O'zbekcha                    English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  !

Kengaytirilgan qidiruv     








 Mashgulot 2
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

KIRISH TESTI

“Iqtisodiy ta’limda interfaol metodlar” seminar-trenig qatnashchilari uchun kirish testi

 

1. Iqtisodiy nazariyaning mohiyatini nima yaxshiroq aniqlaydi?

A) Iqtisodiy nazariya xo’jalik yuritish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi.

B) Iqtisodiy nazariya bozor iqtisodiyotini tasvirlaydi va o’rganadi.

D) Iqtisodiy nazariya tadbirkorlikni tashkil etishning turli shakllarini o’rganadi.

E) Iqtisodiy nazariya cheklanganlik sharoitida ehtiyojlarni to’laroq qondirish uchun oqilona qaror qabul qilish va uni tahlil qilishni o’rganadi.

F) Iqtisodiy nazariya cheklanganlik muammosini yechadi.

2. Resurslarning cheklanganlik muammosini yechish mumkin, agar ...

A) odamlar resurslarni iqtisod qilsalar;

B) hamma o’z hohishi bilan ehtiyojlarini qisqartirsa;

D) fan va texnika taraqqiyoti kelajakda tovar ishlab chiqarish imkoniyatlarini keskin oshirsa;

E) kosmos o’zlashtirilsa;

F) to’g’ri javob yoq.

3. Agar mamlakatda barcha inson, apital va tabiiy resurslar to’la ishlatilayotgan bo’lsa, biror bir tovardan ko’proq ishlab chiqarish ...

A) faqat tadbirkorlar tomonidan bajarilishi mumkin;

B) boshqa bir tovarni ishlab chiqarishning kamaytirilishi hisobiga amalga oshirilishi mumkin;

D) faqat narxlar umumiy darajasini tushurish evaziga amalga oshirish mumkin;

E) mumkin emas.

F) narxlarning oshishiga olib keladi.

4. Chol ibn Hattob soqolini kuzatib, shunday qonuniyatni aniqladi: har bir tilakni bajarish uchun yulib olgan soqoli shu zahoti o’sib chiqar ekan. Chol inb Hattobning iqtisodiy nazariyani o’rganishga ehtiyoji bormi?

A) Bor. Chunki iqtisodiyotni o’rganganda, u eng katta foyda olishga yordam beradi.

B) Yo’q. Chunki uning uchun cheklanganlik muammasi yo’q.

D) Bor. Chunki iqtisodiyotni o’rganganda, u resurslarni eng samarali iqtisod qilishga yordam beradi.

E) Bor. Chunki unga talab qonuni ta’sir etadi.

F) To’g’ri javob yoq,

5. Iqtisodiyotning uch asosiy savoli qaysi bandda keltirilgan?

A) Nima ishlab chiqarish kerak, qanday ishlab chiqarish kerak, kim tomonidan iste’mol qilinadi.

B) Nima iste’mol qilinadi, qanday ishlab chiqariladi, kim ishlab chiqaradi.

D) Nima ishlab chiqariladi, qanday iste’mol qilinadi,kim ishlab chiqaradi.

E) Nima iste’mol qilinadi, qanday ishlab chiqariladi, kim iste’mol qiladi.

F) To’g’ri javob yoq,

6. Matematikadan masalani yechish uchun sizga 10 minut, fizikadan 15 minut kerak bo’ladi. O’rtog’ingizga esa matematikadam masala yechish uchun 15 minut, fizikadan esa 20 minut kerak bo’ladi. Demak, …

A) O’rtog’ingiz fizikadan masala yechish bo’yicha mutlaq ustunlikka ega;

B) ) Siz fizikadan ham matematikadan ham masala yechish bo’yicha nisbiy ustunlikka egasiz;

D) Siz fizikadan masala yechish bo’yicha nisbiy ustunlikka egasiz;

E) ) O’rtog’ingiz fizikadan masala yechish bo’yicha nisbiy ustunlikka ega;

F) To’g’ri javob yoq,

7. Muqobil qiymat ta’rifining eng to’g’risini tanlang. Muqibil qiymat - bu ...

A) cheklangan resurslardan maqsadli foydalanilayotganda, eng yaxshi imkoniyatdan keyin kelayotgan va voz kechilgan qiymat;

B) cheklangan resurslardan maqsadli foydalanilayotganda, barcha voz kechilgan imkoniyatlar qiymati;

D) mazkur tovarni ishlab chiqarish uchun firmaning barcha xarajatlarining puldagi ifodasi;

E) mazkur qaror qabul qilinganda, sarflash kerak bo’lgan barcha pul xarajatlari.

F) To’g’ri javob yoq,

8. Cheklanganlik muammosini hal qilib bo’lmasligining asosiy sababi nima bilan izohlash mumkin?

A) Bor tovarni barcha iste’molchilarga yetishmasligi holatining tez-tez uchrashi;

B) insonning ko’pchilik tabiiy resurslarining tugashi;

D) bozor yetarli darajada odamlar uchun kerakli Tovar va xizmatlarni ishlab chiqara olmasligi;

E) Muayyan vaqtda inson ehtiyojlari bu ehtiyojlarni qo’l octidagi resurslar hisobidan qondirib bo’lmasligi.

F) To’g’ri javob yoq,

9. Ikki ishlab chiqaruvchidan qaysi bir nibiy ustunlikka ega?

A) bir xil miqdordagi resurslardan ko’proq Tovar va xizlatlar ishlab chiqargani;

B) Tovar va xizmatlarni kamroq muqibil qiymati bilan ishlab chiqarayotgani;

D) Tovar va xizmatlarni ko’proq muqibil qiymati bilan ishlab chiqarayotgani;

E) Tovar va xizmatlarni yaxshiroq sifat bilan ishlab chiqarayotgani;

F) To’g’ri javob yoq,

10. Iqtisodiy tizimlarning uch turi - bular ...

A) an’anaviy, bozor va markazlashgan;

B) demokratik, anarxik, va totalitar;

D) feudal, kapitalistik va sosialistik;

E) rivojlanayotgan, rivojlangan va yemirilib borayotgan.

F) To’g’ri javob yoq,

11. Mehnat taqsimotiga quyidagi holat misol bo’la oladi ...

A) A zavod “Tiko” avtomobilini, B zavod esa “Otayo’l” avtobusini ishlab chiqaradi;

B) A viloyat chorvachilik mahsulotlarini, B viloyat poliz mahsulotlarini yetishtiradi;

D) A zavod go’sht mahsulotlarini, B zavod sut mahsulotlarini ishlab chiqaradi;

E) A zavod “Neksiya” avtomobilining kuzovini, B zavod “Neksiya” avtomobilining g’ildiragini ishlab chiqaradi.

F) To’g’ri javob yoq,

12. Agar Tayvan Ispaniyaga nisbatan maishiy elektronika buyumlarini ishlab chiqarishda nisbiy ustunlikka ega bo’lsa, u holda ...

A) Tayvanda maishiy elektronika buyumlarini ishlab chiqarishning muqobil qiymati Ispaniyaga nisbatan past bo’ladi;

B) Tayvanda maishiy elektronika buyumlarini ishlab chiqarishning muqobil qiymati Ispaniyaga nisbatan yuqori bo’lad;

D) Tayvan va Ispaniya o’rtasida ixtisoslashuvning ma’nosi yo’q;

E) Tayvan uchun maishiy elektronika buyumlarining narxini tushurish foydali bo’ladi.

F) To’g’ri javob yoq,

13. Chizmada ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’I tasvirlangan. B nuqta kiyim-kechak va poyafzal ishlab chiqarishning shunday kombinatsiyasini bildiradiki, unda ...

A) Barcha ishlab chiqarish resurslarining to’la ishlatiladi;

B) ishlab chiqarish resurslari to’la hajmda ishlatilmasa ham bo’ladi;

D) ishlab chiqarish resurslarining miqdori va sifatini oshirgan taqdirdagina yetishish mumkin;

E) hech qachon yetishib bo’lmaydi.

F) To’g’ri javob yoq,

14. Quyidagilarningqaysibirimuqobiltanlovbo’ladi?

A) Qancha sariyog’ va qancha o’simlik yog’I sotib olish bo’yicha qaror qabul qilishga sarflangan vaqt.

B) 0,5 kg sariyog’ o’rniga 1 litr sut sotib olish haqidagi qaror.

D) Sariyog’ sotib olishga sarflangan xarajatlarning o’simlik yog’i sotib olishga sarflangan xarajatlarga nisbati.

E) Yuqoridagilarning barchasi.

F) To’g’ri javob yoq,

15. Oxirgi o’n yilda Jizzax viloyatida Qashqadaryo viloyatiga nisbatan har bir gektardan olingan bug’doy kam bo’ldi. Bundan qanday xulosa chiqarish mumkin?

A) Jizzax biloyati Qashqadaryo viloyatiga nisbatan bug’doy yetishtirishda nisbiy ustunlikka ega;

B) Qashqadaryo biloyati Jizzax viloyatiga nisbatan arpa yetishtirishda nisbiy ustunlikka ega;

D) Jizzax viloyatida yetishtirilgan bug’doy Qashqadaryo viloyatiga yetkazib berilishi lozim.

E) Aniq bir gap aytib bo’lmaydi.

F) To’g’ri javob yoq,

16. Qaysi jumlada “talab” so’zi “ talab miqdori” so’zi bilan almashtirilishi lozim?

A) Avia chiptalar narxi oshirilganda, temir yo’l transporti xizmatiga bo’lgan talab oshdi.

B) Non narxining oshirilishi makaron mahsulotlariga bo’lgan talabni keskin oshirdi

D) Chernobil halokatidan so’ng Kiyev shahri bozorlarida qulupnayga bo’lgan talab keskin tushdi.

E) Avia chiptalar narxi oshirilganda, havo yo’llari xizmatiga bo’lgan talab keskin tushdi.

F) To’g’ri javob yoq,

17. Bo’yalgan to’rtburchak nimani anglatadi?

A) Talab miqdorini.

B) Sotuv hajmini.

D) Narx 4 bo’lgandagi kutilayotgan tushum miqdorini.

E) 10 ga teng bo’lgan qondirilmagan talabni.

F) To’g’ri javob yoq,

18. Iqtisodiy nuqtai nazardan quyidagi jumlalarning qaysi biri noto’g’ri?

A) Iqtisodiy o’sishga faqat ishlab chiqarilayotgan resurslar miqdori va sifatini oshirish orqali erishish mumkin.

B) Moddiy ne’matlarni yaratish uchun faqat mehnat zarur.

D) har qanday qarorning qiymati bor.

E) Erkin ayirboshlash har ikkala tomon uchun ham manfaatli.

F) To’g’ri javob yoq,

19. Quyidagilarning qaysi biri Iste’mol xarajatlarining kamayishiga olib keladi?

A) Daromadlarning kamayishi.

B) Daromad soliqlari darjasining kamayishi.

D) Tez orada narxlar oshhsining kutilishi.

E) Aholiga davlat tomonidan to’lovlarning oshishi

F) To’g’ri javob yoq,

20.Iqtisodda talab - bu ...

A) Mos narxlarda ishlab chiqaruvchilar sotishga taklif qilayotgan tovar miqdori;

B) sotib olishga imkoniyatlari bor yoki yo’qligidan qat’iy nazar, odamlar uchun zarur tovarlar miqdori;

D) iste’molchilar sotib olishga tayyor tovar miqdori va ularning narxi o’rtasidagi bog’lanish;

E) iste’molchilarning mablag’I yetadigan tovarlar miqdori.

F) To’g’ri javob yoq,

21. Quyidagi jumlalarning qaysi biri noto’g’ri?

A) Talab chizig’ini chapga parallel siljitganda, talabning narx bo’yicha elastiklik koeffitsiynti absolyut qiymati har bir narx uchun oshadi.

B) Taklif chizig’ini chapga parallel siljitganda, taklifning narx bo’yicha elastiklik koeffitsiyntining absolyut qiymati har bir narx uchun oshadi.

D) Tovarning o’rnini bosuvchi tovarlarning paydo bo’lishi, har doim bu tovarga bo’lgan talab elastikligini kamayishiga olib keladi.

E) Bozorda yangi xaridorlarning paydo bo’lishi, bu tovarga bo’lgan talab elastikligiga ta’sir qiladi.

F) To’g’ri javob yoq,

22. Fotoapparatlar taklifining kamayishi tufayli narx oshgan bo’lsa, buning oqibatida nimani kutish mumkin?

A) fotoplyonkaga bo’lgan talabning oshishini;

B) fotoplyonkaga bo’lgan talabning kamayishini;

D) fotoplyonka taklifining oshishini;

E) fotoplyonkaga bo’lgan talab o’zgarmasdan, unga bo’lgan talab miqdorining kamayishini.

F) To’g’ri javob yoq,

23. Shaxsiy kompyuterlar taklifining kamayishi natijasida shaxsiy kompyuterlar narxi keskin ko’tarildi. Bu nimaga sabab bo’lishi mumkin?

A) dasturchi va operatorlar ish haqining oshishiga;

B) dasturchi va operatorlar ish haqining pasayishiga;

D) kompyuter ishlab chiqaruvchilar tushumining kamayishiga;

E) kompyuter ishlab chiqaruvchilar tushumining oshishiga.

F) To’g’ri javob yoq,

24. A tovarga bo’lgan talab Q = 5 - 2P ifoda bilan berilgan. Tovarni sotishdan tushgan pul tushumi R qanday ifoda bilan aniqlanadi?

A) R = 10 - 4.

B) R = 5 - 22.

D) R = 25 - 20 42.

E) Berilganlar asosida tovarni sotishdan tushgan pul tushumini aniqlab bo’lmaydi.

F) To’g’ri javob yoq,

25. Grafikdagi C nuqta nimaga mos keladi?.

A) muayyan tovar taklifiga;

B) muayyan tovar talabiga;

D) muvozanat nuqtasiga;

E) talab elastikligiga.

F) To’g’ri javob yoq

26. Sotishgataklifetilgantovarninghammasisotibolinadigannarxqandaynomlanadi?

A) o’zaro savdo narxi;

B) muvozanat nuqta;

D) elastic narx;

E) muvozanat narx.

F) To’g’ri javob yoq,

27. 70-yillardagi neft inqirozi davrida OPEK neft narxini keskin ko’terdi. Bu o’z navbatida nimaga olib keldi?

A) komir narxining oshishiga;

B) uy-joylarda issiqlikni saqlovchi vositalarga bo’lgan talabning oshishiga;

D) energiyani tejovchi texnologiyalar bilan shig’ullanuvchi olim va texniklar ish haqining oshishiga;

E) yuqoridagilarning barchasiga.

F) To’g’ri javob yoq,

28. Qishloq xo’jalik mahsulotlari uchun quyi narx chegaralarining o’rnatilishi nimaga olib kelishi mumkin?

A) narxlarni bir xil darajada saqlab turishga qaratilgan moliyaviy dasturlar uchun soliq to’lovchilar xarajatlarining oshishiga;

B) qishloq xo’jalik mahsulotlarining ortiqchalik vaziyatining vujudga kelishiga;

D) qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash xarajatlarining oshishiga;

E) yuqoridagilarning barchasiga.

F) To’g’ri javob yoq,

29. Bozor iqtisodiyotida narxlar ...

A) muntazam ravishda past bo’ladi;

B) davlat tomonidan tartibga solinganiga qaraganda yuqori bo’ladi;

D) talab va taklifning o’zaro ta’siti natjasida o’zgaradi;

E) sotuvchilarni qoniqtiradi, xaridforlarni qoniqtirmaydi.

F) To’g’ri javob yoq,

30. Pishloq narxiga qaysi hodisa qolgan to’rt hodisaga qaraganda boshqacharoq ta’sir qiladi?

A) Qora-molllar uchun xashak narxlari keskin oshdi.

B) Sut sog’ib olish hajmi oshdi.

D) Kungaboqar moyi o’rniga sariyog’ iste’mol qilish keskin oshdi.

E) Sut sog’ib olish hajmi kamaydi.

F) Qirg’oqchilik boshlandi.

31. Quyidagilarning qaysi biri monopolistik raqobat xususiyatlarini ifodalaydi?

A) bir turdagi mahsulot.

B) bozorda yagona xaridor.

D) bozorga kirishga hech qanday to’siqlar yo’q.

E) turli turdagi mahsulot.

F) To’g’ri javob yoq,

32. Bozorda ortiqshalik paydo bo’lishi uchun nima bo’lishi yetarli?

A) talabning pasayishi;

B) taklifning o’sishi;

D) bir vaqtning o’zida talab kamaydi, taklif oshdi;

E) tovarga bo’lgan talab miqdori taklif miqdoriga nisbatan kam bo’lishi.

F) To’g’ri javob yoq,

33. Bozorda muvozanat vaziyat faqat va faqat shu holda vujudga keladiki ...

A) talab miqdori taklif miqdoriga teng bo’lsa;

B) sotuvchilar sotishga rozi narxlardagi tovar miqdori bilan xaridorlar sotib olishga rozi narxlardagi tovar miqdori ustma-ust tushganda;

D) bu bozorda tovarning oshiqchaligi ham yetishmovchiligi ham yo’q;

E) yuqoridagilarning hammasi to’g’ri.

F) To’g’ri javob yoq,

34. Taklif tushunchasi iqtisodiyotda nimani anglatadi?

A) Sotuvchilar sotishga tayyor tovar miqdori bilan tovar narxi o’rtasidagi bog’lanish;

B) muayyan narxda sotuvchilar sotishga tayyor tovar miqdori;

D) Xaridorlar sotib olishga tayyor tovar miqdori bilan tovar narxi o’rtasidagi bog’lanish;

E) yuqoridagilarning barchasi.

F) To’g’ri javob yoq,

35. Umumiy xarajatlar miqdorini ishlab chiqarilgan tovarlar miqdoriga nisbati qanday nom bilan ataladi?

A) marjinal xarajatlar;

B) umumiy xarajatlar;

D) o’rtacha xarajatlar;

E) o’zgaruvchi xarajatlar.

F) To’g’ri javob yoq,

36. Muayyan vaqtda bozorda tovar taklifini nima hosil qiladi?

A) sotuvchilar;

B) xaridorlar;

D) iste’molchilar;

E) ishlab chiqaruvchilar.

F) To’g’ri javob yoq,

37. Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan o’zgaradigan xarajatlar qanday nomlanadi?

A) o’zgaruvchi xarajatlar;

B) marjinal xarajatlar;

D) qaytarib bo’lmaydigan xarajatlar;

E) ishlab chiqarish xarajatlari.

F) To’g’ri javob yoq,

38. Quyidagilarning qaysi biri “naflik” tushunchasining mohiyatini to’laroq anglatadi?

A) Tovar va xizmatlarni iste’mol qilishdan olinadigan fotda.

B) Tovar va xizmatlarni iste’mol qilishdan olinadigan qoniqish ko’rsatkichi.

D) Davlat iqtisodiy siyosatining muvaffaqiyat mezoni.

E) Iste’molchi uchun tovar yoki xizmatlarning pulda ifodalangan qiymati.

F) To’g’ri javob yoq,

39. Ishlab chiqarish hajmi o’zgarganda o’zgarmaydigan xarajatlar qanday nom bilan nomlanadi?

A) o’zgaruvchan xarajatlar;

B) o’zgarmas xarajatlar;

D) qaytarib bo’lmaydigan xarajatlar;

E) ishlab chiqarish xarajatlari.

F) To’g’ri javob yoq,

40. Foyda qanday hisoblanagi?

A) Barcha xarajatlarning yalpi daromaddan ayirish orqali;

B) Tovar narxining sotilgan Tovar miqdoriga ko’paytirish natijasida;

D) turli manbalardan kelgan daromadlarni jamlash orqali.

E) yuqoridagi barch usullar bilan.

F) To’g’ri javob yoq,

41. Agar davlat tovar narxi uchun quyi chrgarani belgilasa, u holda bu tovarning oshiqchaligi ...

A) har qanday holda bujudga keladi;

B) belgilangan quyi narx chegarasi muvozanat narxdan yuqori bo’lganda vujudga keladi;

D) belgilangan quyi narx chegarasi muvozanat narxdan past bo’lganda vujudga keladi;

E) vujudga kelmaydi, balki quyi narx chegarasining belgilanishi natijasida tovat yetishmovchiligi vujudga keladi.

F) To’g’ri javob yoq,

42. Talab tushunchasi iqtisodiyotda nimani anglatadi?

A) Xaridorlar sotib olishga tayyor tovar miqdori bilan tovar narxi o’rtasidagi bog’lanish

B) muayyan narxda xaridorlar sotib olishga tayyor tovar miqdori;

D) Sotuvchilar sotishga tayyor tovar miqdori bilan tovar narxi o’rtasidagi bog’lanish;;

E) yuqoridagilarning barchasi.

F) To’g’ri javob yoq,

43. Muvozanat narx – bu shunday narxki, unda ...

A) talab taklifga teng bo’ladi;

B) talab miqdori taklif miqdoriga teng bo’ladi;

D) barcha sotuvchilar hamma tovarlarini sota oladilar, hamma xaridorlar o’zlari uchun kerakli tovarni sotib oladilar;

E) tovarga bo’lgan talab va taklifga ta’sir etuvchi omillar kuzatilmaydi.

F) To’g’ri javob yoq,

44. Muayyan vaqtda bozorda tovar talabini nima hosil qiladi?

A) sotuvchilar;

B) xaridorlar;

D) ishlab chiqaruvchilar.

E) davlat organlari

F) To’g’ri javob yoq,

45. Transfert to’lovlarga nimalarni kiritish mumkin?

A) Tovar sotib olish uchun davlat xarajatlarini;

B) mamlakat mudofaasi xarajatlarini;

D) pensiyalarni;

E) davlat budjetidan to’lanadigan ish haqini.

F) To’g’ri javob yoq,

46. Quyidagilarning qaysi biri ishlab chiqarish resurslsriga misol bo’la olmayadi?

A) Metal qirquvchi dastgoh.

B) Alyumin rudasi.

D) Ta’lim sohasi xodimi.

E) Bank krediti.

F) To’g’ri javob yoq,

47. Iqtisodiyotda unumdorlik deganda nima tushuniladi?

A) birlik vaqt oralig’ida resurs birligidan tayyorlangan mahsulot miqdori;

B) muayyan vaqt oralig’ida korxonaning ishlab chiqargan eng ko’p mahsulot hajmi;

D) berilgan hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurs miqdori;

E) aktivlarning naqd pulga aylanish imkoniyati.

F) To’g’ri javob yoq,

48. Erkin bozorda narx ...

A) sotuvchilar tomonidan belgilanadi va yorliqlarda qayd etiladi;

B) xaridorlar tomonidan o’rnatiladi;

D) talab va taklifninr o’zaro ta’siri natijasidir;

E) davlat tomonidan tartibga solingan holatdagidan har doim yuqori bo’ladi.

F) To’g’ri javob yoq,

49. Agar davlat tovar narxi uchun yuqori chrgarani belgilasa, u holda bu tovarning yetishmovchiligi ...

A) har qanday holda bujudga keladi;

B) belgilangan yuqori narx chegarasi muvozanat narxdan yuqori bo’lganda vujudga keladi;

D) belgilangan yuqori narx chegarasi muvozanat narxdan past bo’lganda vujudga keladi;

E) vujudga kelmaydi, balki yuqori narx chegarasining belgilanishi natijasida tovat ortiqchaligi vujudga keladi.

F) To’g’ri javob yoq,

50. Mukammal raqobat bozorining o’ziga xos xususiyati - bu ...

A) ko’p sondagi xaridorlar va sotuvchilarning borligi;

B) ko’p miqdordagi turli tuman tovarlarning borligi;

D) narxlar darajasining juda pastligi;

E) yuqoridagilarning barchasi.

F) To’g’ri javob yoq,

51. Agar bozor o’z strukturasiga ko’ra monopoliya bo’lsa, u holda ...

A) bozorda bitta xaridor faoliyat ko’rsatadi;

B) bozorda bitta sotuvchi faoliyat ko’rsatadi;

D) bozorda bitta xaridor va bitta sotuvchi faoliyat ko’rsatadi;

E) sotuvchi o’z tovarlarini juda yuqori narxda sotish imkoniyatiga ega bo’ladi.

F) To’g’ri javob yoq,

52. Mukammal raqobat bozorida ...

A) bozorga kirish to’siqlari yo’q;

B) tovar narxi xaridorlar tomonidan to’la aniqlanadi;

D) bu bozorda faoliyat ko’rsatayotgan sotuvchilar monopol bozordagilarga qaraganda kam foyda oladilar;

E) yuqoridagilarning barchasi to’g’ri.

F) To’g’ri javob yoq,

53. Davlat tomonidan alohida shaxsga to’lanayotgan transfert to’lovlari ...

A) bu odamning jami topgan daromadlarini hisob-kitob qilayotganda hisobga olinadi;

B) bu odamning jami topgan daromadlarini hisob-kitob qilayotganda hisobga olinmaydi;

D) agar bu to’lovlar naqd pul bilan berilgan bo’lsagina, bu odamning jami topgan daromadlarini hisob-kitob qilayotganda hisobga olinadi;

E) bu odamning jami topgan daromadlarini hisob-kitob qilayotganda hisobga olinadi, agar bu odam qonun bilan daromad solig’idan ozod qilingan bo’lsa;

F) To’g’ri javob yoq,

54. Shokolad konfetlarining muvozanat narxi qachon oshishi mumkin?

A) Shokolad konfetlariga bo’lgan talab ortganda;

B) Shokolad konfetlari taklifi ortganda;

D) Davlat tomonidan narxning quyi chegarasi belgilangan bo’lsa;

E) yuqoridagi holatlarning barchasida.

F) To’g’ri javob yoq,

55. Quyidagi hodisalarning qaysi biri qatiqning taklifiga qolganlariga qaraganda o’zgacharoq ta’sir qiladi?

A) qoramol uchun yem xashak narxi oshdi.

B) bozorda arzonroq sut sog’ish mexanizmlari paydo bo’ldi.

D) qoramollar soni kasallik tufayli kamaydi.

E) sut sog’ish hajmi kamaydi.

F) foydadan olinadigan soliq stavkasi oshdi,

56. Bir vaqtning o’zida non muvozanat narxi va muvozanat miqdorining oshishi nimaning natijasida bo’lishi mumkin?

A) nonga bo’lgan talab chizig’ining o’ngga siljishi;

B) nonga bo’lgan talab chizig’ining chapga siljishi;

D) non taklifi chizig’ining o’ngga siljishi;

E) non taklifi chizig’ining chapga siljishi;

F) To’g’ri javob yoq,

57. A va B mahsulotlar o’zaro o’rin bosuvchi mahsulotlardir. Yangi texnologiyaning qo’llanishi tufayli B tovar taklifi oshdi. Natijada, boshqa shart-sharoitlar o’zgarmaganda, A tovar bozorida ...

A) taklif oshadi va muvozanat narx tushadi;

B) talab oshadi va muvozanat narx ko’tariladi;

D) taklif kamayadi va muvozanat narx ko’tariladi;

E) talab kamayadi va muvozanat narx tushadi;

F) To’g’ri javob yoq,

58. Ijtimoiy tovarlar – bu ...

A) bir kishining foydalanishi bilan boshqalarning foydalanish imkoniyatlari kamaymaydi ;

B) tovarni iste’mol qilishni, tovar uchun haq to’laganlarning iste’mol qilishi bilan chegaralab bo’lmaydigan tovar;

D) A) va B) tasdiqlar to’g’ri;

E) faqat davlat tomonidan ishlab chiqarailadigan tovarlar.

F) To’g’ri javob yoq,

59. Soliqlar stavkasini oshirish nimaga misol bo’la oladi?

A) kredit-budjet siyosatga;

B) fiscal siyosatga;

D) monetary siyosatga;

E) pul-moliyaviy siyosatga.

F) To’g’ri javob yoq,

60. Quyidagi choralarning qaysinisi fiskal siyosatga tegishli emas?

A) bank foydasiga solinadigan soliqlar stavkasining o’zgartirilishi.

B) Markaziy bank tomonidan bank zaxira normalarining o’zgartirilishi.

D) yangi ishlab chiqarishga sarmoya kiritayotgan korxonalar uchun soliq imtiyozlarining kiritilishi.

E) kam ta’minlangan oilalar uchun ijtimoiy to’lovlarning ko’paytirilishi.

F) To’g’ri javob yoq,

  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz