20-MASHG‘ULOT
ISHTIROKCHI GURUH NAMOYISHLARI
O‘QITUVCHILAR UCHUN ESLATMA:
Mazkur mashg‘ulot, 8-mashg‘ulotda bo‘lgani kabi, ishtirokchilarga guruh namoyishlarini o‘tkazishlari uchun tarqatiladi. Shuning uchun ushbu mashg‘ulot uchun mo‘ljallangan maxsus materiallar mavjud emas.
TAVSIYALAR:
· Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, barcha ishtirokchilarning qatnashshlariga imkon bo‘lishi uchun, albatta, vaqt chegaralarini o‘rnatish zarur bo‘lib hisoblanadi. (Ba’zi guruhlar yoki shahslar ko‘proq vaqtga ega bo‘lishni istaganlarida, ularga ishtirokchilar bilan kechqurun yoki tanaffus vaqtida uchrashishlari mumkinligini aytib o‘ting.)
· Vaqtdan unumli foydalanish uchun, tarjimon siz bilan yonma-yon o‘tirishi va har bir gapingizni to‘liq tarjima qilib turishi lozim. Shunda tinglovchilar orasida tushunmovchilik yuzaga kelmaydi.
Agar ishtirokchilarning guruh namoyishlarini o‘tkazishlarni istamasangiz, siz avvalgi mashg‘ulotlar davomida yakunlanmagan masalalarni ko‘rib chiqishingiz yoki seminar kun tartibiga kiritilishi mumkin bo‘lgan boshqa material va tushunchalarni qatnashchilar e’tiboriga havola etishingiz mumkin.