O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 O'zR XTV 2008 yil 26 martdagi 6-sonli QARORI
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qishga qamrab olish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
 
(2008 yil 5 apreldan kuchga kiradi)
 
     O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29 oktabrdagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o‘tishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida» 473-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi qaror qiladi:
     1. Ilova qilinayotgan Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qishga qamrab olish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik nizom tasdiqlansin.
     2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
 
 
     Xalq ta’limi vaziri                                                                               T. DJURAYEV
 
     Toshkent sh., 2008 yil 4 mart, 6-son
 
     Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri                                                       A. PARPIYEV
 
     Toshkent sh., 2008 yil 4 mart, 56/1-son
 
     O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori                            Z. SATTOROV
 
     Toshkent sh., 2008 yil 4 mart, 09/QQ-son
 
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz