Boshiga Oldingi sahifaga
|
T/r
|
Tadbirlar nomi
|
Bajarish muddati
|
Bajarish uchun mas’ullar
|
Xarajatlar
(mln.
so‘m)
|
Moliya-lashtirish manbalari
|
Hujjatni taqdim etish
shakli, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan
natija
|
|
IX. «Yoshlar yili» Davlat dasturining maqsad va vazifalarini, dasturni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan keng ko‘lamli axborot-targ‘ibot ishlarini tashkil etish»
|
|
108.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 15 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishdagi «Asosiy maqsadimiz — erkin va obod, farovon hayot barpo etish yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirishdir» mavzuidagi ma’ruzasi qoidalarining aholi o‘rtasida keng muhokamasini tashkil etish.
|
yil davomida
|
Milliy g‘oya va mafkura markazi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Mahalla» jamg‘armasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, «Nuroniy» jamg‘armasi
|
100,0
|
Bajaruvchilar mablag‘lari
|
Birgalikdagi tadbirlar rejasi.
Ma’ruza qoidalarini ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek bajaruvchilar tashkil qiladigan seminarlar, konferensiyalar va fuqarolar yig‘inlarida tushuntirish.
|
|
109.
|
«Yoshlar yili» Davlat dasturining maqsadlari, vazifalari va yo‘nalishlarini, uning amalga oshirilishini quyidagi tadbirlar orqali keng targ‘ib etish va yoritish:
shaharlar, tumanlar, korxonalar, tashkilotlar, o‘quv yurtlari, yashash joylari va mahallalarda tushuntirish ishlarini o‘tkazish;
mamlakatimiz yoshlari hayotini yoritishga bag‘ishlangan maxsus teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar tashkil qilish, bosma ommaviy axborot vositalarida mavzuga oid turkum maqolalar chop etish.
Yoshlarning huquq va manfaatlariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamlarini nashr etish.
|
yil davomida
|
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Inson huquqlarini himoya qilish milliy markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Kelajak ovozi» yoshlar tashabbuslari markazi, «O‘zbekiston Madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, «Mahalla» jamg‘armasi
|
100,0
5,0
|
Bajaruvchilar mablag‘lari
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati mablag‘lari
|
Birgalikdagi tadbirlar rejasi.
Ommaviy axborot vositalari orqali hamda bajaruvchilar tashkil qiladigan seminarlar, konferensiyalar va fuqarolar yig‘inlarida «Yoshlar yili» Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarning ahamiyati va mazmunini tushuntirish.
Ommaviy axborot vositalarida yoshlar hayotini yoritish, maqolalar e’lon qilishda ularga ko‘maklashish.
Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish.
|
|
110.
|
Yoshlarda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalashga, ommaviy axborot vositalari orqali iqtidorli va faol yoshlarni targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan konsepsiyani ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha milliy media-kengash tashkil etish, shuningdek, yosh jurnalistlarning ijodiy va professional o‘sishiga ko‘maklashish, jumladan, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
|
I chorak
|
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik fondi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, «O‘zbekiston Madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Kelajak ovozi» yoshlar tashabbuslari markazi, «Bunyodkor» yoshlar teleklubi
|
|
|
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi.
Yoshlar ijtimoiy ongining yuksalishiga, shu jumladan, yosh avlodda mamlakat kelajagi uchun mas’ullik tuyg‘usini tarbiyalashga samarali ta’sir ko‘rsatadigan yagona mexanizmni yaratish.
|
|
111.
|
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan, shu jumladan, sputnik aloqa kanallaridan foydalangan holda «Yoshlar yili» Davlat dasturining roli va ahamiyati to‘g‘risida chet ellarda tizimli axborot-targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.
|
yil davomida
|
Tashqi ishlar vazirligi, «Uzbekistan today» axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik fondi
|
500,0
|
Homiylar mablag‘lari
|
Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli bolalarga, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yosh oilalarga zarur sharoitlar yaratish, yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida maqolalar chop etish, seminarlar, brifinglar o‘tkazish orqali xorijiy mamlakatlar jamoatchiligini yurtimizda amalga oshirilayotgan ezgu ishlardan xabardor etib borish.
|
|
112.
|
Yoshlar yiliga bag‘ishlangan telemarafonlar o‘tkazish, shuningdek, «Ayollar kengashi» nodavlat notijorat tashkilotining maxsus «Yosh avlod salomatligi — mamlakatni rivojlantirish garovi» mavzusidagi Respublika xayriya telemarafonini tashkil etish bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlash.
|
yil
davomida
|
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, «Kelajak ovozi» yoshlar tashabbuslari markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, «O‘zbekiston Madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi,
|
100,0
|
Bajaruvchilar mablag‘lari
|
Keng jamoatchilikning «Yoshlar yili» Davlat dasturini amalga oshirishdagi qiziqishini oshirish va bevosita ishtirokini kuchaytirish.
«Sog‘lom ona — sog‘lom bola» tamoyilini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan xayriya tadbirlarini amalga oshirish.
|
|
|
|
|
«Ayollar kengashi» nodavlat notijorat tashkiloti, Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
|
|
|
|
113.
|
«Kelajak ovozi» yoshlar tashabbuslari markazining respublika va viloyatlar vakilliklari negizida mintaqaviy elektron ommaviy axborot vositalari ishtirokida yoshlar teleradiostudiyalari, matbuot markazlarini, shuningdek, yoshlarning ommabop haftanomasini tashkil etish.
|
yil davomida
|
Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik fondi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Kelajak ovozi» yoshlar tashabbuslari markazi, «Bunyodkor» teleklubi
|
250,0
|
Bajaruvchilar mablag‘lari
|
Yosh jurnalistlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ijodkor yoshlar tomonidan yoshlar tadbirlarini yoritish, yoshlarning ijtimoiy ongiga ta’sir ko‘rsatadigan samarali mexanizmni yaratish.
|
|
|
Jami xarajatlar:
shu jumladan:
milliy valutada
xorijiy valutada
|
|
— 1 502 290,2 mln. so‘m
— 1 430 267,1 mln. so‘m
— 54 770,4 ming AQSH dollari
|
|
|
|
|