Farzandingizni ijodiy imkoniyatlari

 

Ushbu tåst 7-13 yoshli bolalardagi iqtidorni baholashga mo`ljallangan bo`lib, ota-onalarning shaxsiy kuzatishlari yordamidaularni qayd etish mumkin.  Hurmatli  ota-onalar tåstdagi savollarni o`qing va farzandigizning xulq-atvori hamda faoliyatida uchraydigan holatlarni  “ha” yoki “yo`q” javoblari orqali baholang.


HA YO`Q Savollar
1.Bolangizda narsani noodatiy foydalanish yo`llarini o`ylab topadimi?
2.O`zining havaslarini o`zgartiradi ?
3.Mavhum narsalar tasvirini chizishni yoqtiradimi?
4.Xayol qilgan narsasining rasmini chizishni yoqtiradimi?
5.Fantastik tarixni yoqtiradimi?
6.Hikoya yoki she’rlar yozadimi?
7.Qog`ozdan narsalarni shaklini yasashni yoqtiradimi?
8.Qachondir hech qachon bajarmagan narsani yasashni amalga oshiradimi?
9.Unda o`zi yoqtirgan narsani bajarish istagi  bo`ladimi?
10.Qorong`ulikdan qo`rqadimi?
11.Qachondir yangi so`zlardan foydlanadimi?
12.Unga izoh bermasa ham so`zni tushunarli deb hisoblaganmi?
13.Jihozni o`zicha joylashtirishga uringan vaqtlari bo`lganmi?
14.Unda muvaffaqiyatli fikrlar bo`ladimi?
15.Narsalarni uning yo`riqnomasisiz foydalanganmi?
16.Farzandingiz bolalik chog`idayoq narsalardan foydalanishni bilardimi?
17.Sizning didingiz bilan tanlangan kiyimlarni ma’qullaydimi?
18.Uning ichki olami atrofdagilardan farq qiladimi?
19.Tushunmagan narsasini tushuntirib berishni talab etadimi?
20.U atrofdagi voqealarga izoh berishni so`raydimi?
21.Tasvirsiz kitoblarni o`qishni yoqtiradimi?
22.O`zicha  o`yin-kulgilarni o`ylab topadimi?
23.Tushlari hamda kechirgan taassurotlarini esga oladi va so`zlab beradimi?



           NATIJALARGA -->>                                                        

TEST NATIJALARI

 

20 dan 23 ballgacha.

Farzandingi juda ham ziyrak bo`lib, uning atrof-olam to`g`risidagi o`ziga xos nuqtai nazari bor. Unda ijodkorlikka moyillik bor. Uning qobiliyat kurtakchalarini rivojlantirishga yordam berish lozim..

15 dan 19 ballgacha.

Farzandingizning qobiliyati har doim ham ko`zga tashlanavyermaydi.Uning topqirligi va ziyrakligi o`zi qiziqqan narsalar bilan shug`ullanganda kuzatiladi. Uni o`zi qiziqadigan sohalarda yutuqlarga erishishiga yordamlashing..

9 dan 14 ballgacha.

Ancha zehni, ko`p sohalar bo`yicha ma’lumotlarga ega, ammo narsalarga nisbatan shaxsiy qarashlari mavjud emas. Unda ijodiy mashg`ulotlarga  g`ayrati yetmaydi .

4 dan 8 ballgacha.

Farzandingiz ziyrak, yetarlicha bilimi bor, ammo ijodiy imkoniyatlari cheklangan..

4 balldan kam.

Farzandingizda ixtirochilik va ijodkorlik imkoniyatlari kuzatilmaydi. U murakkab kasblar bo`yicha ham yaxshi ijrochi sifatida o`zini namoyon etishi mumkin.