O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 O'zR Vazirlar Mahkamasining Qaroriga 1-ilova
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Vazirlar Mahkamasining
                                                                       1993 yil 25 martdagi
                                                                       157-son qapopira 1-ILOVA
           
Aspirantlar uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari to'g'risida Nizom va ularni tayinlash TARTIBI
 
            1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari davlat oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining so'nggi o'quv yili aspirantlariga - O'zbekiston
Respublikasi fuqarolariga O'zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo'mitasi qaroriga binoan tayinlanadi.
 
            2. Aspirantlarga tayinlangan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari kvotasi (beshta) davlat ilmiy texnika siyosatining eng muhim yo'nalishlariga muvofiq, quyidagi yo'nalishlar bo'yicha, har biriga bitta stipendiya hisobidan taqsimlanadi:
            respublika Mustaqilligi va bozor iqtisodiyotiga mos ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni shakllantirish;
            Dehqonchilik sanoati majmui;
            energetika, resurslar, sanoat;
            sog'liqni saqlash va ekologiya;
            axborot texnologiyalari va boshqaruv.
            har yilning boshida Vazirlar Mahkamasi tomonidan, O'zbekiston Fan va texnika davlat qo'mitasi taqdimnomasiga binoan, yo'nalishlar bo'yicha stipendiyalar taqsimotiga o'zgarishlar va qo'shimchalar kiritilishi mumkin.
 
            3. Aspirantlarga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlarning bajarilishi belgilanadi:
            barcha nomzodlik minimumlarini "a'lo" bahoga topshirish;
            davlat tilini va kamida ikkita xorijiy tilini bilish;
            xalqaro konferensiyalarda qatnashish;
            etakchi ilmiy nashrlarda (kamida ikkita) ilmiy maqolalar e'lon qilish;
            kompyuterni bilish;
            O'zbekiston tarixini bilish.
            Tillar, informatika, O'zbekiston tarixi bo'yicha bilimlarga .talab darajasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi tomonidan belgilanadi.
            Shu maqsadda komissiya aspirantlarning mustaqil tayyorlanishlari
            Uchun maxsus dastur ishlab chiqadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar ushbu Fanlar bo'yicha bilim darajasini aniqlash uchun maxsus sinovlar (imtihonlar) topshiradilar.
 
            4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun nomzod ko'rsatadigan muassasalar, yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda, nomzodlar ishlarining dolzarbligini, ularning shaxsiy hissasini, o'tkazilgan tadqiqotlarning muhimligini oldindan tekshiradilar, dissertasiyalar mavzusi bo'yicha aspirantlar ilmiy axborotlarining ommaviy muhokamasini tashkil qiladilar, ularning umumiy ilmiy tayyorgarligini, ma'naviy madaniy sifatlarini baholaydilar va har bir nomzod bo'yicha asoslangan xulosa qabul qiladilar.
 
            5. Ilmiy-tadqiqot ishlarining mufassal shartlari mashinkada yozilib, ikki nusxada, matnga tegishli ko'rgazmalar bilan birga muassasa ilmiy Kengashiga dastlabki ko'rib chiqish uchun taqdim etiladi.
            Ishga quyidagilar ilova qilinadi:
            mazkur soxa yetakchi mutaxassislarining fikr-mulohazalari;
            ilmiy ishlar ro'yxati;
            ilmiy ma'ruzalar ro'yxati;
            ilmiy maqolalarning bosma nusxasi, mualliflik guvohnomalarining nusxalari, ilmiy ish natijalaridan foydalanish haqidagi dalolatnomalar.
            Ishning (annotasiyaning) har bir nusxasi yuqorida qayd etilgan hujjatlar bilan birga muqovalangan yoki jildga joylangan bo'lishi kerak. Muqovada yoki jildda ishni taqdim qilayotgan muassasaning nomi, talabgorning ismi, familiyasi va otasining ismi, ishning nomi ko'rsatiladi.
            Boshqa hujjatlar, qo'shimcha chizmalar, sxemalar, xaritalar, albomlar, suhbatlar va shu kabilar bir nusxada taqdim etiladi.
 
            6. Ilmiy Kengashlar yopiq ovoz berish yo'li bilan, oddiy ko'pchilik ovoz bilan qaror qabul qiladilar.
            Ilmiy kengashlarning qarorlari vazirliklar va idoralar uchun O'zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo'mitasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat
stipendiyalarini tayinlash haqida tavsiyanomalar jo'natish uchun asos hisoblanadi.
 
            7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini aspirantlarga tayinlash, qaysi muassasaga mansubligidan qat'i nazar, tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyalariga binoan O'zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo'mitasi qarori bilan amalga oshiriladi.
            Stipendiyalarni tayinlashdan avval talabgorlarning maxsus va umumilmiy tayyorgarlik darajalari hamda bilimlarining belgilangan mezonlarga mos kelishi puxta tekshiriladi.
            Shu maqsadda:
            O'zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo'mitasi yetakchi olim va mutaxassislardan iborat maxsus tanlov komissiyasi tuzadi, uning zimmasiga O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti
            davlat stipendiyalariga talabgorlar o'rtasida sarflash tanlovi o'tkazish yuklatiladi;
            Vazirlar Mahkamasi huzuridagi oliy attestasiya komissiyasi aspirantlarning ilmiy ishlarini ekspertizadan o'tkazadi, respublika Fan va texnika davlat qo'mitasi bilan kelishilgan holda informatika, til va O'zbekiston tarixi bo'yicha maxsus sinovlar (imtihonlar) o'tkazish muddatlarini belgilaydi.
 
            8. O'zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo'mitasining tanlov komissiyasi talabgorlarning so'nggi to'lovlarini yopiq ovoz berish yo'li bilan hal qiladi va har bir ishga ovoz berishda qatnashgan komissiya a'zolarining uchdan ikki qismi ma'qullab ovoz bergandagina nomzod aspirantlarni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tayinlash uchun tavsiya qiladi.
            Ovoz berishdan so'ng talabgorlar soni belgilangan o'rinlar kvotasidan ko'p bo'lgan taqdirda ustunlik ko'p ovoz olgan talabgorlarga beriladi.
            Tanlov komissiyasining qarori O'zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo'mitasi tomonidan tasdiqlangandan so'ng kuchga kiradi.
 
            9. O'zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo'mitasi qarori tasarrufida oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari bo'lgan vazirliklar va idoralar uchun aspirantlarga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash va to'lash haqida buyruqlarni rasmiylashtirishda asos bo'ladi.
            Stipendiyalar har yili 1 yanvardan boshlab, bir yil muddatga, belgilangan miqdorga qat'iy rioya qilgan holda tayinlanadi.
 
            10. O'zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo'mitasi Vazirlik va idoralarning aspirantlarga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash haqidagi tavsiyalarini ko'rib chiqadi va yiliga bir marta, dekabr oyida ular bo'yicha qaror qabul qiladi. hujjatlar 1 oktyabrdan 31 oktyabrgacha kabul qilinadi, informatika, chet tillar, O'zbekiston tarixi bo'yicha sinovlar (imtihonlar) 1 noyabrdan 30 noyabrgacha topshiriladi
            11. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sovrindorlari bo'lgan aspirantlarga ko'krak nishonlari va "Prezident stipendiyasining sovrindori" guvohnomasi beriladi. Ko'krak nishonlari va guvohnomalar aspirantning o'qish joyida tantanali vaziyatda topshiriladi
 
            12. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sovrindorlari bo'lgan aspirantlar o'qishni bitirganlaridan so'ng uch. yil mobaynida o'qishni davom ettirish va tajriba orttirish uchun xorijga jo'natishda imtiyozli huquqni saqlab qoladilar.
 
            13. Shaxsiy rejalarni bajarmagan va ilmiy odob-axloqqa rioya qilmagan aspirantlar oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy Kengashlari tavsiyalariga binoan, Vazirlik va idoralarning buyruqlari bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilinishi mumkin.
 
            14. Bahsli masalalar, ariza va shikoyatlarni O'zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo'mitasi ko'rib chiqadi Ularni ko'rib chiqish muddati 1 oydan oshmasligi kerak.
 
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz