Diqqat! Portal test rejimida ishlamoqda!

Portal haqida


 

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Axborot ta’lim Portali Vazirlar Mahkamasining 110-sonli 2006 yil 7 iyundagi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Portalning asosiy vazifasi xalq ta’limi tizimida Multimediya umumta’lim dasturlarini yaratish markazi hamda tashqi tashkilotlarda ishlab chiqilgan va ishlab chiqilayotgan ta’lim mazmunidagi multimediya ilovalarini tarqatishdan iborat. Ta’lim axborot dasturlarini on-line rejimida taqdim etish ko‘zda tutilgan. Shu qatorda, turli ta’lim mazmunidagi Intranet tarmoqlarini tashkil etish va boshqa qo‘shimcha xizmatlar va O‘zbekiston Respublikasining Xalq ta’limi vazirligi veb-saytiga bog‘lovchi vazifasini bajarish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Xalq ta’limi vazirligining yagona axborot ta’lim muhiti quyidagi talablarga javob berishi kerak: O‘quvchilarning ta’lim vositalarini hamda masofaviy ta’lim shaklini ta’minlash; O‘quvchilarni o‘quv-metodik materiallarini qo‘llashga imkoniyat yaratish; Axborot resurslariga reglament asosida kirishni ta’minlash; Boshqa vazirliklar va tashkilotlarning saytlari bilan integratsiya qilish.

Portalning yaratilishi, uning ta’minoti va modernizatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xuzuridagi Multimediya umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi zimmasiga yuklatilgan. Barcha izox va takliflarni portal administratorining quyidagi manziliga yo‘llang: Toshkent shahri, Yunusobod m, 13 mavze, 49b (12-sonli maktabning janubiy binosi)

tel: 202-13-93 
faks: 223-16-31 
e-mail: info@multimedia.uz