O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

Найти!







 AKT yangiliklari
30 Aprel 2013 19:56
O‘zbekiston yoshlari – hamisha ilg‘or

Kimyo fani bo‘yicha 47-xalqaro Mendeleyev olimpiadasi yakunlandi. O‘zbekiston vakillari 2 oltin, 5 kumush va 8 bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Bu yilgi intellektual marafonda 17 jamoa – Ozarbayjon, Belarus, Bolgariya, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Litva, Makedoniya, Moldova, Rossiya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina va mezbonlar – jonajon O‘zbekistonimiz vakillari ishtirok etdi. Yetti kun davom etgan olimpiadada ularning har biri o‘z yurtining sharafini munosib himoya qildi, jamoalar tarkibidagi 117 nafar yigit-qiz ushbu xalqaro musobaqaning g‘olibi bo‘lish va nufuzli oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz o‘qishga kirish huquqi uchun bahslashdi.


Batafsil..  


29 Aprel 2013 10:21
Yosh kimyogarlar o‘z bilimini sinab ko‘rmoqda

M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filialida maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan 47-xalqaro Mendeleyev olimpiadasining nazariya bo‘yicha ikkinchi turi nihoyasiga yetdi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida o‘sib kelayotgan avlodni o‘qitish va tarbiyalashning noyob tizimi ishlab chiqildi hamda joriy etildi. Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va boshqa qator me’yoriy-huquqiy hujjatlarning hayotga tatbiq etilishi natijasida yoshlar salohiyatini muntazam rivojlantirish, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi. Mustaqil O‘zbekiston farzandlari turli xalqaro musobaqalar va fan olimpiadalarida faol qatnashmoqda.


Batafsil..  


29 Aprel 2013 09:47
Yarmarka yakunlandi. Ish davom etmoqda

Toshkentda VI Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi nihoyasiga yetdi

“O‘zekspomarkaz”da 24-26-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan VI Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida mamlakatimiz olimlari va mutaxassislari tomonidan yaratilgan yangi ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha umumiy qiymati 12 milliard 300 million so‘mdan ortiq 360 dan ziyod shartnoma imzolandi.


Batafsil..  


26 Aprel 2013 13:16
Islohotlar va ta’lim rivoji

Poytaxtimizda “Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini jamoatchilikka yetkazishda axborot xizmatlari rolini oshirishning dolzarb masalalari” mavzuida respublika seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.


Batafsil..  


25 Aprel 2013 12:51
Bilim, qobiliyat va iqtidor namoyishi

Toshkentda Maktab o‘quvchilari o‘rtasida kimyo fanidan 47-xalqaro Mendeleyev olimpiadasi ochildi

Har qanday xalq, davlat va jamiyat taraqqiyoti inson hamda uning manfaatlarini rivojlantirishga nechog‘li e’tibor qaratilayotgani bilan chambarchas bog‘liqdir. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz – mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham – bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir. Aynan shu bois chuqur bilimga ega barkamol avlodni shakllantirish, yangicha fikrlaydigan va davr bilan hamqadam yuradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash davlatimiz yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir.


Batafsil..  


19 Aprel 2013 14:13
“Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan har yili tashkil etiladigan “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda o‘qituvchilar mehnatini qadrlash, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” tanlovi muntazam izlanayotgan tashabbuskor pedagoglarni aniqlash va ularning tajribasini ta’lim tizimiga joriy etishga ko‘maklashmoqda. Bunday tadbirlar eng yaxshi pedagogik tajribani ommalashtirish, o‘qitishni sifat jihatidan yanada yaxshilash borasida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.


Batafsil..  


19 Aprel 2013 14:06
Xalqaro konferensiya arafasida

Joriy yil 22-26-aprel kunlari Toshkentda “Central Asia-2013 – fan, ta’lim, madaniyat va biznesda axborot-kutubxona resurslari” mavzuida 7-xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbir arafasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xalqaro konferensiyani tashkil etish masalalari va kutubxona faoliyatining hozirgi kundagi holati muhokama etildi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xo‘jayev yiliga ikki marta o‘tkaziladigan “Central Asia – fan, ta’lim, madaniyat va biznesda axborot-kutubxona resurslari” xalqaro konferensiyasi axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlarning turli sohalarda elektron axborot resurslarini rivojlantirish va qo‘llash bo‘yicha amaliy hamda samarali hamkorlik borasidagi faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashishini ta’kidladi.


Batafsil..  


23 Mart 2013 23:32
O’qituvchilarni elеktron intеrfaol doskadan foydalanishga o’rgatish
O’zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Multimеdia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazida maktab o’qituvchilarini dars jarayonida elеktron intеrfaol doskadan foydalanishga o’rgatish bo’yicha navbatdagi o’quv sеminari boshlandi.

Batafsil..  


12 Mart 2013 09:25
Interfaol xizmatlar takomillashmoqda
Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining interfaol xizmatlarini faollashtirish va takomillashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Batafsil..  


11 Mart 2013 10:37
Ўзбекистон хотин-кизларига байрам табриги
Муҳтарама онахонлар, қадрли опа-сингиллар, дилбар қизларим!

Batafsil..  


05 Mart 2013 08:55
Мукобил энергия манбаларини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўгрисида
2013 йил 1 мартда Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муқобил энергия манбаларини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Фармони кабул килинди.

Batafsil..  


25 Fevral 2013 09:51
Педагогик грантлар дастури – 2012: натижалар сархисоби эълон килинди

Фонд Форум 2012 йилда ўтказилган Педагогик грантлар дастури ғолибларини эълон қилди. Танловга таълим соҳасида энг долзарб ва инновацион лойиҳаларни тақдим этган 48 нафар ғолибга грантлар тақдим этилди. Ғолибларни тақдирлаш маросими 2013 йил 22 февраль куни соат 11:00 дан 16:30 гача “International Hotel Tashkent” меҳмонхонасида бўлиб ўтган “Педагогик грантлар: ўтмиш тажрибаси – келажакка қадам” мавзусидаги республика илмий-анжумани доирасида ташкил этилди. Анжуман ташкилотчилари: Фонд Форум, ЎзР Олий ва ўрта-махсус таълим вазирлиги ҳамда Халқ таълими вазирлиги.

Batafsil..  


23 Fevral 2013 14:58
F.T. Umarhodjaev Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspektsiyasi boshlig’i etib tayinlandi

O’zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasining 2013 yil 21 fevraldagi buyrug'iga ko'ra Farxod Tilyamuratovich Umarhodjaev Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspektsiyasi boshlig’i etib tayinlandi.


Batafsil..  


22 Fevral 2013 10:22
Prezident asarini o‘rganishga bag‘ishlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanida Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarini o‘qib-o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi.

Batafsil..  


21 Fevral 2013 10:07
Ilm-fan rivoji – taraqqiyot omili
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odilxo‘ja Parpiyev bilan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning mazkur yangi tizimi mohiyati va afzalliklari, uning mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishdagi ahamiyati haqida suhbatlashdi.

Batafsil..  



 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
  © Copyright 2017 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.ccitt.uz    www.ziyonet.uz    www.multimedia.uz