O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Mashg‘ulot ¹5
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

 

5- MASHG‘ULOT

TAQCHILLIK VA O‘SIB BORUVCHI CHEGARAVIY HARAJATLAR: GEOLOGIK MUAMMO

MODELLASHTIRILGAN MASHQ/MUHOKAMA

 

KIRISH.

Mavjud energiya resurslarining umumiy miqdori noma’lum, lekin iqtisodiyot uchun mazkur manbalardan keladigan energiya miqdori cheklangan. Real energiya taklifi miqdori – bu energiya ishlab chiqaruvchilarning sotuvga taklif qilishni istashadigan va taklif qila oladigan energiya miqdoridir. Bu butun dunyo davlatlari foydalanadigan energiya resurslari miqdoridan farq qilishini e’tiborga oling. Energiya narxi oshib, undan olinadigan foyda ko‘paygach, yetkazib beruvchilarning energiya yetkazib berish ishtiyoqi ortadi.

Atrof-muhitni zararlanmasligi uchun sarflanadigan xarajatlar ishlab chiqarish uchun rejalashtirilgan xarajatlarda o‘z ifodasini topmasa energiya ishlab chiqarish jarayonida tabiiy muhit buziladi. Lekin energiya ishlab chiqaruvchilardan atrof -muhitni zararlanishini oldini olishni yoki uni qayta tiklashni talab qilish ishlab chiqarilayotgan energiya narxining oshishiga olib keladi.

Energiya harid qilish boshqa alternativ xom-ashyoni xarid qilishdan foydaliroq bo‘lganligi sababli iste’molchilarning energiyaga bo‘lgan talabi ortadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida biror bir mahsulotga bo‘lgan talabning ortishi va unga bog‘liq holda taklifning kamayishi, bu tovar narxining oshishiga olib keladi.

 

TUSHUNCHALAR.

Taqchillik; muqobil xarajatlar; resurslar; o‘zaro bog‘liqlik; rag‘bat.

 

KO‘ZLANGAN MAQSADLAR.

Talabalar:

  1. Mavjud  qazib olinadigan yoqilg‘i zaxirasi noma’lum ekanligini kuzatishadi.
  2. Qazib olinadigan yoqilg‘ini qidirib topish va qayta tiklash qiyinlashgani tufayli energiya narxi oshishini oldindan aytishadi.
  3. Energiya narxi ishlab chiqaruvchilarning yangi energiya konlarini qidirib topish rag‘batiga ta’sir etishi haqida xulosa chiqarishadi.

 

ZARUR JIHOZLAR VA QO‘LLANMALAR.

Kichkina qutida kamida to‘rt xil rangdagi juda ham kichkina munchoqlar (10 ta munchoq) to‘plami. Munchoqlarni rangiga qarab taqsimlash jarayoni uchinchi bosqichda berilgan.

Munchoqlarni sanamang - resurslarning umumiy miqdoridan barcha bexabar bo‘lishi kerak.
Mazkur jarayonni munchoqlarning katta qismi berkitib yoki yo‘qotib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan maydonda amalga oshiring. Agar bu jarayonni boshqa sinflar bilan xuddi shu maydonda amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz avvalgi mashg‘ulotda topilgan munchoqlarni to barcha berkitilgan munchoqlar topilguncha o‘zingizda saqlab turing. Zaxira umumiy miqdorining barchaga no‘malumligi dunyodagi zaxira dilemmasini tashkil etadi.

 MASHG‘ULOTNI O‘TKAZISH TARTIBI

  1. Talabalar sinfga kirishidan avval munchoqlar to‘plamini tepaga qarab otib, sochib yuboring.
  2. Sinfga qo‘yidagi gapni ayting. Bu dars energiya resurslarini qazib olishda mavjud ba’zi dilemmalar (qiyinchiliklarni)ni ko‘rsatib beradi.
  3. Sinfni to‘rtta guruhga bo‘ling. har bir guruh bir rangdagi munchoqni izlaydi. Munchoqlarning umumiy miqdori qo‘yidagi proporsiyada bo‘lishi lozim.
    1-guruh - qora (ko‘mir) 50%.
    2-guruh - qizil (uran) 3%.
    3-guruh - oq (tabiiy gaz) 10%.
    4-guruh - ko‘k (yoqilg‘i) 37%.
  4. Sinf poliga noma’lum miqdordagi munchoqlarni-energiya resurslarini sochib yuborganingizni tushuntiring.
  5. Dastlabki qidiruv ishlari bir daqiqa davom etadi.
  6. Qidiruvni boshlang (Izoh: agar biror guruh barcha rangdagi munchoqlarni to‘play boshlasa, ularni to‘xtatmang, tushuntirib ham bermang).
  7. Bir daqiqadan so‘ng to‘xtating.
  8. Har bir guruh o‘z resurslarini (o‘zi uchun belgilab qo‘yilgan rangda) sanasin.
  9. Resurslarni (munchoqlarni) alohida-alohida qo‘ying. Sinf doskasiga har bir raundda har bir guruhning o‘zi uchun mo‘ljallangan rangdagi munchoqlarining umumiy miqdorini yozib bering.
  10. Yana bir daqiqalik ikkinchi qidiruv ishlarini boshlang. har bir guruh hanuzgacha topilmagan resursarni qidirib topish kerak. Resurslar miqdorini yozib qo‘ying.
  11. Uchinchi va so‘ngi bir daqiqalik raundni boshlang. Jamini qayd qilib qo‘ying.
  12. Muhokama uchun savollar.
  • Qaysi energiya resurslari eng oson topiladi? Nima uchun? Qaysi biri katta qiyinchilik bilan topildi? Nima uchun? Nima ularning topilishini oson yoki qiyin qildi? Bu munchoqlarning miqdoriga bog‘liqmi yoki resus qidiruvchilarning mahoratigami? (Izoh: “Qiyin” yoki “Oson” kabi so‘zlarni ishlatmaslikka harakat qiling, chunki ular guruhlar orasidagi qobiliyat va tirishqoqlikni bir xil qiladi).
  • Energiya resurslari uyumlariga qarab turib, qanday umumiy xulosa chiqara olasiz? (munchoqlarni topish qiyinroq bo‘lgani yoki odam yetarlicha tirishqoq bo‘lmaganligi sababli to‘plangan uchinchi uyum oldingisidan kichikroq bo‘lishi mumkin).
  • Kimdir bittadan ortiq energiya resurslarini to‘pladimi? Bittadan ortiq to‘plasa bo‘ladimi? Tushuntiring. (Ha buni amalga oshirsa bo‘ladi: guruhlar eng oson to‘plab bo‘ladigan energiya manbaini to‘plashadi, ya’ni yoqilg‘i guruhlari ko‘pincha tabiiy gaz yoki kon ko‘mirni qazib olishadi).
  • Energiya munchoqlarini to‘plashda qanday iqtisodiy resurslardan foydalanildi? (mehnat va kapital, ya’ni qog‘oz bo‘laklari va shu kabilar).
  • Biz polda qolgan munchoqlar miqdori haqida biror narsa bilamizmi? (Faqat hozir munchoqlar soni ularni dastlab qidirishni boshlaganda chindan kamroq qolgani ma’lum).
  • Energiya taklifi nima? (Bu polga sochib yuborilgan barcha munchoqlar emas, balki stol ustidagi va talabalar yaqin kelajakda topa oladigan qo‘shimcha munchoqlardir. Qo‘shimcha  munchoqlarni  ular agarda shu kungacha topishgan munchoqlariga yaxshi haq olishgan bo‘lsa izlashadi. (Izoh: Talabalar munchoqlar zahirasini tamom qilayotganligimizni aytishi mumkin. Siz bu nimani anglatishi yoki anglatmasligi haqida muhokamani davom ettirishingiz mumkin. Biz umumiy zahiraning 5%, 50%, 95% yoki biron bir foizni topdikmi? Hech kim aniq bilmaydi).
  • Biz shu vaqtning o‘zida qanday qilib ko‘proq munchoqlar topishimiz mumkin edi? (Supurgi yoki chang yutgich texnologiya taraqqiyotidan foydalanish mumkin edi yoki har bir talaba barcha rangdagi sharlarni izlashi mumkin edi).
  • Qidiruv jarayonid chang yutgich yoki supurgini olayotganingizda nimadan voz kechishingiz kerak? (Muqobil xarajat, chang yutgichni qidirayoganingizda voz kechishingiz kerak bo‘lgan munchoqlardir).
  • Energiya tanqislashib, talabning esa ko‘payib borishi narxlarda qanday o‘zgarishga olib kelgan bo‘lishi kerak? (Narxlar ko‘tarilgan bo‘lishi kerak) Nima uchun? (Chunki taklif ko‘paymayapdi).
  • Munchoqlarni izlash oqibatida xonadagi muhitda o‘zgarish bo‘ladimi? (Agar mebel tartibsiz holga keltirilgan bo‘lsa yoki qog‘oz polda qolib ketgan bo‘lsa, bu atrof muhit uchun sarflanadigan harajatlarni anglatadi.
  • Ko‘ngilli talabalardan xonani tozalashga yordam berishlarini so‘rang. So‘ng har bir munchoqga 1 so‘mdan to‘lasangiz qancha talaba sizga yordam berishini so‘rang. Har bir munchoq uchun to‘laydigan xaqingizni 5, 10, 25 so‘m, butun sinfni sizga ko‘maklashishga jalb qilguncha oshirib boring. So‘ng ularning javobini narxlarning ko‘tarilishi taklifni ko‘paytiradi degan taklif va talab qonuni bilan bog‘lang.
  •  Oldingi savoldagi ma’lumotlar asosida talabalar taklif egri chizig‘ini chizishsin.

 

Geologlar dilemmasi mashg‘ulotini o‘tkazish uchun maslahatlar.

  1. Atrof muhitga g‘amxurlik qilish masalasi emotsional javobni talab qilgani bois tejamkorlik uchun aniq tahlil zarurligini o‘zingiz ham. Talabalaringizga ham yodida saqlashi va bu tahlilga siyosiy masalalar muhokamasi uchun zaruriy shart deb qarash muhimdir. Talabalar bilan mashg‘ulotni boshlashdan avval maqsadlarni aniq belgilab oling. Mashg‘ulotda ko‘p narsalarni muhokama qilish mumkin: energiya narxlari, nima uchun shunday past/yuqori narxda shuncha ko‘p/kam energiya turlari mavjud? Nima uchun energiya ishlab chiqarish jarayoni atrof-muhitning zararlanishiga olib keladi va shu kabilar. Bu ma’lum bir atrof- muhitni himoya qilish siyosatini rag‘batlantirish uchun mo‘ljallanmagan. Pozitiv iqtisodiyot (nima) va normativ iqtisodiyot (nima bo‘lishi kerak) orasidagi farqni oldindan tushuntirib talabalarni tayyorlang.
  2. Juda kichik munchoqlarni ishlating. Resurslar uyumi videokasseta qutisi yarmicha bo‘lishi maqsadga muvofiq. Uning ikkinchi yarmini makka donlari bilan to‘ldirilishi lozim. Makka donlarini terishi kerak bo‘lgan o‘quvchilar uchun quyidagi qoidani talab qilish kerak: makka donlarini sanash imkoniyati bo‘lishi uchun ularni polietelen qopchalarga joylashtirish lozim. (Bu vaziyatni quyidagi holatga o‘xshatish mumkin: mazkur resursni ishlata olish texnologiyasi mavjudmi). 
  3. Munchoqlarni sochib yuborish haqidagi 3-yo‘llanmaga qo‘shimcha: mashg‘ulotni o‘tkazish kuni talabalar sinfga kirishidan oldin munchoqlarning bir qismini xonaning talabalar qidirib topishi gumon bo‘lgan burchaklariga berkitib qo‘ying. So‘ng munchoqlarning qolgan qismini talabalarnig ko‘z o‘ngida sochib yuboring. Talabalar dastlab munchoqlarni siz sochib yuboganingizni ko‘rgan joylardan “qidiruv ishlarini” olib borishadi. Bu biz resurslarning  joylashuvi va taklifi haqida qanchalik bilishimiz haqidagi muhokamaning asosini tashkil etadi.
  4. Muhokama uchun berilgan d savolni izohlayotganingizda, talabalar vazifani amalga oshirish jarayonida qilishi mumkin bo‘lgan barcha innovatsiyalarni yangiliklarni ko‘rsatib o‘ting. Ular foydalangan chizg‘ich, qog‘oz keskich va boshqalar - energiya resurslari qidiruv ishlari harajatlarini qisqartirish maqsadida foydalaniladigan texnologiya yutuqlari ekanligini ta’kidlang.
  5. Talabalarning o‘yin qoidalarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarini oldindan hisobga oling. Munchoqlarni o‘g‘irlash, ularni sotish, to‘plangan munchoqlarni birlashtirish kabi barcha imkoniyatlardan talabalar foydalanishadi. Ularning qanday xatti-harakatlariga ruxsat berishingizni oldindan hal qiling. Bunda qabul qiladigan qaroringiz haqiqiy hayotdagi tartib qoidalarga asoslangan bo‘lsin.                              

 

  © Copyright 2010 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz