O'zbekcha                    English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

!







 Prezident: Axborot-kommunikatsiya tizimlarini barcha sohalarga yanada faol jalb etish zarur
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

d2aUhV14816990522760_b.jpg

Kuni kecha Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishishi munosabati bilan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida boshqa sohalar qatori, axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, ularni tatbiq etishni jadallashtirish zarurligiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, davlatimiz rahbari tarmoqlar va hududlarni modernizatsiya qilish, ularning raqobatdoshlik darajasini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari doimiy e’tibor markazida bo‘lishi lozimligi, buning uchun xorijiy sarmoyalar va ilg‘or texnologiyalarni hamda axborot-kommunikatsiya tizimlarini barcha sohalarga yanada faol jalb etish zarurligini qayd etib, aynan shu asosda 2030 yilgacha mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini 2 barobardan ziyod ko‘paytirishga erishish maqsad qilinganini ta’kidladi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ilgari surar ekan, hozirgi paytda butun dunyoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari davri ekanligi, bu soha soat sayin shiddat bilan rivojlanayotgani, hozirgi kunimiz va kelajagimizni bu soha rivojisiz tasavvur qilish mumkin emasligini ta’kidladi.

“Bugungi kunda mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimiga o‘tish borasida juda katta ishlar boshlangan va ularni bosqichma-bosqich mantiqiy davom ettirish muhim vazifa sifatida kun tartibida doimiy tarzda turadi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi qanchalik rivoj topgani sari, uning afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda, butun mamlakatimizda axborot xavfsizligini ta’minlash eng dolzarb masalaga aylanib bormoqda”, deyiladi ma’ruzada.

“Qayd etilishicha, keyingi ikki oy davomida Bosh vazirning elektron portaliga tushgan 270 mingdan ortiq murojaat, shuningdek, yangi tashkil etilayotgan “Xalq qabulxonalari”ga bo‘ladigan murojaatlarning yechimi bo‘yicha ham aniq va tezkor ish tizimini yaratish talab etiladi. Bu ishlarga hukumat rahbarining shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘lishi zarur”, dedi Prezidentimiz.

Aytish kerakki, 2017 yilning yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan “elektron hukumat” tizimining aholi manfaatlarini himoya qilinishi, fuqaroning davlat bilan o‘zaro munosabatini o‘rnatishdagi ahamiyatini yanada oshiradi. Zero, ayni kunda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi, Yagona portal, Me’yoriy hujjatlar ta’sirini baholash tizimi kabi elektron resurslar hukumatga xalq bilan muloqot qilish, odamlarning ichiga kirish, ularning dardu tashvishlari bilan tanishish, davlat boshqaruvida aholi fikrlarini inobatga olishga, inson manfaatlarini ta’minlanishiga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, bu yo‘nalishdagi ishlar davlat rahbari tomonidan qo‘yilayotgan vazifalar asosida yanada takomillashtirib boriladi. 





Manba: mitc.uz
Maqola sanasi: 16 Dekabr 2016 10:45


Yangiliklar bolimiga o`tish


  © Copyright 2017 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.ccitt.uz    www.ziyonet.uz    www.multimedia.uz