O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

Найти!







 Maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Respublika o'quv-metodika markazi tinglovchilari Multimedia markazida
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Joriy yilning 21 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tasarrufidagi Maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Respublika o‘quv-metodika markazining bir guruh tinglovchilari Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markaziga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida markazning videokonferensiyalar zali, elektron axborot-ta`lim resurslarini yaratish va ularni ko’paytirish xonalari, audio va videoresurslar yaratiladigan multimedia studiyasiga ekskursiya uyushtirilib, yaratilayotgan elektron axborot-ta`lim resurslari hamda ularni tayyorlash bosqichlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, tinglovchilarga ta`limning zamonaviy interfaol texnik vositalari, shu jumladan elektron interfaol doskalar va ularning o‘rnini bosuvchi elektron interfaol qurilmalar, ta`lim-tarbiya jarayonida ushbu interfaol vositalardan hamda vazirlikning axborot-ta`lim portaliga joylashtirilgan elektron axborot-ta`lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma`lumotlar berildi.

Elektron interaktiv qurilmalardan foydalanib mashg'ulotlarni o‘tish uchun mo‘ljallab tayyorlangan bir qator elektron axborot ta`lim resurslari namoyish etib ko‘rsatildi. Elektron ta`lim resurslarini namoyish etish jarayonida tinglovchilar elektron interaktiv doskadan foydalanish bo’yicha amaliy mashqlarni bajarib ko‘rdilar.

 

 

 




Manba: MUDRM
Maqola sanasi: 21 Sentyabr 2016 10:57


Yangiliklar bolimiga o`tish


  © Copyright 2017 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.ccitt.uz    www.ziyonet.uz    www.multimedia.uz