O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 O'zR Vazirlar Mahkamasining Qaroriga 5-ilova
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Vazirlar Mahkamasining
                                                                       1993 25 martdagi
                                                                       157-son qaporiga 5-ILOVA
 
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g'oliblari bo'lgan maktab va bilim yurti o'quvchilarini rag'batlantirish
TARTIBI
 
            1. Rag'batlantirish to'g'risidagi mazkur tartib umumta'lim fanlari bo'yicha o'quvchilarning rasmiy xalqaro va respublika olimpiadalari, badiiy-ijodiy ixtisosliklar bo'yicha
maktablar, san'at va madaniyat bilim yurtlari o'quvchilarining tanlovlari, sport musobaqalari g'oliblariga nisbatan qo'llanadi hamda oliy o'quv yurtiga imtiyozli kirish va pul mukofotlari olish tartibini belgilaydi.
 
            2. Xalqaro (1-5-o'rinlar) va respublika (1-o'rin) tanlovlari va musobaqalarining individual turlarida g'olib chiqqan maktablar va bilim yurtlarining bitiruvchi o'quvchilari oliy
o'quv yurtlariga test sinovlarisiz va qo'shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
 
            3. Xalqaro (1-5-o'rinlar) va respublika (1-o'rin) tanlovlari va musobaqalarining jamoa turlari g'oliblari o'z komandalari tarkibidan maktablar va bilim yurtlari bitiruvchilaridan
oliy o'quv yurtlariga test sinovlarisiz va qo'shimcha imtihonsiz qabul qilish uchun uch. nomzodni belgilaydilar
 
            4. Xalqaro (1-5-o'rinlar) va respublika (1-o'rin) shaxmat va shashka turnirlari g'oliblari pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy o'quv yurtlariga test sinovlarisiz va qo'shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar
 
            5. Umumta'lim fanlari bo'yicha respublika olimpiadalarida (1-3-o'rinlar) g'olib chiqqan maktablar va bilim yurtlarining bitiruvchilari oliy o'quv yurtlariga test sinovlarisiz va qo'shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar
 
            6. Xalqaro tanlovlar va musobaqalarning o'tkazish muddatlari test sinovlarini o'tkazish kuni bilan o'quv yili boshlanishi o'rtasidagi davrga to'g'ri kelib qolgan ayrim hollarda tanlovlar va musobaqalar qatnashchilarini oliy o'quv yurtlariga qabul qilish alohida belgilangan muddatlarda o'tkaziladi.
            Abiturientlarni oliy o'quv yurtlariga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasi tegishli vazirliklar va idoralarning iltimosnomalari bo'yicha qabulga belgilangan kvotalardan ana shu toifa abiturientlar uchun ma'lum o'rinlar sonini ajratadi hamda oliy o'quv yurtlariga abiturientlar qabul qilishning boshqa qoidalarini o'zgartirmagan holda test sinovlari o'tkazish va qo'shimcha imtihon topshirishning aniq muddatlarini belgilaydi.
 
            7. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g'oliblarini oliy o'quv yurtlariga imtiyozli qabul qilish oliy o'quv yurtlari ixtisosliklari bilan olimpiada fanlari,
tanlovlar ixtisosliklari, sport turlarining ixtisos bo'yicha mos kelishiga qat'iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi".
 
            8. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g'oliblarini test sinovlarisiz va qo'shimcha imtihonsiz oliy o'quv yurtlariga qabul qilish uchun hujjatlarni
rasmiylashtirish O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi ta'sis etadigan maxsus guvohnoma asosida amalga oshiriladi.
            Maxsus guvohnomalar ana shunday imtiyozlarga ega bo'lgan g'oliblarga beriladi va bu guvohnomalar oliy o'quv yurtiga kirish uchun zarur hujjatlar bilan birga qabul komissiyasiga topshiriladi
 
            9. Xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarning g'oliblari O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi hamda Davlat jismoniy tarbiya va
sport qo'mitasiga ular erishgan natijalarni tasdiqlovchi diplomni (1- 3-o'rin) yoki jyuri qarorini (4-5-o'rin) maxsus guvohnoma berilishiga asos sifatida taqdim etadilar.
 
            10. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi hamda Davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi nazorat tartibida g'oliblarga berilgan maxsus guvohnomalarning reestri bilan bitiruvchilar ro'yxatini test sinovlari o'tkaziladigan kundan oldin oliy o'quv yurtlariga abiturientlar qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasiga taqdim etadilar.
 
            11. Xalqaro badiiy-ijodiy tanlovlar, Olimpiya o'rinlari, jahon va qit'a birinchiligi musobaqalarining g'oliblari o'zlarining oliy o'quv yurtlariga kirish bo'yicha imtiyozli
huquqlaridan uch yilgacha, respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g'oliblari esa bu tadbirlar o'tgan kundan boshlab bir yil davomida foydalanishlari mumkin.
 
            12. Xalqaro (1-5-o'rinlar) va respublika (1-3-o'rinlar) olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g'oliblariga sportning ham individual, ham jamoa turlari bo'yicha diplomlar bilan birga egallagan o'rinlariga muvofiq belgilangan miqdorlarda pul mukofotlari topshiriladi
            Qoliblarga pul mukofotlari, tashkilotchilar ta'sis etgan sovrinlardan qat'i nazar, topshiriladi.
 
            13. Olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar g'oliblarini moddiy rag'batlantirish uchun mablag'lar O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi hamda Davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi smetalarida nazarda tutiladi.
 
            14. Qoliblarga diplomlar, maxsus guvohnomalar va pul mukofotlari O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi hamda Davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi,
 
            15. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g'oliblari oliy o'quv yurtlariga qabul qilinganlardan keyin chet mamlakatlar o'quv yurtlariga yuboriladigan guruhlar tarkibiga imtiyozli kirish huquqini oladilar.
 
            16. Maxsus guvohnomalar ro'yxatdan o'tkazilgan tartib raqamiga ega bo'lib, qat'iy hisobot hujjatlari toifasiga kiradi, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligida saqlanadi va zarur bo'lgandagina Madaniyat ishlari vazirligi hamda Davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasiga beriladi.
            Qolibning surati bo'lmagan guvohnoma haqiqiy hisoblanmaydi
            Maxsus guvohnoma yo'qolib yoki yaroqsizlanib qolgan taqdirda uning o'rniga dublikat berilmaydi.
 
            17. Qoliblarning oliy o'quv yurtlariga imtiyozli kirish masalalari yuzasidan ariza va shikoyatlarini oliy o'quv yurtlariga abiturientlar qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasi, boshqa masalalar yuzasidan tegishli ravishda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi hamda Davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi ko'rib chiqadilar. Arizalarni ko'rib chiqish muddati bir oydan oshmasligi kerak.
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz