O'zbekcha                    English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

!







 Tejamkorlik saboqlari
17 Avgust 2015 17:19
Suv qaynatish boyicha animatsiyali ilova

Suv qaynatish uchun zarur bo‘lgan gaz miqdorini bir kunda, bir oyda va bir yilda qanchalik samarali tejash mumkinligi tasvirlangan. Mazkur animatsiyali ilovani kimyo fani darsida “Yonish, Yong’inlarning turlari”, “Uglevodorodlarning tabiiy manbalari” kabi mavzularni o‘rganishda yoki tarbiyaviy soatlarda foydalanish mumkin.

Ishga tushirish uchun rasm ustiga bosing.


Batafsil..  


13 Avgust 2015 12:36
Konditsioner
Mazkur videorolik lavhalarida qish faslida binolarning ichini isitishda, yozda esa salqin va musaffo havoni saqlashda konditsionerlarning ahamiyati haqida ma’lumotlar tasvirlarda yoritilgan. Ushbu videorolikdan tejamkorlik bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etishda unumli foydalanish mumkin.

Batafsil..  


13 Avgust 2015 12:28
Tezyurar poyezdlar
Ushbu videorolik lavhalarida dastlabki poezdlar ancha sekinlik bilan yo‘l bosganligi, natijada keragidan ortiq elektr energiyasini sarflaganligi va bugungi kunda butun dunyoda tezyurar poezdlari tezligi hamda ularning rusumlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berilgan. Ushbu videorolikdan fizika fanida elektr energiyasi bilan bog‘liq mavzularni tushuntirishda qo‘shimcha manba sifatida foydalanish mumkin.

Batafsil..  


13 Avgust 2015 12:26
Tabiatda elektr hodisalari
Ushbu videorolikda mamaqaldiroq, chaqmoq, yashin kabi tabiat hodisalari va jarayoni tasvirlari berilgan. Ushbu jarayon, hodisalarning hosil bo‘lish sabablari haqida buyuk allomalarning fikrlari ham keltirilgan. Ushbu videorolikdan fizika, geografiya darslarida hamda to‘garak mashg‘ulotlarida qo‘shimcha ma’lumot berish uchun foydalanish mumkin.

Batafsil..  


13 Avgust 2015 12:24
Elektr bilan hayotimiz charogon
Ushbu videorolikda elektr energiyasining inson hayotida tutgan beqiyos o‘rni haqida ma’lumot berilib, elektr energiyasidan to‘g‘ri foydalanish lozimligi ta’kidlab o‘tilgan. Mazkur videorolikdan fizika fanida elektr energiyasiga va xavfsizlik texnikasiga oid mavzularni tushuntirishda hamda tejamkorlik darslarida foydalanish mumkin.

Batafsil..  


13 Avgust 2015 12:22
Tabiiy gazdan oqilona foydalanish
Ushbu videorolikda tabiiy gazdan oqilona foydalanish uchun uni tejab ishlatish, behuda yonib turishiga yul qo‘ymaslik lozimligi tushuntiriladi. Mazkur videorolikdan kimyo fanida tabiiy gaz haqida ma’lumot berishda hamda tarbiyaviy soatlarda foydalanish tavsiya etiladi.

Batafsil..  


12 Avgust 2015 12:21
Inson va havo
Mazkur videorolik insonlarni havoni ifloslanishdan saqlashga, uni tozaligiga o‘z hissalarini qo‘shishga chaqiradi. Ushbu videorolikdan maktabda kimyo fani darslarida “Kislorod” bobi mavzularini o‘rganishda havoni ifloslantirmaslik, uni tozalash jarayonlarida ishtirok etish kabi tushunchalarni berishda foydalanish tavsiya etiladi.

Batafsil..  


12 Avgust 2015 12:19
Elektr tokining inson hayotidagi orni
Ushbu videorolikda elektr tokidan foydalanish inson hayotida juda muhim ahamiyat kasb etishi, elektr asboblaridan kundalik turmushda ehtiyotkorlik bilan foydalanish, xavfsizlik texnikasiga rioya qilmaslik oqibatida har hil ko‘ngilsiz voqealar sodir bo‘lishi haqida tasvirlar berilgan. Mazkur videorolikdan elektr energiyasini tejashni tushuntirishda foydalanish tavsiya etiladi.

Batafsil..  


12 Avgust 2015 12:17
ELektr lampasi - kashfiyot samarasi
Ushbu videorolikda kundalik turmushimizda ishlatiladigan elektr lampochkalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Mazkur videorolikdan fizika fanida “Elektr lampochkalari” haqidagi darslarda va tarbiyaviy soatlarda foydalanish tavsiya etiladi.

Batafsil..  


12 Avgust 2015 12:14
Chuhuk suv - tabiat xazinasi
Mazkur videorolik chuchuk suv haqidagi mavzularni kengroq yoritishda muhim ma’lumotlarni beradi. Lavhalardan geografiya va tejamkorlik darslari mashg’ulotlarini samarali olib borishda unimli foydalanilish mumkin.

Batafsil..  


12 Avgust 2015 12:10
Favvoralar
Ushbu mavzudagi viderolikda favvoralar haqida ma’lumot berish bilan birga yoz kunlarida ularning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Mazkur videorolikdan tejamkorlik darslarida foydalanish tavsiya etiladi.

Batafsil..  


12 Avgust 2015 12:08
Suvdan tejab foydalanish
Ushbu videorolik suv haqida qiziqarli lavhalar bilan birga suvdan tejab foydalanish yo‘llari haqida ma’lumot beradi. Mazkur videorolikdan tejamkorlik mashg‘ulotlarida foydalanish tavsiya etiladi.

Batafsil..  


12 Avgust 2015 12:06
Suv-mojiza
Mazkur videorolikda suvning tabiat mo‘jizasi ekanligi, suvsiz hayot yo‘qligi haqida ma’lumot beriladi. Ushbu videorolikdan atrofimizdagi olam darslarida suv haqidagi mavzularda va tarbiyaviy soatlarda foydalanilishi mumkin.

Batafsil..  


12 Avgust 2015 12:02
Suv haqida malumot
Mazkur videorolik suvning inson hayotidagi o‘rni haqida ma’lumot beradi. Ushbu videorolikdan tarbiyaviy saboqlarda tejamkorlik haqidagi mavzularda foydalanish mumkin.

Batafsil..  



  © Copyright 2017 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.ccitt.uz    www.ziyonet.uz    www.multimedia.uz