O'zbekcha                    English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

!







 Yangiliklar
14 Aprel 2009 14:15
Portalda yangi darsliklar
Portalning o'zbek tilidagi qismining Elektron darslik va qo'llanmalar bo'limiga 8 ta yangi darslik joylashtirilgan.

Batafsil..  


09 Aprel 2009 14:13
Moskva davlat universitetining Kichik mexmat sirtqi bolimiga 2009/2010 o'quv yiliga qabul
Moskva davlat universitetining Kichik mexmat sirtqi bo‘limi o‘quvchilarni 2009/2010 o‘quv yiliga 8 va 9 sinflarga hamda 10 sinfga to‘liqmas kursga qabulni e’lon qildi.
Sirtqi bo‘lim Rossiya (shu jumladan Moskva shahrida yashovchilar), MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlaridan hamda chet davlatlardan o‘quvchilarni qabul qiladi. O‘quvchilar tanlov asosida quyida keltirilgan kirish ishi natijalari bo‘yicha qubul qilinadi (jamoa bo‘lib o’qimoqchi bo‘lgan o‘quvchilardan kirish ishini bajarish talab etilmaydi).

Batafsil..  


02 Mart 2009 14:12
Psixologik testlar

Xurmatli portal foydalanuvchilari!

"Psixologik yordam" bo'limida markaz xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan testlar joylashtirilgan. Ushbu testlardan o'qituvchilar, o'quvchilar va ota-onalar foydalanishlari mumkin.



26 Dekabr 2008 14:06
TENDER SAVDOLARI NATIJALARI BO'YICHA E'LON!!!
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumta’lim maktablari uchun electron o’quv vositalari yaratish yuzasidan
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 noyabrdagi
“Tender savdolarini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 456-sonli qaroriga muvofiq o’tkazilgan tender savdolari natijalari

Batafsil..  


10 Dekabr 2008 14:02
Sirtqi fan olimpiadalari

Hurmatli o'quvchilar va ota-onalar!

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan dekabr oyida axborot-ta'lim portalida  sirtqi fan olimpiadalari o'tkazilmoqda. Bu yili olimpiada matematika, informatika, fizika, kimyo va iqtisodiy bilim asoslari fanlari bo'yicha bo'ladi. Barcha ushbu fanlarga qiziqgan, bilimdon, zukko bolalarimizni ushbu tadbirda qatnashishga taklif etamiz!

Olimpiadaning birinchi turi masalalari portalda chop etilgan! Javoblar 2009 yil 15 yanvarigacha qabul qilinadi!


Batafsil..  



 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
  © Copyright 2017 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.ccitt.uz    www.ziyonet.uz    www.multimedia.uz