O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-fevral 1-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2007 – 2008 o‘quv yili “Ta’lim muassasalarida iqtisodiy ta’lim va moliyaviy savodxonlik samaradorligini oshirish” o‘quv yili deb e’lon qilinishi va iqtisodiyot faniga boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘quv rejasida soat ajratilishi munosabati bilan o‘qituvchi va o‘quvchilarni kerakli adabiyotlar bilan ta’minlash uchun “Yangiyul Poligraph Service” nashriyoti tomonidan qo‘llanmalar majmuasi chop etildi.
Har qanday ta’lim darslikdan boshlanadi. Millat fikri, millat tafakkuri va millat mafkurasining eng ilg‘or namunalarini o‘zida aks ettirgan, shu bilan bir qatorda dunyo andozalariga mos kåladigan yangi, zamonaviy darsliklar yaratish masalasi maktabdagi iqtisodiy ta’lim–tarbiya sohasida o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi.
Darslik yaratish murakkab va ko‘p yillik mashaqqatli måhnatni talab qiladi. Hali darslikni sinov maydonchalarida sinash, qayta yozish, tahrir qilish, to‘ldirish, turli fikr–mulohazalarni hisobga olish lozim bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda iqtisodiy ta’limning rivojlangan davlatlardagi ilg‘or ijobiy tajribalaridan voqif bo‘lish, o‘qitishning ilg‘or pådogogik tåxnologiyalari bilan tanishish, o‘rganish, tajriba almashish, ularning o‘zimizga mos kåladigan jihatlarini yangi yozilayotgan o‘quv qo‘llanmalarida joriy qilish kabi muammolar o‘z yechimini kutmoqda.
E. Sariqov va B. Haydarovlar tomonidan ayni kunlarda “Iqtisodiy bilim asoslari” fani bo‘yicha yangi o‘quv–måtodik komplåks yaratilib, Råspublika ta’lim markazi ilmiy måtodik kångashi tomonidan ma’qullanib, maktablarda joriy qilish uchun nashr etishga tavsiya etildi. Bu komplåks iqtisodiy bilim asoslari fani bo‘yicha ishlab chiqilgan standart va yangi dastur asosida yaratilgan bo‘lib, quyidagi o‘quv–måtodik adabiyotlarni o‘z ichiga oladi:
O‘quv qo‘llanmalar DTS va o‘quv dasturlariga mos, O‘zbåkiston Råspublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Råspublika Ta’lim markazi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya qilingan.