O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

Найти!







 AKT yangiliklari
06 Avgust 2013 15:08
Davlat organlarida AKTni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi

2 avgust kuni Aloqa tarixi muzeyida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha hukumat tomonidan belgilab berilgan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, vazirlik va davlat idoralarining mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad vazirlik va davlat idoralariga AKTni rivojlantirish bo‘yicha yuklatilgan vazifalar ijrosini, aholiga keng interaktiv xizmatlar ko‘rsatish va ish jarayonida AKTdan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil etish va bu bo‘yicha tegishli takliflarni bildirish, amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.


Batafsil..  


02 Avgust 2013 09:45
Bilim va tafakkur sinovi
1-avgust kuni mamlakatimizdagi barcha oliy o‘quv yurtida test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Batafsil..  


23 Iyul 2013 09:20
O‘zbekiston Respublikasini 2013-yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan joriy yil 18-yanvarda bo‘lib o‘tgan mamlakatimiz hukumati majlisida belgilab berilgan 2013-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish shu yilning birinchi yarmida asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning ijobiy o‘sish sur’atlarini saqlash, iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini yanada muvozanatli rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratish imkonini berdi.

Batafsil..  


19 Iyul 2013 10:57
“O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi “O‘zbekiston” nashriyoti tomonidan lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvida nashrdan chiqarildi.

Ma’lumki, 2011-yili e’lon qilingan bu kitob mamlakatimiz rahbarining O‘zbekistonning o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish arafasida va undan keyingi dastlabki oylarda olib borgan jo‘shqin va serqirra faoliyatini aks ettiradi.

O‘tgan davr mobaynida bu fundamental asarga bo‘lgan qiziqish va e’tibor yanada kuchayib bormoqda. Mamlakatimiz va xorijdagi taniqli ekspert va tahlilchilar, keng jamoatchilik tomonidan ushbu kitob O‘zbekistonda davlat mustaqilligiga erishish yo‘lida xalqimiz bosib o‘tgan g‘oyat og‘ir va mashaqqatli kurashlar yo‘lini yoritishda eng ishonchli manba sifatida baholanib, vaqt o‘tishi bilan uning ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-nazariy va amaliy qimmati, jumladan, o‘tmishni anglash, bugungi kunni qadrlash va kelajakka hushyor va sergak nazar bilan qarab yashashga o‘rgatishdagi ahamiyati tobora ortib borayotgani ta’kidlanmoqda.



Batafsil..  


19 Iyul 2013 10:46
Хоrijiy tillar birinchi sinfdan o'qitiladi
Янги ўқув йилидан бошлаб 1-4-синфларда ҳафтасига икки соатдан чет тили фани ўқитилади, – дейди Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги умумтаълим ва ихтисослаштирилган мактаблар бошқармаси бошлиғи Абдураҳим Носиров. – Биринчи синф ўқувчилари учун “Kid’s english” (инглиз тили), “Deutsch macht spab” (немис тили) ва “Hirondelle” (француз тили) дарслик мажмуалари яратилди. Ўқувчи китоби, ўқитувчи учун қўлланма ва мультимедиали дискдан иборат мазкур мажмуалар 132 мактабда тажриба-синовдан ўтказилди. Синов натижалари асосида такомиллаштирилган дарсликлар ҳозир чоп этилмоқда.

Batafsil..  


05 Iyul 2013 17:04
Eng yaxshi veb-saytlar aniqlandi
2013 yilning 4 iyul kuni Xalq ta'limi vazirligi tizimida an'anaviy ravishda o'tkazilib kelinayotgan eng yaxshi veb-sayt ko'rik-tanlovi g'oliblari taqdirlandi.

Batafsil..  


02 Iyul 2013 15:29
Yagona interfaol davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) ishga tushdi
Ягона интерактив давлат хизматлари портали (my.gov.uz) ишга тушди2013 йил 1 июль куни Интернет тармоғида www.my.gov.uz манзили бўйича Ягона интерактив давлат хизматлари портали (Ягона портал) тест режимида ишга туширилди. Синов ҳолатида ишлаётган ушбу порталда 40 ортиқ интерактив хизматлар кўрсатилмоқда. 

Batafsil..  


27 Iyun 2013 17:38
Qiymati 5000 so‘m bo‘lgan yangi pul biletlari 2013-yilning 1-iyulidan boshlab muomalaga chiqaradi
12013-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 5000 so‘m bo‘lgan yangi pul biletlarini muomalaga chiqaradi. Bu haqda 27 iyun kuni Respublika Markaziy bankining saytida rasmiy axborot e'lon qilingan.

Batafsil..  


15 Iyun 2013 12:54
Trenerlar uchun respublika o'quv seminari

1O’zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirligining “Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifati va samaradorligini oshirish bo’yicha komplеks chora-tadbirlar rеjasi”da ko’rsatilgan “Umumta'lim maktablarining 129,5 ming nafar o’qituchilarini axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalaridan foydalanish, jumladan 2,5 ming nafar o’qituvchilarni elеktron intеrfaol doskadan foydalanish bo’yicha maxsus o’quv kurslarida o’qitish” yo’nalishidagi vazifani amalga oshirish maqsadida A.Avloniy nomidagi xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti hamda 14 ta hududiy pеdagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari profеssor-o’qituvchilari tarkibidan belgilangan trеnеrlar uchun respublika o'quv seminari o’tkazildi.


Batafsil..  


30 May 2013 10:02
«Yangi intellekt - 2013» eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun tanlov

Intellektual mulk agentligi O’zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi bilan birgalikda respublikada ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodiyotni rag'batlantirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko'maklashish, ilg'or texnologiyalarni tatbiq etish, ixtirochilik faoliyatini faollashtirish, qo'llab-quvvatlash, eng yaxshi intellektual mulk ob'ektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash maqsadida ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, dasturiy mahsulotlar yo'nalishlari bo'yicha «Yangi intellekt - 2013» eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi o'tkazilishini e'lon qiladi.


Batafsil..  


22 May 2013 10:18
Davlat statistika hisobotlari shakllarini internet tarmog‘i orqali taqdim etish mumkin

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Axborot xizmatining xabariga ko'ra, amaldagi barcha davlat statistika hisobotlari shakllarini (141 ta) elektron ko‘rinishda internet tarmog‘i orqali taqdim etish imkoniyati vujudga keldi.


Batafsil..  


16 May 2013 12:40
Bolalarning yana bir yangi bog‘i

Poytaxtimizda "Bolajon" istirohat bog‘i ochildi

Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, hozirgi kunda poytaxtimizda o‘n ikkita madaniyat va istirohat bog‘i faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-dekabrda qabul qilingan “2011-2015-yillarda madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida mazkur maskanlarni yanada rivojlantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.


Batafsil..  


14 May 2013 13:15
Energetika ko‘rgazmasi ish boshladi

“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasida “Energetika – Power Uzbekistan 2013” sakkizinchi xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi ochildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvenergo” ixtisoslashgan birlashmasi, Toshkent shahar hokimligi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan ITE Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.


Batafsil..  


04 May 2013 09:25
AKTni baholashning xalqaro mezonlari

Poytaxtimizda 3-may kuni AKTni baholashning xalqaro mezonlarini O‘zbekistonda tatbiq etishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va BMT Taraqqiyot dasturining “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik” qo‘shma loyihasi tomonidan tashkil etildi. Anjumanda mamlakatimizning qator vazirlik va idoralari, xalqaro tashkilotlar vakillari, soha mutaxassislari, ekspertlar va olimlar ishtirok etdi.


Batafsil..  


01 May 2013 08:08
Ucell rahbariyati viloyatlar bilan tanishuvni davom ettiradi
2013 йилнинг 24-26 кунлари Ucell мобил оператори Бош директори Али Аган бошчилигидаги компания раҳбарияти Ўзбекистон вилоятлари бўйлаб хизмат сафари давомида Хоразм ва Қорақалпоғистон Республикасига ташриф буюрдилар.

Ушбу сафардан мақсад ҳудудлардаги, шу жумладан Қорақалпоғистон Республикаси ва Хоразм вилоятидаги Ucell офислари фаолиятини холисона баҳолашдан иборат. Шу билан бирга, хизмат сафари дастурига биноан вилоятлар раҳбарлари, компаниянинг жойлардаги ходимлари ва дилерлари, шунингдек Ucellнинг корпоратив мижозлари билан яқиндан танишишдир.

Batafsil..  



 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
  © Copyright 2017 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.ccitt.uz    www.ziyonet.uz    www.multimedia.uz