O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 O'zR Vazirlar Mahkamasining Qaroriga 2-ilova NIZOM
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Maktabdan tashqari muassasa to'g'risida
NIZOM
 
             I. Umumiy qoidalar
 
            1. Maktabdan tashqari muassasalar xalq ta'limi tizimining tarkibiy qismi hisoblanadilar va ular qo'shimcha ta'lim-tarbiya berishga mo'ljallangandir.
            2. Maktabdan tashqari muassasalar o'z faoliyatlarini O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, "Ta'lim to'g'risida"gi Konunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradilar.
            3. Mazkur Nizom asosida mahalliy xususiyatlarni, o'zining yo'nalishini, rivojlanish istiqbollarini, jamoa normalari, qoidalari va an'analarini, moddiy-texnika ahvolini, moliyaviy ta'minotini, faoliyat dasturini hisobga olgan holda har bir mak-tabdan tashqari muassasada o'z ustavi ishlab chiqiladi. Ustav xalq ta'limining yuqori organi tomonidan tasdiqlanadi. Ustavda mak-tabdan tashqari muassasalarning maqsadi va asosiy vazifalari o'zgartirilishi, o'quvchilar va pedagog xodimlarning huquqlari chegaralanishi mumkin emas.
 
            II. Maktabdan tashqari muassasaning asosiy vazifalari va funksiyalari
 
            1. Quyidagilar maktabdan tashqari muassasaning asosiy vazifalari hisoblanadi;
            har tomonlama rivojlangan ijodiy shaxsni shakllantirish maqsadida maktabdan tashqari ta'lim-tarbiya sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
            o'quvchilar va aholining turli yoshdagi guruhlarining ehtiyojlariga javob beruvchi maktabdan tashqari ta'lim-tarbiyaning maz-munini muntazam ravishda yangilab borish;
            qo'shimcha ta'lim va tarbiya berish hamda hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitdagi faoliyatga tayyorlash uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini amalga oshirish;
            o'quvchilarni umuminsoniy va xalq kadriyatlarini aks ettiruvchi madaniyat bilan tanishtirish;
            qo'shimcha bo'limlar, malakalar egallashga bo'lgan ehtiyojlarni shakllantirish va ularni yanada boyitish;
            har bir o'smirning tabiiy bilimdonlik darajasi va ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish;
            hayotning oliy qadriyati bo'lgan mehnatga munosabati tarbiya-lash;
            faoliyatning har qanday shakliga ijodiy yondoshish ehtiyojini tarbiyalash;
            xalq ta'limining boshqa muassasalari bilan o'zaro hamkorlik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish;
            to'garak a'zolarini o'qitish va tarbiyalash sifatini yaxshilash maqsadida o'quv-tarbiya va uslubiy ishlarni takomillashtirish.
            2. Maktabdan tashqari muassasalar o'zlariga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
            6 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan barcha o'quvchilarga ularning har tomonlama kamol topishlari va bush vaqtlarini o'zlari belgilashlari uchun imkoniyat yaratadilar;
            o'quvchilar shaxsining rivojlanishiga, ularning qiziqishlariga, iqtidoriga, mustaqil bilim olishlariga va ijodiy mehnat qilishlariga shart-sharoitlar yaratadilar;
            mahalliy xokimiyat organlari bilan birgalikda maktabdan tashqari muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradilar;
            ehtiyojlarni o'rganish va shunga muvofiq bolalarning qiziqishlariga ko'ra shaxsning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan to'garaklar ochadilar;
            fan asoslari bo'yicha qo'shimcha ta'lim beradilar;
            bolalarga san'at va hunarmandchilikning an'anaviy milliy turlarini o'rgatadilar;
            o'quvchilar o'rtasida qobiliyatli, iqtidorli yoshlarni aniqlash, shaxsni rivojlantirishga qaratilgan musobaqalarni, sayyohlik slyotlarini, texnika va badiiy ijodkorlik hamda boshqa tadbirlarni uyushtiradilar va o'tkazadilar.
 
            III. Ish faoliyatini tashkil etish va uning asoslari
 
            1. Bolalar va usmirlarning shaxsiy ehtiyojlarini to'laroq qondirish, ularning bush vaqtlari va dam olishlarini to'g'ri tashkil etish maqsadida davlat organlari, mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar, jamoatchilik birlashmalari va fuqarolar madaniy-estetik, tabiiy-ilmiy, texnik, tajriba-naturalistik, sayyohlik-o'lkashunoslik va boshqa yo'nalishlardagi maktabdan tashqari muassasalar ochishlari mumkin.
            2. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, "Ta'lim to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq barcha hudud (shaharchalar, tuman, shahar, viloyatlar va respublika)larda maktabdan tashqari muassasalar tegishli hokimlikning qaroriga muvofiq; ochiladi. Maktabdan tashqari muassasalar mustaqil ravishda yoki ilmiy-ishlab chiqarish, o'quv-tarbiya kompleksi (markazi) tarkibida faoliyat ko'rsatishi mumkin.
            3. Maktabdan tashqari muassasa jamoasi o'z faoliyati dasturini mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o'ziga xosligini, mavjud maktabdan tashqari muassasalar
tarmog'ini hisobga olgan holda ishlab chiqadi. Mehnatga haq to'lashning yagona fondi doirasida tuzilmani va shtat jadvalini tasdiqlaydi.
            4. Maktabdan tashqari muassasalarda o'quvchilarning asosiy faoliyati bir xil yoshdagi va turli yoshdagi bolalar guruhlarida ularning qiziqishlariga ko'ra (to'garak, seksiya, studiya, klub, ansambl, teatr) amalga oshiriladi.
            Mashg'ulotlar bir yoki ikki yo'nalishli dasturlar bo'yicha, shuningdek, kompleks, to'g'ridan-to'g'ri estetika, teatr, san'at, musiqa, sport yo'nalishlari bo'yicha yakka-yakka, guruhlarga bo'lib yoki barcha ijodiy birlashmalar bo'yicha o'tkazilishi mumkin. Nogiron bolalar bilan yakka tartibda ishlar turar joylarda olib boriladi.
            5. Birlashmaning maqsadi, vazifalari va mazmuni O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan, pedagogik jihatdan asoslangan holda rahbarlarni, o'quv rejalari va dasturlari, ish uslublari, shakllari, vositalarini tanlashga tayangan holda tuziladi.
Pedagogik xodimlar Respublika o'quv-metodika markazining o'quv-metodika Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan mualliflik dasturlarini ishlab chiqishlari mumkin.
            6. Ma'muriyatning ruxsati bilan birlashmalar ishida o'quvchilar bilan birga (asosiy tarkibdan tashqari) bush joy bo'lgan taqdirda va to'garak rahbarining roziligi bilan ota-onalar ham qatnashishlari mumkin.
            7. To'garaklar, dasturlar talablariga ko'ra, butun o'quv yili uchun ham, qisqaroq muddatlarga ham tashkil etiladi.
            To'garaklarni to'ldirish may oyida boshlanadi va vsosan mazkur yilning 10 sentyabrida tamomlanadi. To'garaklarning mashg'ulotlari mazkur yilning 15 sentyabridan kechikmay boshlanadi va odatda keyingi yilning 25 mayida tugallanadi.
            Birlashmalar mahsulotlarining jadvali o'quvchilarning mehnat qilishlari va dam olishlari uchun qulayroq kun tartibida, ular yoshining o'ziga xosligini, sanitariya-gigiena normalarini hisobga olgan xorda pedagogik xodimlarning taqdimnomasiga ko'ra ma'muriyat tomonidan tuziladi.
            To'garak mashg'ulotlari uchun hamma ixtisosliklarni o'qitishning birinchi yilida haftada 4 akademik soat, ikkinchi va keyingi yillarida haftada 6 akademik soat ajratiladi. 6 yoshdagi bolalar uchun to'garak mashg'ulotlari 35 minut davomida o'tkaziladi va u haftada 2 akademik soatdan oshmasligi lozim.
            Sayyohlik-o'lkashunoslik to'garaklari dasturining o'ziga xosligi sababli, o'quvning birinchi, ikkinchi yilida va keyingi yillarida haftada 6 akademik soat ko'zda tutiladi.
            O'quvning birinchi yilida har bir to'garakdagi tarkib 10 nafar o'quvchidan kam bo'lmasligi lozim, o'quvning ikkinchi va keyin-gi yillarida esa o'quvchilar 8 nafardan kam bo'lmasligi kerak.
            Guruhdagi o'quvchilarning ushbu ko'rsatilgan soni minimal hisoblanadi. Maktabdan tashqari muassasalar to'garak ixtisosining o'ziga xosligiga ko'ra (vokal-cholg'u ansambli, xor, rake va boshqalar) to'garak a'zolari sonini ko'paytirishi, shuningdek, chuqurlashtirilgan mualliflik dasturlari mavjud bo'lganda, alohida is-te'dodga ega bo'lgan bolalar yakka tartibda mashg'ulotlar olib berishi mumkin.
            8. Ta'til paytlarida maktabdan tashqari muassasalar o'quvchilar va ularning ota-onalari bilan ularning bush paytlarini mazmunli o'tkazish, dam olishlarini to'laqonli amalga oshirish imkoniyatini to'ldirgan holda bolalar va usmirlarning turar joylarida, konsert safarlari, poxodlar, ekskursiyalar, sayohatlar, musobaqalar (shu jumladan, o'quvchilarning yangi o'zgaruvchan guruhlari bilan to'garaklar, seksiyalar va studiyalarda, shahardan tashqaridagi oromgohlarga kunlik borgan holda), turli-tuman ommaviy ishlarni tashkil qiladilar. Yozgi ta'til paytida maktabdan tashqari muassasalar o'quvchilar uchun yo'nalishli (profilli) bolalar oromgohlari hamda turistik bazalar ochishlari mumkin.
            9. Maktabdan tashqari muassasalar boshqa o'quv-tarbiya muassasalari negizida, korxonalar, tashkilotlarda, bolalar turar joylarida o'z shoxobchalarini ochishlari mumkin.
            10. O'quvchilarning qat'iy qiziqishlarini, iqtidorini, bo'lajak kasblarini o'zlari belgilashlarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun maktabdan tashqari muassasalar ilmiy, tadqiqot, ijodiy tashkilotlar bilan birgalikda ish olib boradi. Buning uchun tajriba, sinov, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish maqsadida o'zlarida va ularning negizlarida laboratoriyalar ochadilar, o'quvchilarning ilmiy birlashmalarini tuzadilar.
            11. Moddiy-texnika va kadrlar bilan ta'minlangan maktabdan tashqari muassasalar xalq ta'limi organlari bilan kelishgan holda shu muassasada o'quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini amalga oshirishlari mumkin.
            12. Xalq ta'limi muassasalarini attestasiya va akkreditasiyadan o'tkazish to'g'risidagi Nizomga muvofiq; maktabdan tashqari muassasa sertifikat olgandan keyin o'quvchilarga qo'shimcha ta'lim yoki kasb darajasi berilganligi haqida hujjat berish huquqiga ega bo'ladi.
            13. Maktabdan tashqari muassasa mintaqa, shahar, tuman va qishloqlarda bevosita yoki sirtqi ommaviy tadbirlar: bayramlar, musobaqalar va olimpiadalarni tashkil qiladi. Ishlashning zamonaviy shakllarini izlaydi; ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan tashabbus va harakatlarni qo'llab-quvvatlaydi.
            14. Respublika, viloyat, shahar (tumanlarga bo'lingan) maktabdan tashqari muassasalari maktabdan tashqari muassasalarning barcha toifadagi xodimlariga metodik yordam beradilar, o'qituvchilar malakasini oshirish instituti bilan birgalikda ular xodimlarining malakasini oshirishni ta'minlaydilar, ilg'or tajriba asosida maktablar va maktabdan tashqari muassasalarning to'garaklari va klublarining dasturlarini tuzish va takomillashtirishga oid ishlarni olib boradilar, uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqadilar.
 
            IV. Maktabdan tashqari muassasalarning tarbiyalanuvchilari
 
            1. Maktabdan tashqari muassasalarning tarbiyalanuvchilari shu jamoaning a'zolari hisoblanadilar va o'quv-tarbiyaviy vazifalarni hal etishda, o'z bush vaqtlarini va dam olishlarini to'g'ri tashkil etishda ishtirok etadilar.
            Maktabdan tashqari muassasalarning tarbiyalanuvchilari quyidagi huquqlarga egadirlar:
            bir necha to'garaklarda (birlashmalarda) qatnashish, yil davomida boshqa to'garaklarga o'tish;
            maktabdan tashqari muassasaning o'quv-ishlab chiqarish va madaniy-sport bazalaridan foydalanish;
            maktabdan tashqari muassasaning jamoatchilik-boshqaruv organlariga saylash va saylanish;
            mehnat birlashmalarining, shu jumladan, xo'jalik hisobi asosida ishlovchi, xo'jalik yuritishning kooperativ shakllaridagi guruhlar ishida ishtirok etish;
            maktabdan tashqari muassasaning ish faoliyatini yaxshilashga oid takliflar kiritish.
            2. Maktabdan tashqari muassasa o'quvchilarining burchlari:
            maktabdan tashqari muassasada o'rnatilgan intizom va tartibga rioya qilish;
            o'z ijodiy kobiliyatlarini rivojlantirish, bilimlarni mustaqil egallash ko'nikmasini hosil qilish va uni amalda qo'llash.
 
            V. Ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning huquq va burchlari
 
            Ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar quyidagi huquqlarga egadirlar:
            o'zlarining voyaga yetmagan bolalari uchun maktabdan tashqari Muassasalarning turini va qaysi tilda o'qitilishini tanlash;
            maktabdan tashqari muassasa ma'muriyatidan maktabdan tashqari muassasa Ustaviga muvofiq keluvchi shart-sharoitlar yaratishni, bola shaxsiga xurmat bilan munosabatda bo'lishni talab qilish;
            maktabdan tashqari muassasani boshqarishda qatnashish.
            Ota-onalar va ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning burchlari:
            bolalarning jismoniy va ruhiy sog'lom bo'lishlari haqida g'amxo'rlik qilish;
            bolalarning shaxsiga xurmat bilan munosabatda bo'lish, ularda mehnatsevarlik, ezgulik, mehr-shafqat kabi fazilatlarni, Vatanga, o'zidan kattalarga va ona tiliga, oilaga, milliy, tarixiy va madaniy qadriyatlarga xurmat bilan munosabatda bo'lishni tarbiyalash;
            qonunlarga, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan xurmat ruhida tarbiyalash;
            maktabdan tashqari muassasalarda bolalarning mashg'ulot o'tkazishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
            Ota-onalarga o'z farzandlarining tarbiyasi va barkamol ri-vojlanishlarida maktabdan tashqari muassasa ma'muriyati bilan teng darajada javobgarlik yuklanadi.
 
            VI. Maktabdan tashqari muassasalarning pedagogik xodimlari
 
            1. Maktabdan tashqari muassasalar xodimlarining faoliyat-lari o'quvchilar shaxsini, ularning umumiy madaniy saviyasini, faolligini, mustaqilligini, mas'uliyatliligini, ongli
intizom-li, uyushqoq va tartibli bo'lishini rivojlantirishga yo'naltirilgandir.
            2. Maktabdan tashqari muassasalarda lavozimlarni egallash Mehnat vazirligi va O'zbekiston Kasaba uyushmalari federasiya-si Kengashining 1994 yil 6 yanvardagi 1/1 (30-22)-son qaroriga muvofiq yozma holda mehnat shartnomasi tuzish yo'li bilan amalga oshiriladi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq to'garak rahbarlari davriy attestasiyadan o'tkazib turiladilar.
            Maktabdan tashqari muassasalarning pedagogik xodimlari quyidagi huquqlarga egadirlar:
            maktabdan tashqari muassasalar faoliyatining muhim masalalari muhokamasida va qarorlar qabul qilishda qatnashish;
            mashg'ulotlari o'tkazish shakllarini, o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalashning vositalari va usullarini mustaqil belgilash;
            to'garak mashg'ulotlarining o'ziga xos, ijodiy dasturlarini ishlab chiqish;
            o'quv-tarbiyaviy va uslubiy ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va taqdim etish;
            maktabdan tashqari muassasani boshqarish organlariga saylash va saylanish.
            Maktabdan tashqari muassasalar pedagogik xodimlarining burchlari:
            o'quv-tarbiyaviy ishlarni yuqori malakada olib borish, ta'lim mazmunini takomillashtirish, o'qitish vositalarini yaratishda faol qatnashish;
            o'quvchilar bilan o'zaro munosabat o'rnatish, ularni davlatga
            sadoqat ruhida tarbiyalash;
            o'zining nazariy bilim darajasini, pedagoglik mahorati va kasb malakasini uzluksiz ravishda oshirib borish;
            o'quvchilarning ota-onalari va ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bilan muntazam ravishda ish olib borish.
 
            VII. Maktabdan tashqari muassasalarni boshqarish
 
            1. Maktabdan tashqari muassasaga xalq ta'limining yuqori organi tomonidan tayinlanadigan direktor rahbarlik qiladi.
            2. Davlat maktabdan tashqari muassasalarini boshqarish o'quvchilar, pedagogik jamoalar, xodimlar, ota-onalar va jamoatchi-likning boshqa vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
            3. Maktabdan tashqari muassasada o'zini-o'zi boshqarishning yuqori organi jamoa yig'ilishi (konferensiyasi) hisoblanadi.
            hal qiluvchi ovozga ega bo'lgan delegatlar pedagogik xodimlarning, o'rta va yuqori yoshdagi o'quvchilarning, shuningdek, ota-onalarning yig'ilishlarida saylanadilar.
            4. Jamoaning umumiy yig'ilishi:
            to'g'ridan-to'g'ri yashirin ovoz berish yo'li bilan maktabdan tashqari muassasa Kengashini, uning raisini saylaydi, ularning vakolatlari muddatini belgilaydi;
            maktabdan tashqari muassasaning Ustavini qabul qiladi va unga zarur o'zgartirishlar kiritadi;
            maktabdan tashqari muassasani takomillashtirish va rivoj-lantirishning, uning faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishning asosiy yo'nalishlarini tasdiqlaydi;
            lozim bo'lgan taqdirda maktabdan tashqari muassasa ishining turli yo'nalishlari bo'yicha vaqtinchalik yoki doimiy komissiyalarni, kengashlarni tuzadi va ularning vakolatlarini belgilaydi.
            Jamoa umumiy yig'ilishi yiliga kamida bir marta o'tkaziladi.
            5. O'quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish va takomillashtirish, pedagogik xodimlarning kasb mahoratlarini va ijodiy usishlarini kuchaytirish maqsadida maktabdan tashqari muassasada pedagogik xodimlarni birlashtiruvchi kollegial organ - uslubiy Kengash tuziladi.
            Uslubiy Kengash faoliyat mazmunining turli namunalari (o'quv rejalari, dasturlari, o'quv qo'llanmalari)ni, uning shakl va usullarini, amalga oshirish yo'llarini muhokama qiladi, pedagogik xodimlarning malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbuskorliklarini rivojlantirish, ilg'or tajribalarni ommalashti-rish ishlarini tashkil etadi, pedagogik xodimlar kasb faoliyat-larining barcha boshqa masalalarini hal etish yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
            Uslubiy Kengash huzurida ish yo'nalishlari bo'yicha sho''balar, guruhlar tuzilishi mumkin.
            Uslubiy Kengash raisi pedagogik xodimlar jamoasi tomonidan saylanadi.
 
            VIII. Moliya va xo'jalik faoliyati, moddiy-texnika bazasi
 
            1. Maktabdan tashqari muassasalarni mablag' bilan ta'minlash respublika va mahalliy byudjetlar, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, ayrim shaxslar va qo'shimcha manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
            Maktabdan tashqari muassasalar aholiga, korxonalarga va tashkilotlarga pulli xizmatlar ko'rsatishga, shuningdek, amaldagi qonunlar bilan taqiqlanmagan tijoratchilik faoliyatining boshqa turlari bilan shug'ullanishga haqlidirlar.
            2. Quyidagilar maktabdan tashqari muassasalar mablag'larining qo'shimcha manbalari hisoblanadi:
            o'quvchilar va pedagogik xodimlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar, buyumlarni sotishdan tushgan tushum;
            asosiy mashg'ulotlardan tashqari paytda bush binolar, insho-otlar, asbob-uskunalarni ijaraga berishdan tushgan tushum;
            ortiqcha, eskirgan va yaroqsiz holga kelgan uskunalarni sotishdan tushgan mablag'lar;
            maktabdan tashqari muassasalar va boshqa idoralar pedagogik xodimlarining malakasini oshirishga oid xizmatlar uchun vazirliklar, korxonalar, muassasalardan, jamoat tashkilotlaridan tushgan mablag'lar;
            davlat, kooperativ va boshqa jamoatchilik korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, shuningdek, alohida fuqarolar tomonidan berilgan ixtiyoriy badallar, qimmatbaho ashyolar;
            boshqa tushumlar.
            Turli manbalardan tushgan barcha mablag'lar, mehnat shartno-masiga binoan ma'lum ijrochilarga mo'ljallangan pul mablag'lari bundan mustasno, maktabdan tashqari muassasa daromadlari-ni tashkil etadi.
            3. qo'shimcha ishlar sirasi (pulli xizmatlar)ga maktabdan tashqari muassasa faoliyatining asosiy dasturlaridan tashqari ko'rsatilgan xizmatlar va ishlar kiradi.
            Shartnoma ishlari (pulli xizmatlar) vsosan muayyan maktabdan tashqari muassasaning yo'nalishi (profili) bo'yicha bajariladi.
            Pulli xizmatlar bolalar, usmirlar va yoshlar bilan davlat byudjetidan mablag' bilan ta'minlanadigan asosiy bepul faoliyat o'rniga amalga oshirilishi mumkin emas (bu bepul xizmat ko'rsatish darajasini pasaytirish hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin emas). Bunda, agar asosiy faoliyatning ko'rsatkichlari pasayib ketsa, pulli xizmatlarni amalga oshirish mumkin emas.
            Bepul xizmat ko'rsatish darajasini nazorat qilish tegishli xalq ta'limi organi tomonidan amalga oshiriladi.
            Maktabdan tashqari muassasa, imkoniyatiga, bush turgan binolar, ish o'rinlari, uskunalar va boshqalar mavjudligiga qarab, yo'nalish (profil) bo'yicha pulli xizmatlarni amalga oshirishi mumkin.
            O'quvchilar bilan asosiy faoliyatdan bush vaqtlarda shartnomaviy ishlar (pulli xizmatlar ko'rsatish, mahsulotlarni sotish, binolar, inshootlar, uskunalarni ijaraga berish)ni bajarish
            belgilangan tartibda preysko'rant bilan tasdiqlangan tariflar va narxlar bo'yicha, ular bo'lmagan taqdirda shartnoma tariflari va narxlari bo'yicha amalga oshiriladi.
            Yuqori tashkilotlar tomonidan ishlar (qishloq xo'jaligi mahsulotlari)ga va pulli xizmatlarga rejalangan topshiriqlar berilishiga yo'l qo'yilmaydi.
            Maktabdan tashqari muassasaga byudjetdan ajratiladigan mablag'lar muassasa tomonidan qo'shimcha ishlar (pulli xizmatlar) amalga oshirilgan taqdirda ham kamaytirilmaydi, turli manbalardan tushayotgan mablag'lar esa muassasaning umumiy daromadi-ga qo'shiladi va uning mablag'lari fondini tashkil etadi.
            4. Maktabdan tashqari muassasa bank kreditidan foydalanishi mumkin.
            Qisqa muddatli kredit maktabdan tashqari muassasaning mod-diy-texnika bazasini rivojlantirishga va mustahkamlashga beriladi. Uzoq muddatli kredit esa keyinchalik ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlantirish fondi mablag'lari hisobidan qoplagan holda ishlab chiqarish (ilmiy-texnika) va ijtimoiy rivojlantirish maqsadlari uchun beriladi.
            5. Maktabdan tashqari muassasaga mehnatni tashkil etish va unga haq to'lashda quyidagi masalalarni hal qilish huquqi beriladi:
            xodimlarga birlashmalarda o'quvchilarning asosiy tarkibini saqlab qolganligi, ijodiy yutuqlarga erishganligi, o'tkaziladigan tadbirlarning yuqori saviyada bo'lganligi, alohida muhim ishlarni bajarganligi uchun qo'shimcha haqlar belgilash. Qo'shimcha ish haqlarining miqdori har bir xodimning o'tkaziladigan tadbirlarning, bajariladigan ishlar (xizmatlar)ning Yuqori saviyada bo'lishiga, daromadning ko'payishiga qo'shgan shaxsiy hissasi hisobga olingan holda belgilanadi;
            ko'rsatib o'tilgan ustamalar ish sifati pasayganda, birlashmalardagi o'quvchilar soni kamayib ketganda, o'quv rejalari va dasturlar bajarilmagan taqdirda kamaytiriladi yoki butunlay bekor qilinadi;
            xodimlarga o'rindoshlik vazifasini bajarganliklari, xizmat ko'rsatish sohasini kengaytirganliklari yoki bajariladigan ish hajmini ko'paytirganliklari, shuningdek, o'zlarining
asosiy vazifalari bilan birga vaqtincha ishlamayotgan xodimning ham vazifasini bajarganliklari uchun o'rindoshlik kasblari (lavozimlari) ro'yxatiga muvofiq qo'shimcha haq to'lashni chegaralamay ish haqi fondi (mehnatga haq to'lashning yagona fondi) doirasida va shu fond hisobidan qo'shimcha haq belgilash;
            bo'linmalarining xo'jalik faoliyatida mehnatni tashkil etish va unga haq to'lashning brigada, oila, ijara pudrati, jamoa, shartnoma va boshqa shakllarini, shuningdek, moslanuvchi ish tartibla-rini qo'llash.
            Pedagogik va boshqa xodimlarni mukofotlash shartlari va tartibi kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishilgan holda mehnat jamoasi Kengashi tomonidan belgilanadi.
            Maktabdan tashqari muassasa rahbarining mehnatdagi yuqori ijodiy va ishlab chiqarish muvaffaqiyatlariga erishganligi uchun ustama haq to'lash va mukofotlarning miqdorlari yuqori boshqaruv organining qarori bilan tasdiqlanadi.
            Muassasa xodimlarini mukofotlashga, shuningdek, ularga tur-li qo'shimcha (ustama)lar belgilashga o'quvchilar mehnatiga to'lash uchun mo'ljallangan mablag'lar yo'naltirilishi mumkin emas.
            6. Maktabdan tashqari muassasada buxgalterlik va statistika hisobotlarini yuritish tartibi amaldagi qonunchilikka binoan belgilanadi.
            Buxgalterlik hisobi maktabdan tashqari muassasa Kengashining xohishiga ko'ra mustaqil ravishda yoki boshqa maktabdan tashqari muassasalar, o'quv yurtlari, tashkilotlar va korxonalar bilan birgalikda, shuningdek, markazlashtirilgan buxgalteriya orqali yuritilishi mumkin.
            7. Maktabdan tashqari muassasaning hujjatlari O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy yo'riqnomaga muvofiq yuritiladi.
            8. Maktabdan tashqari muassasaning moddiy-texnika bazasi yerlarni, binolarni, laboratoriyalarni, kutubxonalarni, sport inshootlarini, kommunikasiya, mashina va uskunalarni, transport vositalarini hamda ta'lim va tarbiyada foydalaniladigan boshqa onjomlarni o'z ichiga oladi.
            Maktabdan tashqari muassasalarning moddiy-texnika bazasi respublika va mahalliy byudjetlar, shuningdek, mablag'lar bilan ta'minlashning qo'shimcha manbalari hisobiga rivojlanadi.
 
            IX. Xalqaro hamkorlikda qatnashish
 
            Maktabdan tashqari muassasalar, qonunchilik bilan belgilangan tartibda, maktabdan tashqari tarbiya va ta'lim muammolari bo'yicha xalqaro hamkorlik ishlarida ishtirok etadilar, xalq ta'limining yuqori organlari bilan kelishgan holda chet mamlakat-larning o'quv yurtlari va ilmiy muassasalari bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa o'rnatishga haqlidirlar.
            Maktabdan tashqari muassasalar, O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan doirada, xalqaro tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashishlari mumkin va valyuta mablag'lariga ega bo'lishga haqlidirlar.
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz