Umumta'lim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar to'g'risida nizomni tasdiqlash haqida
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga xaq to'lash takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to'g'risida"gi 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Umumta'lim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar to'g'risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kundan boshlab o'n kundan keyin kuchga kiritilsin.
Xalq ta'limi vaziri T. DJURAEV
Toshkent sh., 2005 yil 30 dekabr, 41-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh., 2005 yil 30 dekabr, 5067-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh., 2005 yil 30 dekabr, 84-01-1375