10-MASHG‘ULOT
TALAB VA TAKLIF: BOZOR O‘YINI
BUG‘DOY BOZORI
KIRISH
Bozor iqtisodiyotida eng asosiy iqtisodiy muassasa, albatta, bozordir. Bozorlar resurslarni shunday taqsimlaydiki, bu resurslardan xaridorlar pul to‘lashga rozi bo‘lgan tovar va xizmatlar ishlab chiqariladn. Mazkur mashg‘ulotda bozorda narxlarning qanday qilib o‘rnatilishi tushuntiriladi. Keyingi darslarda esa nima uchun narxlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi va bozor tizimini tashkil etish uchun qanday bozorlar o‘zaro mos kelishi tushuntiriladi. Barcha bozorlar tizimi birgalikda barcha jaamiyatlar duch keladigan asosiy iqtisodiy masalalarga - qanday tovar va xizmatlar ishlab chiqarish kerak, ular qanday qilib ishlab chiqariladi, ushbu tovar va xizmatlar qanday taqsimlanadi,– degan savollarga javob beradi. Bozor iqtisodiyoti tizimida (AQSH iqtisodiyoti shunday iqtisodiyot hisoblanadi) bozorlarning, ahamiyati katta bo‘lishiga qaramay, ko‘plab odamlar ularning ishlash tartibini bilmaydilar.
TUSHUNCHALAR
Talab
Taklif
Narx
Bozor
Mazmun bo‘yicha standart
Narxlar talab va taklif munosabati orqali o‘rnatiladi.
Talab – bu muayyan vaqt ichida, iste’molchilar turli narxlarda sotib olishga xohishi va imkoniyati bo‘lgan tovar miqdori keltirilgan jadval.
Taklif - bu muayyan vaqt ichida, ishlab chiqaruvchilar turli narxlarda sotishga xohishi va imkoniyati bo‘lgan tovarlar miqdori keltirilgan jadval.
Agar tovarning narxi oshsa, unga bo‘lgan talab miqdori kamayadi, taklif miqdori esa ko‘payadi va aksincha.
Dars MAqSADi
· Talab va taklif qanday qilib tovar narxini shakllantirishi ta’sir qilishi hamda tovar va xizmatlar narxlarining o‘zgarishi qanday qilib talab va taklif miqdoriga ta’sir qilishini tushuntira olish.
DARS TAVSILOTLARI
Tinglovchilar raqobatli bozorning ishlashini ko‘rsatuvchi ishbop o‘yinda ishtirok etadilar. Bug‘doy bozori boshqa tovar va xizmatlar bozoriga nisbatan ancha raqobatli bozor bo‘lib hisoblanganligi uchun, tinglovchilar «Bug‘doy bozori» o‘yinida ishtirok etib, ixtiyoriy bozorda narxlar qanday tarzda shakllanishini yaxshiroq bilib oladilar.
DARS UCHUN TALAB ETILADIGAN VAQT
Bitta dars (90 minut).
ZARUR JIHOZLAR VA O‘QUV MATERIALLARI
26 ta xarid varaqchalari va 26 ta sotuv varaqchalari. Xarid va sotuv varaqchalari turli rangda bo‘lishi lozim. Varaqchalarni quyidagi qiymatda yasang:
|
XARID VARAQCHALARI
|
|
SOTUV VARAQCHALARI
|
|
Xarid qilish narxi
|
Soni
|
|
Sotish narxi
|
Soni
|
|
1 so‘m
|
4
|
|
1 so‘m
|
0
|
|
2 so‘m
|
4
|
|
2 so‘m
|
2
|
|
3 so‘m
|
4
|
|
3 so‘m
|
2
|
|
4 so‘m
|
2
|
|
4 so‘m
|
2
|
|
5 so‘m
|
2
|
|
5 so‘m
|
2
|
|
6 so‘m
|
2
|
|
6 so‘m
|
2
|
|
7 so‘m
|
2
|
|
7 so‘m
|
4
|
|
8 so‘m
|
2
|
|
8 so‘m
|
4
|
|
9 so‘m
|
2
|
|
9 so‘m
|
4
|
|
10 so‘m
|
2
|
|
10 so‘m
|
4
|
3- va 4-ko‘rgazmali materiallarni osib qo‘ying.
Har bir tinglovchiga 1, 2, 3, 4 topshiriqlarning nusxasini tarqating.
Eslatma: Dars qiziqarli o‘tishi uchun, unda kamida 20 ta tinglovchi qatnashishi lozim. Agar sinf xonangiz katta bo‘lsa, 50 tagacha tinglovchi dars jarayoniga jalb etilishi mumkin.
MASHG‘ULOTNI O‘TKAZISH TARTIBI
1. 1-topshiriqni tinglovchilarga tarqating va uni ovoz chiqarib o‘qing. [Eslatma: Siz o‘yin davomida xarid va sotuv varaqchalarini tarqarish hamda yig‘ishni bir tinglovchiga, Sinf HISOB QAYDNOMASIga natijalarni qayd etish vazifasini esa ikkinchi tinglovchiga topshirishingiz mumkin (3-ko‘rgazmali material). Xarid va sotuv varaqchalari alohida uyumlarda saqlanadi va ular uch raund oralig‘ida muntazam aralashtirib turiladi].
2. Sinf xonasida katta joyni bo‘shating va uni bozor deb belgilang.
3. Sinfni teng ikki guruhga ajrating. Bir guruh sotuvchilardan, ikkinchi guruh esa xaridorlardan tashkil topgan bo‘ladi. Butun o‘yin davomida sotuvchilar sotuvchi, xaridorlar xaridor bo‘lib qolishlari lozimligini tushuntiring.
4. Shaxsiy hisob varaqlarini tarqating (topshiriq ¹2) va amalga oshirilgan savdo-sotiq munosabatlari berilgan jadvalda qayd etib borilishi lozimligini tinglovchilarga uqtiring. Zarurat tug‘ilsa, hisob varag‘ini ko‘zdan kechirib chiqing.
5. Tinglovchilar hisob varag‘ida ko‘rsatib o‘tilgan «sof foyda» yoki «sof zarar» kataklaridagi ma’lumotlarni to‘g‘ri hisoblashni tushunganliklariga ishonch hosil qiling.
6. Har biri 5 daqiqa davom etuvchi uchta bosqich o‘tkazilishini aytib o‘ting. Birinchi bosqichdan so‘ng, ushbu bosqich sinov bosqichi bo‘lganligini, keyinggi ikki bosqich esa hisobga olinishini tinglovchilarga aytib o‘tishingiz mumkin. Har bir bosqich tugashiga bir daqiqa vaqt qolganida, tinglovchilarni bu haqda ogohlantiring.
7. Topshiriq ¹1da ko‘rsatib o‘tilganidek, 3-ko‘rgazmali materialdan savdo-sotiq munosabatlarini qayd etishda foydalaning.
8. Har bir savdo bosqichidan so‘ng (1-bosqich ham bundan mustasno emas), tinglovchilarga sof foyda va zararlarini hisoblashlariga vaqt bering (foyda minus zarar). Sahna ko‘rinishi natijalarini muhokama qilishidan avval (Jarayon ¹11), tinglovchilarga jami foyda va zararlar miqdorini hisoblash topshirig‘ini yuklang. 3-bosqich so‘ngida tinglovchilarga har bir bosqich so‘ngidagi jami natijalarni qo‘shib umumiy jami natijani hisoblashlari lozimligini aytib o‘ting.
9. Tinglovchilar berilgan vaqt ichida iloji boricha ko‘p marta savdo-sotiq munosabatlariga kirishishlari kerak. Yangi muomala varaqachasiga ega bo‘lish uchun nafaqat foyda balki zarar ham yo‘l qo‘yilishi mumkinligini eslatib o‘ting. Tinglovchilarga savdo munosabatlari davomida eng faol qatnashgan tinglovchi eng yuqori natijaga ega bo‘lishini ochiqdan-ochiq aytmang. Tinglovchilarning o‘zlari o‘yindan so‘ng o‘tkaziladigan suhbat davomida ushbu xulosaga kelishlari kerak.
10. Savdo bosqichlari o‘rtasidagi tanaffus chog‘ida, barcha tinglovchilarning diqqatini Dars HISOB QAYDNOMASIdagi natijalarga qarating (3-ko‘rgazmali material). Jadvalda muhim ma’lumotlar mavjudligini aytib o‘ting. Fikringizni konkretlashtirmang.
11. O‘yindan so‘ng suhbat o‘tkazing:
A. Har bir raundda ko‘p miqdordagi bug‘doy qaysi narxda sotildi? (Tinglovchilarga o‘zlarining hisob varaqlaridagi ma’lumotlarni Dars HISOB QAYDNOMASI bilan solishtiradilar).
B. Qaysi bir bosqichda eng past va eng baland narxlar o‘rtasidagi farq eng katta bo‘ldi? (ma’lumolarni solishtiring)
C. Nima uchun so‘nggi bosqichlarda narxlar bir-biriga yaqin bo‘ldi? (eng asosiy sabab sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi raqobat ko‘p jihatdan ma’lumotga asoslangan bo‘ladi). Bozorda xaridorlar va sotuvchilar turli narxlarda sotuvda bo‘lgan tovarlarning miqdori haqidagi ma’lumotga ega bo‘lganlaridan so‘ng, narx muvozanat narx tomon yaqinlashib baradi)
D. Bug‘doyning oxirgi bozor narxini xaridor va sotuvchilardan qaysi biri belgilaydi? (Xaridorlar ham, sotuvchilar ham bozordagi faoliyatlari davomida bozor narxinin birgalikda belgiladilar.)
E. Xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat narxga qanday ta’sir o‘tkazadi? (Raqobat sotuvchilar va xaridorlar guruhlari ichida bo‘lganligi uchun, xech qaysi alohida olingan xaridor yoki sotuvchi bozor narxini belgilamaydi. E’tibor bering, xaridorlar bilan xaridorlar, sotuvchilar esa sotuvchilar bilan raqobatlashmoqdalar)
12. Tinglovchilarga keyingi mashg‘ulotlarda narxdan boshqa omillar, masalan, xizmatchilarning maoshi va mahsulot tan-narxidagi o‘zgarishlar ta’sirida talab va taklif qanday o‘zgarishini ko‘rib chiqishingizni aytib o‘ting. Ammo, dastlab mazkur bozordagi narx o‘zgarishlarini chuqurroq o‘rganishingiz lozim bo‘ladi.
13. 3- va 4-topshiriqlarni tarqating. Tinglovchilarga xarid va sotuv varaqchalaridagi ma’lumotlar jadval holatiga keltirilishi hamda xaridorlar va sotuvchilarning xarakatini o‘zida aks ettiruvchi grafik ko‘rinishida ifodalanishi mumkinligini aytib o‘ting. Grafikning markaziy nuqtasi –talab va taklif chiziqlari tutashadigan nuqta – savdodagi mahsulotning (mazkur holatda bug‘doyning) yakuniy hisob-kitob narxi yoki muvozanat narxi deyiladi.
Tinglovchilarga 4-topshiriq jadvalida ko‘rsatilgan narx va miqdor kombinatsiyalariga mos keluvchi joylarni nuqta bilan belgilab chiqishlari lozimligini ayting. Keyin esa talab jadvalidagi ma’lumotlarni grafik holatiga keltirish uchun huddi shu usuldan foydalaning, faqat nuqtalar o‘rniga shtrixdan foydalaning. Taklif chizig‘ini hosil qilish uchun nuqtalarni birlashtiring; talab chizig‘ini hosil qilish uchun shtrixlarni birlashtiring. Tinglovchilarga barcha bukilgan joylarni belgilab qo‘yishlarini ayting. Ular ishni tugallaganlarida, 4-ko‘rgazmani solishtirish uchun ularning ihtiyoriga havola qiling. Qiynalayotgan tinglovchilarga yordam bering.
Ma’lum vaqt o‘tishi bilan ushbu bozordagi raqobat har bir bushel bug‘doy uchun bozor narxini (6 so‘m) belgilab berishini tinglovchilarga aytib o‘ting. Tinglovchilar varaqchalarini muntazam almashtirib, bir bosqich ichida birdan ortiq oldi-sotti ishlarini amalga oshirsalar, butun o‘yin davomida o‘rtacha 10dan ortiq marotaba savdo munosabatlariga kirishadilar va mahsulotning o‘rtacha narxi 6 so‘mni tashkil etadi. Albatta, tinglovchilar turli bosqichlarda bellashishlari davomida narx 6 so‘m bo‘lib turmaydi, ammo so‘nggi bosichlarga kelib ularning munosabatlari bozor narxini shakllantiradi.
14. Tinglovchilar grafik tuzish mashg‘ulotini yakunlaganlaridan so‘ng, quyidagi savollar orqali muhim vaziyatlarni izohlab bering:
A. Talab grafigi nimani tasvirlaydi?
(Grafik turli narxlarda xaridorlar tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan bug‘doy miqdorini ko‘rsatadi. Butun grafikni iqtisodchilar «talab» deb nomlashlarini tushuntiring.)
B. Taklif grafigi nimani tasvirlaydi?
(Grafik turli narxlarda sotuvchilar tomonidan sotilishi mumkin bo‘lgan bug‘doy miqdorini tasvirlaydi. Butun grafikni iqtisodchilar «taklif» deb nomlashlarini tushuntiring.)
C. Narx va talab o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?
(Narx ko‘tarilishi bilan talab qilinadigan mahsulotlar miqdori kamayadi va narx pasayganida buning aksi kuzatiladi)
D. Narx va taklif o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?
(Narx ko‘tarilishi bilan taklif qilinadigan mahsulotlar miqdori ortadi va narx pasayganida buning aksi kuzatiladi).
BAHOLASH
1. Tinglovchilarning yarmini oziq-ovqat do‘konlariga yuboring, ular do‘kon boshqaruvchisi bilan uchrashib iqtisodiyotni o‘rganayotganliklarini aytadilar va _____ ning (sinf tomonidan tanlangan iste’mol tovarining) bir oyda o‘rtacha sotuv miqdori sinf tomonidan tklif qilingan beshta har xil narxda qancha miqdorda sotilishini so‘raydilar.
2. Qolgan tinglovchilarni odamlarning uylariga borib so‘rov o‘tkazishlari uchun yuboring. Tinglovchilar xaridorlardan _____ (huddi o‘sha mahsulotni) sinf tomonidan taklif qilingan beshta har xil narxda qanchadan sotib olishlarini so‘raydilar.
3. Sinf jadvalining narx ustuniga tadqiqot natijasida aniqalangan narxlarni yozib qo‘ying, do‘konlardagi savol-javoblar davomida sotuvchilar tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan har bir narxda sotilishi mumkin bo‘lgan mahsulot miqdorini hisoblab chiqing va har bir narxning yoniga sotilishi mumkin bo‘lgan mahsulot miqdorini yozib chiqing. Ushbu ustunni «jami miqdor» deb nomlang.