O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

Найти!







 Hamkorlik, hamjihatlik muvaffaqiyat garovi
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoit yaratish, bitiruvchilar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi muhim ahamiyat kasb etayotir.

Oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan hamkorligini tizimli yo‘lga qo‘yish, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rnini mustahkamlash maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mahallalar va ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini muntazam o‘rganib borish, o‘quvchilarning davomati, odob-axloqini alohida nazoratga olish, ularni turli o‘quv va sport to‘garaklariga jalb etish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, mas’ullar biriktirilmoqda.

Nukusda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Oila" ilmiy-amaliy markazi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi mexanizmini tatbiq etishga bag‘ishlab o‘tkazilgan hududiy seminarda tegishli vazirlik va idoralar vakillari, o‘quv muassasalari rahbarlari, jurnalistlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi “Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi o‘rinbosari D.Mirzajonova, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Parpiboyeva va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini, oilalar mustahkamligini ta’minlash, farzand tarbiyasi, yoshlarning ma’naviy kamoloti yo‘lida olib borilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 702 umumta’lim maktabida 261 mingdan ziyod yoshlar zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda. 17 “Barkamol avlod” bolalar markazi, 21 musiqa va san’at maktabi, 18 bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quvchilar ixtiyorida.

Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyundagi “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosi doirasida tashkil etilgan “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi mexanizmi ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini kuchaytirish, ta’lim sifati va o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini doimiy tahlil etib borishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hamkorlik mexanizmi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarda prokuratura, ichki ishlar bo‘limi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati vakillari ishtirok etib, o‘quvchilar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, ekstremizm, missionerlik, giyohvandlik kabi illatlarning oldini olishga yo‘naltirilgan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Tadbirda mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligida o‘quvchilarning davomati, hulqi yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish, bolalarni turli fan va sport to‘garaklariga jalb etish, qizlar tarbiyasiga alohida e’tibor berish, erta nikoh va oilaviy nizolarning oldini olish masalalari bo‘yicha targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Aminboy Ortiqboyev, O‘zA




Manba: http://uza.uz/
Maqola sanasi: 23 Aprel 2016 15:36


Yangiliklar bolimiga o`tish


  © Copyright 2017 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.ccitt.uz    www.ziyonet.uz    www.multimedia.uz