Sabr-toqatlimisiz?

  Yo'riqnoma: Hurmatli ota-ona, quyidagi savollarni o'qing va o'zingizga mos keladigan javoblarni bering. So'ngra o'zingizni etiqodingizni, sabr-toqatligingizni baholashga erishing.

 

Siz tomoningizda ilgari surilgan qiziqarli g'oyani qo'llab-quvvatlamasalar, asabiylashasizmi?

ha
yo'q


O'ynashni taklif etgan do'stlaringiz bilan uchrashishga  rozi bo'lasizmi?

yaxshi o'ynaydiganlar ishtirok etsalar rozilik beraman
o'yin qoidalarini yaxshi bilmaydiganlar  ishtirok etsalar rozilik beraman


Siz uchun noxush yangilikni xotirjam qabul qilasizmi?

ha
yo'q


Jamoat joylarda shirakayf odamlarni ko'rsangiz asabiylashasizmi? 

agar xulq-atvor chegarasidan chiqmasalar, umuman e'tibor bermayman
o'zini nazorat qila olmaydigan odamlarni ko'rsam o'zimni noxush his qilaman


Har xil kasb egalari, har xil kayfiyatdagi va  urf-odatdagi kishilar bilan oson muloqot o'rnatasizmi?

buni amalga oshirish men uchun qiqyin
bunday jihatlarga  e'tibor bermayman


Sizga hazil-mutoyiba qilashsa o'zingizni qanday tutasiz ?

men hazil va hazil qiluvchilarni yoqtirmayman
hazil menga noqulaylik tug'dirsa ham o'zimni tutib turib javob beraman


Ko'p odamlar o'z o'rnilarida o'tirmaydilar, o'z ishlarini bajarmaydilar degan fikrga qo'shilasizmi?

ha
yo'q


Siz  do'stingiz (dugonangiz) hammaning diqqat markazida bo'ladigan davrada bo'la olasizmi? Buni qanday qabul qilasiz?

to'g'risini aytsam, menga etibor qaratmasliklari yoqimsiz
men uning uchun xursand bo'laman


Siz mehmonda zamonaviy yoshlarni qoralayotgan, o'zlari yashagan davrni ko'klarga ko'tarib maqtayotgan  qariyaga duch keldingiz, bu holatda siz

nuroniy  qariyaning oldidan bahona topib ertaroq ketasiz
bahsga ishtirok etasiz