UMUMIY URTA TA'LIMNING DAVLAT TA'LIM STANDARTI
Asosiy qoidalar
Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti o'quvchilar umumta'lim tayyorgarligiga, saviyasiga quyiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.
Davlat ta'lim standarti ta'lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta'lim mazmunining o'zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat kursatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat) ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti amalga oshiriladi. Davlat ta'lim standarti o'z mohiyatiga kura o'quv dasturlari, darsliklar, qo'llanmalar, nizomlar va boshqa me'yoriy xujjatlarni yaratish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti o'zining tuzilishi va mazmuniga kura davlat, hudud, maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng asosiysi o'quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi.
Davlat ta'lim standartini bajarish Uzbekis-ton Respublikasi hududida faoliyat kursatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy buysunishidan qat'i nazar barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartini ishlab chiqish va joriy etish asoslari
Umumiy o'rta ta'lim davlat ta'lim standartini ishlab chiqishda kuyidagi me'yoriy xujjatlar asos qilib olindi:
"Ta'lim turrisida", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining qonunlari;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish bilan bog'liq farmonlari, farmoyishlari va asarlari;
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamacining "Uzluksiz ta'lim tizimi uchun davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish turrisida" 1998 yil 5 yanvardagi 5-son hamda
"O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'limiy tashkil etish to'g'risida" 1998 yil 13 maydagi
203-son qarorlari;
O'zRST 1.0 - 92. O'zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi;
O'zRST 1.1 - 92. O'zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi. O'zbekiston Respublikasi standartini ishlab chiqish, kelishish, tasdikdash va ro'yxatdan o'tkazish tartibi;
GOST 1.5 - 93. Davlatlararo standartlari ishlarini olib borish qoidalari. Standartlarning tuzilishi, bayoni, rasmiylashtirilishi va mazmuniga bo'lgan talablar;
O'zRST 1.9 - 95. O'zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi. Tarmoqlar standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ro'yxatdan o'tkazish tartibi.
Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartini ishlab chiqish prinsiplari
Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti kuyidagi prinsiplarga tayangan xolda ishlab chiqildi:
- davlat ta'lim standartining davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
- o'quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iktisodiy tarakdiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan borlikdigi;
- umumiy o'rta ta'limning boshqa ta'lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta'lim mazmunining uzviyligi;
- umumiy o'rta ta'lim mazmunining insonparvarligi;
- ta'lim mazmunining Respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;
- umumiy o'rta ta'limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovasiya texnologiyalarga tayanish;
- pedagogik tafakkurda qaror topgan an'anaviy qarashlar bilan "Ta'lim turrisida" va
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qonunlarida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;
- ilg'or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta'lim sohasida me'yorlarni belgilash tajribalaridan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
Umumiy o'rta ta'lim davlat ta'lim standartining tayanch o'quv rejasi
Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun tayanch o'quv rejasi davlat ta'lim standartining tarkibiy qismi bo'lib, u ta'lim sohalarini me'yorlashga hamda maktabning moliyaviy ta'minotini belgilashga asos bo'ladigan davlat hujjatidir (1,2-jadvallar). Tayanch o'quv rejasi o'quv predmeti bo'yicha beriladigan ta'lim mazmunini o'quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o'quv soatlarining minimum hajmdagi miqdorini ifodalaydi. U har bir sinfda muayyan o'quv predmeti bo'yicha davlat standartlariga muvofiq beriladigan ta'lim mazmunini aniqlashga asos buladi.