O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

Найти!







 Mamlakatimiz mobil ilovalari istiqboli
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Poytaxtimizdagi Xalqaro biznes markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shu haqda so‘z yuritildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutaxassislari, mobil operatorlar, mobil ilova yaratuvchilar va jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbirda yangi innovatsion g‘oyalarsiz axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish va keng joriy etib bo‘lmasligi ta’kidlandi. Ko‘pincha yangi tashkil etilgan kompaniyalar innovatsion g‘oyalarga mualliflik qiladi. Mavjud mahsulotlardan muvaffaqiyatli foydalanadigan yirik korporatsiyalar yangi innovatsion g‘oya va mahsulotlar yaratish bilan deyarli shug‘ullanmaydi. Yangi tashkil etilgan korxonalar – «start-ap»lar faoliyati aynan innovatsion g‘oya va mahsulotlar ishlab chiqishga qaratiladi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2012 yil 21 martdagi «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu hujjat axborot texnologiyalari loyihalarini amalga oshirish, yosh dasturchi va mobil ilova yaratuvchilar o‘z g‘oya hamda xizmatlarini muvaffaqiyatli taqdim etishiga mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Matbuot anjumanida jamiyat hayotining turli sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish istiqbollari, yosh dasturchilar va mobil ilova yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasidagi eng yaxshi innovatsion loyihalarni aniqlashga qaratilgan turli tanlovlar o‘tkazishga doir masalalar muhokama qilindi.

Roman Bondarchuk, O‘zA




Manba: http://uza.uz/
Maqola sanasi: 10 Mart 2016 17:21


Yangiliklar bolimiga o`tish


  © Copyright 2017 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.ccitt.uz    www.ziyonet.uz    www.multimedia.uz