O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

Найти!







 Mobil aloqa sifati yanada yaxshilanmoqda
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Poytaxtimizdagi Aloqa tarixi muzeyida “Uzmobile” mobil aloqa milliy operatorini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

“Uzmobile” mobil aloqa milliy operatorining tijorat direktori V.Kravchenko va boshqalar aholini sifatli telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida puxta o‘ylangan davlat siyosati asosida mobil aloqa jadal rivojlanayotgani, keng polosali texnologiyalar joriy etilayotgani, yangi bazaviy stansiyalar ishga tushirilayotganini ta’kidladi. Prezidentimizning 2014-yil 12-fevraldagi “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ushbu jarayonni takomillashtirishga xizmat qilayotir.

Ushbu hujjatga muvofiq tashkil etilgan “Uzmobile” mobil aloqa milliy operatori telekommunikatsiya xizmatlari bozorida CDMA va GSM standartlarida sifatli mobil aloqa bilan ishonchli ta’minlovchi sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda. Kompaniya savdo punktlari soni ko‘payib borayotgani ham buni tasdiqlaydi. Bugungi kunda Toshkent shahrida kompaniyaning 20 savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi, mamlakatimiz bo‘yicha esa 110 dan ortiq savdo punkti faoliyat ko‘rsatayotir.

– Milliy mobil aloqa operatori 2015-yil 15-aprelda GSM tarmog‘ini ishga tushirdi, – deydi “Uzmobile” mobil aloqa milliy operatori biznesni rivojlantirish va marketing xizmati boshlig‘i M.Slyagin. – O‘tgan vaqt davomida mazkur tarmoqqa 500 mingdan ziyod abonent ulandi. Kompaniya xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish maqsadida yangiliklar, innovatsiyalar muntazam joriy etilmoqda. Jumladan, ovozni sifatli uzatadigan HD Voice texnologiyasi ishga tushirildi.

O‘tgan yili kompaniya GSM standarti xalqaro mobil aloqa operatorlari tashkiloti – GSM assotsiatsiyasiga qo‘shildi. Dunyodagi 800 dan ortiq uyali aloqa operatori ushbu assotsiatsiya a’zosidir. «Uzmobile» ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgach, ovozli xizmatlar va SMS-rouming xizmatini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Joriy yilda kompaniya ko‘plab loyihalar, xususan, mobil aloqa xizmatlarini kengaytirish, kompaniya xizmatlarini “Elektron hukumat” tizimining ayrim elementlari bilan integratsiyalashtirish, talabalar, yosh mutaxassislar, tadbirkorlik subyektlarini mamlakatimiz IT muhiti va telekommunikatsiya hamjamiyatiga jalb etishga ko‘maklashish bo‘yicha 30 dan ziyod yangi mahsulotlarni joriy qilish loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirgan.




Manba: http://uza.uz/
Maqola sanasi: 07 Aprel 2016 18:25


Yangiliklar bolimiga o`tish


  © Copyright 2017 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.ccitt.uz    www.ziyonet.uz    www.multimedia.uz