Inson tanasining tomirlarida qon ma'lum bir kuch bilan oqadi, bu qon bosimi deb ataladi. Odatda normal qon bosimi 140ga 90 dan pastroq bo'ladi. Qon bosimi turli xil sabablarga ko'ra ko'tarilish yoki pasayishi mumkin, bu esa inson tanasi holatiga ta'sir qiladi. Agar kishi hayajonlansa, asabiylashsa yoki xafa bo'lsa qon bosimi ko'tarilishi mumkin, birozdan so'ng qon bosimi yana normal holatiga qaytadi. Bu normal holat hisoblandi.