Sizning guruhdagi xulq-atvoringiz

Har bir inson shaxslararo munosabatda o`zining xulq-atvorini namoyon qiladi. Quyida taqdim etilayotgan test inson xulq-atvorining tobelik, mustaqillik, muloqtmandlik, muloqotga kirisholmaslik, kurashuvchanlik va raqbotlashuvdan qochish singari namoyon bo`lish shakllarini o`rganishga yordam beradi. Har bir test savollarini diqqat bilan o`qing. Agar sizning tasavvuringizga mos kelgan savollarga “ha” yoki mos kelmaganlariga esa “yo`q” javobini bering.

 
HA YO'Q Savollar
1.Tevarak-atrofingizdagi kishilarga nisbatan tanqidiy munosabatda bo`la olasiz.
2.Guruhdagi nizolardan o`zingizni chetga olasiz.
3 YEtakchi (guruh sardori)ning maslahatlariga quloq solasiz.
4.O`rtoqlaringiz  bilan haddan ortiq yaqin munosabatda bo`lishga moyil emassiz.
5.Guruhdagi do`stona munosabatlarni qo`llab-quvvatlaysiz.
6.YEtakchiga e’tiroz bildira olasiz..
7.Guruh  a’zolarining ayrimlariga xayrixohsiz.
8.Guruhda tashkil etiladigan uchrashuv va yig`ilishlarda faol ishtirok etishga maylingiz yo`q.
9.YEtakchining rag`batiga muhtojsiz.
10.Fye’l-atvoringizda odamovilik mavjud.
11.Munozaralarda betaraf bo`la olmaysiz.
12.O`rtoqlaringizga yetakchilik qilishga moyilsiz.
13.YAqin o`rtoqlaringiz bilan munosabatda bo`lganingizda quvonasiz.
14. Guruh a’zolari qilgan dushmanlarcha munosabatlarga xotirjamsiz .
15. Hamisha guruhning kayfiyatiga qarab ish tutasiz.
16. Guruh a’zolarining shaxsiy sifatlariga ahamiyat  bermaysiz.
17. Sizda guruh maqsadlarini o`zgartirishga rag`bat bor.
18. O`zingizni yetakchiga qarshi qo`yib, huzur olasiz.
19. Guruhning ayrim a’zolari bilan yaqin munosabatda bo`lishni xohlaysiz.
20. . Bahslarda betaraflikni afzal bilasiz.
21. YEtakchining boshqarish qobiliyati  va faolligini  yoqtirasiz.
22. Guruh a’zolarining bir-biriga zid fikrlariga beparvosiz.
23. O`z hissiyotlaringizni namoyon etishda tortinchoq emassiz.
24. O`z atrofingizda hamfikrlaringizni birlashtirishga intilasiz.
25.  Rasmiyatchilikka qarshisiz.
26. Ayblaganda o`zingizni yo`qotib qo`yasiz va jim turishni afzal bilasiz..
27. Guruh maqsadlariga  mos ish tutasiz.
28. Guruh a’zolarining ayrimlariga emas, balkibutun guruhga bog`lanib qolgansiz
29. Munozaralarni keskinlashtirish va susaytirishga qodirsiz.
30. Boshqalar e’tiborida bo`lishga intilasiz.
31. Guruhlarga a’zo bo`lishga intilasiz..
32. Murosasozlikka moyilsiz.
33.YEtakchi muvaffaqiyatga erisha olmaganda unga achinasiz.
34. O`rtoqlaringizning e’tirozlarini o`kinch bilan qabul qilasiz.
35. Ba’zan makkorlik va tilyog`lamalik qilishga moyilsiz.
36. Guruhga rahbarlik qilishga qodirsiz.
37. Guruhdagilar bilan munosabat o`rnatishda  ancha erkin va ochiq ko`ngilsiz.
38. Guruh a’zolarining qarama-qarshi  fikrlaridan  asabiylashasiz.
39.  Ishlarni rejalashtirishda yetakchining mas’ul bo`lishini afzal bilasiz.
40. Do`stligingizni namoyon eta olmaysiz.
41. O`rtoqlaringizga jonkuyarsiz.
42. Boshqalarni yetakchiga qarshi qo`yishga urinasiz.
43. Guruh doirasida o`zgalar bilan tez tanishasiz..
44. Munozaralarga aralashishni yoqtirmaysiz.
45. Guruh a’zolarining gapini ma’qullaysiz.
46. Guruhda o`zingizga maslakdosh topishga qiynalasiz.
47. Ta’sirlanganda kulgili holatga tushib qolishdan qo`rqmaysiz
48. O`zgalarga bog`lanib qolmaslikka harakat qilasiz.
49. Ahil guruhga a’zo bo`lishga intilasiz.
50. O`zingizning haqiqiy tuyg`ularingizni namoyon qilmaslikka intilasiz.
51. Guruh a’zolarida xilma-xil fikr tug`ilganda yetakchining fikrini ma’qullaysiz..
52. O`zgalar bilan muloqot o`rnatishda tashabbuskor emassiz.
53. O`rtoqlaringizni tanqid qilishga moyilsiz..
54. Boshqalardan ko`ra ko`proq yetakchi bilan muloqot o`rnatasiz.
55. Guruhdagi haddan ortiq betakalluf munosabatga chiday olmaysiz.
56. . Bahs-munozara qilishni yoqtirmaysiz.
57. Guruhda yuqori mavqega erishishga intilmaysiz.
58. O`rtoqlaringiz munosabat (ish)lariga  aralashmay  xato qilasiz.
59.  «G`avg`o ko`tarishga» va «boshqalarning jig`iga tegishga» ustasi farangsiz.
60. YEtakchiga o`z noroziligingizni bildira olasiz.


                                                                     

Òåst natijalari

Ega bo`ldi   
  • Tobelik                             - guruhiy me'yorlarni qabul qiladi, undagi qadriyatlarga bo`ysunadi.
  • Mustaqillik                      - mustaqil harakat qilishga, yetakchilikka moyil.

Ega bo`ldi   
  • Muloqotmand               - insonlar bilan tez til topishadi, guruh a`zolari bilan hissiy iliq munosabat o`rnatishga layoqatli.
  • Muloqotmand emas   - tund, o`zining ichki olamiga yo`nalgan, emotsional bog`liqlikni yoqtirmaydi, guruh a`zolari bilan til topisha olmaydi.

Ega bo`ldi   
  • Faollik                        - shaxslararo munosabatlarga o`z mavqeiga ega, guruhiy tadbirlarda faol ishtirok etadi.
  • Nofaollik                        - nizodan qochadi, guruhiy munozaralarda o`zini chetga oladi, murosani yoqtiradi..