O'zbekcha                    English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

!







 AKT mutaxassislari uchun yangi talim loyihasi
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

“ICTWEEK – 2016” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Markaziy Osiyodagi dastlabki Axborot texnologiyalari va tarmoqlari avtomatlashtirilgan akademiyasi ochildi.

AKT mutaxasissislarini tayyorlash axborot-kommunikatsiya sanoatini barqaror rivojlantirishning muhim omillaridan. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2012-yil 21-martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mamlakatimizda ta’lim muassasalarini zarur komputer texnikasi va uskunalari bilan ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, yangi laboratoriyalar, axborot-o‘quv resurslari yaratilmoqda.

Markaziy Osiyodagi dastlabki Axborot texnologiyalari va tarmoqlari avtomatlashtirilgan akademiyasi Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida joriy etilgan yangi «HAINA» ilmiy-ta’lim loyihasi doirasida tashkil etildi. «HAINA» loyihasi doirasida iqtidorli talabalar salohiyatini yuzaga chiqarish va AKT sanoatini ommalashtirish maqsadida ko‘plab oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik ko‘zda tutilgan.

Toshkent axborot texnologiyalari unversitetida maxsus smart-laboratoriya jihozlangan. Bu yerdagi o‘ziga xos dasturiy ta’minot, zamonaviy o‘quv texnologiyalari yoshlarga nazariy bilim olish va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini beradi. Bu borada yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha qator ta’lim kurslari va onlayn-treninglar tashkil etildi.

Shuningdek, loyihada o‘qituvchilar uchun o‘qitishning dasturiy ta’minotini loyihalashtirishga doir mashg‘ulotlar, trening-markazlar tashkil qilish bo‘yicha maslahatlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Roman Bondarchuk, O‘zA




Manba: Uza.uz
Maqola sanasi: 21 Sentyabr 2016 10:37


Yangiliklar bolimiga o`tish


  © Copyright 2017 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.ccitt.uz    www.ziyonet.uz    www.multimedia.uz