O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Mehribonlik uyi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
2008 YIL 17 OKTABRDAGI 230-SONLI
QARORI
 
Mehribonlik uyi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mehribonlik uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning ijtimoiy-mehnat ko‘nikmalari hosil qilishiga va jamiyatga uyg‘unlashuviga ko‘maklashish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlar yili» Davlat dasturi to‘g‘risida» 2008 yil 29 fevraldagi PQ–805-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mehribonlik uyi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
uch oy muddatda Mehribonlik uylari faoliyatini ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiqlashtirsin;
Mehribonlik uylari faoliyati muntazam nazorat qilinishini ta’minlasin, ularga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha sutkalik maqbul me’yorlarini tasdiqlasin.
4. Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim muassasalari haqidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida» 1995 yil 18 fevraldagi 59-son qarori 1-bandining to‘rtinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995 y., 2-son, 5-modda) va qarorga 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining
                  Bosh vaziri                                                                       SH. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008 yil 17 oktabr,
230-son
Vazirlar Mahkamasining
2008 yil 17 oktabrdagi 230-son qaroriga
ILOVA
 
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz