»

6.SH.Raxmon qaysi ispan shoirining she’rlarini o’zbekchaga tarjima qilgan?

A) Federiko Garsiya «Lorka,saylanma»

B) Maxmud Darvesh she’rlarini

S) Tarjimonlik qilmagan

7. 1966 yilda qanday unvon berildi?

A) o’zbekiston xalq yozuvchisi

B) o’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi

S) o’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi

D) Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti

YII. Darsda faol qatnashgan talabalar

5-ball - qizil doiracha bilan

4-ball - yashil doiracha bilan

3-ball – sariq doiracha bilan ballar e’lon qilinadi

YIII. UYGA VAZIFA

«Oy sinig’i» she’rini yod olish va tahlil qilish

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.K.Yo’ldoshev, B.Qosimov. Adabiyot darsligi. Toshkent «o’qituvchi» 2000 yil

2.S.Mirvaliev «o’zbek adiblari» Toshkent «Fan» nashriyoti 1993 yil



Mavzu : XX asr o’zbek adabiyoti. Toxir Malik ijodi.

Uning «Alvido, bolalik» qissasi. ( 2 soat)




Fan : Adabiyot 

O’qituvchi: yusupova SH X

O’quv rejasi

O’quv dasturi: Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2000 yil tasdiqlangan.

Darsning maqsadlari: 

A) ta’limiy:talabalarga XX asr o’zbek adabiyotidagi detektiv yo’nalishni o’z asarlari bilan boyitgan Toxir Malik hayoti, ijodi, hakida ma’lumot berish, yozuvchi asarlarining keng ommaga tarqalishining sabablari hamda ularning o’qilish tamoyillarining kuchayishi to’g’risida to’xtalish; 

B) tarbiyaviy :yozuvchi adabiy merosining kitobxonga ta’siri, ulardan o’rganadigan jihatlari bilan tanishtirish, talabalarga insonparvarlik g’oyalarini singdirish; 

V) rivojlantiruvchi:Toxir Malik nasrining umummilliy adabiyotda tutgan o’rni xususida to’xtalish, o’quvchilarning «Alvido, bolalik» asari asosidagi mustaqil, erkin fikrlashlarini rivojlantirish, qissada o’smirlik hayoti muammolariga jamiyat a’zolari munosabatining ifodalanishini ko’rsatish.



YANGI MAVZUNI O’RGANISHDA DTS TOMONIDAN QO’YILGAN TALABLAR:


A) XX asr o’zbek adabiyotining shakllanish va rivojlanish tamoyillarini bilish;

 B) badiiy asarni g’oyaviy-badiiy jihatdan baholay olish, yozuvchining hayotga munosabati, uni ifodalashda tilning badiiy–tasviriy vositalaridan foydalanish mahoratini farqlay olish; 

V) o’rganilayotgan asarning badiiy-estetik ahamiyatini tushunish va tahlil qila olish;

G) asar kahramonlari haqida mustaqil va ijodiy fikrlay olish, ularga tavsif bera olish, badiiy asarning mohiyati va badiyatini yorituvchi referat, insho yoza olish; 

D) asar qahramonlarini umuminsoniy va milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan mustaqil baholay olish.


DARS TURIamaliy


DARS USLUBI:Aralash (suhbat, ma’ruza, savol-javob, bahs-munozara, tahlil)


 DARSNING JIHOZLANISHI: 

 

 KO’RGAZMALI QUROLLAR:Toxir Malik asarlari, test hamda savol yozilgan tarqatma materiallar.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.A.Rafiev «Ona tili va adabiyoti» Toshkent.2002yil

2.Toxir Malik «Alvido, bolalik» asari.Toshkent.2002yil

3.Toxir Malik asarlari.


DARSNING BORISHI:

1.Tashkiliy bosqich.

2.o’tgan mavzuni so’rash.

3.yangi mavzuni bayoni.

4.Fikrlarni jamlash.

5.Mustahkamlash.

6.Mustaqil topshiriq.

7.Xulosa.

8.Uyga vazifa.


YANGI MAVZU MOHIYATINI O’QUVCHILARGA ETKAZISHDA QO’YILGAN TALABLAR:


A) mavzulararo bog’lanish: Pirimqul Qodirov, o’tkir Hoshimov nasri bilan solishtirish;


B) fanlararo bog’lanish: tarix, estetika, ma’naviyat, huquq. 


V) milliy qadriyatlar: andishaodob-axloq, rostguylik, to’g’riso’zlik, poklik


G) ekologik tarbiya: borliqni asrash, atrof-muhitni toza saqlash


D) sog’lom turmush tarzini shakllantirish, sportga qiziqishni uyg’otish: aqliy va jismoniy faoliyatning uyg’unligi-sog’lom turmush tarzining garovi ekanligini uqtirish;

 

E) mehnat(kasb)ga yo’naltirish:o’quvchilarning siyosiy, huquqiy madaniyatini shakllantirish; 


1.TASHKILIY BOSQICH.

A) salomlashish;

B) davomat;

V) darsga tayyorgarlik;

G) o’quv xonasini ko’zdan kechirish;


2.UYGA VAZIFANI SO’RASH.(o’tgan mavzu bo’yicha)


A) og’zaki: o’tgan mavzu shavkat Rahmon hayoti va ijodi, shoir she’rlarining tahliliga bag’ishlangan edi. Shu bois shoir she’rlaridan yod olish vazifa qilib berilgan. Talabalardan shu vazifa so’raladi.

B) yozma: o’qituvchi tomonidan o’tgan mavzuga oid savollar yozilgan tarqatmalar beriladi. Bu xuddi o’yin tarzida olib boriladi. Sharti, kim savolga eng ko’p so’zni ishlatgan holda javob bera oladi.

SAVOL:1.shavkat Rahmon qachon tug’ilgan?

 2.shoir she’rlarining asosiy mavzu olami nimadan iborat?


3.FIKRLARNI JAMLASH (Aqliy hujum (o’tilgan mavzu bo’yicha) )

1. «Birinchi muxabbat» she’rining muallifi kim?

 (A.Oripov)

2.Muqaddas qaysi asar qahramoni ?

 «Bahor qaytmaydi»

3.Alimardonning o’rtog’i kim?

 Anvar

4.Muqaddasning kasbi?

 Hamshiralik

5.shoir A.Oripov tug’ilgan yurt?

 Qarshi

6. «Ruhlar isyoni» dostoni kimning qalamiga mansub?

 E.Vohidov

7. «Hangoma»dagi chollar qaerga ketayotgan edilar?

 To’yga

8.Bobur qaysi asar bosh qahramoni?

 «yulduzli tunlar»

9. «yulduzli tunlar» romanining muallifi?

 Pirimqul Qodirov

10. «Derazamning tagida bir to’p 

 «o’rik oppoq bo’lib gulladi…» Ushbu parcha qaysi asardan olingan? 

 «o’rik gullaganda» 

 YANGI MAVZU:


REJA:


1.Toxir Malik hayoti va ijodi.

2.Toxir Malik asarlarining mavzu olami.

3. «Alvido, bolalik» asarining g’oyaviy-badiiy tahlili.

4.Qissadagi personajlar olami tahlili.


 XIX asrning o’rtalaridan e’tiboran shakllana boshlagan detektiv adabiyot XX asrda shiddat bilan rivojlanib, o’zining yuqori cho’qqisiga ko’tarildi. Shu davr mobaynida dunyo adabiyotining o’ziga xos g’oyaviy-estetik yo’nalishi sifatida millionlab kitobxonlarning qizg’in munosabatiga sazovor bo’lib kelayotgan bu janrning jug’rofiy miqyoslari, mavzu doirasi, badiiy- mantiqiy imkoniyatlari beqiyos darajada kengaydi. Detektiv adabiyotning jamiyat hayoti va odamlar turmushidagi xilma-xil ziddiyatli muammolarni ayricha badiiy talqin etuvchi adabiyot ekanligi ma’lum bo’ldi. Hozirgi kunda jahon so’z san’atida detektiv–sarguzasht adabiyoti kabi ommaviy va mashhur boshqa bir adabiy janrni topolmaysiz. O’zbek adabiyotida esa milliy detektiv adabiyotning haqiqiy namunasi, shubhasiz, mustaqillik yillarida yaratilgan Toxir Malikning to’rt kitobdan iborat «shaytanat» qissasidir. Adib jahon detektiv- sarguzasht adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan bo’ylasha oladigan mazkur asari orqali o’zbek adabiyotida bu turga yuksak madaniyat olib kirdi, uni chinakam san’at darajasiga ko’tardi. Asarning bu qadar ommabop keng tarqalishi o’z-o’zidan bo’lgan emas. Dastlab jinoyat olamidagi hatti-harakatlar kichik-kichik syujet orqali tasvirlangan bo’lsa, keyinchalik yozuvchining sardan-asarga qalami o’tkirlashib borganini, u yozgan kompoztsion butunlikka ega bo’lgan asarlar silsilasi vositasida guvohi bo’lamiz.

 Ma’lumki, «detektiv» atamasi inglizcha ochish, fosh etish ma’nolarini anglatib, mazkur janrdagi asarlar voqealari biror jinoiy ishning fosh etilishidagi sa’y-harakat asosida quriladi. Albatta, shuning o’zi bilan cheklanmaydi, balki jinoyatning kelib chiqish sabablari, mohiyatini, ijtimoiy ildizlarini ham ochib berish talab etiladi. Shundagina bunday asarlar jamiyatni eng xavfli illatlardan forig’ qilishga, inson qalbini, ruhini illatlardan tozalashga, bir so’z bilan aytganda, ma’naviyatga xizmat qiladi. Yozuvchi Toxir Malik «qalamiga» aynan detektiv yo’nalish mos tushadi, uning qalbida kechayotgan jarayonlarni, jamiyatda ildiz otayotgan, shuningdek, qalinlasha borayotgan kirdikorlarni bor holicha tasvirlash istagi kuchayadi, bunga faqatgina detektiv yo’l yordam bera olardi desak adashmagan bo’lamiz. Ehtimol, shu bois yozuvchining bu qadar muxlislar e’tiborini qozonishi ham uning o’zbek detektiv – nasriy adabiyotini o’lmas «g’oyalar» bilan boyitishidadir .

 Toxir Malik 1960 yilda bolalarga atalgan ilk hikoyasi bilan adabiyot maydoniga kirib kelgan. Keyinchalik fantast yozuvchi sifatida tanilgan.

 «Falak» nomli qissasi uning yozuvchi bo’lib shakllanganidan darak berdi. «Zaharli g’ubor», chorrahada qolgan odamlar, «So’nggi o’q », «Qaldirg’och», «Somon yo’li elchilari» kabi asarlari yozuvchining tobora muvaffaqiyatli izlanishlar olib borayotganini ko’rsatadi. Ayniqsa, «So’nggi o’q» qissasi o’zbek xalqining yaqin tarixi ziddiyatga to’la voqealarni real aks ettirishi, inson dunyosining ijtimoiy murakkab vaziyatlaridagi manzaralarini samimiy tasvirlashi, qahramonning ichki dramatizmini ta’sirchan ko’rsatishi bilan ko’pchilikning sevimli asariga aylandi. Ijodini, asosan fantastik asarlar yozishdan boshlagan adib nasriy adabiyotda qo’l keluvchi sarguzashtlilik borasida muayyan tajriba orttiradi. Ayniqsa, detektiv yo’nalishda yozgan «Alvido, bolalik» qissasida buning natijasi yaqqol ko’zga tashlanadi. Asar yozuvchi ijodida aloxida o’rin tutadi. Qissa hayot haqiqatini yuzaga chiqarayotgan ijtimoiy-axloqiy muammolarga yozuvchining xolis javobi edi. Muallif o’z asari xususida yozadi: « … Bu yorug’ olamda ota- onaning nolasidan mudhishroq nola yo’q. Qadimda, og’ir kunlarda o’g’ri dastidan kuymagan xalq bugun omon –omon kunlarda hamma derazalarga panjaralar urib, xadikda yashaydi. Qorni to’q, usti but o’smirlarga esa temir panjaralar pisand emas. O’g’rilik, bosqinchilik, kissavurlik, nomusga tegish va hatto odam o’ldirish – jinoyatning necha turi borki, hammasini ziyoda bajarishyapti. Ota- onalar esa ko’ksilarini chok aylab, faryod urib qolayoptilar.»

Qissa qahramonlari o’rta maktabning yuqori sinf o’quvchilari –Asror, Salim, Dilfuza va boshqalar. Ilgari qamalib chiqqan Qamariddin, Afg’onistonda xizmat qilib qaytgan Talat ularni jinoyat ko’chasiga boshlaydilar. Mayor Soliev jinoyatning iziga tushadi (Bu kahramon keyinchalik «shaytanat» da ham ishtirok etadi), aybdorlarni fosh qiladi. «Otarchi»ning o’g’li Asror, uning yaxshi ko’rgan qizi Dilfuza obrazlarini ham yozuvchi mahorat bilan hayotiy tasvirlashga muvaffaq bo’lgan. Bolalarning bilib-bilmay jinoyatga qo’l urishiga sabab bo’lgan omillarni yozuvchi ularning tarbiyasidan, oila muhitidan qidiradi: ayrim ota-onalar janjaldan bo’shamaydilar, ba’zilari boylik topishga mukkasidan ketadi va bolalarini nazorat qilishga vaqtlari bo’lmaydi. Ayrimlar ajrashib ketib, bolalar arosatda qoladi. Qamoqdan qaytgan Qamariddin atrofiga o’smirlarni yig’ib, pivaxo’rlikka o’rgatadi. Ular bir begunoh kishini do’pposlab, anhorga itarib yuboradilar. Oqibatda u kishi o’ladi. Ichki ishlar xodimi Solievning tinimsiz harakatlari zoe ketmaydi. Lekin voqealar rivoji mobaynida Salimning umri xazon bo’ladi. Qamariddin qamoqqa tushadi. Yozuvchi o’smir yoshlarning jinoyatchilikka qadam qo’yish ildizlarini ochishga harakat qiladi. Jamiyatda hukm surayotgan loqaydlik, beparvolikni tanqid ostiga oladi.

 «Alvido, bolalik» Toxir Malik uchun jinoyatchilik olami voqealari mohiyatini tahlil etish, batafsil va realistik yoritishda muayyan boskich, yanada samarali ijod qilish yo’lida tayyorgarlik vazifasini o’tagani shubhasiz.

 

MAVZUGA OID SAVOLLAR: 


1.Nega asarga «Alvido, bolalik» deb nom sarlavha qo’yilgan?

2.Asarda : «Ota-onasiz o’sayotgan bolalarning hayot falsafasi ancha barvaqt shakllanadi», -degan qat’iy fikr bor. Buning sabablari nimada deb o’ylaysiz? Bunday fikrning asosida nima yotadi? 

3.Qamariddinning fe’l-atvori, holati boshqacha bo’lishi mumkinmidi? U qaerda keskin burilish yasashi mumkin edi, deb o’ylaysiz?

4.Asror nega Qamariddinlar guruhiga tushib qoldi? Buning sabablari nimada?

5.Keldiyorov harakatini qanday baholaysiz?


 V. MUSTAHKAMLASH.


 «ODIL FIKR»


 Bunda guruh o’quvchilaridan qoralovchi, oqlovchi, qozi saylanadi. (Saylanish ham o’quvchilarning tabiatiga, harakteriga qarab olib boriladi.)

Masalan:

Feruza-qoralovchi (davlat ayblovchisi)

Shuxrat-oqlovchi (himoyachi)

Elbek-qozi


 O’quvchilarga asar yuzasidan turlicha mazmunga ega bo’lgan savollar, muammoli vaziyatlardan qanday qilib chiqish mumkinligi to’g’risida bir necha ma’lumotlar beriladi. Savollarga tanqidiy javob berish lozim. Asardagi har bir kahramonga nisbatan berilgan javoblar «qoralovchi», «oqlovchi» tomonidan «nazorat» qilib boriladi va har bir obrazga berilgan tanqidiy baho odil qozi tomonidan to’g’ri baholanishiga erishishga harakat qilinadi.

Savollar:

1.Qamariddin tutgan yo’l sizga ma’qulmi?

2.Asror nega o’z vijdoniga qarshi bordi?

3.Asrorning boshiga tushgan uqubatlarga kim aybdor?

4.Og’ir ahvolda qolgan Salimga qanday yordam bergan bo’lardingiz?

 

MUSTAQIL ISHLASH.

(yangi mavzuga oid topshiriqlar beriladi.)

 

1.Topshiriq. (Bunda yozuvchi ismining har bir harfiga boshqa adabiyot qalamkashlarining ismi yozib chiqiladi.)

 

Tvallo

gahiy

uvaydo

I brat

abg’uziy

M ashrab

A vloniy

utfiy

I smoiliy (Mirzakalon)

K omil Xorazmiy


2.Topshiriq. 

 (yozuvchi ismining har bir oxirgi harfiga o’zbek yozuvchi, shoir, shoiralarining ismi yoziladi.)



 Shavka T (Rahmon)

 Huvayd 

 Soli X(Muhammad)

 I

 O’tki R (Hoshimov) 

 G’afur g’ulo 

 Hamz A

 Pirimqu L (Kodirov)

 Sott ( Xussayn)

 Tila (Jura)



3.Topshiriq.

« Alvido, bolalik » asari qahramonlarini klasster qilish.












 





 




( Bu topshiriq kadaskop yordamida bajariladi)



4.Topshiriq. 

 



1




T






2

O








 

X








I









R







M




A







L












I









 K







A)

1.Haqiqatni aytuvchi

2.Olmoq so’zining o’zidan yasaladigan antonim

3.Umr

4. Tuhmat

5.Bog’lovchi

6.1997 yil 29 avgustda qanday Qonun qabul qilingan? 

7.Oshiq va ma’shuqa o’rtasiga rahna soluvchi shaxs.

8.Uni o’rganishning erta-kechi yo’q.

9.Nimaning otini qo’rqoq qo’yib bo’lmaydi.

10.Ot so’z turkumi so’roklaridan biri 

 

B) krossvordda topilgan so’zlar raqamlar bo’yicha ketma-ketlikda qo’yilsa, Jaloliddin Rumiy qalamiga mansub parcha topiladi.

 

Mavzuga oid test topshiriqlari beriladi.


1.yozuvchi Toxir Malikning o’smirlar hayotidan hikoya qiluvchi asari qanday nomlanadi?

A ) «So’nggi o’q »

B ) «shaytanat»

V ) «Murdalar gapirmaydilar»

G ) «Alvido, bolalik»

D ) «Alvido, Gulsari»


2. «Alvido, bolalik» asarida asosiy voqealar nima haqda boradi?

 A )narkomaniya

 B ) jinoyatchilik

 V )qimorbozlik

 G )fohishalik

 D )ko’zbayamachilik 


3.Asror do’st bo’lgan qizning nomi?

 A ) Dilfuza

 B ) Rayhona

 V ) Dildora

 G ) Diyora

 D ) Dilsora


4.Asarda «ota-onasiz o’sayotgan bolalarning hayot falsafasi» haqida qaysi qaxramon tilidan aytiladi?

 A ) Asror

 B ) Salim

 V ) Tal’at

 G ) Mayor Soliev

 D ) Qamariddin

 

TEST JAVOBLARI.

1.g 2.b 3.a 4.d



VII.XULOSA. 

(Darsda faol hamda passiv qatnashgan o’quvchilar harakati alohida-alohida aytib o’tiladi va ularga qo’yiladigan ballar e’lon qilinadi.)

VIII.UYGA VAZIFA.

.

Toxir Malik «Alvido, bolalik» qissasini to’liq o’qib kelish.

Yozma: «Asror harakatiga tasnif»


 

JAHON ADABIYOTI DURDONALARI


Mavzu: Jek Londonning hayoti va ijodiy faoliyati. 1 SOAT


DTS. Hikoyada insondagi hayotga bo’lgan muhabbatning o’lim ustidan g’alabasi. Do’stlikka xiyonat qiluvchining ayanchli taqdiri.

Shior: Inson dunyoni qanchalik bilsa, o’zligini ham shunchalik anglaydi. ( I.Gyote)

Darsning maqsadlari: 

 1.Ta’limiy: asar qahramonlarini umuminsoniy va milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan baholay olish, o’zbek adabiyotining jahon adabiyotlari bilan o’zaro aloqasini bilish;

 2.Rivojlantiruvchi: mavzularni o’rganishda, muammoli masalalarni hal qilishda yo’nalishlar topa olish;

 3. Tarbiyaviy: talabalarni ona Vatanga bo’lgan muhabbatini oshirish, adib asarlari va qahramonlari orqali insonni axloqli komil inson