O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tuzilmasini va uni tashkil etish tizimini Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga qat'iy muvofiq ravishda takomillashtirish, mutaxassislar tayyorlash sifati oshirilishini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
2001-2003 yillarda 1 va 2-ilovalarga* muvofiq o'rta maxsus o'quv yurtlari (texnikumlar) va hunar-texnika bilim yurtlarini kasb-hunar kollejlari va akademik liseylarga aylantirish;
2001/2002 o'quv yilidan boshlab faoliyat ko'rsatayotgan texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlarining 1-kurslariga qabulni akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari uchun yangidan tasdiqlangan o'quv dasturlari bo'yicha, mazkur ta'lim muassasalariga har yilgi qabul soni doirasida tashkil etish to'g'risidagi takliflari qabul qilinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi O'zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
qayta tashkil etilayotgan texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari negizida barpo etilayotgan kasb-hunar kollejlari va akademik liseylarning ixtisoslashuvi bo'yicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
2001/2002 o'quv yili boshlangungacha qayta tashkil etilayotgan o'rta maxsus va kasb-hunar o'quv yurtlarining binolari va inshootlarida zarur ta'mirlash ishlarini amalga oshirsinlar, 1-kurslarda ta'limni kasb-hunar kollejlari va akademik liseylar uchun mo'ljallangan ta'lim dasturlari bo'yicha boshlash uchun zarur asbob-uskunalar, ta'lim vositalari, davlat ta'lim standartlari, yangi
o'quv dasturlari, darsliklar va o'quv-metodik adabiyotlar bilan ta'minlasinlar;
texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari 2 va 3-kurs talabalarining o'qishini, belgilangan tartibda, butun o'quv davrida amaldagi o'qitish shartlari va o'quv dasturlari bo'yicha tugatishlarini ta'minlasinlar.
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari negizida barpo etilayotgan kasb-hunar kollejlari va akademik liseylarga jalb etilayotgan pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni, boshqa mutaxassislarni 2001 yil 15 avgustgacha attestasiyadan o'tkazsin.
4. O'zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi 2001 yilda va 2002 yilga hamda kelgusi yillarga investisiya dasturlarini ishlab chiqishda kasb-hunar kollejlari va akademik liseylarga aylantirilayotgan texnikumlar va hunar-texnika bilim
yurtlarini bosqichma-bosqich belgilangan standartlar darajasiga yetkazish maqsadida rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash uchun kapital qo'yilmalarning zarur limitlarini ustuvor tartibda nazarda tutsinlar.
5. Maxfiy.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari h.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasining
Bosh vaziri O'.Sultonov
_______________________________________________
Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.