MAVZU: "Lokal va global kompyuter tarmoqlari."


 Darsning borishi

I.        TASHKILIY ETAP.


II.        YANGI MAVZUGA ZAMIN TAYYORLASH.


Savol: axborot nima?

Javob: Axborot lotincha information so;zidan olingan bo’lib tushuntirish, biror narsani bayon etish yoki hodisa haqida ma’lumot ma’nosini anglatadi.

Savol: Qanday sezgi organlarimiz mavjud?

Javob: ko’rish, eshitish,hid bilish, ta’m bilish, sezish.

Savol: axborot tizimi nima?

Javob: Axborot tizimi belgilangan maqsadga erishish yo’lida axborotni yig’ish, saqlash va uzatish, uchun qo’llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir.

Savol: Kompyuterdagi axborotni boshqa kompyuterga olish uchun nimalardan foydalanamiz?

Javob: Kompyuterdagi axborotni boshqa kompyuterga olish uchun magnit va kompakt diskalardan foydalanamiz.

Savol: yumshoq diskni o’qish uchun qaysi qurilmadan foydalanamiz?

Javob: Diskavoddan.

Savol: kompakt diskni o’qish uchun qaysi qurilmadan foydalanamiz?

Javob: CDROM dan. CDROM kompakt diskdagi ma’lumotni o’qiy oladi, shuning uchun 

C - compact, D – disk, R – read, O – only, M – memory, shunday atalgan.

Savol: yumshoq diskning hajmi qanchagacha?

Javob: 1.44 Mb gacha.

Savol: CD ning hajmi esa?

Javob: 700 Mb gacha.

Savol: eng kichik axborot o’lchov birligi nima?

Javob: bit.

Savol: 1.44 Mb necha bayt?

Javob; 1.44*220=1509949,44 bayt. 


III. YANGI MAVZUNING BAYONI.


 Hozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular o’rtasida ma’lumot almashishni tashkil etish mumkin. 

 Xo’sh, tarmoqning o’zi nima? Uning qanday turlari bor? Internet, intranet, elertron aloqa kabi tushunchalar nimani anglatishi, ularning texnik, dasturiy, axborotli ta’minotini nimalar tashkil qilishi, ularning yaratilishi va ishlashi, ahamiyatini anglash hamda bevosita ishlay olish ko’nikmalariga ega bo’lish hozirgi jamiyatning har bir a’zosi uchun muhimdir.

       Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo’ladi.

Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmoqlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi.

Kompyuter (hisoblash) tarmog’i — bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog’langan kompyuter va terminallar majmuasidir, ya’ni kompyuterlarning o’zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuidir

Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog’liq.

Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar tarmoq ob'ektlari deyiladi. Tarmoq ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo’lishi mumkin. 

Axborotlarni territorial joylashuviga ko’ra kompyu­ter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo’lish mumkin: global tarmoqlar, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar.

Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit'alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, ya’ni global tarmoq – dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o’zida birlashtirish imkoniniga ega bo’lgan tarmoq.

Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.

Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.

Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, ya’ni lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir – biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o’zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi. Bunday tarmoq         odatda aniq bir joyga bog’langan bo’ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2—3 km bilan cheklash mumkin. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalgam oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Shuning uchun, bittadan ko’p kompyuterga ega bo’lgan firmalar o’z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi. Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash lozim bo’ladi.

Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo’lini aniqlash jarayonidir.

Seleksiyalash – tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir.

Kompyuter tarmoqlari server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi.

Server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter.

Konsentrator (HUB) – tarmoqda kompyuterlarni o’zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi maxsus qurilma.

Axborotni uzatish kabellari – tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatishga xizmat qiladi.

Modem – axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o’tkazuvchi maxsus elektron qurilma. Modem “modulator” va “demodulator” so’zlari birlashmasidan hosil bo’lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko’rinishdan analog ko’rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog ko’rinishidan raqamli ko’rinishiga aylantiradi. 

Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko’p tarmoqli ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog’i keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog’idir, ya’ni Internet – bu mihglab local va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog’i. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O’zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko’rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng so’nggi ko’rgazmasining rasmlari bilan tanishib chikishi, tarmoqga ulangan abonentlar bilan konferentsiyada yoki o’yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi. Elektron aloqa – bu internetning eng ko’p xizmat ko’rsatish turi bo’lib, ma’lum elektron manzilga axborotni elektron usulda uzatish vositasidir.

Kompyuterlarni mahalliy tarmoqga ulashning uch kurinishi mavjud:

— halqasimon;

— shinali;

— yulduzsimon.

Halqasimon bog’lanishda kompyuterlar yopiq chiziq buyicha bog’langan bo’ladi. Tarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo’ladi. Axborot halqa bo’yicha kompyuterdan kompyuterga o’tadi.

 

Tarmoqning shinali boglanishida ma'lumotlar uzatuvchi kompyuterdan shina bo’yicha har ikki tomonga uzatiladi.

 

Yulduzsimon bog’lanishda markaziy kompyuter mavjud bo’lib, unga qolgan barcha kompyuterlar boglangan bo’ladi.




IV. Mustahkamlash. 

Savol va topshiriqlar


1. Kompyuter tarmog’iga ta'rif bering?

2. Tarmoq ob'ekti nima?

3. Kompyuter tarmoqlari necha sinfga bo’linadi?

4. Global kompyuter tarmogi qanday tarmoq?

5. Mintaqaviy kompyuter tarmogi qanday tarmoq?

6. Mahalliy tarmoqga ulangan kompyuterlar necha xil kurinishda boglanishlari mumkin?

7. Tarmoqning shinali va yulduzsimon boglanishlari orasidagi asosiy farq nimalardan iborat?

8. Kompyuter tarmoqlarining asosiy texnik vositalari himalar?

9. Server kompyuter nima?

10. Konsentrator nima?

11. Uzatish kabellari haqida nima bilasiz?

12. Modem nima va qaysi so’zlardan hosil bo’lgan?

13. Internet nima?

14. Internet elektron aloqa xizmatini qanday tushunasiz?

 


V. Xulosa va uyga vazifa.

1. Lokal kompyuter tarmog’i orqali ma’lumot olish.

2. Lokal to’r foydalanuvchisiga ma’lumot uzatish.

3. Internet tizimidan ma’lumot qidirish.

4. Elektron pochta ochish.

5. Elektron pochta orqali ma’lumot uzatish.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

 

1. Karimov I. A. O'zbekiston buyuk kelajak sari.-Toshkent.: "O'zbekiston", 1998.-528 b.

2. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori.(O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim tug'risida" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tug'risida"gi qonunlar).-T.: "Sharq", 1998.-64 b.

3. Informatika: Kasb-hunar kollejlari uchun o'quv dasturi.G`G`Mualliflar jamoasi: A.A.Abduqodirov, R. D. Aloev, R. R. Boqiev va boshqalar-T.:2000.-12 b.

4 O'zbekiston Davlat ta'lim standarti: O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi umumta'lim fanlari. - "Ma'rifat", №86, 2000 y. 4 noyabr.

5. G'ulomov S. S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari: Oliy o'quv yurti talabalari uchun darslik T.: "Shark", 2000.-592 b.

6. G'ulomov S. S. va boshqalar. Axborot texnologiyalari: Akademik litsey va kasb – hunar kollejlari uchun darslik T.: “O’qituvchi”, 2003 -152b.