O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Moskva davlat universitetining Kichik mexmat sirtqi bo‘limiga 2010/2011 o'quv yiliga qabul
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Moskva davlat universitetining Kichik mexmat sirtqi bo‘limi o‘quvchilarni 2010/2011 o‘quv yiliga 8 va 9 sinflarga hamda 10 sinfga to‘liqmas kursga qabulni e’lon qildi.

Sirtqi bo‘lim Rossiya (shu jumladan Moskva shahrida yashovchilar), MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlaridan hamda chet davlatlardan o‘quvchilarni qabul qiladi. O‘quvchilar tanlov asosida quyida keltirilgan kirish ishi natijalari bo‘yicha qubul qilinadi (jamoa bo‘lib o’qimoqchi bo‘lgan o‘quvchilardan kirish ishini bajarish talab etilmaydi).



Qabul shartlari


Kichik mexmatning sirtqi bo‘limida o‘qishni istagan o‘quvchilar 2010 yil 30 aprelidan kechikmasdan tegishli sinf uchun kirish ishi masalalari yechimlarini xat yoki elektron pochta orqali ko'rsatilgan manzilga jo‘natishlari kerak (bunda barcha masalalarni yechish talab etilmaydi). Kirish ishi katak daftarda yozilgan bo'lishi, masalalar va yechimlar berilgan tartibda yozilishi kerak hamda quyidagi ma’lumotlar berilishi shart:

1. O‘quvchining ismi, familiyasi, otasining ismi.
2. Sinf (2009/10 o‘quv yili uchun).
3. To‘liq uy manzili pochta indeksi bilan
4. Elektron pochta manzili.
5. Telefon (shahar kodi bilan).
6. Qabul haqida ma’lumot olingan manba.

Kirish ishlari qaytarilmaydi.

«Jamoa-o‘quvchi» guruhlari uchun kirish ishini bajarish shart emas: faqat 2009 yil 15 sentabridan kechikmasdan xat yoki elektron pochta orqali quyidagi ma’lumotlarni jo‘natish kerak:
1. Guruh rahbari ismi, familiyasi, otasining ismi.
2. O‘quvchilar ismi, familiyasi, otasining ismi (15 tadan oshmasligi lozim).
3. Sinf (2009/10 o‘quv yili uchun).
4. Guruh rahbari to‘liq manzili pochta indeksi bilan.
5. Elektron pochta manzili.
6. Telefon (shahar kodi bilan).
7. Qabul haqida ma’lumot olingan manba.
 
Barcha ma’lumotlar rus tilida berilishi shart.

Manzil: 119991, Ìîñêâà, ÃÑÏ-1, Ëåíèíñêèå ãîðû, ÌÃÓ, ìåõìàò, ÌÌÌÔ.
Elektron pochta: zaoch.mmmf@gmail.com

Kirish ishi

1-8-masalalar 8-sinfga kirish uchun, 3-12-masalalar 10-sinfga kirish uchun. Qavslarda masala mo'ljallangan sinflar ko'rsatilgan.

1 (8sinf.) Bir shaharda har o'n birinchi matematik musiqachi hamdir, har o'n uchunchi musiqachi matematik hamdir. Shaharda kim ko'proq musiqachilarmi yoki matematiklarni

2 (8sinf.) Ixtiyoriy natural k son uchun k3+5k soni 3 ga karraliligini isbotlang.

3 (8-10sinf). Kvadratni à) 6 ta kvadratga; á) 7 ta kvadratga bo'ling.

4 (8-10sinf). Leonid va Pavel xarakatlanayotgan eskalator bo'yicha zinapoya tashlamasdan pastga tushishmoqda.  Leonid bir qadam tashlaguncha Pavel uch qadam tashlaydi. Pavel tushguncha 45 qadam tashladi, Leonid esa faqat 40. Eskalatorning nechta zinapoyasi ko'rinadi?

5 (8-10sinf). ÀÂÑ teng yonli uchburchak ( ÀÂ = ÂÑ , Â burchak 100° ga teng) ichida Ì nuqta shunday tanlanganki, ÌÀÂ burchak 20° ga teng, ÌÂÀ burchak 10° ga teng. ÂÌÑ burchakni hisoblang.

6 (8-10sinf). Kapitan Smolletning ikki nafar o'g'li va bir nechta qizi bor. Agar kapitan yoshini (u albatta 100 ga kirmagan) uning bolalari soni va shxunasi uzunligi (futlar butun soni)ga ko'paytirilsa 32118 hosil bo'ladi. Kapitan necha yoshda, uning nechta farzandi bor va shxunasi uzunligi qanday?

7 (8-10sinf). 262+1 soni 231 + 216 + 1 soniga bo'linadimi?

8 (8-10sinf). Qog'oz uchburchakdan parallelogramm qirqilgan. Parallelogran yuzi uchburchak yuzining yarimidan katta emasligini isbotlang.

9 (9-10sinf). Tenglamani yeching (x2-x+1)4-10x2(x2-x+1)2+9x4=0.

10 (9-10sinf). ABCD qavariq to'rtburchakning CAD va CBD burchaklari bissektrisalari CD tomonida kesishadi. ACB va ADB burchaklari bissektrisalari AB tomonida kesishishini isbotlang.

11 (9-10sinf). Butun koeffitsietli kvadrat uchhad àõ2+ bx -5 ikkita turli ildizga ega. à va b ni toping.

12 (9-10sinf). Mahalliy 100-o'rinli parlament saylovlarida 12 ta partiya qatnashgan. Parlamentda saylovchilar ovozlarining 5% dan ko'pini yig'gan partiyalar joy oladi. Parlamentga o'tgan partiyalar orasida joylar olingan ovozlarga proportsional ravishda taqsimlanadi. Sayovlardan so'ng har bir saylovchi biror partiyaga ovoz berganligi ma'lum bo'ldi (ya'ni barcha partiyaga qarshi yoki yaroqsiz byulletenlar bo'lmagan). Shunda matematika ishqibozlari partiyasi 25% ovoz yig'di. Bu partiya parlamentda ko'pi bilan nechta o'rin olishi mumkin?

Maqola sanasi: 19 Mart 2010 11:06


Yangiliklar bolimiga o`tish


  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz