Mavzu: Formulalar. Formulalarni kiritish.


reja:

1. Formulalar kiritish tartibi 

2. Formulalarda foydalanishi mumkin bo’lgan amallar.

3. Formulalarni kiritish usullari

 

 Ishchi jadvalga formulani yozish uchun katakka kiritish kerak. Xuddi boshqa ma’lumotlardek, formulalarni yo’qotish, ko’chirish va undan nusxa olish imkoni mavjud. Formulalar da arifmetik amallardan sonlar bilan ishlashda, maxsus funksiyalardan matnlarni qayta ishlashda, xuddi shuningdek, boshqa formulalardan katakdagi qiymatlarni hisoblashda foydalaniladi. Sonlar va matnlar boshqa kataklarda joylashishi mumkin, bu o’z navbatida ishchi jadvaldagi qiymatlarni o’zgartirishda qulaylik tug’diradi. Masalan, Exsel da boshlang’ich qiymatlarni o’zgartirish barcha formulalar bo’yicha qayta hisoblashni amalga oshiradi. Natijada boshlang’ich ma’lumotlarni ko’p marta o’zgartirib, yangi- yangi qiymatlar hosil qilish mumkin.

Katakka kiritiladigan formulada quyidagi elementlar bo’lishi mumkin:

  • Arifmetik amallar, masalan + (qo’shish), * (ko’paytirish).
  • Katak yoki maydon adresi yoki ularning nomi.
  • Sonlar.
  • Ishchi jadval funksiyalari, masalan, SUMM.


Agar biror katakka formula kiritilgan bo’lsa, u holda bu formula bo’yivcha hisoblangan qiymat shu katakda hosil bo’ladi. Katak faollashtirilganda katakdagi formula formulalar satrida paydo bo’ladi.

Formulalarga misollar keltiramiz:


=150*0,05

150 soni 0,05 soniga ko’paytiriladi formulada faqat sonlar ishtirok etmoqda

=A1+A2

A1 va A2 katakdagi sonlar qo’shiladi

=SUMM (A1:A12)

A1: A12 maydondagi sonlar qo’shiladi

=ESLI

(A1=S12;

“ROST”;

“YOLG’ON”

A1 katakdagi qiymat S12 katakdagi qiymat bilan solishtiriladi. Agar tenglik o’rinli bo’lsa, har doim formula yozilgan katakda “ROST”, aks holda “YOLG’ON” so’zlari hosil o’ladi.

E’tibor bering: Exsel da formula har doim tenglik belgisidan boshlanadi. Bunga ko’ra formula matndan farqlanadi.


  1. Formulalarda foydalaniladigan amallar

Exsel da formulalarda turli- tuman amallardan foydalanish mumkin. Quyidagi jadvalda amalla keltirilgan. Bundan tashqari, Exsel da maxsus funksiyalardan ham foydalanish imkoniyati mavjud.


Amallar

Nomi 

+

Qo’shish 

-

Ayirish

*

Ko’paytirish

/

Bo’lish

^

Daraja oshirish

&

Konkatenatsiya (ulash)

=

Mantiqiy solishtirish

>

Katta solishtirish

<

Kichikka solishtirish

Formulalarda xohlagancha amallar ishtirok etishi mumkin (murakkab formulalar ham bo’lishi mumkin).misollar:


= “Olma-&”23A”

Ikkita matnni bir-birigaulaydi. Natijada Olma- 23A matn hosil bo’ladi

=A1&A2

A1i A2 katakdagi ma’lumotlarni ulaydi

=+6^3

6 ni 3- darajaga oshiradi(natija 216)

=216^(1/3)

216 dan kub ildiz chiqaradi (natija 6)

=A1<A2

Agar A1 katakdagi qiymat A2 katakdagi qiymatdan kichik bo’lsa “ROST”, aks holda “YOLG”ON” hosil bo’ladi

  1.  Amallarni bajarilish ketma- ketligi

Quyidagi jadvalda amallarning bajarilish ketma- ketligi berilgan. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, darajaga oshirish amali birinchi darajali (ustunlikka ega). Agar biror formulada bu amallar ishtirok etsa, jadvalda keltirilgan ketma- ketlik bo’yicha bajariladi.


Exselda amallarning ustunligi (prioriteti)


Belgilar

Amallar

Ustunlik (prioritet)

^

Darajaga oshirish

1

*

Ko’paytirish

2

/

Bo’lish

2

+

Qo’shish

3

-

Ayirish 

3

&

Konkatenatsiya

4

=

Tenglik

5

<

Kichik

5

>

Katta 

5

 Oddiy qavslar Exsel da qabul qilingan amallarning tabiiy bajarish ketma- ketligini ozgartirish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari formulalarda ichma- ich joylashgan qavslar ham ishtiroketishi mumkin (qavslar ichida). Formula ichma- ich joylashgan qavslar ichidagi ifodani hisoblaydi, so’ngra keyingi qavslarga o’tadi (ichkaidan tashqariga qarab). Quyidagi ichma- ich joylashgan qavslari bo’lgan formulalar keltirilgan;

=( (B2*C2) + (B3*C3) + (B4*C4) ) *B6

Bu formulada to’rtta qavas juftligi ishtirok etadi. Ulardan uchtasi ichma- ich joylashgan. Oldin ichki qavslar ichidagi amallar bajariladi, so’ngra ularning qiymatlari qo’shilib, natija B6 ga ko’paytiriladi. 


  1. Formulalar kiritish

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, formula tenglik belgisidan boshlanishi shart, bu Exselda katakdagi matnni formuladan farqlash belgisidir. Formulani katakka yozishning ikki usuli mavjud:qo’lda terish yoki unda ishtirok etayotgan kataklarni ishchi jadvalda to’g’ridan- to’g’ri ko’rsatish.


  1. Formulalarni qo’lda kiritish

Formulalarni qo’lda kiritish deganda undagi barcha belgilarni klabiatura orqali ozish tushuniladi. Belgilar terilayotganida ular katakda, ham formulalar satrida hosil bo’lib boradi. Formulalarni kiritish jarayonida barcha tahrir qilish tugmalaridan foydalanish mumkin.


Formulalarni katak adreslarini ko’rsatish yordamida kiritish

  1. Bu usulda ham ayrim belgilar qo’lda teriladi. Bu holda katak adresini qo’lda terish o’rniga katakni “sichqoncha” yordamida ko’rsatish etarli. Natijada formula tanlangan katakning adresi hosil bo’ladi. Masalan, A3 katakka =A1+A2 formulani kiritishda quidagi amal bajariladi:
  2. Jadval kursorini A3 katakka olib keeling.
  3. Tenglik (=) belgisini tering. Holatlar satrida Vvod so’zi hosil bo’ladi.
  4. “Sichqoncha” tugmasini A1 katak ustida bosing, uning atrofida harakatlanuvchi tortburchak hosil bo’ldi, A3 katakda va formulalar satrida esa A1 hosil bo’ladi. E’tibor bering, holatlar satrida Ukajite so’zi paydo bo’ladi.
  5. Plyus (+) belgisini tering. Harakatlanuvchi t’rtburchak yo’qoladi va holatlar satrida Vvod so’zi hosil bo’ladi.
  6. “Sichqoncha” yordamida A2 ni bosing. Formulada A2 adres yoziladi.
  7. Frmulani tugating va Enter tugmasini bosing.


  1. Shuni ta’kidlash lozimki, qo’lda yozish nisbatan bu usul aniqroq, tezroq va osonroqdir.


Joriy ishchi jadvaldan tashqarida joylashgan kataklarga murojaat qilish

Formulalarda shunday kataklarning adesi bo’lishi mumkinki, bu adreslar boshqa ishchi jadvallarida (“list” larda), hattoki boshqa kitoblarda ham bo’lishi mumkin. Exselda bu adreslarga murojaat qilish uchun maxsus qoidalardan foydalaniladi.


Boshqa ishchi jadvalning kataklari

Shu kitobda joylashgan boshqa ishchi jadvalning (“list” ning) biror katagiga murojaat qilish uchun quyidagi formatdan foydalaniladi:

“list” nomi! Katak adresi

Bundan ko’rinib turibdiki, katak adresi oldida ishchi jadvalning nomi va undov belgisini qo’yish kerak ekan. Masalan, 

=A1* “list2”!A1

Bu formulada joriy “list”dagi A1 katakdagi qiymat, “list2” nomli ishchi jadvalning A1adresli katagidagi qiymatiga ko’paytirilai.

Agar ishchi jadvalning nomida oraliq bo’lsa, u holda formulada bu nom bittalik qo’shtirnoqlar ichiga olib yoziladi. Masalan, 

=A1*’MEO fakulteti ‘!A1


Boshqa ishchi kitobidagi kataklar

Boshqa ishchi kitobidagi kataklarga murojaat qilish uchun:

=[Ishchi kitob nomi] “list” nomi! Katak adresi formulasidan foydalaniladi. Bu mholda ishchi kitobning nomi o’rta (kvadrat) qavslar ichida turishi shart. Masalan,

=[JIDU]’ MEO fakulteti’!A1

JIDU- ishchi kitobida joylashgan MEO fakulteti nomli ishchi jadvalning (“list”ning) A1 adresiga murojaatni bildiradi.


Absalyut va nisbiy adreslar

Electron jadvallarda absalyut va nisbiy adreslarni ajratish muhim rol o’ynaydi. Odatda Exsel formulalarida nisbiy adreslarni hosil qiladi. Ammo formulalarni nusxasini olishda adreslarning farqi yaqqol seziladi.


Nisbiy adreslar 

Faraz qilaylik, D2 adresda =B2*C2 formula bo’lsin. 

Agar bu fomuladan D2 ning ostiga joylashgan ikkita katakka nusxa olsak, u holda Exsel aynan yuqoridagi formulaning nusxasini ko’chirmaydi. U quyidagicha bo’ladi:

D3katakda:=B3*C3

D4katakda:=B4*C4

Boshqach aytganda, Exsel formulalaridagi adreslarni, ularning tutgan o’rniga qarab o’zgartiradi. Buni aniqroq tasavvur qilish uchun quyidagiga e’tibor bering. Birinchi formula ikki katak chapda joylashgan sonni bir katak chapda ko’paytirishni bildirar edi. Bu mformuladan nusxa olinganda aynan shu qoidadan nusxa olinadi. Ya’ni katak chapdagi sonni bir katak chapdagi songa ko’paytirish kerakligini ta’kidlaydi. Shuning uchun ham formuladan nusxa olishda mos adreslar o’zgarmaganda edi, keying kataklarda (D3 va D4) D2 katakdagidek bir xil natija hosil bo’lar edi. Vaholanki, bir xil natija yoki formulani qayta- qayta ko’chirish maqsadga muvofiq emas.

Agar formula bir katakdan boshqa katakka ko’chirilsa, u holda formuladagi adreslar o’zgarmaydi. Ko’chirishdan maqsad ham shudir. Formulalarni ko’chirish qoidasi ham shuni talab etadi.


Absalyut adreslar

Shunday hollar yuz b eradiki, formulani ko’chirishda undagi adrslar o’zgarmay qolsin. 

Aralash adreslar

Absalyut adreslda ikkita $ belgi ishtirok etadi. Birinchisi ustun nomi oldida, ikkinchisi es satr nomeri oldida.

Exsel da aralash adreslar mavjud bo’lib, unda adresning bir qismi (ustun nomi yoki satr nomeri) absalyut bo’ladi. Nayrim hollarda adresning biror qismini o’zgartirmaslikka to’g’ri keladi, bu hollarda aralash adreslardan foydalaniladi.


Absalyut va nisbiy adreslarni kiritish

Absolyut yoki nisbiy adreslarni qo’lda kiritish mumkin, faqat kerakli joylarda $ belgi teriladi. Xuddi shuningdek, F4 tugmasi yordamida ham bu adreslarni hosil qilish mumkin. Buning uchun adres biror uslda yozilgandan so’ng bir necha marta F4 tugmasi bosiladi, ekranda adresning mumkin bo’lgan (absolyut, nisbiy, aralash) ko’rinishlari hosil o’ladi va keraklisi tanlanadi. 

Formulalarni tahrir qilish

Ixtiyoriy katakda ma’lumotni tahrir qilganidek formulalarni ham tahrir qilish mumkin. Ayrim hollarda formulalarda xato bo’lganida yoki uni o’zgartirishga to’g’ri xkelsa, formula tahrir qilinadi. Katakdagi formulani tahrir qilisjhga o’tishning uch usuli bor:

  • Katakda “sichqoncha” tugmasini ikki marta bosing. Bu holda ham katakdagi ma’lumot to’g’ridan –to’g’ri tahrirlanadi.
  • F2 tugmasini bosing. Bu holda ham katagdagi ma’lumot to’g’ridan-to’g’ri tahrirlanadi.
  • Tahrirlanish kerak bo’lgan katakni faollashtiring va formulalar satrida “sichqoncha”chap tugmasini bir marta bosing. Bu holda katakdagi ma’lumotni formulalar satrida tahrir qilish mumnkin.

Ishchi jadvalda funksiyalardan foydalanish

Funksiyalar kompyuter xotirasigaoldindan kiritilgan bo’lib, ular formulalarni yozishda qo’llaniladi.

  • Formulani soddalashtirish.
  • Tog’ridan to’g’ri mumkin bo’lmagan hisoblashlarni amalga oshiradi.
  • Tahrir qilish bilan bog’liq bo’lgan ayrim masalalarni tezlashtiradi.

Funksiyalarga misollar

Quyidagi keltirilgan misollar funksiyalar yordamida formulalarni soddalashtirish imkonini namayon etadi. (A1:A10) kataklardagi sonlarning o’rtachasini topishda =(A1+A2+A3+A4+A5+A6+A7+A8+A9+A10)/10 formuladan foydalanish mumkin. Bu juda ham qulay formula emas, uning o’rniga Exsel da soddalashtirilgan quyidagi funksiyadan foydalanish mumkin:

=CP3NACh(A1:A10)

agar sizga biror maydondagi eng katta qiymatni topish kerak bo’lsa, u holda albatta Exsel da funksiyadan foydalanasiz. Quyida A1:D100 maydondagi eng katta qiymatni topish funksiyasi keltirilgan:

=MAKC(A1:D100)

Faraz qilaylik, sizga biror mahsulotni sotishdan olinadigan komission xarajatni hisoblash talab etilgan bo’lsin. Agar sotuvchi mahsulotdan 100 ming so’mdan ortiq sotsa, u holda mahsulotdan komission xarajat 7.5%, aks holda 5% bo’lsin. Buni quyidagi sodda funksiya yordamida hisoblash mumkin:

=ESLI(A1<100000; A1*0.05; A1*0.075)

umuman, Exsel dagi funksiyalar soni 400 dan ortiqroq. Agar bu funksiyalar sizga etarli bo’lmasa, o’zingiz yoki boshqa birov tomonidan tayyorlangan funksiyani Exsel ga kiritishingiz mumkin.


Funksiyalarning argumentlari

Yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki, funksiyalarda kichik qavslar yoziladi. Qavslar ichidagi ma’lumot funksiya argumentlari deb ataladi, qanday argumentlarning qo’llanilishiga qarab funksiyalar farqlanadi. Funksiyalar turiga qarab quyidagicha bo’lishi mumkin:

  • Argumntsiz;
  • Bir argumentli;
  • Argumentlar soni aniq;
  • Argumentlar soni no’malum;
  • Argumentlar shart emas.

Argumentsz funksiyalarga SLCHIS funksiyasi misol bo’ladi. Bu funksiya 0 va 1 oralig’ida joylashgan tasodifiy miqdorlarni hosil qiladi. Funksiyada argument ishtirok etmaganda ham, siz albatta bo’sh qavslaeni yozishingiz shart:

CLCHIS( )

Agar funksiyalarda argumentlar soni bie nechta bo’lsa, u holda ular nuqtali v ergul(;) bilan ajratiladi. Formulalarda uning argumentida nima bo’lishidan qat’iy nazar – belgimi,matnmi yoki ifodami kataklarning adresini ko’rsatish etarli.

Ayrim hollarda funksiyaning argumenti sifatida butun yo’lni yoki ustunni ham ko’rsatishi mumkin. Masalan:

=SUMM(B:B) funksiya B ustundagi barcha elementlar yig’indisini hisobla ydi.

Funksiyalarni yozish usuli 

Funksiyalarni yozishning ikki usuli mavjud: qo’lda yoki Exselda dagi Master funksiyasi yordamida.

Agar funksiya bilan oldindan tanish bo’lsangiz, u holda siz bu funksiyada nechta arument bor va ular qanday turga tegishliligini oldindan bilasiz.funksiyalarni kiritish-uning nomini va argumentlarini klaviatura yordamida terishdan iboratdir.

Exsel funksiyalarni kiritishda uning nomidagi barcha belgilarni yuqori registra (bosh harflarga) o’tkazadi. Shuning uchun ham funksiyalarda va formulalarda kichik harflarni yozish mumkin. Agar dastur kiritilgan matndagi \belgilarni bosh harflarga o’tkaza olmasa, u holda bu matnni funksiya deb tushunmaydi. Demak, siz biror joyda xatoga yo’l qo’ygansiz.


Funksiyalar Masteridan foydalanish

Exsel da funksiyalar Masteri funksiya va ularning argumentini kiritishni tezlashtiradi. Funksiyalar masteridan foydalanish funksiyalar nomini to’g’I yozish bilan birga, argumentla ketma- ketligini ham to’g’ri tanlash imkonini beradi.

Funksiyalar Masterini chaqirish

Funksiyalar Masteri ikki dialogli oynadan tashkil topgan bo’lib, ular qadamba- qadam funksiyalarni to’g’rikiritishni ta’minlaydi.

Siz funksiyalar Masterini tugmasini bosib chiqishingiz mumkin. Ko’rilayotgan dialogli oynaning Kategoriya bo’limida 11 turkum funksiyalarning ro’yxati keltirilgan. (agar foydalanuvchining maxsus funksiyalaridan foydalanilsa, bu ro’yxat ko’proq ham bo’liushi mumkin.) Bu turkumdan birortasi tanlansa, u holda Funksiyalar ro’yxati oynasida unga tegishli bo’lgan funksiyalarning ro’yxati paydo bo’ladi. 

Shunga e’tibor beringki, ro’yxatlar oynasidan funksiya, uning argumentlari ro’yxati va qisqacha tavsiya hosil bo’ladi.

Shunga e’tibor beringki, ro’yxatla roynasidanfunksiya tanlanganda, bu diolog oynaning quyi qismida funksiya, uning argumentlari ro’yxati va qisqacha tavsifi hosil bo’ladi.

Funksiyalar Masterini yaxshiroq o’zlashtirish uchun u bilan ishlab ko’rish kerak. Quyida funksiyalar Masteri bilan ishlashda kerak bo’ladigan ayrim maslahatlar berilgan:

  • Agar tanlangan funksiyangiz haqida qo’shimcha ma’lumot kerak bo’lsa, ixtiyoriy paytda Spravka tugmasini bosing.
  • Agar yangi formula kiritishni boshlasangiz, funksiyalar Masteri tenglik belgisini avtomatik tarzda satr boshiga joylashtiradi.
  • Funksiyalar Masteri chiqarilganda, joriy katak bo’sh bo’lsa, undagi ma’lumotlar yo’qoladi.
  • Mavjud formulaga yangi funksiya kiritishda ham funksiyalar Masteridan foydalanish mumkin. Buning uchun funksiya kiritilgan joyga kursorni o’rnating va funksiyalar Masterini chaqiring.
  • Ikkinchi diolog oynadagi tahrirlovchi maydonlar soni siz tanlagan funksiyalarga argumentlar soniga bog’liq, Argumentsiz funksiyalar uchun tahrir qilish maydoni hosil bo’lmaydi. Argumentlar soni oldindan noma’lum bo’lgan funksiyalar, masalan, CRZNACh (o’rta arifmetik) uchun Exsel dasturi argumentlarning kiritilishiga qarab yangi maydonlar hosil qilib beradi.


Funksiyalarga misollar

SUMM

Eng ko’p ishlatiladigan funksiyalardan biri SUMM dir.

(A1:A10, C1:C10 va E1:E10) maydonlarda joylashgan kataklardagi sonlarning yig’indisini topish uchun quyida keltirilgan ko’rinishda uchta argumentdan foydalanishingiz mumkin:

=SUMM (A1:A10; C1:10; E1:E10)

Bu funksiya juda ko’p qo’llanilganligi tufgayli, Excel ixtirochilari undan foydalanishni juda ham soddalashtirganlar, deyarli avtomatlashtirilgan. Biror formula SUMM funksiyasini qo’yish uchun tugmasi etarli.Excel keltirilgan formulani tahlil qiladi va yig’indisi hisoblanadigan kataklar maydonini taqdim etadi. Agar Exsel taqdim etgan maydon to’g’ri bo’lsa (ko’p hollarda shunday bo’ladi), u holda Inter tugmasini yoki yig’indini belgisini yana bir marta bosing. Agar Exsel taqdim etgan maydon sizga to’g’ri kelmasa, “sichqoncha” yordamida maydonni belgilang.

Mantiqiy funksiyalar

Exsel da mantiqiy funksiyalar tarkibiga oltita funksiya kiritilgan. Ulardan biri ECLI funksiyasidir.

Bu funksiya mantiqiy funksiyalar ro’yxatida muhim rol tutadi va formula bo’yicha biror qaror qabul qilishni ta’minlaydi. ESLI funksiyasida uchta argument mavjud. Birinchi argument mantiqiy ifoda bo’lib, u “ROST” yoki “YOLG’ON” qiymatga ega.

Agar birinchi argumentning qiymati “ROST” bo’lsa, ikkinchi argument, aks holda uchinchi argument hisoblanadi.

Quyida keltirilgan misolda agar A1 katakdagi quiymat 0 dan katta bo’lsa, “Musbat” matn hosil bo’ladi, aks holda “Manfiy” matn hosil bo’ladi.

=ESLI(A1>0; “Musbat”; “Manfiy”)

Kun va vaqtni olish funksiyalari

SEGODNYA

Bu funksiyada argument yo’q. bu funksiya joriy kunni hosil qiladi, aniqroq aytganda, sistemada qaysi kun o’rnatilgan bo’lsa, shu kunni hosil qiladi

Bundan tashqari Exsel da DATA funksiyasi mavjud bo’lib, u kun va vaqtni hosil qiladi.


Moliya funksiyalari

Bu funksiyalar turkumiga pul bilan bog’liq bo’lgan hisob- kitoblarni amalga oshiruvchi funksiyalar kiritilgan:amortizatsiya hisoblarini bajaruvchi funksiyalar, qarz va daromadlar bo’yicha to’lovni amalga oshiruvchi funksiyalar va hokazo.

Statistik funksiyalar

Bu turkumga 71 ta funksiya kiritilgan bo’lib, ular turli-tuman statistik hisoblarni amalga oshiradi. Funksiyalar deyarli shu soha mutaxasislariga mo’ljallangan bo’lishiga qaramasdan, ayrimlaridan bu sohadan uzoqroq kishilar ham foydalanishi mumkin. 

Formula ishchi varag’ida ma’lumotlarni qayta ishlashning muhim vositasidir.

Formula yozishning qoidasi. Formulaga quyidagi elementlar kirishi mumkin: operatorlar, vazifalarning nomlari, katakcha. Formulalarni yozish har doim “…” belgi bilan boshlanadi, keyin formulalarning boshqa elelmentlari yoziladi. 

Masalan, =SUMM (A1, A2) - ikki A1 va A2 – katakchaning, yig’indisini topish kerak bo’lsin.

Ta’kidlash kerakli, vazifaning argumentlari har doim doiraviy qavslarda joylashadi, bo’lish uchun esa, “,” dan foydalaniladi. Boshqa yozuv ham bo’lishi mumkin, masalan, = A1=A2.

Esda tuting: katakchalar nomlarini yozish faqat lotin alfavitining harflari bilan bajariladi.

 Formula yozishda ishlatiladigan belgilar: “+” –yig’indi, “-“ –ayirma, “\” –bo’linma, “*” –ko’paytma.

Formulalarga misollar: =(B1+A11)*D6+106 yoki =PROIZVED (D11, U3)+34,5. Birinchi holda ko’paytma uchun operator belgisi ishlatiladi «*», ikkinchi holda ko’paytmani joylashtirish uchun PROIZVED vazifasi ishlatiladi.


Mavzu yuzasidan mustaqil ish.





Mavzu yuzasidan savollar


  1. Formulalarni kiritishning qanday usullarini bilasiz?
  2. Formulalarni tahrir qilish.


Uyga vazifa

        1. Formulalarni qo’lda kiritish usulini o’rganib keeling.
        2. Formulalarni katak adreslarinin ko’rsatish yordamida kiritish usulini ko’rsatib bering.
        3. Funksiyalarni ishlatish usullarini o’rganib kelish.

4. U.Yu. Yuldashev, R.R. Boqiev,F. Zokirova “Informatika” kitobining 170-177 betlarini o’qib kelish.




 

Adabiyotlar 

 

  1. M. Haydarov, Aripov “ Informatika asoslari”. 
  2. O’. Sh. Gadoyboev, B. R. Karimov, “Kompyuter savodxonligi asoslari 1-2”
  3. Daliev A. Sh, Boltaev B. “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari. 
  4. 11 – sinf uchun o’quv qo’llanma” Toshkent 1999 y. 
  5. U.Yu. Yuldashev, R.R. Boqiev,F. Zokirova “Informatika”