8 - sinf „O’zbekiston tarixi” darsligida XVI asrdan XIX asrning o’rtalarigacha
Vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy hayoti tarixi yoritilgan. Qariyb 350 yilcha davom etgan bu davrda mamlakatimiz hududidagi ijtimoiy-siyosiy hayot, hokimiyat uchun kurash nihoyatda keskinlashadi. Buni Siz so’nggi temuriy shahzodalar o’rtasidagi taxt uchun kurash oqibatida siyosiy inqirozning vujudga kelishi, Bobur Mirzo bilan Muhammad Shayboniyxon o’rtasidagi kurash, tinimsiz davom etgan ichki nizo, taxt uchun kurash misolida bilib olasiz.