O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 UZB-020
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Islom taraqqiyot bankining imtiyozli krediti ishtirokidagi "O'zbekiston Repsublikasi umumta'lim maktablarini qurish va jihozlash" loyihasi (UZB-020) 
           
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 31 maydagi "Islom taraqqiyot banki ishtirokida "O'zbekiston Respublikasi umumta'lim maktablarini qurish va jihozlash" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 104-sonli Qarori qabul qilindi hamda umumta'lim maktablarini qurish uchun imtiyozli kredit bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Hukumati va Islom taraqqiyot banki o'rtasida Qarz bitimi imzolandi.
 
Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig'iga asosan, hamda Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishda ko'mak sifatida, Islom taraqqiyot banki bilan "O'zbekiston Respublikasi umumta'lim maktablarini qurish va jihozlash" loyihasi ishlab chiqildi.
 
Mazkur Qaror asosida O'zbekiston Respublikasining qishloq joylarida "2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirishning umummilliy Davlat Dasturi"ga kiritilgan umumiy quvvati 5355 o'rin bo'lgan 15ta yangi umumta'lim maktablarini qurish rejalashtirilgan.
 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan, kredit mablag'larini maqsadli sarflash hamda loyihani samarali amalga oshirish maqsadida ijrochi agentlik sifatida O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi belgilangan.
 
Loyihaning asosiy maqsadi O'zbekiston Respublikasi Hukumatining Respublikamiz turli
hududlarida, ayniqsa qishloq joylarida yangi zamonaviy maktablar qurish va jihozlash orqali ta'lim sifatini oshirish borasida olib borayotgan ishlariga o'z hissasini qo'shishdan iboratdir.
 
Uning istiqbol rejasi ta'lim sohasini isloh qilish, rivojlantirish, takomillashtirish va jahon
hamjamiyatiga olib kirishdir. Loyihaning 2 yil davomidagi faoliyati maktablarni jahon standartlarining talablariga mos keladigan zamonaviy o'quv binolar, kompyuter texnologiyalar, jihoz va o'quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta'minlashdan, shu orqali ta'lim sifatini oshirishdan iborat.
 
Loyiha komponentlarini sotib olish jarayoni Islom taraqqiyot bankining shartlariga asosan ijrochi agentlik qoshida tashkil etilgan loyihani amalga oshirish guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
           
             
Loyiha menejeri: D.Fayazov.
 
+998711391760 (tel)
+998711391630 (faks)
  © Copyright 2010 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz