9- MASHG‘ULOT
IQTISODIY FIKRLASH: QARORLAR QABUL QILISH
INDIVIDUAL (YAKKA HOLDA) QAROR QABUL QILISH
KIRISH
Iqtisodiyot. Kishilar doimiy tarzda qaror qabul qiladilar. Ayrim qarorlar boshqalariga nisbatan muhimroq bo‘lgan bir vaqtda, iqtisodiyotni o‘rganish hech qanday qarorning yo‘qligi xarajatlardan xolidir degan fikrni ta’kidlaydi. Ushbu darsning maqsadi tinglovchilarga qaror qabul qilishning ratsional modelini tanishtirishdan iborat.
Ushbu modelning afzalligi shundaki, u tinglovchilarga ma’lum bir mezonga ko‘ra muqobilalarni qanday baholash kerakligini ko‘rsatadi. Bu usul tinglovchilarning har bir muqobil uchun xarajatlar va ulardan keladigan foydani o‘lchash va har qanday qarorning aniq qiymatini belgilab berish imkoniyatiga ega bo‘lishiga yordam beradi.
Asoslash. Mazkur dars tinglovchilarga inson hatti-harakatini oldindan bilish va nima uchun kishilar bir xildagi vaziyat va ma’lumotga duch kelganda rad etishlarining sababini tushinishga yordam beradi. Bunga erishish uchun tinglovchilar ikkita asosiy farazga ega bo‘lishadi: kishilar tejamkor bo‘lishadi va hohish va istakning hatti-harakatlarga ta’sirini oldindan aytsa bo‘ladigan darajada bo‘lishi lozim. Qaror qilish to‘ri orqali, tinglovchilar ushbu ikkita farazlarni turli kishilar tomonidan qilingan tanlashni (saralash) tushuntirib berishda foydalanishadi.
Tushunchalar
Qaror qabul qilish.
Muqobil qiymat(Opportunity cost).
Prognozlash (Istiqbolni belgilash).
Ko‘zlangan maqsadlar
Tinglovchilar:
1) Oqilona qaror qilish bosqichlari ro‘yxatini tuzishadi va ularni amalda qo‘llashadi;
2) Shaxsiy qaror qabul qilish misollari yordamida muqobil qiymat (opportunity cost) ni aniqlashadi.
Mashg‘ulot tavsifi
Mazkur mashg‘ulot tinglovchilarni shaxsiy qaror qilishda qaror qabul qilish jadvalidan foydalanish bilan tanishtiradi.
Dars uchun talab etiladigan vaqt
Bitta dars.
Zarur jihozlar va materiallar
1-4-1 va 1-4-2 ko‘rgazmali mashqlar.
1-4-1, 1-4-2 va 1-4-3 masalalarning har bir tinglovchi uchun nusxasi.
Darsni o‘tkazish tartibi
1. Mazkur darsni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad tinglovchilarni qaror qabul qilish jadvalidan foydalangan holda iqtisodiy hatti harakatlarni oldin aytish usullari bilan tanishtirish ekanligini tushuntiring.
2. Yoshlar o‘z vaqtlari va pullarini qanday sarflash haqida qanday qarorlar qabul qilishlari mumkinligi haqida so‘rang. Magnitofon sotib olish, maktabga borish, televizor ko‘rish, uy vaifalarini bajarish, yarim kun ishlash singari qarorlarni taklif qilgan tinglovchilarni qo‘llab-quvvatlang. Bu qarorlarni sinf doskasiga yozib qo‘ying.
3. Biror shaxs ma’lum bir qaror chiqarish yoki chiqarmasligini qanday qilib oldindan aytish mumkinligini so‘rang. Misol uchun, tinglovchi Makdonoldsda yarim kun ishlashga rozi bo‘lishi yoki bo‘lmasligini oldindan aytishimiz uchun nimani bilishim darkor? Imkoniyatlar, maqsadlar va maqsadlarning muhimligi yoki “og‘irligi”ni bilganimizdan so‘ng oldindan aytish mumkinligini ta’kidlang. Odamlar nima qilishini oldindan aytish uchun iqtisodiy bashoratdan foydalanishimiz mumkin.
4. Odamlar qaror qabul qilishayotganlarida nimadan voz kechayotganlarini bilishlari uchun ziyraklik bilan qaror qabul qilishlari lozimligi tushuntiring. Qaror qabul qilayotganingizda voz kechadigan eng yaxshi imkoniyat bu yashirin harajatlardir (opportunity costs).
5. 1-4-1 ko‘rgazmali mashqni bajaring. Berilgan misoldan qaror qabul qilish bosqichlarini tushuntiring.
6. 1-4-1 va 1-4-2 masalalarini tarqating. Muammoni, imkoniyatlarni va mezonni aniqlash uchun tinglovchilarga “Komila kollejga boradi” nomli vaziyat haqidagi hikoyani o‘qishni taklif qiling.
7. 1-4-2 ko‘rgazmali mashqni bajaring. Sinfni sizga jadvalni to‘ldirishga yordam berib, qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etishga taklif qiling. So‘rang:
A. Muammo nimada?
(Qaysi kollejga borishni hal qilish).
V. Qanday imkoniyatlar mavjud?
(TK, BM, XK)
S. Qanday mezonlar mavjud?
(Arzon narx, ota-onadan mustaqillik, do‘stlarga yaqinlik, sifatli ta’lim).
D. Mezonlar qanday tasniflanishi kerak?
(Tinglovchilardan mezonlarni muhimlik darajasiga qarab, raqamlar - tasniflab chiqishlarini so‘rang. Alohida-alohida tasniflarni solishtirishni so‘rang va ularni jadvalga yozib qo‘ying).
YE. Imkoniyatlar qanday baholanishi kerak?
Quyida Komila muammosini tasniflashga misol berilgan. Misol uchun, arzon narx mezoniga eng ko‘p javob beradigan maktab 1, keyingisini 2, so‘ngisi 3 soni bilan raqamlangan bo‘lsin. Ularni umumiylashtirsangiz ovozlar bo‘linib ketgan bo‘lishi mumkin. Agar barcha mezonlar bir xil baholangan bo‘lsa, jadval to‘lgach har bir maktab uchun tasniflashning umumiy hisobingi ko‘rsatishingiz mumkin. Buning uchun har bir imkoniyatdagi raqamlar orasiga jadval bo‘ylab gorizontal ravishda nuqtalar qo‘yib chiqing. Eng kichkina sonli imkoniyat eng yaxshidir. Lekin, tinglovchilar maqsadlarning muhimligini turlicha baholashagan bo‘lishi mumkin. Shu bois maqsadlarga bir xil darajada muhim deb qarash chalkashlikka olib kelishi mumkin.
|
Mezonlar tasnifi
|
Arzon narx
2
|
Mustaqillik
3
|
Do‘stlar
4
|
Dastur sifati
1
|
|
Boshqa variantlar
|
|
|
|
|
|
TK
|
1
|
1
|
2
|
3
|
|
BM
|
2
|
1,5
|
1
|
2
|
|
XK
|
3
|
1,5
|
3
|
1
|
8. Ko‘ngillilardan Komila qanday qarorga kelishi mumkinligini oldindan aytishini so‘rang. Ular o‘z bashoratlarini aytayotganlarida qanday maqsadlar uchun muhimligini va har bir qaror qabul qilinganida nimadan voz kechilganligini tushuntirishlarini qo‘llab-quvvatlang. Misol uchun, 4 tinglovchi Komila TK o‘qishi kerakligini va xarajatlarning kamligi uning ustun tomoni bo‘lishini aytish mumkin. U voz kechishi mumkin bo‘lgan keyingi eng yaxshi imkoniyat BM bo‘lishi kerak.
9. 1-4-3 masalani tarqatib chiqing va sinfni kichik guruhlarga bo‘ling. Valijon uchun jadval to‘ldirishlari uchun birgalikda ishlashlarini so‘rab, ularga qaror qabul qilishda tajriba ortirishga imkon bering. Shuningdek, ular mezonlarni tasniflashda kelishishga harakat qilayotganlarida murosaga erishish shart emasligini tushintiring.
10. Sinfni qaytadan birlashtiring va ularning Valijonning imkoniyatlariga bergan baholarini muhokama qiling. Quyida misol keltirilgan:
|
Mezonlar tasnifi
|
Pul ishlab topish
1
|
Mustaqillik
3
|
Maktab
2
|
|
Kafe
|
2
|
2
|
2
|
|
Bozor tizimi
|
1
|
1
|
3
|
|
O‘zgarishsiz
|
3
|
3
|
1
|
11. Valijoni nima qilishini oldin aytishlarini so‘rang.
YAKUNLASH
Qaror qabul qilish bosqichlarini takrorlash bilan darsni yakunlang. Taladbalardan 6 ta bosqichni qaytarishlarini so‘rang. 1-4-1 ko‘rgazmali mashqdan foydalangan holda bosqichlarni yakka tartibda bajaring.
1-4-1 KO‘RGAZMALI MATERIAL
QAROR QABUL QILISH BOSQICHLARI.
1. Muammo nimadan iborat?
- Qanday qaror qabul qilishga harakat qilmoqdasiz?
2. Qanday imkoniyatlar mavjud?
- Qanday choralar ko‘rishni mo‘ljallayapsiz?
3. Qanday mezonlar mavjud?
- Qaror qabul qilib qanday maqsadga erishmoqchisiz?
4 Mezonni tasniflang.
- Mezonlaringizning qaysi biri eng muhim. Qaysi biri muhimligi jihatdan eng so‘nngi o‘rinda turadi?
- Mezonni tasniflash tartibi - eng muhimini 1, keyingi muhimini 2 raqami bilan va shu kabi baholash.
5. Imkoniyatlarni baholang. Imkoniyatlarni ular qay darajada mezonlarga javob berishiga qarab tasniflang. Agar ba’zi imkoniyatlar mezonlarga bir xil javob bersa, bir xil raqamni ko‘rsatishingiz mumkin.
- Yoki har bir imkoniyatni mezonlarga javob berish yo bermasligiga qarab qo‘shuv (Q) yoki ayiruv (-) belgisi bilan belgilang.
6. Qaror qabul qiling. - qaysi mikoniyatlar sizning eng asosiy maqsadlaringizga eng ko‘p to‘g‘ri keladi? - Har bir imkoniyatda siz nimaga ega bo‘lasiz?
- Har bir imkoniyatda siz nima yo‘qotasiz?
1-4-2 KO‘RGAZMALI MATERIALLAR
QAROR QABUL QILISH JADVALI.
1. Muammo nimadan iborat?
2. Qanday imkoniyatlar mavjud?
3. Qanday mezonlar mavjud?
4. Mezonlarni tasniflang?
5. Imkoniyatlarni baholang?
6. Qaror qabul qiling.
Mezonlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Mezonlar tasnifi
|
|
|
|
|
|
|
|
1- muqobil imkoniyat
|
|
|
|
|
|
|
|
2- muqobil imkoniyat
|
|
|
|
|
|
|
|
3- muqobil imkoniyat
|
|
|
|
|
|
|
|
4- muqobil imkoniyat
|
|
|
|
|
|
|
1-4-1 MASALA
KOMILA KOLLEJGA BORADI
MUAMMO NIMADAN IBORAT?
Komila o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi. U o‘rta maktabini tugatgach kollejda o‘qishga qaror qildi. Hozir u ingliz adabiyotiga ixtisoslashishni o‘ylamoqda, lekin fikrini o‘zgartirishi mumkin. U 3 ta farzandning eng kattasi bo‘lib, oilada birinchi bo‘lib kollejga boradi. Bu qaror uning o‘zi uchun va oilasi uchun katta ahamiyatga ega. Pul masalasi kamida ikki yil uchun muammo emas. U otasining vafotidan so‘ng olti yil davomida ijtimoiy himoya to‘lovlaridan olgan mablag‘ini jamg‘arib qo‘ygan. Asosiy muammo shundan iboratki u qaysi kollej uning uchun yaxshiligini bilmaydi.
QANDAY MUQOBIL IMKONIYATLAR MAVJUD?
Komila va uning onasi uchtasiga rozi. Ular uch kollej shaharchasiga ham borib kelishdi.
Turizm kollejining kontrakt guruhiga (TK)
TK Komilaning uyi yaqinida joylashgan kollejdir. U o‘qitish bo‘yicha ayniqsa ingliz tili bo‘limida kattta tajribag