6 – MASHG‘ULOT:
IQTISODIY TIZIMLARNING MAQSADLARI: QIYMATLARNI BAHOLASH
TAQCHILLIK MAVZUSIDA QISQA DARS MASHG‘ULOTI
Quyidagi jadvalga o‘zingiz xohlagan tovar va xizmatlar nomini yozing. Besh daqiqa ichida ulgurganingizcha yozing.
(Dunyodagi boshqa odamlar ham o‘zlari va yaqinlari uchun kerak bo‘lgan mahsulotlarning ro‘yhatini tuzishdi deb tasavvur qiling. Shuningdek, biz ushbu tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslarning ro‘yhatini ishlab chiqqan bo‘laylik. Ularning qaysi biri uzunroq bo‘ladi?)
TAQCHILLIK: Asosiy iqtisodiy muammo
- Odamlar o‘zlari va yaqinlari uchun ko‘p miqdorda tovar va xizmatlarga egalik qilishni istaydilar.
- Jamiyat tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish resurslariga ega:
· Tabiiy resurslar
· Kapital resurslar
· Mehnat (yoki ishchi kuchi) resurslari
· Tadbirkorlik
- Afsuski, ishlab chiqarish resurslari chegaralangan yoki taqchil bo‘lganligi sababli, har bir odamning ehtiyojlarini to‘liq qondirishning iloji yo‘q.
- Shuning uchun jamiyatlar, o‘z iqtisodiy tizimlari orqali, odamlarning ehtiyojlarini eng maqbul tarzda qondirish uchun cheklangan resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha qarorlar qabul qilishlari kerak.
Barcha iqtisodiy tizimlarda javob berilishi lozim bo‘lgan savollar:
1. Nima?
Qanday tovar va xizmatlar ishlab chiqariladi?
2. Qanday qilib?
Tovar va xizmatlar qanday qilib ishlab chiqariladi?
3. Kim uchun?
Tovar va xizmatlar kim uchun ishlab chiqariladi?
IQTISODIY TIZIMNING KENG KO‘LAMLI ASOSIY IJTIMOIY MAQSADLARI
IQTISODIY ERKINLIK iste’molchilar uchun o‘zlarining daromadlarini sarflash yoki jamg‘arish, ishchilar uchun ish joylarini o‘zgartirish yoki birlashmalarga a’zo bo‘lish va umuman odamlar uchun esa yangi biznes boshlash yoki eskilarini tugatish erkinligi degan ma’noni bildiradi.
IQTISODIY SAMARADORLIK iborasi zamirida ishlab chiqarish resurslaridan imkon qadar samarali foydalanish, ularni eng muhim tarmoqlarga yo‘naltirish tushuniladi.
IQTISODIY ADOLAT odamlarning «adolatli» bo‘lishlari g‘oyasini ilgari suradi. Iqtisodiy faoliyatlar va islohotlar odamlar nimani to‘g‘ri va nimani noto‘g‘ri deb baholashlaridan kelib chiqqan holda baholanishi kerak.
IQTISODIY HAVFSIZLIK iqtisodiy qaltisliklardan, masalan, ish davomidagi talofatlardan, ishsizlikdan, inflatsiya, biznes inqirozi va qashshoqlikdan himoyalanish degan ma’noni anglatadi.
IQTISODIY O‘SISH deganda ma’lum vaqt davomida tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmining ortishi tushuniladi. Iqtisodiy o‘sish sur’ati real yalpi ichki mahsulot hajmining o‘zgarishini kuzatish orqali aniqlanadi. Odatda yillik 3-4% o‘sish yaxshi natija bo‘lib hisoblanadi va ko‘plab mamlakatlar o‘z oldilariga ushbu maqsadni qo‘yadilar.
BOZOR IQTISODIYOTI, AN’ANAVIY IQTISODIYOT VA BUYRUQBOZLIKKA ASOSLANGAN IQTISODIY TIZIMLAR
|
Bozor iqtisodiyoti tizimi
|
An’anaviy iqtisodiy tizimi
|
Buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizim
|
|
Alohida shahslar va tadbirkorlik subyektlari asosiy iqtisodiy qarorlarni qabul qiladilar.
Alohida shahslar va tadbirkorlar qabul qilingan qarorlar natijasida vujudga kelgan narhlar ishlab chiqaruvchilar uchun haridorlarning ehtiyojlarini ko‘rsatuvchi belgi vazifasini o‘taydi.
|
Iqtisodiy qarorlar odatda shu vaqtga qadar yoki ajdodlar qabul qilingan qarorlarni qaytaradi.
Davomiylik iqtisodiy xayot orqali baholanadi.
|
Iqtisodiy qarorlar asosan amaldorlar-feodal lordlar yoki hukumat agentliklari tomonidan qabul qilinadi.
Rejalashtiruvchilar qanday tovar va xizmatlar ishlab chiqarilishi lozimligini belgilab beradilar.
|
IQTISODIYOTNING KENG KO‘LAMLI
ASOSIY IJTIMOIY MAQSADLARI
Kirish
Shu vaqtga qadar sodir bo‘lgan turli hodisalar e’tiborimizni iqtisodiy tizimlarning keng ko‘lamli ijtimoiy maqsadlariga, jumladan SSSRning parchalanishi, AQSH aholisining qarish darajasi, texnologiyaning keskin rivojlanishi hamda sog‘liqni saqlash, pensiyaga chiqish, malaka oshirish va xalqaro savdo doirasidagi davlat siyosatiga jalb etdi. Bu hodisalar odamlarni quyidagi keltirib o‘tilgan savollar ustida yanada chuqurroq fikr yuritishga majbur qilgan hodisalarning bir qismi edi:
1) Biz tanlagan iqtisodiy tizim qanday vazifalarni amalga oshirishini istaymiz; va
2) Bizning iqtisodiy tizimimiz ushbu vazifalarni qay darajada uddalamoqda?
Ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan keng ko‘lamli ijtimoiy maqsadlar ro‘yhati va ushbu maqsadlarning qisqacha bayoni ¹1 amaliy mashg‘ulotda berilgan. Ushbu maqsadlar ustida ehtiyotkorlik va sinchkovlik bilan yuritilgan bahs keyingi mashg‘ulotlar va davlat siyosati masalalariga bog‘liq misollar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda amerikalik saylovchi va siyosatchilarning asosiy vazifalari bozor iqtisodiyoti sharoitida ushbu maqsadlarga qanday qilib yuqori darajada erishish masalasini xal etishdan iborat. Buni amalga oshirish har doim ham oson kechmaydi. Ba’zi holatlarda maqsadlar bir-birini to‘ldiradi – masalan, bir maqsadga erishish uchun qilingan xarakat boshqa bir maqsadga erishishni birmuncha yengillashtiradi. Ammo boshqa holatlarda bir maqsadga erishish yo‘lidagi intilishlar boshqa maqsadlarning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lishi mumkin. Odamlar har bir maqsadning o‘ziga xos ahamiyati haqida turli fikrlarda bo‘lganlarida va maqsadning mohiyatini turlicha tushunishlari natijasida yuzaga keladigan muammolarning xal etilishi, har bir mamlakat uchun doimo bajarilishi lozim bo‘lgan vazifa bo‘lib kelgan.
Tushunchalar
Iqtisodiy maqsadlar
Kelishuv (kompromiss)
Mazmun bo‘yicha standart
Iqtisodiy tizimlar keng ko‘lamli ijtimoiy maqsadlarga, jumladan erkinlik, samaradorlik, adolat, havfsizlik va o‘sishga erishish imkoniyatlariga ko‘ra baholanadi.
Ko‘zlangan maqsadlar
¨ Iqtisodiy tizimning beshta keng ko‘lamli maqsadlarini aniqlash;
¨ Beshta keng ko‘lamli maqsadlarning nisbiy ahamiyatini baholash va ular ustida bahs yuritish;
¨ Turli davlatlar siyosatining Amerika iqtisodiyotiga o‘tkazayotgan ta’siri va beshta maqsadga qay darajada erishilayotganligini baholash.
Dars tavsifi
Ushbu dars tinglovchilarga davlat siyosati nima uchun ko‘p hollarda bahs-munozaralarga sabab bo‘lishini ochib berishdan iborat. Tinglovchilar e’tiboriga o‘zida ko‘plab nuqtai nazarlarni mujassamlashtirgan va davlat tomonidan amalga oshirilgan islohotlar bilan aloqador bo‘lgan rasmiy hisobotlarni taqdim eting. Ular ushbu hisobotlarni o‘z dunyoqarashlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda baholashlari kerak. Turlicha nuqtai nazarlarni ilgari surayotgan tinglovchilar bilan ushbu hisobotlar ustida olib borilgan bahs va munozaralar ko‘p odamlarning maqsadlariga mos keluvchi yangi hisobotlarni ishlab chiqilishida qo‘l keladi.
Dars uchun talab etiladigan vaqt
Uchta dars.
Birinchi kun – 1 va 2-mashg‘ulotlar.
Ikkinchi kun – 3-6 mashg‘ulotlar.
Uchinchi kun – baholash.
Zarur jihozlar va qo‘llanmalar
¨ Har bir tinglovchi uchun 1-amaliy mashg‘ulotdan bir nus’hadan.
¨ 2-amaliy mashg‘ulotda berilgan ma’lumotlarning barchasidan bir nus’hadan. Har bir ma’lumotni 3”x 5” indeksli kartochkalarga joylash yaxshi natija beradi, ammo bu majburiy emas.
¨ Har bir tinglovchi uchun 3-amaliy mashg‘ulotdan bir nus’hadan.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi
1. Birinchi amaliy mashg‘ulotni – Iqtisodiy tizimning keng ko‘lamli ijtimoiy maqsadlari materialini tarqating. Tinglovchilarga o‘qish uchun vaqt ajratganingizdan so‘ng, odamlar ushbu maqsadlarning ahamiyati va ularga O‘zbekiston iqtisodiyotida qay darajada erishilayotganligi haqida turli fikrga ega ekanliklarini aytib o‘ting. Ushbu amaliy mashg‘ulot tinglovchilarni ma’lum standartlarga mos ravishda har bir maqsadning ahamiyatini qayd etish va baholashga undaydi. Bu alohida tinglovchi yoki tinglovchilar guruhi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Darsning ushbu qismida o‘tkaziladigan bahs va munozaralar davomida har bir maqsad uchun berilgan «ovozlar» va ularga berilgan ballar sinf doskasida qayd etib borilishi mumkin. Yoki, vaqtni tejash uchun, eng kam va eng ko‘p ovozga ega bo‘lgan maqsadlar va ularga berilgan ballarni hisoblab borishingiz tavsiya etiladi.
2. Bir yoki bir necha maqsadlarga erishishda bozor iqtisodiyoti va/yoki davlat islohotlarining ahamiyatiga doir misollar yuzasdan tinglovchilar bilan suhbatlashing. Bir maqsadga erishish yo‘lida amalga oshirilgan chora-tadbirlar boshqa maqsadning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lishi mumkin. Bunga misol tariqasida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
A. Bozordagi raqobat tennis poyafzali, jinsi va boshqa tovarlarni ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni kengroq turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni turli baholarda taklif etishga undaydi. Iste’molchilar taklif etilayotgan tovar va xizmatlardan istaganlarini harid qilishlari mumkin.
B. Mototsikl haydovchilarini kaska kiyishga majburlash ularga birmuncha noqulayliklar tug‘dirishi mumkin, ammo bu iqtisodiy samaradorlikning oshishiga (chunki odamlarning tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari biroz kamayadi) va iqtisodiy adolat amalda bo‘lishiga (avtomobil va tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lgan avtomobildan foydalanuvchi soliq to‘lovchilar va iste’molchilar tez-tez jiddiy halokatlarga uchrovchi, sug‘urtalanmagan mototsikl haydovchilariga ko‘mak berish uchun katta soliq to‘lamaydilar) sabab bo‘ladi.
V. Soliqlar soliq to‘lovchilarning erkinligini chegaralash vazifasini o‘taydi, ammo soliq tushumlari ko‘plab maqsadlarga erishish yo‘lida amalga oshiriluvchi ishlarga sarflanishi mumkin. Misol uchun, ba’zi odamlarning ta’kidlashlaricha, agar davlat maorifga yo‘naltiriladigan mablag‘ni tejasa, davlat harajatlari va soliqlar barcha beshta maqsadni amalga oshirish imkonini beradi.
G. Tinglovchilar quyidagi davlat dasturlari to‘g‘risida turli fikrda bo‘lishlari tabiiy: milliy mudofaa, ijtimoiy himoya, hiyobonlar va boshqa turdagi dam olish maskanlari, avtomobil nazorati qonunlari va spirtli ichimliklarni harid qilish bo‘yicha cheklovlar.
3. 2-amaliy mashg‘ulotdagi, har xil nuqtai nazar va turli davlat islohotlarini o‘zida mujassamlashtirgan, ma’lumot kartochkalarni qirqing va ularni tinglovchilarga tarqating. 34 ta kartochka o‘zaro bog‘liq juft ma’lumolardan tarkib topgan, ya’ni 1-ma’lumot 2-ma’lumot bilan uzviy bog‘liq, 3 va 4, 5 va 6 ham huddi shunday aloqada va ularning barchasi tartib bilan raqamlangan. Shuning uchun, 1-kartochkadan boshlab har bir tinglovchiga bittadan kartochka to‘g‘ri kelishini hisobga olib, kerakli miqdordagi kartochkalardan foydalaning. Ba’zi kartochkalardagi ma’lumotlar «liberal» siyosatni o‘zida aks ettirsa, yana boshqalari «konservativ» siyosat namunasidir. Ba’zi ma’lumotlar esa ularning ikkisiga ham mos kelmaydi – ular shunchaki qiziqishni orttirish va bahslar yuritish uchun mo‘ljallangan. Ba’zi ma’lumotlar bir-biriga qarama-qarshi g‘oyalarni ilgari suradi.
4. Kartochkalarni tarqatib bo‘lganingizdan so‘ng, tinglovchilarga shunday deb ayting: «qo‘lingizdagi kartochkani o‘qing va unga munosabatingizni bildiring. Shuningdek, boshqa tinglovchilardan o‘zlariga berilgan kartochkalarga bo‘lgan fikrlarini so‘rang. Siz uchun eng haqqoniy bo‘lgan kartochkaga ega bo‘lish uchun kartochkangizni sheriklaringizning kartochkasiga almashtiring. Bu turdagi ayirboshlashni amalga oshirish uchun sizning ihtiyoringizda 10 daqiqa vaqt bo‘ladi.» Ma’lumotlarni almashtirish davomida kechgan muzokaralar xayotiy ahamiyat kasb etadi. Ba’zi tinglovchilar bir necha kartochkalar borasida o‘ta jiddiy fikrga ega bo‘ladilar.
5. Ma’lumot kartochkalarini almashtirib bo‘lganlaridan so‘ng, tinglovchilar o‘zlarining kartochkalariga juft bo‘lgan kartochka egalari bilan birga (1 va 2, 3 va 4 ...) turishlari yoki o‘tirishlari lozimligini ayting. Ular kartochkalardagi ma’lumotlar bir-biriga qay darajada qarama-qarshi ekanligi haqida bahslashadilar. Tinglovchilarga ikki qarama-qarshi ma’lumotni birlashtiruvchi yangi ma’lumot tuzishlari mumkinligini eslatib o‘ting. Ba’zi holatlarda bunga erishish uchun bir yoki bir necha so‘zni o‘zgartirishning o‘zi kifoya qiladi. Boshqa holatlarda tinglovchilar bir-birlari bilan kelisha olmasliklari mumkin.
6. Tinglovchilar amalga oshirgan jarayonni ular ishtirokida qayta ko‘rib chiqing. Yangi ma’lumotlar yaratilgan holatlarda, ular doskaga yozib qo‘yilishi va asl ma’lumot bilan solitirilishi mumkin. Sinf bahslari quyidagi savollar asosida o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir: qaysi keng ko‘lamli ijtimoiy maqsadlar har bir juft kartochkada ifodalangan? Maqsadlar orasidagi qarama-qarshilik ma’lumotlarda qanday ifodalangan? Maqsadlar bir-birini o‘zaro to‘ldirishi ma’lumotlarda qay tarzda aks ettirilgan? Yangi ma’lumotlar tuzilganida qanday kelishuvga kelindi?
Shuni alohida qayd etib o‘tingki, davlat siyosatini to‘g‘ri belgilash siyosiy jarayonlarda sodir bo‘ladi hamda qisman odamlarning ishonchi va islohotlarning foyda va harajatlarini solishtirish asosida shakllanadi.
Baholash
3-amaliy mashg‘ulot yordamida tinglovchilarning bilimlari va darsda o‘tilgan tushunchalarni amalda qo‘llash mahoratlarini tekshiring. Bu sinf bahslari yoki yozma ishlar davomida amalga oshirilishi mumkin. Tinglovchilarning javoblari bir-biridan keskin farqlanadi. Mazkur masala yuzasidan quyidagi holatlar ko‘rib chiqilishi mumkin:
1. «Bepul» kollejda o‘qish masalasiga tinglovchilar turlicha yondoshadilar. B’zilar tinglovchilar buni ijobiy baholasalar, boshqalar esa oliy ta’limdan tinglovchilarning o‘zlari manfaatdorlar va shu sababli o‘qish uchun to‘lovni o‘zlari amalga oshirishlari kerakligini ta’kidlaydilar.
2. Hatto taklif etilgan rejaga ko‘ra, tinglovchilar oliy ta’lim uchun asosiy mablag‘ni o‘zlari to‘laydilar. Chunki ular mehnat bilan shug‘ullanishlari mumkin bo‘lgan vaqtni kollejda o‘qish bilan o‘tkazadilar.
3. Yana shu masala munozaraliki, mazkur reja orqali tinglovchilarning iqtisodiy erkinliklari mustahkamlanadi, ammo avtomobil va yuk mashinalari haridorlarining erkinliklariga bo‘lgan ta’sir salbiy ahamiyat kasb etadi.
4. Ushbu rejaning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri turli nuqtai nazardan yondoshilganda turlicha bo‘lishi mumkin. Aholining katta qismi kollejda ta’lim olishi albatta katta foyda keltiradi, ammo bunga tahmin qilingan usul orqali erishish chiqimlarning foydadan oshib ketishiga sabab bo‘ladi.
5. Ko‘pchilik tinglovchilar ushbu rejani adolatsiz deb baholashlari ehtimoli ham mavjud. Ba’zi tinglovchilar kollejda o‘qish «bepul» bo‘lishini istashlari mumkin, ammo ular «ta’lim harajatlari boshqa yo‘l bilan qoplanishi kerak» deb hisoblaydilar.
6. Oliy ta’lim iqtisodiy havfsizlikni ta’minlashga va o‘z navbatida ishsizlik sur’atining pasayishiga, daromadlarning oshishiga imkoniyat yaratadi.
7. Ushbu reja uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashi mumkin, chunki oliy ta’lim mahsuldorlikni oshirishga xizmat qiladi.
AMALIY MASHQ ¹1
IQTISODIY TIZIMNING KENG KO‘LAMLI
ASOSIY IQTISODIY MAQSADLARI
Quyida keltirib o‘tilgan beshta maqsad iqtisodiy tizimni baholash standarti sifatida tushunilishi mumkin. Ushbu maqsadlarning ba’zilari obyektiv shartlar asosida o‘lchanishi mushkul, boshqalari esa aniq maqsadlar sifatida baholanishi mumkin. Siyosiy kampaniyalar va davlat islohotlari ustida olib boriladigan bahslar davomida, ushbu maqsadlarning turlicha talqin qilinishi, ularning Amerika iqtisodiy tizimidagi ahamiyati va tizim ularni qay darajada amalga oshirayotganiligi haqida muzokaralar o‘tkaziladi.
|
Daraja
|
|
Baho
|
|
|
Iqtisodiy erkinlik iste’molchilar uchun o‘zlarining daromadlarini sarflash yoki jamg‘arish, ishchilar uchun ish joylarini o‘zgartirish yoki birlashmalarga a’zo bo‘lish va umuman odamlar uchun esa yangi biznes boshlash yoki eskilarini tugatish erkinligi degan ma’noni bildiradi.
|
|
|
|
Iqtisodiy samaradorlik iborasi zamirida ishlab chiqarish resurslaridan imkon qadar samarali foydalanish, ularni eng muhim tarmoqlarga yo‘naltirish tushuniladi. qo‘shimcha foyda qo‘shimcha harajatlardan yuqori bo‘lgandagina iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin.
|
|
|
|
Iqtisodiy adolat odamlarning «adolatli» bo‘lishlari g‘oyasini ilgari suradi. Iqtisodiy faoliyatlar va islohotlar odamlar nimani to‘g‘ri va nimani noto‘g‘ri deb hisoblashlaridan kelib chiqqan holda baholanishi kerak. Adolatga oid masalalar ko‘p hollarda daromad va boylikni taqsimlashda yuzaga keladi. Masalan, ba’zi odamlar ma’lum bir soliq turini adolatli deb hisoblasalar, boshqalar uni adolatsiz deb e’tirof etishlari mumkin.
|
|
|
|
Iqtisodiy havfsizlik iqtisodiy qaltislikdan, masalan, ish davomidagi talofatlardan, ishsizlikdan, inflatsiya, biznes inqirozi va qashshoqlikdan himoyalanish degan ma’noni anglatadi. Odamlar odatda iqtisodiy havfsizlikka jamg‘arish va surug‘ta orqali rioya qiladilar. Ko‘plab davlat dasturlari ham iqtisodiy havfsizlikni, jumladan ishsizlikni sug‘urtalash, ijtimoiy himoya va ishchilar kompensatsiyasini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
|
|
|
|
|