O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 O'zR Vazirlar Mahkamasining Qarori ¹296 sonli 13.06.1994
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Yoshlarning huquqiy ta'limini takomillashtirishning kompleks dasturi to'g'risida
 
            Huquqkiy ta'limni takomillashtirish, yoshlarning huquqiy ma-daniyati darajasini oshirish hamda O'zbekiston Respublikasida huquqiy demokratik davlat qurish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
            1. Yoshlar o'rtasida hukukiy ta'limni takomillashtirishning Kompleks dasturi ilovaga(Ilova rus tilidagi matnda berilgan.) muvofiq tasdiqlansin.
            2. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Adliya vazirligi, Fanlar akademiyasi ilova kilinayotgan Kompleks dasturga muvofik zarur o'quv-uslubiy adabiyotni tayyorlasinlar va Davlat matbuot qo'mitasi bilan birgalikda nashr
etsinlar.
            3. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik institutida 1994/95 o'quv yilidan boshlab:
            huquqshunos pedagoglar tayyorlash uchun huquqiy pedagogika fakultetini;
            "Davlat va huquq" mutaxassisligi o'qituvchilarini qayta tayyorlash uchun malaka oshirish fakultetini;
            huquqshunoslik asoslarini chuqur o'rgatishga ixtisoslashtirilgan huquqshunoslik liseyini tashkil etsin.
            4. Kompleks dasturning ijrochilari sifatida tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bir oy muddatda dasturni o'z vaqtida bajarish chora-tadbirlari majmuini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
            5 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Kompleks dasurda nazarda tutilgan tadbirlarni bajarish uchun zarur mablag'lar ajratsin.
            6. Mazkur qarorning oajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o'rinbosari M. Qoraboev zimmasiga yuklansin.
 
 
            Vazirlar Mahkamasining
                        Raisi                                                    I. KARIMOV
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz