O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish Markazida vazirlikning yagona axborot tizimini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Dastlabki bosqichda Respublikamiz maktablaridan real vaqt rejimida ma’lumot olish tizimini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Hozirgi vaqtda portalda XTVning “Maktab-Info” ma’lumotlar bazasining oxirgi (2007 yil noyabr) nushasidan olingan maktablar haqidagi ma’lumot joylashtirilgan.
Markaz ma’muriyati xalq ta’limi xodimlariga keltirilgan ma’lumot va uning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha barcha taklif va mulohazalarini quyidagi manzilga yuborishlarini so‘rab murojaat etadi: