42-xalqaro Mendeleyev olimpiadasi sayti hozirgi paytda O‘zRsi XTV huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilmoqda.
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan maktab o‘quvchilarining kimyo fani bo‘yicha 42-xalqaro Mendeleyev olimpiadasiga bag‘ishlangan
WEB-SAYT KONSEPSIYASI
O‘zRsi VMning 2008 yil 31 yanvardagi 20-sonli Qaroriga asosan Toshkent shahrida joriy yilning aprel va may oyida maktab o‘quvchilarining kimyo fani bo‘yicha 42-xalqaro Mendeleyev olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Olimpiadani o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ko‘mita tuzilgan va unga fevral oyining oxirigacha tashkiliy tartibdagi tayyorlov ishlarini olib borish topshirilgan. Boshqa ishlar qatorida, O‘zRsi XTV huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markaziga olimpiada o‘tkazilishini yoritish maqsadida sayt ishlab chiqish va uni olib borish vazifasi yuklatilgan.
Shunga muvofiq, sayt rivojlanishining quyidagi bosqichlari ko‘zda tutilishi taklif etiladi:
|
1 bosqich – deklarativ
2 bosqich – tayyorlov
3 bosqich – o‘tkazish
4 bosqich – natijalarni e’lon etish
5 bosqich – yakuniy
|
Mart oyi o‘rtasigacha
Mart oyi o‘rtasidan olimpiada boshlanishigacha
Olimpiada o‘tkazilishi paytida
Olimpiada yakunida
|
Bosqichlar maqsad va vazifalari
Deklarativ bosqich davomida saytning tuzilmasi va dizaynini ishlab chiqish va tasdiqlash nazarda tutilgan. Quyidagi bo‘limlar taklif etiladi:
- Mendeleyev olimpiadalari haqida qisqacha tarixiy ma’lumotlar va masalalar (yechimlar bilan)
- Mendeleyev olipiadalari O‘zbekistonlik qatnashchilari haqida ma’lumotlar
- O‘zbekistonning kimyo sohasidagi olimlari va kimyo fani bo‘yicha ma’lumotlar
- Kimyo fanining hayotdagi va jamiyat rivojlanishidagi o‘rni haqida ma’lumotlar
- Rasmiy bo‘lim, bunda O‘zRsi VMsi Qarori va 42-xalqari Mendeleyev olimpiadasi tashkiliy ko‘mitasi tarkibi keltiriladi.
Saytning texnik amalga oshirilishi bo‘yicha javobgarlik MUDR Markaziga yuklatiladi. Administrativ bo‘lim shunday ishlab chiqilishi kerakki, moderator dinamik tarzda bo‘limlarni ko‘shish, o‘chirish, o‘zgartirish kiritish, barcha turdagi – matnli, grafik, multimedia – ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Saytning moderatsiyasi va kontenti bo‘yicha mas’uliyatni tashkiliy ko‘mita VM Qaroriga asosan aniqlaydi.
Tayyorlov bosqich davomida saytda olimpiada o‘tkazilishiga daxldor ma’lumotlar, oldingi olimpiadalar masalalari va yechimlari, g‘oliblari (va ularning keyingi ijodiy yo‘li), 42-xalqaro olimpiada nizomi, dasturi, imtixon komissiyasi tarkibi chop etiladi va forum faoliyat yuritishni boshlaydi.
Olimpiada o‘tkazilishi bosqichida saytda olimpiada kundaligini olib boriladi, reportajlar va madaniy dastur bo‘yicha boshqa ma’lumotlar joylashtiriladi.
Natijalarni e’lon etish bosqichida olimpiada g‘oliblari va sovrindorlari bo‘yicha ma’lumotlar, suratlari, olimpiada masalalari va yechimlari, tajriba ishlari natijalari saytda joylashtiriladi.
Yakuniy bosqichda saytda forum ishlashni davom etadi.