O'Rda umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risida
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, umumta'lim maktablarining o'qitish dasturlarini isloh qilish, to'qqiz yillik umumiy o'rta ta'limning sifat jihatidan yangi tizimini yaratish, uning o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi bilan davomiyligini va uzviy bog'liqligini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Belgilab qo'yilsinki, umumiy o'rta ta'limning (maktabning 1-9-sinflari) ta'lim dasturlari:
o'quvchilarning muntazam bilim olishini, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirishni, asosiy o'quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirishni;
o'quvchilarda mehnat ko'nikmalari, mustaqil fikrlash, kasb tanlashga va atrof-olamga ongli munosabatni hosil qilishni;
milliy va umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirsh asosida yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalashni, o'z Vatanga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirishni;
1-9 sinflar o'quv dasturlarini akademik liseylar va kasb-hunar kollejlaridagi o'qitish dasturlari bilan o'zaro uzviy bog'lanishini ta'minlashi lozim.
2. "O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'lim to'g'risida"gi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi:
1998 yil 1 avgustga qadar - O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda umumiy o'rta ta'lim davlat ta'lim standartini ishlab chiqsin, unda:
tayyorlash sifati va ta'lim mazmuniga talablarni belgilashni;
o'quvchilarni tayyorlash uchun maqbul bo'lgan zarur o'quv fanlarini, ta'lim dasturlarini va o'quv soatlari hajmlarini shakllantirishni;
maktabni bitiruvchilar nisbatan malaka talablarini belgilash;
ta'lim muassasasi (maktab) faoliyatini baholash tartibini ishlab chiqarishni nazarda tutsin;
1998-1999 o'quv yili davomida - umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartini sinovdan o'tkazishni ta'minlasin;
1999 yil 1 iyulga qadar - sinov natijalarini hisobga olgan holda umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartini puxta ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
1999-2000 o'quv yilidan boshlab - umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartini umumta'lim maktabida o'qitish dasturlari bilan birgalikda joriy etilishini ta'minlasin.
4. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi:
1998 yil 1 sentyabrga qadar - umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartini ishlab chiqarish bilan bir paytda uning asosida umumta'lim maktablari uchun tajriba o'quv dasturlari ishlab chiqilishini ta'minlasin. Bunda 10-11 sinflar o'quv yuklamalari va dasturlarining tegishli ravishda 5-9 sinflar o'quv dasturlariga, shuningdek akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari dasturlariga o'tkazilishini nazarda tutsin;
1998-1999 o'quv yili mobaynida - ko'rsatib o'tilgan o'quv dasturlarini umumta'lim maktablarida tajriba tariqasida sinab ko'rsin;
1999 yil 1 iyulgacha - tajriba o'quv dasturlarini joriy etishni tajriba tariqasida sinab ko'rish yakunlarini hisobga olgan holda xalq ta'limi tizimi pedagoglari, mutaxassislari va rahbarlarining xulosalarini umumlashtirsin va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Tajriba o'quv dasturlari ishlab chiqilishi va ularning sinab ko'rilishi ustida nazoratni ta'minlash, shuningdek kiritilgan takliflarni umumlashtirish maqsadida
2-ilovaga muvofiq Respublika komissiyasi va maxsus ishchi guruhlari taklif etilsin. Komissiyaga va ishchi guruhlariga ona tili, adabiyot, tarix, matematika, fizika, kimyo, biologiya va boshqa fanlar bo'yicha o'quv dasturlari tayyorlash, shuningdek ularning respublikada tajriba tariqasida sinab ko'rilishi uchun javobgarlik yuklansin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi barcha viloyatlar va Toshkent shahrida ham shunday komissiyalar tuzilsin. Komissiyalarga malakali pedagoglar va mutaxassislarni ishga jalb qilishga ruxsat etilsin.
Respublika komissiyasi tadbirlar va ish rejasini tayyorlasin hamda tajriba o'tkazish jarayonida, o'tkazilgan tajribaning to'plangan natijalarini, fanlar bo'yicha maxsus ishchi guruhlari va xududiy komissiyalar takliflarini hisobga olgan holda 1999 yil 1 avgustgacha 1-9 sinflar uchun maktab darsliklarini tayyorlash dastur-topshiriqlarini ishlab chiqishga ta'minlasin.
Darsliklarni tayyorlash bo'yicha shaxsiy javobgarlik O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri va Davlat matbuot qo'mitasi raisi zimmasiga yuklansin.
6. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'limi vazirligi Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda umumiy o'rta maktablarda yangi o'qitish dasturlari va uslublari bo'yicha maxsus kurslarni ishlab chiqsin va ularni 1999-2000 o'quv yilidan boshlab pedagogika institutlari va universitetlarining talabalarini tayyorlash dasturiga kiritsin.
7. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Davlat test markazi:
1998 yil 1 avgustga qadar - ta'lim muassasalarini, umumiy o'rta ta'lim rahbar xodimlarini va pedagog kadrlarini davri ravishda attestasiyadan o'tkazib turish tartibini ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
1998 yil 1 sentyabriga qadar - 5-9-sinf o'quvchilaring bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to'g'risidagi Nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
1998-1999 o'quv yili mobaynida - 5-9-sinflar bitiruvchilarini yakuniy attestasiyadan o'tkazishning test usullarini tajriba tekshiruvvidan o'tkazsinlar va ularning 1999-2000 o'quv yilidan boshlab joriy qilinishini ta'minlasinlar.
8. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi:
1998 yil 1 senyabrga qadar - Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda xalq ta'limi tuman, shahar bo'limlari tuzilmasida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'nalshtirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlarini tashkil etsin;
markazlarni o'quvchilar kontingentini hisobga olgan holda, xalq ta'limi tuman, shahar bo'limlari va ularning uslubiyot kabinetlarining mehnatga haq to'lash fondi va xodimlari soni doirasida tashkil etsin. Markazlar shtatdagi xodimlarining cheklangan soni ko'pi bilan 4 nafardan iborat etib belgilansin;
O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazi to'g'risdagi Nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
bolalar rivojlanishiga psixologik-pedagogik jihatdan tashhis qo'yish, ularning qobiliyati va moyilligini aniqlash, bolani olti yoshdan boshlab maktabga qabul qilish to'g'risida tavsiyanomalar berish;
o'quvchilarni har yili tibbiy-pedagogik tekshirishlardan o'tkazish;
bolalarga va ota-onalarga o'quvchilarni o'qitishda, tarbiyalashda va ijtimoiy moslashtirishda psixologik-pedagogik yordam ko'rsatish;
maktab o'quvchilariga, ularning qobiliyatlarini, kasb-hunarga moyilliklarini, qiziqishlarini va ko'nikmalarini hisobga olgan holda, akademik lisey yoki kasb-hunar kollejidagi ta'lim yo'nalishini tanlashda ko'maklashish.
9. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 1 avgustga qadar:
maktablarning malakali pedagog kadrlar, o'quv-uslubiy adabiyotlar va didkatik materiallar, o'qitishning texnik va axborot vositalari bilan ta'minlanishini;
umumiy o'rta ta'lim tizimi ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini tayyorlashni, o'quvchilar uchun zarur sanitariya-maishiy va ijtimoiy sharoitlar yaratilishini ta'minlasinlar.
10. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, "Ustoz" jamg'armasi o'qitishning ilg'or usullarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqayotgan va ulardan foydalanayotgan umumiy o'rta va oliy ta'limning ilg'or ta'lim muassasalari negizida umumiy o'rta maktablar o'qituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etsinlar va ularning muntazam ishlashini ta'minlasinlar.
11. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Xalq ta'limi vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda maktab o'quvchilarini har yili tibbiy ko'rikdan o'tkazishni, sanitariya va maktab
gigienasi normalariga, o'quv-tarbiyaviy jarayonning sog'lomlashtirish yo'nalishiga rioya qilinishini ta'minlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A. A. Azizxo'jaev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent shahri, 1998 yil 13 may, ¹ 203