O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

Найти!







 Zamonaviy axborot texnologiyalar ta'lim sifatini oshiradi
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Konferensiya Yalpi majlisi Navoiy shahridagi Yoshlar markazida  Navoiy viloyati xokimi E.Turdimovning tabrik so‘zi bilan boshlandi. Konferensiyada Navoiy viloyat xokimining birinchi o‘rinbosari F.Umarov, Xalq ta'limi vaziriligining Ta'lim-tarbiya jarayoniga AKTni joriy etish bo‘limi yetakchi nazoratchisi Q.Saytov, Navoiy viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori F.Ro‘ziqulov, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori X.Ibraimov, Navoiy viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i E.Musaev va boshqa ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyada umumta'lim maktablari ta'lim tizimida malakali kadrlar tayyorlash muammolari, ta'limda chet tillarni o‘qitishning sifat va samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalar, ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashdagi dolzarb muammolar va yechimlar hamda «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi asosida belgilangan vazifalar doirasida bajarilayotgan ilmiy ishlarga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha ma'ruzalar qilindi.

Konferensiya umumta'lim maktablari o‘quv jarayoni sifat-samaradorligini ta'minlash, mazmunini boyitishda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalar, ta'lim jarayoniga modellashtirishni qo‘llashning afzalliklari kabi mavzularda o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, AKT asosida o‘qitish tizimini takomillashtirishning optimal yo‘llarini aniqlash, ta'limning ushbu bosqichida multimedia vositalaridan foydalanish kabi masalalar yuzasidan ilmiy-metodik jixatidan yuqori saviyadagi ma'ruzalarni tinglash bilan boshlandi.

Konferensiyada ta'lim berish jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish hamda yangi elektron darsliklar yaratish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda ilmiy-uslubiy ishlarning olib borilishiga alohida e'tibor berildi.

Konferensiya davomida ta'lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha mutaxassis-pedagoglar oldiga kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni qo‘yilishi mamlakatimiz ta'lim tizimini rivojlangan davlatlar ta'lim tizimi darajasiga tenglashtirish borasida olib borayotgan pedagogik faoliyatlarimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sifat va samaradorligi ustida ishlashimizni hamda bu sohada bilim, ko‘nikma va malakalarimizni takomillashtirib borishimiz bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Konferensiya ishtirokchilari tomonidan o‘qituvchilarning darslarga ijodkorlik bilan yondashishini ta'minlash, ta'lim-tarbiya berish jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni yo‘lga qo‘yish maqsadida taklif etilgan ilmiy-metodik ishlarning uslubiy qo‘llanmalari va multimediali ishlanmalari tayyorlanib, ta'lim muassasalariga yetkazib berilishi va ommalashtirilishi kelishib olindi.

Konferensiya davomida ishtirokchilar ta'lim jarayonida yechimini kutayotgan muammolar yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirishdi.

 

Navoiy viloyati XTXQTMOI “Tabiiy va aniq fanlar ta'limi”

kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi

Pulotov Abdirayim Murotovich




Manba: MUDRM
Maqola sanasi: 07 May 2016 13:07


Yangiliklar bolimiga o`tish


  © Copyright 2017 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.ccitt.uz    www.ziyonet.uz    www.multimedia.uz