9-sinflar uchun sirtqi olimpiada masalalari
1- masala
Bozorda tovarga bo`lgan talab va taklif funksiyalari quyidagicha berilgan:
Qd =800 -2P va Qs = 200+3P bo`lsa, bu yerda P narx (so`mda), Q – miqdor ( donada) . Muvozanat miqdori va narxini aniqlang. Talab va taklif grafigini chizing. Davlat iste’molchilarni qo`llab quvvatlash maqsadida tovar narxini P= 80 so`m qilib belgiladi. Davlatni ushbu narx siyosati oqibatlarini tahlil qiling.
2- masala
Mamlakat aholisining soni 120 million kishini tashkil etib, mehnatga layoqatli aholi uning 62% ni tashkil etadi. Mehnatga layoqatli aholining 11,4 millioni o’z hohishiga ko’ra ish qidirmayotganlar hisoblanadi. Mamlakatda friksion va tarkibiy ishsizlik 2% ni, mamlakatdagi umumiy ishsizlik darajasi va ishsizlar sonini; tabiiy ishsizlik darajasini va sonini; bandlik darajasini davvriy ishsizlik 8% ni, mavsumiy ishsizlik 3% ni tashkil etadi.Yuqoridagi ma’lumotlar asosida: a bandlar sonini aniqlang.
3- masala
A tovarga bo`lgan talab va taklif funksiyalari chiziqli bo`lib, Qd= 500-6P, Qs= 4P-100 formulalari bilan berilgan bo`lsin. Bunda P-narx so`mlarda, Q –miqdor ming donada. Davlat har bir sotilgan tovar uchun 10 so’mdan aksiz belgiladi. Sotuvchilar (T1) to`laydigan soliq miqdorini, xaridorlar (T2) to`laydigan soliq miqdorini aniqlab, talab va taklif chiziqlarini chizing.
4- masala
Quyidagilar ma’lum bo`lsa, sof raqobatli bozorda firmaning umumiy daromadini aniqlang:
- marjinal daromad - 6000 som;
- minimal o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar 1000 so`m bo`lib ularga 20 dona mahsulot ishlab chiqarilgandagina erishiladi;
- minimal o`rtacha umumiy xarajatlar 4000 so`m bo`lib unga 50 dona mahsulot ishlab chiqarilgandagina erishiladi;
- firmaning 20 dona mahsulot ishlab chiqarishdagi marjinal xarajatlari grafigi chiziqli ko`rinishga ega;
- firma foydasini maksimallashtirishga intilmoqda.
5- masala
Quyidagi jadvalda berilgan ma’lumotlar asosida 2,3 yillar uchun iste’mol narxlari indeksini hamda yillar bo`yicha inflyatsiya darajasini aniqlang
|
Mahsulot
|
1 yil (bazis yili )
|
2 yil
|
3 yil
|
|
iste’mol qilinadigan mahsulot miqdori
|
Birlik mahsulot narxi
|
Birlik mahsulot narxi
|
Birlik mahsulot narxi
|
|
1
|
9
|
6
|
6
|
5
|
|
2
|
15
|
18
|
28
|
22
|
|
3
|
31
|
20
|
15
|
21
|
|
4
|
20
|
15
|
20
|
25
|
|
5
|
2
|
100
|
120
|
150
|
8-sinflar uchun sirtqi olimpiada masalalari
1-masala
Tovarga bo`lgan talab va taklif funksiyalari quyidagicha berilgan:
Qd =800 -3P va Qs = 200+2P bo`lsa, bu yerda P narx (so`mda), Qd – talab (donada) Qs-taklif (donada). Bozordagi ushbu tovarga bo`lgan muvozanat miqdor va muvozanat narxni aniqlab, talab va taklif grafigini chizing.Davlat har bir tovar uchun 50 so`mdan soliq belgiladi. Bu siyosatdan so’ng hosil bo`lgan:
· Bozordagi muvozanat narx va muvozanat miqdorni aniqlang;
· Talab va taklif grafigini chizing;
· Ushbu soliqdan davlat qancha daromad ko`radi ?
· Iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar qanchadan soliq to`laydi ?
2- masala
Quyidagi jadvalda berilgan ma’lumotlardan foydalanib firma faoliyatini tahlil qiling va jadvalni to’ldiring.
|
Firmaning yillik iqtisodiy ko’rsatkichlari
|
1-yil
|
2-yil
|
3-yil
|
|
Islab chiqarilgan mahsulot miqdori (dona)
|
43000
|
48000
|
50000
|
|
Yalpi daromad (mln. so’m.)
|
86
|
120
|
150
|
|
O’zgaruvchan xarajatlar
(mln. so’m.)
|
46
|
67,5
|
85,8
|
|
O’zgarmas xarajatlar
(mln.so’m.)
|
22,8
|
22,8
|
22,8
|
|
Narx indeksi
|
1.0
|
1.25
|
1.5
|
|
Mahsulot narxi
|
|
|
|
|
Umumiy xarajatlar
|
|
|
|
|
Foydaning nominal miqdori
|
|
|
|
|
Foydaning real miqdori
|
|
|
|
|
Samaradorlik
|
|
|
|
|
O’rtacha umumiy xarajat
|
|
|
|
3-masala
Firmada sovutgich narxini 500000 so’mdan 480000 so’mgacha tushirilishi natijasida, sovutgichlarni sotish hajmi haftasiga 500 donadan 550 donaga ortdi. Sovutgichga bo’lgan talab elastikligini hisoblang.
4-masala
Mamlakat aholisining soni 60 million kishini tashkil etib, mehnatga layoqatli aholi uning 63 % ni tashkil etadi. Mehnatga layoqatli aholining 91 % ni Ijtimoiy faol aholi tashkil etadi. Mamlakatda tabiiy ishsizlik darajasi 4% ni, davriy ishsizlik 5% ni, mavsumiy ishsizlik 2% tashkil etadi. Yuqoridagi ma’lumotlar asosida: mamlakatdagi umumiy ishsizlik darajasi va ishsizlar soni; friksion va tarkibiy ishsizlik darajasi va soni; bandlik darajasi va bandlar sonini aniqlang.
5-masala
Bir mamlakatda aholi soni 25 mln. kishini tashkil etib, YAIM ning nominal qiymati 2000 yilda 4080 млрд. so’mni tashkil qilgan, bu mamlakatda 2005 yilda aholi soni 26.5 mln. kishini tashkil etib, YAIM ning nominal qiymati 16260 млрд. so’mni tashkil etdi. 2000-2005 yillarda bu mamlakatda narx navo 3,5 baravar oshgan bo’lsa, 2005 yilda YAIM ning real qiymati qanchaga teng bo’lganligini va aholi jon boshiga qancha YAIM to’g’ri kelganligini aniqlang.