7-MASHG‘ULOT
BOZOR IQTISODIYOTINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI: MULKCHILIK XUQUQIGA DOIR AMALIY MASHG‘ULOT
BOZOR IQTISODIYOTINING ASOSIY XUSUSIYATLARI
- Xususiy mulk.
- Erkin tadbirkorlik va tanlov erkinligi.
- xususiy manfaatdorlik.
- Raqobat.
- Bozor va narxlar tizimi.
- Hukumat aralashuvining cheklanganligi.
ANIQ TALQIN ETILGAN MULKCHILIK HUQUQINING XUSUSIYATLARI:
- Mulkchilik huquqining umumiy bo‘lishligi. (Barcha tovar va resurslar xususiy mulk egalari qo‘lida bo‘lib, ulardan foydalanish bo‘yicha barcha cheklovlar ma’lum va to‘la aniqlangan)
- Mulkchilik huquqining tegishliligi (Xususiy mulkka egalik qilish bo‘yicha barcha xarajatlar va undan keladigan foyda faqatgina shu mulk egalariga tegishli).
- Mulkchilik huquqining bir shaxsdan boshqa shaxsga o‘tuvchanligi (Barcha mulkchilik huquqlari bir shaxsdan boshqa bir shaxsga savdo-sotiq yoki erkin ayirboshlash orqali o‘tishi mumkin).
- Mulkchilik huquqining ta’minlanganligi. (Barcha mulkchilik huquqlari boshqa shaxslar tomonidan noqonuniy egalik qilinishidan himoyalanadi). O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 53-moddasi
Mulkchilik huquqi va rag‘batlar
Talabalarga ushbu mashq mulkchilik huquqining rag‘batlantirishga qanday ta’sir ko‘rsatishini namoyish etishning bir misoli ekanligini tushuntiring. (Mazkur holatda, namunaviy bozorlar tavsifnomasidagi “umumiylik” holati bo‘lmaydi).
Daromad olib keladigan vazifani bajarish uchun 10 ta ko‘ngilli talabalarni davraga taklif qiling. Talabalar sinfxonaning ochiqroq qismiga chiqib, davra hosil qilishlari lozim bo‘ladi. Davraning diametri kamida 2 metr uzunlikda bo‘lishi lozim (iloji boricha yanada kattaroq). 50 dona qog‘oz qistirgichlarini(skrepkalarni) oling va ularni davra o‘rtasiga polga tashlab yuboring. Talabalarga tashlangan qistirgichlarni terib olish uchun tayyor bo‘lib turishlarini va har bir qistirgich uchun to‘lov to‘lashlarini ayting.
Qistirgichlarni terib olish ikkita jarayondan iborat bo‘lishini tushuntiring. Birinchi vaziyatda, har bir terib olingan qistirgich uchun talabalarga 10 so‘mdan to‘lanadi. Ikkinchi holatda esa, har bir qistirgich uchun 20 so‘mdan to‘lanishi lozim. Faqatgina birinchi urinishda terib olinmagan qistirgichlargina ikkinchi urinishda terib olinishini tushuntiring.
Va nihoyat, har bir urinish bir daqiqa davom etishini va qistirgichlar terib olinayotgan vaqtda talabalarning o‘zlarida yig‘ilishini hisobga oling. Har bir talaba keltirilgan shartlarni tushunganligiga iqror bo‘lgandan so‘ng, birinchi urinishni boshlang.
Garchi ikkinchi raund avvalida talabalar o‘zaro diqqat bilan kutib tursalar, kimningdir qistigichlarni birdaniga terib olishni boshlab yuborishi barcha talabalarning bir-biridan qolib ketmaslikka harakat qilishiga sabab bo‘ladi.
Talabalar barcha qistirgichlarni terib oladilar. Shundan so‘ng ularga terib olgan qistirgichlari uchun 10 so‘mdan to‘lang.
Flamasterdan foydalangan holda polga 3 ta ustun va 3 ta satrdan iborat shaxmat doskasini chizing. Har bitta talaba bitta katakchada harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 9 ta talaba har bir katakchaning yon tarafiga kelib turadi va 10-talaba sal chetroqda turadi.
Shundan so‘ng, qistirgichlar yana yuqoridan hosil bo‘lgan shakl ustiga tashlanadi va o‘rtadagi talaba ularning shakl bo‘ylab turli kataklarga tushishini ta’minlashi lozim bo‘ladi.
Talabalarga o‘yinni takrorlamoqchi ekanligingizni va birinchi urinishda yig‘ilgan qistirgichlar uchun 10 so‘mdan, ikkinchi urinishda yig‘ilgan qistirgichlar uchun 20 so‘mdan to‘lashingizni ayting. Ammo, bu safar har bir talaba faqatgina o‘zi turgan katakchadagi qistirgichni terib olishi lozim.
Birinchi o‘yinni boshlang. Hech qanday ajablanarli joyi yo‘qki, birorta ham qistirgich terib olinmasa. Talabalarga o‘yinda ishtirok etganlari uchun minnatdorchilik bildiring va ikkinchi o‘yinni boshlang. Talabalarga o‘z o‘rinlariga qaytishlarini ayting.
Talablardan so‘rang:
1). Agar jamiyatning maqsadi cheklangan resurslardan ko‘proq foyda olish bo‘lsa, (masalan, resurslardan samarali foydalanish), qachon qistirgichlarni terib olish lozim? (birinchisidami yoki ikkinchisida?)
- Ikkinchi o‘yinda. Chunki ikkinchi o‘yinda qistirgichlarga to‘lovlar miqdori ikki martaga oshadi, birinchisida esa bu holat kuzatilmaydi.
2). Farq nimada?
- Ikkinchi raundda qistirgichlarga nisbatan mulkchilik huquqi belgilangan.
3). Mulkchilik huquqining tayinlanishi talabalarga qanday rag‘batlar keltirib chiqardi? Javoblarni muhokama qiling.
- Ikkinchi raundda qistirgichlarni terib olayotganda talabalar vaziyatni nazorat qilib turishlari sababli, ular kutib turish orqali foydaga ega bo‘lishadi. Birinchi raundda esa, ularning kutib qolishlari ularga qimmatga tushishi mumkin, ya’ni talabalar birorta ham qistirgich terib ololmasliklari mumkin.
Ushbu o‘yinni akula ovlash bilan bog‘lab ko‘ring (doira shakli bu okean, qistirgichlar esa – akulalar; talabalar o‘z o‘rnida ovchilar vazifasini bajaradi).
Hech bir kishida akulalar sonini boshqarish va nazorat qilish bo‘yicha rag‘bat yo‘q, chunki ular akulalarga egalik qila olmaydi va boshqalarning akulalarga erisha olishlarini nazorat qila olmaydi. Bundan, akulalarning ùaddan tashqari ko‘p ovlanishi bilan mulkchilik huquqining aniq ta’riflanmaganligi o‘rtasidagi bo\lanishni kuzatish mumkin.
Talabalarga AQSHda bir kunda iste’mol qilinadigan mol va tovuq go‘shtlari iste’moli miqdori haqida o‘ylab ko‘rishlarini ayting. Shuningdek, ulardan qo‘yidagilarni so‘rab biling:
Nima uchun uy hayvonlarini yoki tovuqlarni asrab qolish haqida tashvish chekmayapmiz? Nima uchun boshqalar akulalarni himoyalash haqida qayg‘urishadi?
Ushbu savolga javob qo‘yidagicha bo‘lishi mumkin:
- Mollar va tovuqlar xususiy mulk egalari qo‘lida bo‘ladi. Shuning uchun, o‘z mollari va tovuqlarini sotuvchi kishi (fermer) kelgusida ular sonining kamayishni oldindan ko‘ra bilsa, u bugungi kunda mollarini sotishdan to‘xtab, kelgusida narxlarning oshishi tufayli afzalliklarga ega bo‘lishi mumkin. Xususiy mulkka egalik qilish mulk egalari uchun resurslar yuqori qiymatga ega bo‘lganda sotish imtiyozini yaratadi.
Akulalarga o‘xshash qanday boshqa resurslar mavjud? (Siz talabalarga xonadagi havoga kim egalik qiladi degan savolni berish orqali yordam bering).
- Javob qo‘yidagilardan iborat bo‘ladi: havo, yer osti suvi, neft zahiralari, yovvoyi hayvonlar va yirtqich qushlar – burgutlar, bug‘ular, chiyabo‘rilar, o‘rdaklar, katta baliqlar (turnalar) va h.z.
Bugungi o‘yin tashqaridan aralashuv bo‘lmagan holatda resurslardan qanday foydalanish kerakligi haqida nima deydi?
- Ular uzoq vaqt sarflanishi kerak yoki resurslarni taqsimlash samaradorligi nuqtai-nazaridan tez foydalanilishi lozim.