Tajribada qatnashayotgan maktablar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Nukus sh. 11-sonli Respublika maktabi. Direktor: Jamuratov Jenis Sharibayevich. Tugun yaratilgan sana - 02.01.2008. Ma’lumot olingan sana 07.01.2008.
Tajribada 12 sinf qatnashadi 7 -9 va 11 sinflar. 295 o‘quvchi va 39 maktab xodimi bo‘yicha ma’lumotlar kiritildi.
Dastlabki bosqich 17.01.2008 da yakunlandi, maktab ma’muriyatiga zarur hujjatlar va tizimga kirish uchun ma’lumotlar yuborildi.
17 yanvardan 14 fevralgacha maktab xodimlari tomonidan tizimga kirishlar qayd etilmagan.
Andijon viloyati: Buloqboshi tumanining 43-sonli internati. Direktor: Buvamatov Fayzullo. Ma’lumotlar olingan sana - 29.12.2007. Tugun yaratilgan sana - 02.01.2008.
Tajribada 16 sinf qatnashadi 4 - 11 sinflar. 411 o‘quvchi va 49 maktab xodimi bo‘yicha ma’lumotlar kiritildi.
Dastlabki bosqich 4.01.2008 da yakunlandi, maktab ma’muriyatiga zarur hujjatlar va tizimga kirish uchun ma’lumotlar yuborildi.
4 yanvardan 14 fevralgacha maktab xodimlari tomonidan 2ta tizimga kirishlar qayd etilgan.
Buxoro viloyati: Buxoro sh. 2-sonli maktabi. Direktor: Axmedova Zamira Shirinovna. Tugun yaratilgan sana - 02.01.2008. Ma’lumotlar olingan sana - 17.01.2008.
Tajribada 25ta boshlang‘ich ta’lim (1-4) sinflari va 26ta o‘rta ta’lim (5-9) sinflari qatnashadi. 1536 o‘quvchi va 85 maktab xodimi bo‘yicha ma’lumotlar kiritildi.
Dastlabki bosqich 26.01.2008 da yakunlandi, maktab ma’muriyatiga zarur hujjatlar va tizimga kirish uchun ma’lumotlar yuborildi.
28 yanvardan 14 fevralgacha maktabning bitta xodimi kirgan. Kirishlar soni 19ta.
O‘quv reja bo‘yicha ma’lumotlar kiritilmoqda.
Jizzax viloyati: 11-sonli maktabi, Jizzax tumani. Direktor: Jurayeva Hosiyat Hudoyberganovna. Tugun yaratilgan sana - 09.01.2008. Ma’lumotlar olingan sana - 11.02.2008
Tajribada 29 sinf qatnashadi (1-9 sinflar). 445 o‘quvchi va 59 maktab xodimi bo‘yicha ma’lumotlar kiritildi.
Dastlabki bosqich yakunlanmagan, maktab ma’muriyatiga zarur hujjatlar va tizimga kirish uchun ma’lumotlar yuborildi.
Qashqadaryo viloyati: Qarshi sh. 1-sonli maktabi. Direktor: Abduraxmonov Ulug'bek. Tugun yaratilgan sana - 02.01.2008. Ma’lumotlar olinmagan.
Navoiy viloyati: 11-sonli maktabi. Direktor: . Tugun yaratilgan sana - 09.01.2008. Ma’lumotlar olinmagan.
Namangan viloyati: 13-sonli ixt. litsey-internat. Direktor Madaminova Matlyuba Rivojdinovna. Ma’lumotlar olingan sana - 13.12.2007. Tugun yaratilgan sana - 27.12.2007. Ikkinchi bosqich bo'yicha ishlar nihoyasiga yetmoqda - darslar jadvalini kiritish qoldi. Tajribaning eng faol qatnashchisi. 14.02.2008 gacha holat bo‘yicha 6 sinf bo‘yicha dars jadvali kiritilgan.
Tajribada 14 sinf qatnashadi 7 - 11 sinflar. 443 o‘quvchi va 55 maktab xodimi bo‘yicha ma’lumotlar kiritildi.
Dastlabki bosqich 02.01.2008 da yakunlandi, maktab ma’muriyatiga zarur hujjatlar va tizimga kirish uchun ma’lumotlar yuborildi.
2 yanvardan 14 fevralgacha maktabning 17 xodimi tomonidan tizimga 96 kirishlar qayd etilgan.
Samarqand viloyati: 6-sonli maktabi. Direktor : Narzullayeva Kubaro Soliyevna. Tugun yaratilgan sana - 02.01.2008. Ma’lumotlar olinmagan.
Surxondaryo viloyati:Termez sh. 16-sonli maktabi. Direktor: Mardonov Yo'ldosh. Tugun yaratilgan sana - 02.01.2008. Ma’lumotlar olinmagan.
Sirdaryo viloyati: xorijiy tillar ixt. maktab-internat. Direktor: Fayziyeva Saodat Temirovna. Ma’lumotlar olingan sana -18.12.2007. Tugun yaratilgan sana - 27.12.2007.
Tajribada 14 sinf qatnashadi 5 -9 sinflar. 496 o‘quvchi va 62 maktab xodimi bo‘yicha ma’lumotlar kiritildi.
Dastlabki bosqich 11.01.2008 da yakunlandi, maktab ma’muriyatiga zarur hujjatlar va tizimga kirish uchun ma’lumotlar yuborildi.
11 yanvardan 14 fevralgacha maktab xodimlari tomonidan tizimga kirishlar qayd etilmagan.
Toshkent viloyati: Chirchiq sh. 21-sonli maktabi. Direktor: Nigmanova Sabura Sobirjonovna. Tugun yaratilgan sana - 02.01.2008. Ma’lumotlar olinmagan.
Farg‘ona viloyati: Farg'ona sh. 32-sonli maktabi. Direktor: Axmedova Jamila Oxunjonovna. Tugun yaratilgan sana - 02.01.2008. Ma’lumotlar olinmagan.
Xorazm viloyati: 6-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat. Direktor: Jumaniyozov Xamidjon. Ma’lumotlar olingan sana - 18.12.2007. Tugun yaratilgan sana - 27.12.2007.
Tajribada 11 sinf qatnashadi 7 - 11 sinflar. 315 o‘quvchi va 68 maktab xodimi bo‘yicha ma’lumotlar kiritildi.
Dastlabki bosqich 11.01.2008 da yakunlandi, maktab ma’muriyatiga zarur hujjatlar va tizimga kirish uchun ma’lumotlar yuborildi.
11 yanvardan 14 fevralgacha maktab xodimlari tomonidan tizimga kirishlar qayd etilmagan.
Toshkent sh.: Chilonzor tumanining 195-sonli gimnaziya-maktabi. Direktor: Pak Margarita Afanasyevna. Ma’lumotlar olingan sana - 01.08.2007. Tugun yaratilgan sana - 03.01.08.
Tajribada 26 boshlang‘ich va 32 o‘rta ta’lim sinflari qatnashadi. 1801 o‘quvchi va 97 maktab xodimi bo‘yicha ma’lumotlar kiritildi.
Dastlabki bosqich 11.01.2008 da yakunlandi, maktab ma’muriyatiga zarur hujjatlar va tizimga kirish uchun ma’lumotlar yuborildi.
11 yanvardan 14 fevralgacha maktabning 2ta xodimi tomonidan tizimga 4ta kirishlar qayd etilgan.
Yunusobod tumanining 12-sonli maktabi. Direktor: Ergasheva Gulnora Karimovna. Ma’lumotlar maktabda o'rnatilgan terminaldan kiritiladi. Tugun yaratilgan sana - 02.01.08.
Maktabda 6 ta ish stansiyasi tashkil etilgan: Informatika fani sinfida 4ta, zavuch kabinetida va tarix fani sinfida (Poytaxt dasturi bo‘yicha reportaj shu kabinetda suratga olingan, Yoshdik kanalidan 2008 yil 11 fevralda namoyish etilgan)
Tajribada 21 sinf qatnashadi: boshlang‘ich sinflar 9ta va 12 o‘rta ta’lim sinflari. 625 o‘quvchi va 49 maktab xodimi bo‘yicha ma’lumotlar kiritildi.
Dars jadvali 13 sinf bo‘yicha kiritilgan.
Baholar 60% miqdorida kiritilgan.
Dastlabki bosqich 17.01.2008 da yakunlandi, maktab ma’muriyatiga zarur hujjatlar va tizimga kirish uchun ma’lumotlar yuborildi.
1 yanvardan 14 fevralgacha maktabning 16 xodimi tomonidan tizimga 259 kirishlar qayd etilgan.
O‘qituvchilar rejalar kiritish texnologiyasini o‘zlashtirmoqdalar.
15.02.2008
Mingbuloq tumani 13-sonli ixt. litsey-internat. Darslar jadvali 7 sinflar uchun to'liq kiritildi.
31.03.2008
Joriy yilning 15 fevralidan 31 martgacha tajribada qatnashgan barcha maktablar "ilg'orlar"ga yetib olar deb o'ylagan edik.
Ammo faoliyat faqat Namangan viloyatining Mingbuloq tumani 6-sonli ixt. litsey-internatida (ko'rsatilgan muddatda 37 kirishlar) va Toshkent shahri Yunusobod tumaning 12-sonli maktabida (240 kirishlar) olib borildi. Bundan tashqari markaz mutaxassislari Yunusobod tumani 260-sonli maktab jamoasi iltimosiga ko'ra ushbu makab uchun ham tugun yaratish imkoniyatini topdilar. Hozirgi paytda maktabda tizimni joriy qilish va o'zlashtirish bo'yicha qizg'in ishlar olib borilmoqda ( 24-31 mart davomida 37 kirishlar) birinchi bosqich nihoyasiga yetib qoldi (faqat o'quvchilar ro'yxatini kiritish qoldi). Maktabda 1800 o'quvchi, 70 o'qituvchi va 53 sinf (1 dan 9 gacha)
Bunday "faollik" xalq ta'limi vaziri buyrug'i bilan o'tkazilayotgan tajriba tashkilotchilari mehnatini puchga chiqaradi. Shunday fikrga kelish mumkinki, bu tizim maktablar uchun mutlaqo kerak emas yoki tajribada qatnashayotgan maktablar texnik nuqtai nazardan tayyor emas (zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlanmagan, internetga ulanmagan) va xodimlari etarli darajadagi malakaga ega emas, ya'ni maktablarda AKT bilan ishlashning boshlang'ich ko'nikmalariga ega o'qituvchilar yoq va maktab ma'muriyati hamda viloyat boshqarmalari ushbu maktablarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga mutlaqo befarq.
Keltirilgan xulosaga qo'shilmaganlar buni forumda muhokama etishlari mumkin.
01.04.2008
4-chorak boshlandi: tajribada qatnashgan barcha maktablar darslar jadvalini kiritishi kerak.