O'zbekcha                    English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

!







 AKT yangiliklari
29 Oktyabr 2013 09:27
Milliy axborot-kutubxona haftaligi boshlandi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Infolib Uzbekistan – 2013” milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini boshladi.

Batafsil..  


24 Oktyabr 2013 15:25
Hamkorlik ishlari davom etmoqda

Multimediya umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi, Toshkent viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi hamda Toshkent viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2013 yil 21 yanvarda tasdiqlangan hamkorlik shartnomasiga muvofiq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.


Batafsil..  


22 Oktyabr 2013 15:35
Koreya Respublikasida elektron hukumatga bagishlangan global forum bolib otmoqda

21 oktabr kuni Seul shahrida elektron hukumat tizimini joriy qilishga bag‘ishlangan global Forum ish boshladi. Shuningdek, 21-25 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Forum doirasida elektron boshqaruvni joriy qilish nazariyasi va amaliyotiga bag‘ishlangan VII xalqaro konferensiya(ICEGOV) ham tashkil etiladi.


Batafsil..  


12 Oktyabr 2013 09:57
Bolajonlar salomatligi yolida
“Sen Yolg'iz Emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ixtisoslashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish boshlandi.

Batafsil..  


04 Oktyabr 2013 10:01
Qonun loyihasi muhokamasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi qonuni hamda “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihalarini ikkinchi o‘qishga tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil..  


04 Oktyabr 2013 09:42
Test sinovlari xolis va ishonchli
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2013-2014 o‘quv yilida mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga talabalarni qabul qilish yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Batafsil..  


02 Oktyabr 2013 09:04
AKT ni rivojlantirishning qonunchilik asoslari
Toshkentda “InfoCOM – 2013” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jarayonlarini qonuniy tartibga solish masalalari» mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Batafsil..  


30 Sentyabr 2013 18:33
Ozbekiston oqituvchi va murabbiylariga

Muhtaram ustoz va murabbiylar!

Qadrli do‘stlar!

Har qaysi odamning hayotda sog‘lom va komil inson bo‘lib voyaga yetishida ota-onasi bilan birga muallim va o‘qituvchining o‘rni va ahamiyati haqida ko‘p yozilgan, ko‘p aytilgan.


Batafsil..  


28 Sentyabr 2013 18:10
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
«O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

Batafsil..  


25 Sentyabr 2013 09:18
Poytaxtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha Sammit o'z ishini boshladi
24 sentabr kuni poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida Axborot kommunikatsiya texnologiyalariga bag‘ishlangan Sammit o‘z ishini boshladi.

Batafsil..  


21 Sentyabr 2013 17:21
Elektron hukumat tizimini rivojlantirish hamda Axborot xavfsizligini taminlash markazlari tashkil etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qoshida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaror qabul qildi.

Batafsil..  


20 Sentyabr 2013 11:54
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida
19-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan taklif etilgan kun tartibi tasdiqlanganidan keyin deputatlar bir qator qonun loyihalarini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.

Batafsil..  


14 Sentyabr 2013 10:20
Janubiy Koreya Respublikasi elchisi bilan uchrashuv

Joriy yilning 12 sentyabr kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Li Uk Xyon uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv elchining O‘zbekiston Respublikasida yaqinda boshlagan diplomatik missiyasi munosabati bilan tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya respublikalari o‘rtasida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘rnatilgan o‘zaro hamkorlik holati va istiqbolli rejalar xususida fikr almashildi.


Batafsil..  


06 Sentyabr 2013 09:17
Talim sifatini oshirish yolida
Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, dars jarayoniga axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Batafsil..  


02 Sentyabr 2013 15:14
Saodatga eltuvchi manzillar

O’zbekistondagi barcha ta'lim maskanlarida 2 sentyabr kuni “Mustaqillik darsi” bilan yangi o’quv yili boshlandi.
Har qaysi xalq, har qaysi jamiyatning buguni va ertasi ko’p jihatdan yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga, farzandlarning sog’lom va barkamol insonlar bo’lib voyaga yetishiga qaratayotgan e'tibori, shu yo’ldagi sa'y-harakatlariga bog’liq.Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqilligimizning dastlabki yillaridan ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, yoshlarga jahon andozalari darajasida bilim berish, yuksak intellektual salohiyatli, boy dunyoqarashga ega barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi etib belgilandi. Yosh avlod kamoloti yo’lida amalga oshirilayotgan bunday izchil ishlar, xususan, Kadrlar tayyorlash va Maktab ta'limini rivojlantirish dasturlari asosida yuzlab maktab, lisey va kollejlar qurildi, mavjudlari rekonstruksiya va ta'mirdan chiqarildi, zamonaviy quv vositalari hamda jihozlari bilan ta'minlandi. Yurtimizning olis qishloqlarida ham bolalar sporti inshootlari, musiqa va san'at maktablari barpo etildi, bunday ezgu ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Batafsil..  



 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
  © Copyright 2017 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.ccitt.uz    www.ziyonet.uz    www.multimedia.uz