Hurmatli o'quvchilar! Siz quyi sinflarda o'simlik va hayvon-larning hayoti, tashqi va ichki tuzilishi, ko'payishi, ularni muhofaza qilish chora-tadbirlari bilan yaqindan tanishgansiz. Bu yil biologiya fanining bir qismi bo'lgan odam va uning salomatligi fanini o'qib o'rganasiz. Bu darslik Sizga odam organizmining tuzilishi va funksiyasining evolutsion rivojlanishi, organ va organlar sistemasi, odamning paydo bo'lishi va ko'payishi, odamda uchraydigan ayrim kasalliklarning oldini olish haqida yetarlicha bilim beradi.