O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish Markazi tomonidan vazirlikning yagona axborot tizimini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Hozirgi paytda respublikamiz maktablaridan real vaqt rejimida ma’lumot olish uchun "Web-maktab" tizimi tashkil etilgan.
Tizim yaratilishidan ko’zlangan asosiy maqsad xalq ta’limi muassasalariga umumta’lim maktablarining joriy holati bo’yicha dolzarb va ishonchli ma’lumot berishdan iborat.
Tizim web-texnologiyalar asosida yaratilgan. Bu esa, o’z navbatida, dasturni ishlab chiqish uchun sarflanadigan vaqt va mablag’larni sezilarli darajada tejaydi. Dastur internet tarmog’i orqali butun respublika bo’yicha ma’lumotlar bazasini real vaqt (on-line) rejimida to’ldirish va foydalanish imkoniyatini beradi.
Ma’lumotlar maktablarning mas’ul xodimlari tomonidan viloyat va tuman xalq ta’limi muassasalarining bevosita nazorati ostida kiritiladi va har chorakda kamida bir marta yangilanadi.
Hozirgi paytda maktablar bo’yicha umumiy ma’lumotlar bilan Internet tarmog’ining barcha foydalanuvchilari ochiq tanishishi mumkin.
Markaz ma’muriyati xalq ta’limi xodimlariga keltirilgan ma’lumot va uning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha barcha taklif va mulohazalarini quyidagi manzilga yuborishlarini so‘rab murojaat etadi:
info@multimedia.uz
xat mavzusi : "Web-Maktab bo'yicha mulohazalar"
Bu iltimos, ayniqsa, ro‘yxatdan maktabini topa olmagan foydalanuvchilarga qaratilgan.
Ushbu servis bilan quyidagi ishorat bo‘yicha tanishish mumkin:
Hamkorlik uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz.
http://eduportal.uz/webmaktab